4
. Sanoat mulki tushunchasi, turlari va ularni huquqiy muhofaza
qilish
Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlarining tarkibiy
qismi hisoblanadi. “Sanoat mulki” iborasini tom ma’noda tushunmaslik
lozim. Ushbu iborani qo‘llash XVIII-XIX asrlarda Evropa mamlakatlarida
huquqiy yorliq - patent orqali muhofaza qilinadigan ixtirolar - texnik
xarakterdagi echimlami, asosan, sanoat sohasida qo'llanganligi bilan
bog'liq. Hozirgi vaqtda sanoat mulki nafaqat sanoatda, balki amaliyotning,
turmushning hamma sohalarida qo‘llaniladi. Garchi bu ibora aniq-ravshan
bo‘lmasa ham, biroq qonunshunoslikda mustahkam o'mashib qolganligi
sababli xalqaro konvensiyalarda, rivojlangan mamlakat qonunlarida
intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza yorlig'i asosida
himoya qilinadigan katta bir guruhining nomi sifatida an’anaviy jihatdan
keng qo‘llanilib kelmoqda. Sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha Parij
konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari sifatida quyidagilar
ko‘rsatiladi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat namunalari; 4)
tovar belgilari; 5) xizmat ko‘rsatish belgilari; 6) firma nomi; 7) manbani
ko‘rsatish; 8) tovaming kelib chiqish joyi nomi (1-2 moddalar); 9) g'irrom
raqobatning oldini olish.
Amaldagi FKda sanoat mulkiga bo‘lgan xuquq ixtiro, foydali model,
sanoat namunasiga bo‘lgan huquq sifatida nazarda tutiladi.
223
FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat
namunasi fakti yaratilishi bo'yicha emas, balki maxsus huquqiy muhofaza
yorlig'i hujjati - patent berilgan taqdirdagina ximoya qilinadi,
qo'riklanadi. Huquqiy muhofaza yorlig'i - ixtiro, foydali model va sanoat
namunasiga nisbatan patent deb ataladi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo'yiladigan
patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent
idorasining bunday hujjatni berish tartibi O'zbekiston Respublikasining
2002-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to'g'risida”gi qonun (bundan keyin ushbu paragrafda Qonun
deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari ushbu Qonunning 6-
moddasida belgilab qo'yilgan. Unga asosan ixtiro sifatida ko'rsatilgan
obyekt (Ya’ni amaliy ahamiyatga ega bo'lgan muammoning echimi)
basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega va uni sanoatda qo'llash
mumkin bo'lsa, patent asosida huquqiy muhofaza qilinadi.
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasida yaqqol namoyon
bo'lmasa, ochiq-ravshan ko'rinib turmasa, ixtirochilik darajasiga ega
bo'ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar
jahonda ommaviy oshkora e’lon qilingan har qanday ma’lumotlami o'z
ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog'ida birmuncha oldin
ustuvorlikka ega bo'lgan holda topshirilgan va qaytarib olingan
talabnomalar ham hisobga olinadi. Ixtiro obyektlari turli-tuman
ko'rinishlarga ega. Ba’zi holda avvaldan mavjud obyektning yangi
maqsadlarda qo'llanilishi ham ixtiro hisoblanadi. Masalan, qurilmalar,
usullar, moddalar, mikroorganizmlaming shtammlari, o'simliklar va
hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek ilgaridan ma’lum bo'lgan
qurilmalar, usullar, moddalami, mikroorganizmlar shtammlarini yangi
maqsadda qo'llanish ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
Quyidagilar ixtiro hisoblanmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalami bajarish qoidalari va usullari;
EHMlar uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlami rejalashtirish loyihalari va tarhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, buyumlaming
faqat tashqi ko'rinishiga oid echimlar;
integral mikrosxemalaming topologiyalari;
224
o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar
(masalan, insonning ruhiy va jismoniy qiynoqqa solish vositalari, fahsh-
buzuqlik vositalari va hokazo).
Foydali modellaming patentga layoqatlilik shartlari qonunning 7-
moddasida belgilab qo‘yilgan.
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlaming konstruktiv
jihatdan yasalishi, tayyorlanishi, shuningdek, ulami tarkibiy qismlari
foydali model hisoblanadi.
Foydali model sifatida ko'rsatilgan obyekt, basharti u yangi bo‘Isa,
uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘Isa, patent berish orqali xuquqiy
muhofaza qilinadi. Ushbu talablar ixtiroga nisbatan qo'yiladigan talablarga
o'xshashdir. Ayni vaqtda ular o'rtasida jiddiy tafovutlar ham mavjud.
Masalan, foydali model ixtirochilik darajasiga ega emas. Foydali model
obyektlari doirasi torroq. Jumladan, usullar, moddalar, mikroorganizm
shtammlari, o'simlik va hayvon hujayralarining turlari, shuningdek,
ulaming yangi maqsadda qo‘llanilishi foydali model hisoblanmaydi. Ayni
vaqtda, ixtiro bo‘lib hisoblanmaydigan obyektlar ham foydali model
sifatida muhofaza qilinmaydi.
Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik
echimlari sanoat namunasi hisoblanadi. Ushbu echimlar buyumning
konstruktiv xususiyatlarini emas, balki faqat tashqi qiyofasini, tashqi
ko‘rinishini shakllantiradi. Badiiy-konstruktorlik echimi sifatida sanoat
namunalari san’at asarlaridan shu bilan farqlanadiki, unda buyumning
konstruktiv (texnik yaroqlilik, qulaylik xususiyatlari, ishlash qobiliyati) va
estetik sifati (chiroyliligi, bezatilganligi) uzviy uyg'unlashgan bo‘lishi
lozim.
Sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt, basharti u yangi, o ‘ziga
xos original bo‘Isa, uni amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘Isa, patent berish
orqali huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (Qonunning 8-moddasi). Sanoat
namunasi basharti buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini
belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish
sanasiga qadar jahonda ommaviy-oshkor e’lon qilingan ma’lumotlardan
ayon (ochiq-ravshan ko‘rinib turgan) bo‘lmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasi, basharti uning muhim alomatlari majmui buyum
xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog‘lik bo‘Isa, o ‘ziga xos (original)
hisoblanadi.
225
Sanoat namunasi, basharti uni (buyumni tayyorlash orqali) takror-
takror hosil qilish (istifoda qilish, qayta ko‘paytirish) mumkin bo‘lsa,
sanoat (amaliyotda) qo'llash mumkin deb hisoblanadi.
Shunday qilib, badiiy-konstruktorlik echimi agarda badiiy-jihatdan
mujassamlangan, ifodalangan, kompozitsiya yaxlitligi, oqilona ratsional
shaklga ega (Ya’ni konstruktiv-texnologik talabga mos) va ergonomika
mezonlariga muvofik bo‘Isa, sanoat namunasi deb e’tirof etiladi (masalan,
engil avtomobillaming yangi modellari).
Quyidagilar sanoat namunasi hisoblanmaydi: matbaa (nashr)
mahsulotlari (gazeta, jumal, kitob va hokazo, arxitektura obyektlari (kichik
arxitektura shakllaridan tashqari) me’morchilik shakllaridan tashqari),
sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar, suyuq, gazsimon,
sochiluvchan va shunga o'xshash moddalardan iborat o ‘zgaruvchan
shakldagi obyektlar, buyumlarning faqat texnik funksiyasi bilan bog‘lik
bo'lgan echimlar (gayka, shrup, bolt va shu kabilar), jamoat manfaatlariga,
insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.
Sanoat mulki obyektiga bo'lgan xuquq muallifga (ham mualliflarga)
yoki uning (ulaming) xuquqiy vorislariga tegishli bo'ladi hamda xuquqiy
muhofaza yorlig'i (patent, guvohnoma) bilan tasdiqlanadi.
Basharti bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki
obyektini yaratgan bo'lsa, huquqiy muhofaza yorlig'i (patent)ga bo'lgan
huquq Patent idorasiga birinchi bo'lib talabnoma topshirgan shaxsga
beriladi.
Sanoat mulki
obyektlarining
patenti
davlat ekspertizasidan
o'tkazilgandan keyin beriladi.
Ixtiroga berilgan patent ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini,
patentning haqiqiyligi patentning egasining ixtiroga egalik qilinishini, uni
tasarruf etish va undan foydalanishga nisbatan mutlaq huquqini
guvohlantiradi.
Sanoat namunasiga, foydali modelga berilgan patent ham xuddi
shunday vazifalami bajaradi.
Patent egasining mutlaq huquqi ushbu sanoat mulki obyekti
ro'yhatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy
axborotnomasida e ’lon qilingan sanadan boshlab amalda hisoblanadi.
Patent idorasiga patent berish haqidagi talabnqma topshirilgan
sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiroga bulgan patent 20 yil mobaynida,
sanoat namunasiga bo'lgan patent 10 yil davomida foydali model patenti 5
yil davomida amal qiladi.
226
Ixtiro patentining amal qilish muddati qonun hujjatlarida nazarda
itutilgan hollarda patent egasining iltimosiga binoan patent idorasi
tomonidan ко‘pi bilan 5 yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro
patentning amal qilishini uzaytirish tartibi Patent idorasi tomonidan
belgilanadi.
Sanoat namunasi, foydali model patenti, amal qilish muddati patent
egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishli ravshida besh
yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Patent berish tartibi Qonunning
14-26-moddalarida belgilab
qo‘yilgan.
Huquq egasi patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model,
sanoat namunasidan o ‘z xohishiga ko‘ra foydalanish bo‘yicha mutlaq
huquqqa egadir. Bunday mutlaq huquq quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat:
a) huquqiy muhofaza qilingan echimlami qo‘llagan holda mahsulot
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish;
b) Patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlami o ‘z ishlab
chiqarishida qo'llash, joriy qilish, amalga oshirish;
v) muhofazalangan echimga ega bo'lgan mahsulotlami sotish yoki
sotishga taklif qilish;
g) xuddi shunday muhofazalangan echimga ega bo‘lgan buyumlami
import qilish;
d) sanoat mulki obyektidan o ‘z xohishiga ko'ra qonun doirasida
foydalanish;
e) sanoat mulki obyektidan g ‘ayriqonuniy foydalanish harakatlariga
barham berish va buning natijasida yetkazilgan zararlami undirishni talab
qilish;
j) patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki obyektidan o ‘zgalaming
foydasiga voz kechish;
z) sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini litsenziya
shartnomasi bo‘yicha har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga topshirish
(patentdan o ‘zganing foydasiga voz kechish to‘g ‘risida shartnoma va
litsenziya shartnomasi patent idorasidan ro'yxatdan o ‘tishi kerak);
i)
patent egasiga foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlari
patentlanganligini ko'rsatuvchi ogohlantirish tamg'asidan foydalanishga
haqli.
Bu tarkibiy qismlar bir butun yaxlit holda mutlaq huquq mazmunini
tashkil etadi. Ayni vaqtda huquqiy muhofaza uning ayrim qismlarinigina
qamrab olish mumkin. Masalan, neftdan benzin olish usuli. Bu usul
227
asosida ishlab chiqarilgan mahsulotning o ‘zi huquqiy muhofaza ostida
bo'lmaydi. Ma’lumki, yorliq berilgan echim, mahsulotga nisbatan mutlaq
huquq eng kamida O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Binobarin, bunday mahsulotni 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirish (import qilish) huquqi ham mutlaq huquq egasiga tegishlidir.
Boshqa har qanday shaxslar ixtiro, foydali model va sanoat
namunasidan patent egasi ruxsati yoki u bilan kelishuv asosidagina
foydalanishlari lozim.
Bir necha patent egasiga qarashli bo'lgan sanoat mulki obyektidan
foydalanish borasidagi o'zaro munosabatlar ular o'rtasidagi kelishuvga
asosan belgilinadi. Bunday kelishuv bo'lmagan taqdirda ham har bir patent
egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan o ‘z xohishicha
foydalanishi mumkin. Lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektni
mutlaq litsenziya berishga yoki patentni o‘zga shaxsga topshirishga haqli
emas. Intellektual mulk huquqini amalga oshirish bo'yicha normalar
mazmuniga zid bo'lmasa, yagona sanoat mulki obyektiga nisbatan sherik
patent egalari o'rtasidagi munosabatlarga FKning 18-bobi (umumiy mulk
huquqi) qoidalarini qo'llash mumkin.
Qonunning 12-moddasiga asosan, quyidagi hollar patent egasi
mutlaq huquqini buzish sifatida e’tirof etilmaydi:
O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki
obyektlarida tarkib topgan qurilmalami Parij Konvensiyasi qatnashchisi
bo'lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O'zbekiston
Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qo'llash (bu
qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlar uchungina foydalanishi
sharti bilan);
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba o'tkazish;
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalami tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa
favqulodda hollarda qo'llash.
Huquqiy muhofaza yorlig'i berilgan sanoat mulki obyektlaridan
tarkib topgan vositalami, basharti bu vositalar fuqarolik muomalasiga
qonuniy yo'l bilan kiritilgan bo'lsa, qo'llash:
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalami daromad olmay, shaxsiy maqsadlarda foydalanish,
qo'llash;
dorixonalarda vrach retsepti bo'yicha bir gallik dorilar tayyorlash;
228
qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda, tartibda va hajmlarda
avvaldan foydalanuvchi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i olgan
sanoat mulki obyektlarildan foydalanish.
i.
FRning 1034-moddasi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
Do'stlaringiz bilan baham: |