To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari
3.1. Davlat korxonasini xo'jalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, 
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatga) yoki 
boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat mulki  qo'mitasi  faoliyatini  takomillashtirishga doir chora-tadbirlar 
to ‘g ‘risida”’gi  2006-yil  26-apreldagi  PQ-335-sonli  Qarorini  bajarish 
yuzasidan,  shuningdek  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
jarayonlarini  takomillashtirish  maqsadida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2006-yil  21-iyuldagi  №145-sonli  Qarori  bilan 
“Davlat  mulki  bo‘lgan  obyektlami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish tartibi to‘g ‘risidagi Nizom”2 tasdiqlandi.
Ushbu  Nizom  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksiga, 
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish 
va  xususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi 
O'zbekiston  Respublikasi  Qonuniga,  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  davlat  mulki  bo‘lgan  obyektlami  davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartib-taomillarini belgiladi.
Nizomga  ko‘ra,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  (xususiylashtirish)  bugungi  kunda  quyidagi  shakllarda  amalga 
oshirilishi mumkin:
-  davlat  korxonasini  xo‘jalik  jamiyatiga  (aksiyadorlik  jamiyatiga, 
mas’uliyati  cheklangan  va  qo'shimcha  majburiyatli  jamiyatga)  yoki 
boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
-  davlat  mulki  bo'lgan  obyektlami  va  (yoki)  davlatga  tegishli 
aksiyalami,  ulushlar  va  mulkiy  paylami  jismoniy  va  nodavlat  yuridik 
shaxslarga,  shu jumladan  O'zbekiston  Respublikasi  norezidentlariga  biija 
va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
sotish.
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  (xususiylashtirish)  shakllarini  tanlash 
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  Vazirlar  Mahkamasining  yoki 
Davlat 
mulki 
qo'mitasining 
(Davlat 
mulki 
qo'mitasi 
hududiy 
boshqarmasining)  qarorlariga  muvofiq,  ishlab  chiqarish  xususiyatlarini, 
korxonalar  faoliyati  samaradorligini  oshirish  maqsadlarini  va  ishlab 
chiqarish  ko'lamlarini,  asosiy  fondlar  qiymatini  hamda  potensial 
investorlaming takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
! //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil,  17-son,  140-modda.
2 // O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 292-modda.
184


0 ‘zbekistonda 
xususiy lashtirishni 
amalga 
oshirishda 
davlat 
korxonalarini  xo'jalik  jamiyatlari  va  shirkatlariga  aylantirish  usuli  keng 
qo‘llanildi.  Xususiylashtirishning  mazkur  usulini  keng  qo‘llashdan 
maqsad,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fuqarolami  mulkdor  qilish  orqali 
ulami  ijtimoiy  jihatdan  himoyalash  edi.  Chunki  bozor  munosabatlariga 
o ‘tish  davrida  ishsiz  fuqarolaming  soni  ortadi  hamda  ulami  ijtimoiy 
jihatdan  himoyalash  dolzarb  muammolardan  biri  bo‘lib  qoladi.  Aynan 
mana  shunday  vaziyatda fuqaro  birorta korxonaning aksiyasiga ega bo‘Isa 
yoki  uning  nizom  jamg'armasida  o ‘z  ulushiga  ega  bo‘lsa,  u  ijtimoiy 
jihatdan himoyalangan  bo‘ladi,  chunki ular vaqti-vaqti bilan  dividend  olib 
turishadi.
Dastlab  yopiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  tashkil  etilgan  bo‘Isa, 
keyinchalik  fuqarolami  xususiylashtirish  jarayonida  faol  ishtirokini 
ta’minlash  uchun,  ular  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirila 
boshlandi.  Biroq,  iqtisodiy  tahlillar mazkur jamiyat  va  shirkatlarda  davlat 
ulushining  saqlanib  qolishi  maqsadga  muvofiq  emasligini  ko‘rsatdi. 
Shuning  uchun  ham,  keyingi  davrdagi  iqtisodiy  islohotlar  xo‘jalik 
jamiyatlari  va  shirkatlaridagi  davlat  ulushlarini  mumkin  qadar  qis- 
qartirishga  yoki  bo‘lmasa  ulaming  barchasini  xususiy  sektorga  o ‘tkazib 
yuborishga 
qaratildi. 
Eng 
achinarlisi 
mazkur 
korxonalarda 
aksiyadorlaming  o ‘z  huquqlarini  bilmasliklari  yoki  ulami  amalga 
oshirmasliklari,  mulkdor  sifatida  ulaming  manfaatlariga  salbiy  ta’sir 
ko'rsatmoqda. 
Shuning 
uchun 
ham 
korxonalaming 
korporativ 
boshqaruvini  tubdan  isloh  etish  dolzarb  muammolardan  biri  bo‘lib 
qolmoqda.
Aksiyadorlik  jamiyatiga  ta’rif  berishda  turli  yondashuvlar  mavjud, 
ya’ni  berilayotgan  ta’riflarda  aksiyadorlik  jamiyatining  ayrim  jihatlariga 
ko'proq e’tibor berilgan bo‘lsa, ba’zilarida esa jamiyat faoliyatining o'ziga 
xos  xususiyatlari  ochib  berilmagan.  Masalan,  I.V.Eliseevning  fikricha, 
aksiyadorlik jamiyati  tijorat  birlashmasi  bo‘lib,  bir  yoki  bir  necha  shaxs 
tomonidan  tashkil  etiladi,  uning  majburiyatlari  bo‘yicha javob  bermaydi, 
ustav  kapitali  ulushlarga  bo‘lingan  va  ularga  nisbatan  huquqlar  qimmatli 
qog‘oz -  aksiya bilan tasdiqlanadi1.
A.P.Sergeevning  fikricha,  aksiyadorlik  jamiyati  shunday  xo‘jalik 
jamiyatiki,  uning  ustav  kapitali  belgilangan  aniq  hissalarga  bo'lingan,  bu 
hissalar qimmatli qog‘oz -  aksiyalarda ifodalangan va uning ishtirokchilari 
(aksiyadorlar) jamiyat  majburiyatlari  bo'yicha javob  bermaydigan  hamda
1 Гражданское право //П од. ред. А.П,Сергеева, Ю.КЛолстого. 4-1. -М .:  Проспект,  1999. -151  с.
185


jamiyatning  tavakkalchilik  natijasida  ko'rgan  zararlari  bo'yicha  o'z 
aksiyalari bilan bog'liq bo'ladigan tashkilotdir.1
J.Yuldashevning  fikricha,  yuqoridagi  ta’riflarda  aksiyadorlaming 
jamiyatdan  sotib  olgan  aksiyalari  qiymatida jamiyat  majburiyatlari  uchun 
javobgar  bo'lishlariga  e’tibor  berilmaydi,  vaholanki,  bu  belgisi  bilan 
aksiyadorlik  jamiyati  boshqa  xo'jalik  jamiyatlari  va  shirkatlaridan 
farqlanadi2.
R.Kniper  aksiyadorlik  jamiyatini  yuridik  shaxsning  bir  tomonlama 
inkomatsiyasi  deb hisoblab,  u  o'z huquq va majburiyatlariga ega bo'lgan, 
o'z nomidan majburiyatlari yuzasidan mustaqil javobgar bo'ladigan,  sudda 
da’vogar  va  javobgar  bo'ladigan,  o'zining  xususiy  aktiv  va  passiv 
kapitaliga (aksiyalarda ifodalangan)  ega bo'ladigan tashkilot  sifatida ta’rif 
beradi.3  Uning  ta’rifida  asosiy  e’tibor  yuridik  shaxsning  huquqiy 
belgilariga  (majburiyatlarga  ega  bo'lishligi,  mustaqil  javobgarlik,  sudda 
da’vogar  va  javobgar  bo'lishligi)  qaratiladi  va  o'z-o'zidan  aksiyadorlik 
jamiyatining  yuridik  shaxs  sifatidagi  belgilari  birinchi,  uning  asosiy 
belgilari  esa  ikkinchi  o'ringa  o'tib  qoladi.  Shuningdek,  olim  aksiyadorlik 
jamiyati  nafaqat  yirik  kapital  birlashmasi  ekanligi,  balki  o'rta  biznesni 
tashkil  etishda  xo'jalik  jamiyatining  bu  shakli  qo'llanishligini  e’tiborga 
olmaydi.
G.F.Shershenevich 
aksiyadorlik  jamiyatini 
shirkat 
hisoblab, 
quyidagicha ta’rif beradi,  aksiyadorlik shirkati birgalikda savdo faoliyatini 
olib  boradigan  shaxslaming  shartnomaviy  birlashmasi  bo'lib,  unda 
ishtirokchilar  qo'shgan  hissalar  bo'yicha  cheklangan javobgar  bo'ladilar. 
Aksiyadorlik  shirkati  shaxslar  birlashmasi  hisoblanadi.  Ular  yuridik  va 
jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Bu shunday birlashmaki,  ikki kishidan 
kam  bo'lmagan,  uning  kapitali  hissalarga  bo'lingan,  bu  aksiya  va 
paylardan  iborat bo'lib,  u  bir kishi  qo'lida to'planishi  mumkin  emas.  O'z 
birlashmalari  bilan  ishtirokchilar  yuridik  shaxsni  tashkil  etadilar.4  Ta’rif 
o'tgan  asming  boshlarida  faoliyat  yuritgan jamiyatlarga  xos  bo'lganligini 
e’tiborga  olsak,  shu  davr  qonunchiligidan  kelib  chiqib  berilgan,  lekin 
shunday  bo'lsa-da  jamiyat  bilan  shirkat  belgilari  aralashtirib  yuborilgan. 
Aslida  shirkat  faoliyat birlashmasi, jamiyat mulk  birlashmasi  hisoblanadi. 
Bundan  tashqari  shaxslaming  shartnomaviy  birlashmasi  deb  ta’rif beradi, 
jamiyat bir  shaxs  tomonidan  tashkil  etilishi  mumkinligini  e’tirof etadigan
1 Гражданские права. T .l. Учебник. // Отв. ред.  Е.А.Суханов -М .: БЕК,  1998.
2 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekti sifatida. -Toshkent: TDYI, 2004. -177 b.
5  Книпер  P.  О  некоторых  проблемах  законодательства  об  акционерных  обществах  Республики  Узбекистан  И 
Доклады  участников международного семинара «Акционерные общества.  Ценные бумаги». -Ташкент:  2000.
4 Шершеневич Г.Ф. Учебник торгового права (по изд.  1914 г.). -М .: СПАРК,  1994. -139 с.
186


bo‘lsak,  shartnomaviy  birlashma  atamasi  jamiyat  xususiyatini  to'liq 
ifodalay olmaydi.
J.Yuldashev  aksiyadorlik  jamiyatlari  FKning  58-moddasiga  ko‘ra 
xo'jalik  jamiyati  va  shirkatlari  tarkibiga  kirishini  ta’kidlaydi.  Fuqarolik 
kodeksining  yuqoridagi  moddasi  xo'jalik  shirkatlari  va  jamiyatlariga 
umumiy tarif beradi.  Lekin bu umumiy tarif xo'jalik shirkatlari  va xo'jalik 
jamiyatlarining  mohiyatini  to'la  ochib  bera  olmaydi.  Shu  sababli  ham 
FKning 58-moddasini ikki moddaga ajratish va ularga alohida quyidagicha 
umumiy tarif berilsa maqsadga muvofiq bo'lishini taklif etadi1.
Xo'jalik  shirkati  -   bu  shirkat  nomidan  harakat  qiluvchi  ikki  yoki 
undan  ortiq  shaxsning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
tuzgan shartnomaviy yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan birlashmasidir.
Xo'jalik  jamiyatlari  -   bu  bir  yoki  bir  necha  shaxslar  tomonidan 
jamiyat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyatini  birga  amalga  oshirish  uchun  o'z 
mulklari(asosan mablag'lari)ni qo'shish yo'li bilan tuzgan tashkilotidir.
FKdagi tarifni bu taxlit ajratish uchun xo'jalik shirkatida tadbirkorlik 
faoliyatini  amalga  oshirishda  shaxsiy  ishtirok,  xo'jalik  jamiyatida  esa 
mulkiy  ishtirok  birlamchi  ekanligi,  muassislaming  tarkibi  (xo'jalik 
shirkatlarida  ikki  yoki  undan  ortiq,  xo'jalik jamiyatlarida  bir  yoki  undan 
ortiq),  javobgarlik  xajmi  (ishtirokchilaming  shirkatning  majburiyatlari 
bo'yicha  o'zlariga  qarashli  mol-mulklari  bilan  (kommanditchilardan 
tashqari)  xo'jalik jamiyatlarida  esa  qo'shgan  hissalari  doirasida javobgar 
bo'lishi)  asos  sifatida  olinishi  lozim.  FKda  ifodalanishi  lozim  bo'lgan 
norma  maxsus  qonunlar  bilan  to'ldirishi  mumkin,  chunki,  kodeks  uning 
barcha jabhalarini  birday  va  bir  normativ  hujjatda  tartibga  sola  olmaydi, 
aks holda uning xajmi juda kengayib ketadi2.
T.V.Kashaninaning  fikricha, 
xo'jalik  shirkatlarining  umumiy 
xususiyatlari  kishilaming  ixtiyoriy-shartnomaviy  birlashma  ekanligi, 
mulkiy  va  shaxsiy  imkoniyatlami  birlashtirishi,  mulkiy  vositalami 
birlashtirishi,  birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatidan  foyda olishni ko'zlashi 
hisoblanadi3.  Demak,  yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  aksiyadorlik 
jamiyatlarini xo'jalik shirkatlaridan farqini quyidagilarda deyish mumkin:
-xo'jalik  shirkatlarida  uning  majburiyatlari  uchun  ishtirokchilar  o'z 
mulklari bilan  solidar va  subsidiar tarzda javobgar bo'ladilar,  aksiyadorlik 
jamiyatlarida cheklangan javobgarlik mavjud;
1 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekli sifatida. -Toshkent: TDYI, 2004. -177  b.
2 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekti sifatida.  -Toshkent: TDYI, 2004. -177 b.
3 Кашанина T.B. Корпоративное право. Учебник. -М.:НОРМА-ИНФРА-М,  1999. -С . 161-162.
187


-xo'jalik  sharkatlarida  uning  tadbirkorlik  faoliyatida  ishtirokchilar 
shaxsiy  ishtiroki  xarakterli  (kommanditchilardan  tashqari),  aksiyadorlik 
jamiyatlari da esa mulkiy ishtirok birlamchi;
-xo'jalik  sharkatlarida  ta’sis  hujjati  ta’sis  shartnomasi  hisoblanadi, 
aksiyadorlik jamiyatlarida esa ustav hisoblanadi;
-xo'jalik  sharkatlaridan  ishtirokchilar  chiqib  ketadigan  bo'lsa, 
tegishlicha  uning  ta’sis  hujjatiga  o'zgartirish  kiritiladi,  aksiyadorlik 
jamiyatlarida  esa  buning  ahamiyati  yo'q  (yopiq  aksiyadorlik jamiyatlari 
bundan  mustasno),  shuningdek,  xo'jalik  sharkatlarida  ishtirokchilar 
qo'shgan  hissa  guvoxnomalar  bilan,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  esa 
aksiyalar bilan tasdiqlanadi;
-aksiyadorlik  jamiyatlarida  ishtirokchi  (aksiyador)  lar  uning 
majburiyatlari  bo'yicha  javob  bermaydi  va  ulaming  tadbirkorlik  xavfi 
ustav  fondidagi  hissalar  bilan  cheklanadi,  shuning  uchun  jamiyatning 
aynan ustav fondi qiymati kreditorlar manfaatining asosiy “kafil”i bo'ladi. 
Bu xususiyat xo'jalik shirkatlarida mavjud emas.
Asosan  yirik  va  o'rta  biznesda  qo'Ilanuvchi,  bir  paytning  o'zida 
tarqoq  mol-mulklami  bir  joyga  to'plash  imkoniga  ega  bo'lgan  va  uni 
tadbirkorlikka yo'naltimvchi xo'jalik yurituvchi subyekdardan biri bo'lgan 
aksiyadorlik  jamiyatlari  mamlakat  iqtisodiyotining  asosiy  usqurtmasi 
hisoblanadi.
Hozirga  kunda  aholi  o'rtasida  haqiqiy 
mulkdorlar 
sinfini 
shakllantirishga,  jamiyatda  qimmatli  qog'ozlarga  bo'lgan  munosabatni 
o'zgartirishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu  borada  qabul  qilingan 
qator  qonun  hujjatlari  fikrimiz  dalilidir.  O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  Mulkchilik  to'g'risidagi,  Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 
aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risidagi,  Qimmatli 
qog'ozlar  bozori  to'g'risidagi  qonunlar,  shuningdek  tadbirkorlik  va 
investitsiya  faoliyatini  tartibga  soluvchi  bir  qator  qonun  hujjatlari 
aksiyadorlik  jamiyatlarini 
mamlakatimizda 
yanada 
muhim 
o'rin 
egallashiga o'z ta’sirini ko'rsatmoqda.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish