xauni huquqiy muhofaza qilish shartlari kabi m asalalar yoritiladi.
1. Intellektual mulk huquqi obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Huquqiy sohada amalga oshirilgan islohotlaming eng muhim jihati
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining bevosita tartibga soladigan yangi
qonunchilik bazasini vujudga keltirish va uni doimiy ravishda shakllantirib
borish bilan belgilandi. Qabul qilingan yangi qonunlar asosida
iqtisodiyotimizda vujudga kelgan yangidan-yangi munosabatlar tartibga
solina boshladi. Shu ma’noda mamlakatimizda huquqiy tartibga solishning
izchil mexanizmi yaratildi.
O'tgan XX asrdan boshlangan va doimiy, uzluksiz tus olgan ilmiy-
texnika inqilobi nafaqat inson turmushi, balki u kirishadigan ijtimoiy-
huquqiy munosabatlami ham tubdan o ‘zgartirib yubordi.
Yangi asrimizda axborot texnologiyalaridan, intellektual mulk
obyektlaridan foydalanish tobora keng tus olmoqda. Bu borada mam
lakatimizda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur
2005-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Bern Konvensiyasini ratifikatsiya
qilganligi ham muhim holatdir. Shu ma’noda, intellektual mulk
obyektlarini huquqiy tartibga solish, o ‘rganish dolzarb ahamiyatga ega.
Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos
obyekti bo‘lib hisoblanadi. “Intellekt” lotincha so‘z bo‘lib, “aql” ma’nosini
208
anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa
obyektlari - ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari
bo'yicha farq qiladi:
- ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko'rinishda emas
balki g ‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo'ladi. Obyektiv shaklda
ifodalangan g ‘oya, bilim moddiy eltuvchida moddiy ifodada, masalan,
chizma maket apparat qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin, biroq
bunda g ‘oya, bilim birlamchi, uning moddiy mujassami har doim
ikkilamchi bo'ladi;
- g'oya, bilim shaklida intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy
ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;
- bunday obyektlardan bir vaqtning uzida cheksiz doiradagi shaxslar
foydalana olishi mumkin;
-
intellektual
mulk huquqi
obyektlariga mulk huquqining
bemuddatligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qo'llanilmaydi.
Binobarin, ko'pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga
olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan
muddatlar bilan chegaralangan bo'ladi;
- qonunlarda belgilangan muddatlar o'tishi bilan intellektual mulk
xuquki soxibining ma’lum intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq
huquqlari bekor bo'ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib,
har kim undan ma’lum shart lar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga
rioya qilingan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo'ladi;
- intellektual mulk huquqi obyektlari g'oya ko'rinishida bo'lgan
hollarda ularga nisbatan ashyolar singari egallash mumkin emasligi,
ulardan bir vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish
imkoniyatlari mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk
huquqini himoya qilishda vindikatsion da’voni qo'llash (FKning 228
moddasi) imkoniyati amalda mavjud emas;
- intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk
huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo'llaniladi;
- intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum
hudud bilan ham chegaralangan bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan
O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent
O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi
bilan xorijiy davlatlar o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar
asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi;
209
-
ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ulaming
mualliflari
shaxsiy
huquqlari
mavjud
bo‘lib,
bu
obyektlardan
foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim boiadi'.
Intellektual mulk obyektlari bu obyektlaming qanday faoliyat
mahsuli ekanligi, ulaming huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |