haq baravariga ham, tekinga ham birovga o'tkazish nazarda tutiladi.
Umumiy mulkning sheriklari tashkilot bo‘lgan taqdirda, ular o ‘z
ulushlarini birovga haq baravariga o'tkazadi, ko'pincha uni sotadi.
Fuqarolar esa, o ‘z ulushlarini haq baravariga ham, tekinga ham birovga
o ‘tkazishi chunonchi, sotishi, hadya etishi, shuningdek vasiyat qilib
qoldirishi mumkin.
Mulkdorlardan biri o ‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan
mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotilayotgan narxda va boshqa teng
shartlarda sotib olishda imtiyozli huquqiga egadir. Kim oshdi savdosi
orqali sotish hollari bundan mustasno (FKning 224-moddasi).
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o ‘z ulushini o'zga shaxsga sotish
niyati haqida boshqa mulkdorga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning
narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko‘rsatishi shart. Agar qolgan
mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz
kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran ko‘chmas
mulkka nisbatan bir oy davomida boshqa mol-mulkka nisbatan esa- o ‘n
kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o ‘z ulushini har qanday
shaxsga sotishga haqli bo'ladi.
Davlat, kooperativ yoki boshqa yuridik shaxs uy-joyga nisbatan
bo‘lgan umumiy mulk huquqidagi o'z ulushini sotgan taqdirda-uy-joyning
ana shu ulushni sotib olishda imtiyozli huquq uyning shu qismida
yashovchi shaxslarga beriladi, ular sotib olishni xohlamaganlari yoki bu
huquqni amalga oshirmaganlarida esa ulushni sotib olish huquqi umumiy
mulkning qolgan sheriklariga o'tadi.
Agar ulush sheriklaming imtiyozli huquqlari buzilib sotilsa, umumiy
ulushli mulkning boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari
o'ziga о 'tkazilishi to'g'risida da’vo qo'zg'atib, sudga murojaat qilishi
mumkin. Ammo bu huquq va majburiyat mulkni olib-sotishda belgilangan
narxini hamda sotib olish bilan bog'liq bo'lgan harajatlami to'lash sharti
bilangina unga o'tkazilishi mumkin.
Agar mulk oluvchi ulushni sotib olish to'g'risida rozilik bergan
bo'lsa-yu, lekin u notarial idoraga kelishdan bosh tortsa, notarius
sotuvchining tanlashi bo'yicha boshqa shaxs bilan shartnomani
rasmiylashtirish huquqiga ega.
Umumiy mulk bo'lgan uydan tegishli ulush soqit qilinishida,
masalan, sotilishida, uyga bo'lgan ulushlar real (natura shaklida)
ko'rsatilmay, balki arifmetik ulushlarda belgilanadi. Ammo shu
bilan birga
sotuvchi foydalanish uchun qaysi kvartira yoki xonaning o'tishini
ko'rsatishi mumkin. Agar umumiy ulushli mulk bo'lgan turar joy
ishtirokchilari o'rtasida uyning ayrim xonalaridan foydalanish to'g'risida
204
oldindan kelishilgan bo'lsa, bunday kelishish ham notarius tomonidan
tasdiqlanishi mumkin.
Ulush sheriklaming imtiyozli huquqlari buzib sotilgani holda
umumiy ulushli mulkka bo'lgan boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va
majburiyatlari o'ziga o'tkazilishi to'g'risida da’vo qo'zg'atib, sudga
murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida qoidalar keng ma’noda joriy
qilinmaydi, chunonchi, turar-joyni hadya va vasiyat qilish hollarida
qo'llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: