2. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar
Intellektual faoliyat natijalarming mualliflari ana shu natijalarga
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi.
Intellektual faoliyat natij alariga nisbatan uning muallifining shaxsiy
huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo'lmagan, ushbu natijaga
nisbatan
ijodkor-yaratuvchi
sifatidagi
mavqeini
e’tirof
etish,
mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari
tushuniladi va huquqlar muallifining faqat o ‘zigagina tegishli bo‘lib,
boshqa birovga o ‘tkazilishi, ya’ni muallifdan begonalashtirilishi mumkin
emas. Shaxsiy huquqlar mazmuni, doirasi har bir intellektual faoliyat
natijasi uchun alohida, o'ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik
huquqi obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng
(mualliflik huquqi, nomga bo‘lgan huquq va hokazo). Ba’zi obyektlar
bo‘yicha esa (seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt muallifi sifatida
tan olinishi bilan kifoyalanadi.
Intellektual faoliyat naijalari muallifi shaxsiy huquqlari bila bir
qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy
huquq mazmuni muallifining ushbu o ‘zi yaratgan intellektual faoliyat
natij asidan foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish
yoki haq evaziga bu natijaga nisbatan huquqlami boshqalarga o ‘tkazish
imkoniyatlari bilan belgilanadi.
211
Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to iiq yoki cheklangan bo'lishi
mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning
1034-moddasi) muallifning o ‘ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa,
muallifning intellektual faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan
xarakterga ega bo‘ladi (masalan, mualliflik huquqida ergashma huquqi
yoki ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo'yicha seleksionerlaming patent
egasidan mukofot olish huquqi, ixtirodan ilmiy-tadqiqot va shaxsiy
maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan
qat’i nazar, tegishli bo‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga
bo‘lgan mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o'tgan taqdirda ham uning
o ‘zida saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy
huquqlar faqat ijodkor yaratuvchi (muallif) ning o ‘ziga tegishli bo'ladi,
mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham tegishli bo'lishi mumkin
(masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda). Mulkiy huquqlar
fuqarolik muomalasida faol harakatda bo‘lishi; u boshqalarga haq evaziga
yoki tekin o ‘tkazilishi, garov predmeti bo'lishi, meros tartibida o ‘tishi
mumkin. Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog‘liq,
undan begonalashtirilishi, birovga o ‘tkazilishi mumkin emas. Binobarin,
intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar fuqarolik
muomalasida qanday harakatda bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsiy huquqlar
faqat ijodkor-muallifning o ‘zida saqlanib qoladi va mulkiy huquqlardan
foydalanuvchilar ijodkor-yaratuvchi (muallif) ning shaxsiy huquqlariga
rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib olgan
nashriyot asami nashr etishda muallif nomini ko‘rsatishi, asar daxlsizligiga
rioya qilishi lozim.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar yoki
xizmatlaming xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan
huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo‘ladi.
Alohida farqlash belgilar (xususiy alomatlami aks ettiruvchi
vositalar) ga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat najilariga nisbatan
bo'lgan huquqlar kabi ikki turga, ya’ni shaxsiy va mulkiy xarakterdagi
huquqlarga boiinadi, demak, unga ikki xil xarakterdagi huquq sifatida
qaraladi. Binobarin, alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlami aks
ettiruvchi vositalar) ga nisbatan huquq sohibining huquqi nafaqat mulkiy,
ayni vaqtda shaxsiy xarakterda ham bo‘ladi. Biroq bu huquq ma’lum
tartibda va shartlarga rioya qilingan holda haq evaziga yoki tekin,
vaqtincha boshqalarga o ‘tkazilishi, foydalanish uchun berilishi mumkin
bo‘ladi (firma nomiga bo'lgan huquqdan tashqari).
2 1 2
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb
e’tirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy
mehnati bilan intellektual faoliyat natij asini yaratgan shaxsgagina tegishli
bo'ladi.
Intellektual faoliyat natijasida ixtiro yoki asami o ‘z aqliy, ijodiy
faoliyat mehnati bilan yaratgan shaxs ushbu natij aning muallifi deb tan
olinadi, e’tirof etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan
mualliflik huquqi deb atalib, barcha qolgan shaxsiy huquqlaming o'zagini
tashkil etadi, boshqa shaxsiy huquqlar ushbu huquq mavjud bo'lgan
taqdirdagina, undan kelib chiquvchi o'ziga xos hosila, ikkilamchi huquq
hisoblanadi. Muallif sifatida tan olishga bo'lgan huquq o ‘z mohiyatiga
ko‘ra shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi, ya’ni u, birinchidan ijodkor-
yaratuvchi shaxsi bilan bog‘liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisodiy mazmunga
ega emas, uchinchidan, huquq sohibining o ‘zidan begonalashtirilishi
mumkin emas. Bunday huquq ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat
natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo'ladi. Ijodiy xususiyatlarga ega
bo‘lmagan, odatdagi, mexanik xarakterdagi mehnati bilan ijodiy faoliyat
natijasini yaratishda qatnashgan shaxslar muallif huquqiga ega boimaydi
(masalan, ixtirochi chizmasi asosida ixtiro qurilmasni yasagan chilangar va
hokazo).
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o ‘tkazilmaydi, berilmaydi. Ijodiy
faoliyat natijasiga nisbatan muallif huquqi ijodkor yaratuvchisining
o‘zigagina tegishli, uning o'zidan har qanday tarzda, har qanday asosda
begonalashtirilishi, boshqa birovga o ‘tkazilishi mumkin emas. Shu
sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga
o'tkazish (sotish, hadya qilish) yoki undan boshqa shaxslar foydasiga voz
kechish muallifning o ‘z erki, ixtiyori va xohishi bilan sodir bo‘Isa ham
haqiqiy hisoblanmaydi. Binobarin, bir shaxs ikkinchi shaxs uchun uning
nomidan dissertasiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari
haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida intellektual mulk
obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o ‘zIashtirib olish, hammualliflikka
majburlash, shuningdek ushbu mulk obyektlari to‘g ‘risidagi ma’lumotlarni
ular rasman ro‘yxatdan o ‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar
muallifning roziligisiz oshkor qilish harakatlari uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan. Agar ijodiy faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki yoki unda ortiq
shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ular
213
hammualliflar hisoblanadi1. Hammualliflar shaxsiy huquqlari umumiy
qoidalar bo'yicha teng hajmda bo'lishi e’tirof etiladi. Mulkiy huquqlar
hajmi esa hammualliflar o'rtasida o'zaro kelishuv asosida belgilanadi va
noteng hajmda bo'lishiga yo‘l qo'yiladi.
Barcha shaxsiy huquqlar kabi muallif-yaratuvchi huquqlari bemuddat
himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |