To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Davlat korxonasini tanlov yo‘li bilan yoki kim oshdi savdosida



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

3.2. Davlat korxonasini tanlov yo‘li bilan yoki kim oshdi savdosida 
davlatga taalluqli bo'lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish
Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida sotish xususiylashtirishning 
samarali  usullaridan  biri  bo'lib  hisoblanadi.  Bunda  tanlovni  o'tkazish 
shartlari, tartibi va muddati maxsus tanlov komissiyasi tomonidan belgilab 
beriladi.
188


it.
i
Ommaviy tanlov fuqarolik huquqida tartibga solingan bo‘lib, u haqda 
ko‘plab  yuridik  adabiyotlarda  ma’lumot  beriladi.  Biz  quyidagi  tijorat 
tanlovi  asosida  xususiylashtirish  masalasiga  to'xtalib  o'tishni  joiz  deb 
topdik.
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi 
qonunning 
18-moddasida 
“davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish  chog‘ida  ommaviy  mulki  obyektlarini  tasarruf  etuvchi 
bilan  yangi  mulkdor  o ‘rtasida  o ‘zaro  majburiyatlar  hamda  davlat 
tasarrufidan 
chiqarilayotgan 
yoki 
xususiylashtirilayotgan 
obyekt 
faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
-muayyan  davrgacha  korxona  ixtisosini,  ishlab  chiqarish  hajmini 
saqlab qolish;
-ish joylarini saqlab qolish yoki o ‘zgartirish;
-mahsulotni ma’lum iste’molchilarga yetkazib berish; 
-ishlovchilaming  mehnat  sharoitini  yaxshilash,  ekologik  xavfsizlik 
va atrof-muxitni muxofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-ijtimoiy-maishiy  obyektlami  saklash,  ulaming  ishlash  sharoitlarini 
saqlab qolish;
-xodimlami  ijtimoiy-maishiy  ta’minlashning  o ‘ziga  xos  jihatlari 
o‘zga  majburiyatlar  haqida  muayyan  davrga  mo‘ljallangan  bitim  tuzilishi 
mumkin” deb belgilab qo‘yilgan.
Investitsiya kiritish  shartlari  ham tegishli  davlat hokimiyati organlari 
tomonidan kelishib olinishi lozim.
Tanlov  shartlari  ijtimoiy  hamda  investitsion  shartlardan  iborat 
bo'ladi.  Ijtimoiy  shartlardan  farqli  oiaroq,  investitsion  shartlari  nisbatan 
keng  qamrovli  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  mol-mulk  investitsiya  kiritish 
sharti  asosida  olinganda  tijorat  konkursi  g‘olibi  zimmasiga  tegishli 
muddatda  davlat  byudjetiga  qarzlami  to‘lash  sharti  ham  qo'yilishi 
mumkin.
Tijorat konkursini o'tkazish amaldagi qonun osti hujjatlarida tartibga 
solingan. 
Xususan, 
konkursni 
o ‘tkazishning 
tartibi, 
unda 
sotib 
oluvchilaming  ishtirok  etish  shartlari,  ulaming  taklifini  ко‘rib  chiqish 
tartibi,  shuningdek,  xususiylashtirilgan  obyektga  nisbatan  mulk  huquqini 
rasmiylashtirish  kabi  masalalar  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining 
“Korxonalami 
va 
xususiylashtiriladigan 
davlat 
korxonalari  aksiyalarini  sotish bo'yicha tenderlar o'tkazish  Tartibi” ‘da  o'z 
aksini topgan.
1  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yil  18  avgustdagi  “Aktsiyalar  paketlarini  joylashtirishni 
takomillashtirish  hamda  davlat  mulki  negizida  tashkil  etilgan  aktsiyadorlik  jamiyatlarini  boshqarishda  aktsiyadorlar 
rolini oshirish chora-tadbirlari to’?risida”gi 404-sonti qaroriga 3-Ilova.
189


Ijtimoiy  shartlarga  avvalgi  ishchi  o'rinlarini  saqlab  qolish, 
qo‘shimcha  ishchi  o ‘rinlarini  yaratish,  xodimlaming  malakasini  oshirib 
borish,  mehnatni  muhofaza  qilish,  korxonaning  faoliyat  sohasini 
o ‘zgartirmaslik 
kabilar 
kiradi. 
Investitsion 
shartlarga 
korxonani 
rekonstruksiya  qilish,  zamonaviy  uskunalar  sotib  olish,  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish va shu kabilar kiradi.
Bizga  fuqarolik  huquqi  fanidan  ma’lumki,  ommaviy  shartnoma  bu 
shunday  shartnomaki,  unga  muvofiq,  tashkilot  tarafidan  tuzilgan  hamda 
uning  bunday  tashkilot  o ‘z  faoliyati  xususiyatiga  ko‘ra,  o'ziga  murojaat 
qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirish shart bo'lib hisoblanadi. 
Masalan,  tovarlar  sotish,  ishlar  bajarish  yoki  xizmatlar  ko'rsatish 
sohasidagi  vazifalarini  (chakana  savdo,  jamoat  transportida  yo'lovchi 
tashish,  aloqa  xizmati,  elektr  quvvati  bilan  ta’minlash,  tibbiy  xizmat, 
mehmonxona  xizmati  va  boshqalami)  belgilab  qo'yadigan  shartnoma 
ommaviy shartnomaga misol bo'ladi.
Odatda,  tovarlar,  ishlar,  xizmatlaming  bahosi,  shuningdek  ommaviy 
shartnomaning  boshqa  shartlari  hamma  iste’molchilar  uchun  bir  xil  qilib 
belgilanadi.  Tashkilotning  iste’molchiga  tegishli  tovarlami  berishi, 
xizmadar  ko'rsatishi,  uning  uchun  tegishli  ishlami  bajarish  imkoniyati 
bo'la  turib  ommaviy  shartnoma  tuzishdan  bosh  tortishiga  yo'l 
qo'yilmaydi.  Tashkilot  ommaviy  shartnoma  tuzishdan  asossiz  bosh 
tortganida haridor (mijoz) uni  sud orqali  shartnoma tuzishga majbur qilish 
imkoniyatiga  (FKning  358-moddasi)  ega.  Maishiy  pudrat,  yo'lovchi 
tashish, 
haq  evaziga  xizmat  ko'rsatish 
shartnomalari 
ommaviy 
shartnomalardir.
Shartlarini  taraflardan  biri  formulyarlar  yoki  boshqa  standart 
shakllarda  ta’riflagan  hamda  ikkinchi  taraf  faqat  taklif  qilingan 
shartnomaga butunlay  qo'shilish yo'li  bilan qabul  qilishi  mumkin bo'lgan 
shartnoma  qo'shilish  shartnoma  deyiladi.  Bunday  shartnomalarga  misol 
qilib  havo  va  temir  yo'l  transportida  yuk  va  yo'lovchilar  tashish 
shartnomalarini  ko'rsatish  mumkin.  Odatda,  bunday  shartnomalar 
mazmuni  hamma uchun  deyarli  bir xil  bo'lib,  oldindan  belgilab  qo'yiladi 
va  binobarin,  mijoh  uning  shartlarini  boshqacha  tuzishni  taklif  etish 
imkoniyatiga  ega  emas.  Biroq  qo'shilish  shartnomasi  mijozning  o'z 
ixtiyori,  erki  va  irodasi  bilan  shartnomaga  qo'shilishini  bildiradi.  Bunday 
shartnomalami  aslo  bir  tomonlama  bitim  deb  hisoblash  mumkin  emas. 
Qo'shilish  shartnomasini  bekor  qilish  yoki  shartnomalarini  o'zgartirish 
asoslari FKning 360-moddasida nazarda tutilgan.
190


Davlat 
mulki 
obyektini 
kim 
oshdi 
savdosida 
sotib 
xususiylashtirishdan  maqsad,  byudjetga  ko‘proq  mablag*  tushirishdan 
iborat.  Bunda  davlat  mulki  obyekti  bir  muncha  yuqori  narxda  sotiladi  va 
uni  sotib  oluvchilarga  hech  qanday  shartlar  qo‘yilmaydi.  Agarda 
xususiylashtirilishi  lozim  bo‘lgan  korxona  hech  kimni  qiziqtirmasa  va 
unga  xaridor  topilmasa,  u  tugatiladi  hamda  uning  balansida  bo'lgan 
mulklar sotib yuboriladi.  Xususiylashtirishni  samarali  amalga oshirishning 
asosiy  shartlaridan  biri  xususiylashtirilayotgan  korxonaga  nisbatan 
xususiylashtirish  usulini  to ‘g ‘ri  tanlay  bilishdir.  Masalan,  aksariyat 
hollarda 
iqtisodiy 
jihatdan 
samarasiz 
ishlayotgan 
korxonalar 
xususiylashtirishga  harakat  qilinadi.  Biroq  mazkur  toifadagi  korxonalar 
hech  kimni  qiziqtirmaydi  yoki  ular juda  past  narxlarda  sotib  yuboriladi. 
Shuning  uchun  ham  Angliyada  dastlab  daromad  keltiruvchi  korxonalar 
xususiylashtirilgan. 
Chunki 
bunday 
korxonalaming 
aksiyalariga 
talabgorlar ko‘p bo‘ladi va ushbu korxonalar ancha yuqori narxda sotiladi. 
Bu esa davlat byudjetiga katta daromad keltiradi1.
Auksion  boshqaruvini  Davlat  mulki  qo'mitasi  amalga  oshiradi.  Bu 
organ sotuvchi hisoblanib, u mulk to‘g ‘risida axborot e’lon qiladi.
Auksionga  qatnashishni  xoxlovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
avvalambor,  ariza  yozishlari  va  mulk  boshlang'ich  narxining  10  %  ini 
garov  sifatida  oldindan  berib  qo'yishi  lozim.  Shundan  so‘ng  ularga 
auksionda qatnashishga mxsat beriladi.
Auksionga kim ko‘p pul to'lasa,  o ‘sha g ‘olib bo‘ladi.  G ‘olib auksion 
natijasi  to‘g ‘risida  protoqol  imzolashi  kerak.  Agar  u  10  kun  ichida 
protoqolni  imzolamasa,  auksion  natijasi  bekor  qilinadi  va  garov  puli 
qaytarilmaydi.  Protokol  imzolangandan  so‘ng  30  kun  ichida  oldi-sotdi 
shartlari, narx va to ‘lov usullari ko‘rsatib o ‘tilgan bo‘ladi. Agar mulk narxi 
belgilangan  muddatd  to‘lanmasa,  shartnoma  bekor  bo‘ladi  va  garov  puli 
qaytarilmaydi.
Tanlov asosida davlat mulkini  sotishda birinchi bor bir yil muddatga 
mulkchilik  fondida  tanlov  komissiyasi  tuziladi.  Bu  komissiya  tanlovning 
usuli,  tartibini  belgilaydi.  Tanlovda  bor  mulkning  boshlang‘ich  narxini 
belgilaydi.  Komissiya mulkning narxi,  shakli,  miqdori,  pul  toiash usullari 
tanlov o'tkazish joyi, tartib va vaqti to‘g ‘risida ko‘rsatma chiqaradi.
Yuqorida  qayd  etilgan  Vazirlar  Mahkamasining  Qarori  bilan 
tasdiqlangan  “Korxonalami  va  xususiylashtiriladigan  davlat  korxonalari
1 Xo’jalik (tadbirkorlik) juquqi. -Toshkent: 2003.  101-b.
191


aksiyalarini  sotish  bo'yicha  tenderlar  o'tkazish  Tartibi”1  korxonalami  va 
xususiylashtiriladigan korxonalaming aksiyalarini  sotib olish uchun tender 
tizimi  o'zida  xususiylashtiriladigan  korxonaning  oldindan  aytib  o'tilgan 
aksiyalar  paketini  qayta  sotib  oluvchi  va  ular  tomonidan  taqdim  etilgan 
investitsiya loyihasining (korxonani rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, 
uni  moliyaviy  qayta  tuzish  bo'yicha)  bajarilishini  kafolatlovchi  strategik 
investomi tanlov asosida tanlash usulini ifodalaydi.
Tenderlami  tashkil  etuvchilar  bo'lib  O'zbekiston  Respublikasi 
Davlat  mulki  qo'mitasi  yoki  tender  o'tkazishga  uning  tomonidan  vakil 
qilingan organ hisoblanadi.
Tendemi  tashkil  etish  va  uni  o'tkazish  tashkilotchi  mablag'lari 
hisobiga  amalga  oshiriladi.  Cheklanmagan  qatnashchilar  soni  bilan  ochiq 
tender o'tkazishda tender hujjati da’vogarlarga, qoidaga ko'ra, tashkilotchi 
tomonidan belgilanadigan miqdordagi pulga berilishi mumkin.
Cheklangan  qatnashchilar  soni  bilan  yopiq  tender  o'tkazishda 
da’vogar  komissiya  tender  hujjatlarini  taqdim  etgunga  qadar  kafolat  puli 
qo'yadi,  tender  shartlari  bilan  belgilangan  muddat  tugagunga  qadar  u 
qaytarib  so'rab  olinishi  mumkin  emas.  Tenderda  yutgan  hollarda  kafolat 
puli 
shartnoma 
summasiga  qo'shiladi, 
yutqazilganda  da’vogarga 
qaytariladi.  Kafolat  pulining  miqdori  tender  tashkilotchisi  tomonidan 
belgilanadi  va  mo'ljallanayotgan  bitishuvning  umumiy  summasining  3-7 
foizini tashkil etadi.
Da’vogarlar  tendeming  shartlari  bilan  oldindan  belgilangan  muddat 
tugagunga  qadar  takliflar  asossiz  ravishda  qaytarib  olingan  hollarda, 
shuningdek  tenderda  yutganda  shartnoma  tuzishni  rad  etganda  kafolatli 
garov summasini yo'qotadilar.
O'tkazilish  usuliga  ko'ra  tender  ochiq  yoki  yopiq  bo'lishi  mumkin. 
Ochiq  tenderda  xohish  bildirgan  barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  -  
O'zbekiston Respublikasining  rezidentlari  va norezidentlari  qatnashadilar. 
Ochiq tender o'tkazishda e’lon ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, 
bevosita  kutiladigan  da’vogarlarga  takliflar  jo'natish  yo'li  bilan  e’lon 
qilinadi.
Ochiq  tender to'g'risidagi e’lon  tender o'tkazilgunga qadar kamida 2 
oy  oldin  va  kamida  3  ta  respublika  davriy  nashrlarida  e’lon  qilingan 
bo'lishi  kerak  va  u  tender  maqsadi  hamda  obyekti  to'g'risidagi  asosiy 
zamr  ma’lumotlardan  va  qo'shimcha  axborot  olish  manbalaridan  iborat 
bo'lishi kerak.
5  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Korxonalami  va  xususiylashtiriladigan  davlat  korxonalari 
aktsiyalarini  sotish bo’yicha tenderlar o’tkazish Tartibi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
18 08.1997 yilgi 404-sonli Qaroriga 3-Ilova (18.11.1998 yilgi 477-son qarori tahriri bilan).
192


Yopiq tender esa respublikaning oldindan belgilangan tashkilotlari va 
korxonalari,  maxsus  xabamomalar  yuboriladigan  xorijiy  korxonalar  va 
firmalar ishtirokida o ‘tkaziladi.
Yopiq  tender  o'tkazishda  tashkilotchi  yoki  uning  vakili  oldindan 
bo‘lajak  da’vogarlarni  tanlab  oladi  va bo‘lajak  tenderda  qatnashish  taklifi 
bilan  ularga  axborot  xati  yuboradi.  Bunday  hollarda  tender  to'g'risidagi 
e’lon  matbuotda e’lon  qilinmaydi.  Yopiq tender o'tkazishda qatnashchilar 
soni tender komissiyasi tomonidan belgilanadi,  biroq kamida 3  qatnashchi 
bo'lishi kerak.
Tenderga  oid  takliflami  ko'rib  chiqish  va  ulami  baholash  uch 
bosqichda  o'tkaziladi.  Birinchi  bosqichda  tenderga  oid  takliflaming 
hujjatlami  rasmiylashtirish  bo'yicha  tender  hujjatlarida  belgilangan 
talablarga  va  tender  obyektini  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlariga 
muvofiqligi  baholanadi.  SHakl  bo'yicha  taqdim  etilmagan  va  ikkinchi 
turga  qo'yilmagan  takliflar rad  etilishi  sabablari  ko'rsatilgan  holda  tender 
komissiyasining bayonnomasida alohida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi  bosqichda  takliflami  ekspert jihatidan baholash  va  ulaming 
eng  istiqbollilarini  tanlab  olinadi.  Tushgan  takliflami  baholash  uchun 
tender  tashkilotchisi  tomonidan  tender  komissiyasida  ishlash  uchun 
ekspertlar qo'shimcha jalb qilinishi mumkin.
Uchinchi  bosqichda  investitsiya  loyihasini  amalga  oshiruvchi 
tomonlaming  huquq  va  majburiyatlarining  asosiy  parametrlarini  kelishib 
olinadi.  Tenderga  oid  takliflami  ko'rib  chiqishda  tender  komissiyasi, 
tender  hujjatlarida  ifodalangan  baholash  mezonlariga  muvofiq,  ikki-uch 
tashkilotning  eng  mos  keladigan  takliflarini  tanlab  oladi  va  ular  bilan 
muzokaralar  olib  boradi.  Mazkur  bosqich  yakuni  va  tender  g'olibini 
tanlash  ekspertlaming  xulosalari  asosida,  tender  komissiyasi  tomonidan 
oldindan  ishlab  chiqilgan  har  bir  loyihaning  sifatini  miqdoriy  baholashga 
imkon  beruvchi  mezonlarga  muvofiq  amalga  oshiriladi  va  ular 
O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishib olingan bo'lishi kerak.
Har bir bosqich natijalari bo'yicha tender komissiyasi barcha a’zolari 
imzolagan,  tender  tashkilotchisi  tomonidan  tasdiqlangan  bayonnoma 
rasmiylashtiriladi.
Tender  savdolarini,  shu  jumladan,  investitsiya  savdolarini  tashkil 
etish  va  ulami  o'tkazish  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi­
ning  “Aksiyalar  paketlarini joylashtirishni  takomillashtirish  hamda  davlat 
mulki  negizida  tashkil  etilgan  aksiyadorlik  jamiyatlarini  boshqarishda 
aksiyadorlar  rolini  oshirish  chora-tadbirlari  to'g'risida”gi  1997-yil  18- 
avgustdagi 404-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
193


Xususiylashtirish  obyektiga  nisbatan  mulk  huquqi  tanlov  g‘olibi 
investitsiya  yoki  ijtimoiy  shartlami  Ya’ni  o‘z  zimmasiga  olgan 
majburiyatlami  bajargandan  so‘ng  o ‘tadi.  Ungacha  tanlov  g'olibi  mazkur 
mulkni tasarruf etishi mumkin emas.
Tanlov  g'olibi  tomonidan  investitsiya  va  ijtimoiy  shartlami 
bajarilishini  nazorat  qilish  bevosita  xususiylashtirish  obyektini  oldi-sotdi 
shartnomasi  asosida  sotgan  sotuvchi  (davlat  mulk  qo'mitasi)  amalga 
oshirib,  investitsiya  va  ijtimoiy  shartlami  bajarilganligini  tasdig'ini  oladi 
hamda sotib oluvchi majburiyatlarini hisobiiii yuritadi.
Demak,  tijorat  tanlovining  ijtimoiy  shartlari  o'zining  iqtisodiy 
asosiga,  qiymatiga  ega  bo'lishi,  uni  muddatida  amalga  oshirishni  va 
belgilangan  tartibda  ijro  etilishini  tasdiqlanishiga  erishish  lozim.  Bundan 
tashqari,  ijtimoiy  shartlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  bilan, 
shuningdek,  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  mehnat  jamoasining  aksiyalar 
xususiylashtirish obyekti bo'lganda ular bilan kelishib olinishi lozim.
Investitsion  shartlar  esa,  xususiylashtirish  obyektiga  nisbatan  uni 
rekonstruksiya  qilish,  muayyan  turdagi  ishlab  chiqarish  vositalarini 
olishni,  ishlab  chiqarishni modemizatsiya qilish  va kengaytirishni nazarda 
tutishi  mumkin.  Ijtimoiy  shartlar  kabi  investitsiya  kiritish  sharti  o'zining 
iqtisodiy  asosiga,  qiymatiga ega bo'lishi,  uni muddatida amalga oshirishni 
va  belgilangan  tartibda  ijro  etilishini  tijorat  konkursi  g'olibi  tomonidan 
tasdiqlanishiga erishilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Davlat korxonasini ijaraga berib,  kelgusida uni haq to'lab  sotib  olish 
sharti  asosida  davlat  korxonasini  ijara  korxonasiga  aylantirish  shakli  ham 
xususiylashtirishda o'ziga xos  o'rin tutganligidan u haqda ham navbatdagi 
paragrafda ma’lumot beriladi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish