To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami,  1995  yil, № 4 ,15-modda



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

1 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami,  1995  yil, № 4 ,15-modda.
74


Shu  o ‘rinda  pulning  qaysi  turdagi  ashyoga  mansubligi  xususidagi 
masalaga  e’tibor  qaratish  zarur.  Zero,  ko‘pchilik  holatlarda  pulning 
xususiy  alomatlari bilan belgilanadigan  ashyomi  yoki  turga xos  alomatlari 
bilan belgilanadigan ashyonmi degan savol tug‘iladi.
Bir  tomondan  qaraganda,  pullarda  muayyan  belgi  va  raqam 
qo‘yilgani  uchun  uni  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  deyil 
mumkin.  ikkinchi tomondan qaraganda pullar bir turga xos,  ya’ni  ulaming 
barchasi bitta vazifani to'lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
Pulning  ashyolaming  qaysi  turiga  (xususiy  yoki turga xos  alomatlari 
bilan belgilanadigan ashyolarga)  mansubligi  masalasiga javob FKning  87- 
moddasi  2-qismida  ifodalangan.  Ushbu  normaga  muvofiq,  xususiy 
alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolar  boshqasi  bilan  almashtirib 
bo'lmaydigan  ashyolardan.  Pullami  esa  boshqasi  bilan  almashtirish 
mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha).
Turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar,  son,  o'lchov  va 
og'irlik  bilan  ko'rsatiladigan  narsalar  hisoblanadi.  Masalan,  100  dona 
shifer,  100  metr  chit,  100  tonna  paxta  va  h.k.  Turga  xos  alomatlari  bilan 
belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo'ladigan ashyolardir. 
Shuning  uchun  ham  bunday  ashyolarga  nisbatan persona  non  grataning 
(Ya’ni,  tur  nobud  bo'lmaydi)  qoidasi  qo'llaniladi.  Fuqarolik  huquqida 
ashyolaming  xususiy  va  turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan 
ashyolarga  bo'linishi  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  majburiyatlami  ijro 
etishda,  burchni  natura  holida  bajarilishida  bunday  bo'linishning  о ‘mi 
beqiyos.
Bo‘linadigan  va  bo'linmaydigan  ashyolar.  Bo‘lish  natijasida  har 
qaysi  qismi  butunning  xossalarini  o'zida  saqlab  qoladigan  va  shu  bilan 
birga  o'zining  xo'jalik  (maqsadli)  ahamiyatini  yo'qotmaydigan  ashyo 
bo'linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir 
bidon paxta yog'i kabi.
Bo'linmaydigan  ashyolar bo'lish  natijasida  qismlari  dastlabki  ashyo 
(butun)ning 
xossalarini 
yo'qotadigan, 
uning 
xo'jalik 
(maqsadli) 
ahamiyatini  o'zgartiradigan  ashyo  bo'linmaydigan  ashyo  hisoblanadi 
(FKning  88-moddasi).  Bo'linmaydigan  ashyolarga  shkaf,  stol,  televizor 
kabilar kiradi.
Fuqarolik  huquqida  ashyolaming  asosiy  va  mansub  ashyolarga 
bo'linishi ham  (FKning  90-moddasi)  huquqiy  ahamiyatga egadir.  Mansub 
ashyo deb asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo'jalik 
maqsadi  jihatidan  u  bilan  bog'liq  bo'lgan  narsalarga  aytiladi.  Masalan, 
asosiy ashyo qulf bo'lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
75


Mansub  ashyo,  agar  qonunda  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib 
belgilab  qo'yilmagan  bo'lsa,  asosiy  ashyoning  taqdiriga  bog'liq  bo'ladi. 
Binobarin, asosiy ashyo to'g'risidagi shartlar mansub ashyoga ham doirdir. 
Masalan,  birovning  egaligiga  yoki  vaqtincha  foydalanishiga  asosiy  ashyo 
o'tsa,  mansub  ashyo  ham  u  bilan  birga  o'tadi.  Ammo  qonun  yoki 
shartnomada  boshqacha  hollar  ham  belgilanishi  mumkin,  ya’ni  asosiy 
ashyo  birovga  o'tkazilganda  mansub  ashyoning  qoldirilishi  to'g'risida 
alohida kelishuv ham bo'lishi mumkin.
Mansub  ashyodan  uning  tarkibiy  qismini  ajratish  kerak.  Ashyodan 
uni  zararlantirmay  va  qiymatini  jiddiy  ravishda  tushirmay  ajratilishi 
mumkin  bo'lmagan  har narsa  ashyoning tarkibiy  qismi hisoblanadi.  Agar, 
masalan,  velosipedning  nasosi  mansub  ashyo  bo'lsa,  avtomashinaning 
radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Murakkab  ashyolar.  Agar  turli  xil  ashyolar  birikmaning  mohiyati 
bilan  belgilanadigan  vazifasi  bo'yicha  foydalanish  imkonini  beradigan 
yaxlit  bir  butunni  tashkil  etsa,  ular  bitta  ashyo  (murakkab  ashyo) 
hisoblanadi.  Murakkab  ashyo  xususida  tuzilgan  bitim,  agar  shartnomada 
boshqacha  tartib  belgilab  qo'yilgan  bo'lmasa,  uning  tarkibiy  qismlariga 
taalluqli bo'ladi (FKning 91-moddasi).
Ba’zi  ashyolar  hosil  va  daromad  beradigan  ashyolar bo'lishi  va  shu 
tufayli  bu  hosil  va  daromadlardan  foydalanish,  ulami  tasarmf  etish 
to'g'risidagi  ishni  hal  etish  masalasi  qo'yilishi  mumkin.  Ashyoning 
hosilva  daromadlari  to'g'risida  Fuqarolik  kodeksining  ba’zi  moddalarida 
ko'rsatma beriladi.  Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlaming 
qonunsiz  egallashidan  talab  qilib  olishda  daromad  va  harajatlaming 
to'linishi aytiladi.
Ashyodan  keladigan  hosil  va  daromadlar,  agar  qonunda  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  belgilab  qo'yilgan  bo'lsa,  ashyo  egasiga 
tegishlidir (FKning 92-moddasi).
Shu  o'rinda  fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  obyekti  sifatida  -  
qimmatli  qog'ozlar  haqida  ham  so'z  yuritishni  ma’qul  deb  topdik. 
Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti  natijasida qimmatli qog'ozlarga nisbatan 
davlat 
monopoliyasining  barham  topishi, 
iqtisodiyotga 
tovar-pul 
almashinuvi  va  tovar  muomalasi  uchun  xususiy  mulk  rivoji  va  xususiy 
mulkdor sinfini yaratish uchun qo'shimcha ahamiyatga ega bo'ldi.
Ayniqsa,  qimmatli  qog'ozlarga  nisbatan  davlat  monopoliyasining 
barham  topishi,  iqtisodiyotda  tovar-pul  almashinuvi  va  tovar  muomalasi 
uchun  xususiy  mulk  tovami  va  xususiy  mulkdorla  sinfini  yaratish  uchun 
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
76


Qimmatli  qog'ozlaming  tarixiy  shakllanish  ancha  uzoq  jarayonni 
boshidan  kechirgan  va  ular  davlat  antik  Rimda  vujudga  kelgan.  Qadimgi 
Rimda  qo'llanilgan  qimmatli  qozog'lar  takomillashib,  hozirgi  ko'rinish 
kasb etadi.
Ilk qimmatli qog'ozlar juda oddiy bo'lib, ularda quyidagi  savollar va 
javobgar  qo'rinish  aks  etgan:  va’da  berasanmi?  Va’da  beraman,  pul 
berasanmi?  Beraman.  Ana  shunday  savol-javoblar ko'rinishidagi  hujjatlar
-   qimmatli  qog'ozlar  huquqiy  munosabatga  kirishuvchi  har  ikkala 
tomonga ham majburiyat yuklashi bilan xarakterlangan.
Dastavval,  hozirgi  og'zaki  kelishuv  shaklidagi  qimmatli  qog'ozlar, 
imperator  YUstinianus  davriga  kelib  yozma  shaklda  tuzila  boshlandi. 
Natijada  ashyoga,  pulga  bo'lgan  haq  (huquq  va  talab)  qozog'  bilan 
uyg'unlashdi  va  bir  vaqtning  o'zida  ashyoga  bo'lgan  huquq  va  qog'ozga 
bo'lgan  huquq  birlashib,  umumiy  qog'ozga  nisbatan  huquq  yuzaga  keldi. 
Shu  tariqa  haq-huquqlar  birlashib,  ular  asosida  mana  shunday  -   talab 
qog'ozi paydo bo'ldi.
XII  asrga  kelib,  haq-huquqlarini  o'zida  ifodalovchi  qog'oz  turli 
xildagi  belgi  va  majburiy  yozuvlarga  ega  bo'ldi.  Bu  esa  qog'ozlami  aniq 
haq-huquqni  o'zida  namoyon  qilib  turuvchi  timsolga  aylantirdi1.  Bunday 
qog'ozlar  keyinchalik  ko'rsatilgan  to'lanishi  shart  bo'lgan  qimmatli 
qog'ozlar turining kelib chiqishiga asos bo'lgan.
O'sha  paytlardagi  qimmatli  qog'oz  o'z  egasiga  beradigan  huquqlar 
doirasi juda ko'p bo'lganligi tufayli, qimmatli qog'ozlar sekin-asta qo'ldan 
qo'lga  o'ta  boshladi  va  keyinchalik  ulaming  bir  shaxsdan  ikkinchisiga 
o'tish juda oson amalga oshardi.
O'rta  asrlarga  kelib  ko'pgina  davlatlar  (Angliya,  Germaniya, 
Fransiya)  xarajatlarini  qoplash  uchun  ko'chmas  mulk  o'miga  xazina 
majburiyatlari va obligatsiyalar chiqara boshladilar.
Faqatgina XVII  asrga kelib,  qimmatli  qozog'laming  orqa tomonidan 
imzo  qo'yishib,  boshqa  kishiga  berilishi  odat  tusiga  kirdi.  Qimmatli 
qog'ozlarga  imzo  qo'yilishi  qimmatli  qog'oz  egalarini  oson  almashishiga 
va  qimmatli  qog'ozlaming  muomalada  qo'llanilishini  tezlatishga  sabab 
bo'ldi.  Shuningdek,  imzolaming  paydo  bo'lishi  natijasida  qimmatli 
qog'ozlar  to'lova  va  kredit  berish  vositasi  bo'lib  xizmat  qila  boshladi. 
Qog'ozlar  XVII  asrga  kelib  hissali  qimmatli  qog'oz  -   aksiya  paydo 
bo'lgan.  XIX  asrdan  boshlab  qimmatli  qog'ozlar  o'zgarib,  shakllanib  va 
iqtisodiy hayotda keng qo'llaniladigan holatga o'tgan.
1  Yu.Nazarov.  O’zbekiston  Respublikasida qimmatli qog’ozlar to’g ’risidagi  qonunchilik //  Ho'jalik  va  huquq.  1996.  •
№6. -32 b.
77


Fuqarolik  huquqiy  munosabati arida  qatnashuvchi  shaxslaming 
subyektiv  huquqlari  va  majburiyatlari  nimaga  qaratilgan  bo‘Isa,  ushbu 
narsalar fuqarolik huquqi obyekti hisoblanadi.
Boshqacha  qilib  aytganda,  jismoniy  va  mulkchilik  shaklidan  qat’iy 
nazar,  yuridik  shaxslar  foydalanishi  va  tasavvur  etishini  amalga  oshira 
oladigan,  erkin  sur’atda  olish,  sotish  huquqi  va  odob-axloq,  me’yorlari 
bilan  cheklanmagan  har  qanday  moddiy  narsalar  va  nomoddiy 
qiymatliklar,  qadriyatlar  boylik  hisoblanib,  fuqarolik  huquqining  obyekti 
hisoblanadi.
Oldingi  Fuqarolik  kodeksida  fuqarolik  huquqi  obyektlariga  faqat  5- 
modda bag'ishlangan bo'lib, ulardan ikkita boshlang'ich moddalar (40-41- 
moddalar)  da  ko'rsatilgan  narsalar  va  buyumlar  “faqat  alohida  ruxsatlar 
bilan olinishi” yoki “belgilangan tartib va doiralardagina oldi-sotdi buyumi 
bo'lishligi” haqidagi qoidalar nazarda tutilgan edi2.
Fuqarolik  huquqiy  hujjatlarida  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar 
bo'yicha  huquqiy  munosabatlami  vujudga  kelishi  asoslari 
aniq 
ko'rsatilmagan  edi.  Obyektlar  faqat  darsliklarda  atroflicha  talqin  qilinar 
edi.  Yangi  Kodeksda  obyektlami  huquqiy  tartibga  solishga  yigirmata 
modda  ajratildi.  Bu  fuqarolarga,  yuridik  shaxslarga  mulkning  turli 
shakllari  asosida  tadbirkorlik  bilan  shug'ullanish  uchun  keng  sharoit  va 
teng huquq berilganligidan dalolat beradi.
Qimmatli  qog'oz  H.R.Rahmonqulovning  ta’biricha,  moddiy  ne’mat 
sifatida  o'ziga  xos  tabiiy  xususiyatlari,  alomatlari  bilan  fuqarolar  va 
xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  o'rtasida  mulkiy  munosabatlarga  nisbatan 
turli qoidalami qo'llashga sabab bo'ladi.
Fuqarolik  kodeksining  96-moddasiga  muvofiq,  qimmatli  qog'ozlar 
boshqa  shaxsga  berilishi  bilan  ular  tomonidan  tasdiqlanadigan  hamma 
huquqlar ham o'sha shaxsga o'tadi.
Fuqarolik  huquqining  obyekti  sifatida  qimmatli  qog'ozlar  quyidagi 
xususiyatlarga ega:
1. 
Yu.Nazarovning  fikricha,  qimmatli  qog'oz  (hujjat)  mulkiy 
xarakterga  ega,  ya’ni  qimmatli  qog'oz  o'z  matnida  qandaydir  mulk 
huquqini  ifodalaydi.  Lekin  qimmatli  qog'ozlaming  barchasi  o'z  matnida 
faqatgina  mulkiy  huquqlami  ifoda  etmaydi,  masalan,  aksiya  faqatgina 
mulkiy huquqlami o'zida aks ettirib qolmasdan,  o'zida nomulkiy huquqni- 
Ya’ni  tashkilotni  boshqarishda  ovoz  berish  huquqini  ham  o'zida


Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish