To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  undiriuvni  umumiy  mulkdagi



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  undiriuvni  umumiy  mulkdagi 
ulushga qaratish asoslari va tartibi kabi m asalalar yoritiladi.
1. Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari
Fuqarolik  kodeksining  216-moddasida  ko'rsatilishicha,  ikki  yoki 
undan  ortiq  shaxsning  egaligida  bo'lgan  mol-mulk  ularga  umumiy  mulk 
huquqi  asosida  tegishli  bo'ladi.  Bundan  anglashiladiki,  umumiy  mulk 
huquqi  bir  necha  shaxslaming  (sherik  egalaming)  muayyan  obyektlarga 
nisbatan bo'lgan mulkiy huquqlariga aytiladi.
Umumiy 
mulk 
huquqining 
obyektini 
ma’lum 
ashyo 
yoki 
ashyolaming to'plami  tashkil  etishi mumkin.  Masalan,  ikki  yoki bir necha 
shaxsning  birgalikda  qurgan  yoki  sotib  olgan  imorati,  ikki  yoki  bir necha 
jamoa  xo'jaligi  birgalikda  qurgan  g'isht  zavodi  kabi  boshqa  obyektlar. 
Umumiy mulk huquqining  subyektlari  (ishtirokchilari) ikki  yoki  bir necha 
shaxs (tashkilot yoki fuqaro)lar bo'lishi mumkin.
Umumiy  mulk  huquqining  subyektlari  bir  necha  shaxsdan  iborat 
bo'lganligi  tufayli  sheriklaming  har  qaysisi  bunday  mulkni  o'z  holicha 
tasarruf qila  olmaydi,  balki  o'ziga  qarashli  obyektlami  birgalikda,  o'zaro 
kelishuv asosida egallaydi, ulardan foydalanadi va tasarruf qiladi.
Umumiy mulk huquqi quyidagi asoslardan vujudga keladi: 
birinchidan,  oddiy  shirkat  shartnomasidan,  masalan,  bir  necha 
fuqaroning  birgalashib  uy-joy  qurishidan  yoki  bir  necha  jamoa 
xo'jaligining birgalashib elektr stantsiyasi qurishidan;
ikkinchidan,  bir  necha  fuqaroning  muayyan  umumiy  mulkka  ega 
bo'lish  uchun  mablag'  va  mehnatlarini  qo'shishlaridan,  masalan,  umumiy 
oilaviy mulk;
201


uchinchidan,  bir  necha  shaxslaming  qonun  yoki  vasiyat  bo‘yicha 
meros olishlaridan.
Umumiy  mulk  huquqi  aksariyat  hollarda  oddiy  shirkat  (birgalikdagi 
faoliyat)  shartnomasi  asosida,  umumiy  xo'jalik  maqsadlariga  erishish 
uchun,  jamoa  xo'jaliklari,  korxona  yoki  boshqa  tashkilotlar  qurish  va 
ekspluatatsiya qilish, suv xo'jaligi inshootlari, maktablar, turar-joy binolari 
va shu kabi qurish uchun birgalikda harakat qilishlarida, buning uchun pul 
hamda boshqa mulk yoxud mehnatlarini birlashtirishlarida vujudga keladi. 
Fuqarolar  ham  o'zlarining  shaxsiy-maishiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
pul,  mulk  va  mehnatlarini  birlashtirib,  masalan,  uy-joy  qurish  uchun 
birgalikda shartnoma tuzib umumiy mulk huquqini oladilar.
Umumiy  mulk  huquqi  instituti,  umumiy  mulk  haqidagi  huquqiy 
munosabatlar  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  216-227- 
moddalarida batafsil bayon etilgan.
FKning  216-moddasida  ko'rsatilganidek,  umumiy  mulk  ikki  turga: 
birinchidan,  mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi 
aniqlab  qo'yilgan  ulushli  mulk  va  ikkinchidan,  ulushlari  aniqlab 
qo'yilmagan  birgalikdagi  mulkka  bo'linadi.  Bular  o'rtasidagi  asosiy 
farqlar quyidagichadir:
Taqsimlanadigan  umumiy  mulkning  har  bir  ishtirokchisi  ashyoda 
aniq belgilangan hissaga  ega bo'ladi.  Masalan,  yarmiga,  uchdan  biriga  va 
hokazo,
Taqsimlanmaydigan  birgalikdagi  umumiy  mulk  esa,  hissalarga 
taqsimlanadigan mulkdan ulushlarga ajralmasligi bilan farq qiladi. Bunday 
umumiy  mulk  hamma  ishtirokchilar  o'rtasida,  ulaming  umumiy  roziligi 
bilan va tenglik asosida egallanadi, foydalaniladi va tasarruf etiladi.
Ulushli mulk subyektlari fuqaro ham, tashkilot ham bo'lishi mumkin.
Umumiy  birgalikdagi  mulk  huquqida  subyektlar  o'z  ulushlarini 
mustaqil  tasarruf qila  olmaydi,  chunki,  birinchidan,  ulaming  har  birining 
ulushi  umuman  belgilanmagan  bo'ladi;  ikkinchidan,  oilaviy  munosabatda 
bo'lgan  umumiy  mulk  egasi  oiladan  chiqqanda,  uni  boshqa  bir  ikkinchi 
shaxs bilan almashtirib bo'lmaydi.
Ulushli  mulk  ulushlarga  ajralmaydigan  umumiy  mulkdan  vujudga 
kelishi asoslari va tartibi bilan ham farq qiladi.
Ulushli  mulk  tashkilotlar  va  fuqarolaming  bitimlar  tuzishi  asosida, 
qonun  bilan  nazarda  tutilgan  asoslarda,  chunonchi  qonun  va  vasiyat 
bo'yicha  meros  olishda,  mulkning  musodara  qilinishida  va  boshqa  ba’zi 
hollarda vujudga kelishi mumkin.
2 0 2



Jamoa  xo'jaligi  oila  a’zolarining,  jamoa  xo‘jaligida  mehnat  qilib 
I  topgan va xonadon mulkiga qo'shgan daromadlari yordamchi xo‘jalikdan, 
I  chorva  mollari  asrashdan  kelgan  daromadlari  xonadon  a’zolarining 
umumiy  mulk huquqini  vujudga keltiradi.  Kasb-kor,  hunarmand,  umuman 
,  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  fuqarolar 
oilasining  topgan  pul  yoki  boshqa  buyumlari  ham  shu  xonadon 
a’zolarining umumiy mulkini vujudga keltiradi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish