To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Er-xotinlar o‘rtasidagi mulk huquqi



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

4. Er-xotinlar o‘rtasidagi mulk huquqi
Oila  qonunchiligi  er-xotinning  nikoh  davrida  orttirgan  mulklari 
ulaming  birgalikdagi  umumiy  mulki  bo‘lishi  ko‘rsatilgan3.  Bunda  u  yoki 
bu  mulkning  kim  tomonidan  sotib  olinganligi,  kimning  nomiga 
rasmiylashtirilganligi,  er  yo  xotindan  birortasining  qancha  maosh  olishi, 
butunlay  olmasligining  mutlaqo  ahamiyati  yo‘q.  Umumiy  mulkni  orttirish 
masalasiga kelganda,  oila o ‘z yumushlarini  qilish,  farzandlami  tarbiyalash 
har  qanday  maosh  to'lanib  qilinadigan  ijtimoiy  ishga  tenglashtiriladi.  Bu 
esa  mamlakatimizda  ayollaming  erkaklar  bilan  to‘la  tengligini  isbotlaydi, 
ayollaming  salomatligi,  ulaming  mehnatlari  qadrlanganligini,  onalarga 
cheksiz  hurmat  bilan  qaralganligini  bildiradi.  Mamlakatimizda  “Sog‘lom 
avlod uchun” harakat Hukumat darajasida amalga oshirilayotganligi bunga 
yaqqol dalildir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  23-moddasiga  asosan  er 
va  xotinning  nikoh  davomida  orttirilgan  mol-mulklari,  shuningdek  nikoh 
qayd  etilgunga  qadar,  bo‘lajak  er-xotinning  umumiy  mablag‘lari  hisobiga 
olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hoi 
ko‘rsatilmagan bo‘Isa, ulaming birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er-xotinning  tadbirkorlik  faoliyatiga  qo‘shgan  mablag‘lar  va  undan 
kelgan  daromadlar,  agar  er-xotin  o'rtasidagi  shartnoma  bilan  o ‘zgacha 
tartib belgilangan bo‘lmasa, ulardan har birining mulki bo‘ladi.
1 Qonun nomi bilan H O ’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi,  1995. 3-4-son. -B .33-34.
2 Qonun nomi bilan// O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi,  1995.  l-2-son.-28 и.
3 O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -Toshkent: Adolat,  1998.
206


Er  va  xotinning  nikoh  davomida  orttirgan  mulklari  jumlasiga 
ulaming  har  birining  mehnat  faoliyatidan,  tadbirkorlikdan  va  intellektual 
faoliyat  natijalaridan  orttirilgan  daromadlar,  pensiyalar,  nafaqalar, 
shuningdek,  ulaming  umumiy  daromadlari  hisobiga  olingan  ко‘char  va 
ko‘chmas mulklar,  qimmatli  qog'ozlar,  paylar,  omonatlar er yoki xotindan 
birining  nomiga  rasmiylashtirilganligidan  qat’iy  nazar  er-xotinning 
umumiy mulkiga kiradi.
Er  va  xotin  o'rtasidagi  umumiy  mulk  huquqining  taqdiri  nikohning 
bekor  qilinishi bilan  o'zgarishi  mumkin.  Bu  holda  dastlab  er va xotinning 
nikoh tuzganliklariga qadar o'zlariga tegishli bo'lgan mulklari,  shuningdek 
nikoh  davomida  hadya  yoki  meros  tariqasida  olgan  mulklari-har  birining 
o'z  mulki  qilib  ajratilishi  va  ular  o'rtasidagi  umumiy  mulkka 
qo'shilmasligi kerak.
Er-xotinning  majburiyatlari  ulaming  qanday  asoslardan  kelib 
chiqqaniga  qarab  umumiy  mulk  hisobidan  bajarilishi  mumkin.  Agar 
majburiyat  er  va  xotinning  umumiy  xo'jalik  yoki  oila  manfaatlarini 
ko'zlab  qilgan  harakatlaridan  kelib  chiqqan  bo'lsa,  qarz  so'zsiz  umumiy 
mulkdan undiriladi.
Majburiyat  er  yoki  xotinning  shaxsiy  qarzlaridan  kelib  chiqqan 
bo'lsa,  majburiyat  qarzlari  o'z  shaxsiy  mulkidan  yoki  unga  tegishli 
umumiy  mulk  ulushidan  undiriladi.  Agar  er-xotinning  umumiy  mulki 
jinoyat  hisobiga  jamg'arilgani  yoki  ko'paytirilganligi  sud  hukmi  bilan 
isbot qilinsa-jinoyat tufayli keltirilgan hamma mulk hisobidan undiriladi.
Yuqorida  bay on  qilingan  er  va  xotinning  umumiy  mulki  haqidagi 
qoidalar  FHDYoda  qayd  etilgan  nikohda  turuvchi  shaxslarga  nisbatan 
tatbiq  qilinadi.  FHDYoda  ro'yxatdan  o'tmay  birga  tumvchilarga  Oila 
kodeksida  bayon  qilingan  yuqoridagi  qoidalar  tatbiq  etilmaydi.  Ular 
o'rtasidagi  umumiy  munosabatga  Fuqarolik  kodeksining  umumiy  mulk 
huquqi to'g'risidagi normalari qo'llaniladi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish