5. Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlarining intellektual
mulk sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari
Intellektual mulk obyektlari ichida mualliflik huquqi obyektlari
alohida o'rinni egallaydi. U kishilar ijodiy faoliyatining barcha foydalana
oladigan ma’naviy ne’matlaming katta qismini o'z ichiga oladi. Odatda
mualliflik huquqi obyektlari tor ma’noda fan, adabiyot va san’at asarlari
sifatida talqin etiladi. Bu o'rinda mavzudan bir oz chekingan holda shuni
eslatib o'tish o'rinliki, mamlakatimiz o'zining boy madaniy-ilmiy
merosiga ega. Bu merosning katta qismini ilmiy-ijodiy va ilmiy-badiiy
asarlar egallaydi. Binobarin badiiy-ilmiy, ijodiy faoliyat o'zbek xalqi,
millati va hududlarimizda asrlar davomida yashab kelayotgan boshqa
halqlarga juda qadimdan xos bo'lgan xislatlardir. Al-Xorazmiy, Beruniy,
Ibn Sino, Al-Farg'oniy kabi mutafakkirlar, Navoiy, Bobur, Mashrab,
Nodira, Yassaviy, Furqat, Muqimiy, Ogahiy kabi buyuk so'z ustalarini
eslab o'tish bu boradagi merosimiz qanday boy va teran ildizlarga ega
ekanligidan dalolat beradi. Bu meros tarkibidagi ko'pgina asarlar jahon
ma’naviy olam insoniyatning tafakkur mahsuli bo'lgan durdona asarlardan
hisoblanadi. Garchi musulmon huquqida mulkiy munosabatlar batafsil
tartibga solingan bo'lishiga qaramasdan ijodiy faoliyat natijalari uning
ta’siri ostida bo'lmaganini qayd etib o'tmoq lozim. To'g'ri, o'sha
230
I
davrlarda ham plagiat (adabiy o ‘g ‘irlik, birovning asarlarini o‘zlashtirish)
hollari uchrab turgan, biroq bu holat huquq me’yorlari bilan emas, balki
ijtimoiy me’yorlar-birinchi galda axloq, odob me’yorlari orqali
qoralangan.
Binobarin, ashyoviy mulkdan farqli ravishda ilmiy ijodiy faoliyat
axloq me’yorlari muhofazasi ostida bo‘lgan deb aytish mumkin. Buning
asosiy sababi yuqorida ta’kidlanganidek, aslo ijodiy faoliyatning kam
uchrashi va rivojlanmaganida emas, aksincha ijodiy faoliyat, ayniqsa
badiiy ijodiyot gurkirab rivojlangan. Masalan, A.Navoiy o‘z asarlarida
zamondoshlari bo‘lgan mingga yaqin mualliflaming asarlarini tahlil etadi
yoki nomini eslatib o ‘tadi. XIX asming birinchi yarmida Qo‘qon adabiy
muhitida yuzlab shoirlar va shoiralar ijod qilgani ma’lum. Bunga sabab
balki asarlar qo'lyozmalar shaklida bo'lganligi, qo‘lyozma nusxalarini
qo‘lda hattotlar tomonidan ko‘chirilishi natijasida ular ko‘plab nusxalarda
(hozirgi davr miqyoslariga nisbatan) tarqalmaganligidadir. Ayni vaqtda
mumtoz adabiyotimizda bir ijodkor boshqa ijodkoming asarlaridan
foydalanib mustaqil asarlar yozish keng tarqalgan (murabba’, muxammas).
Agar Hamsashunoslikni olsak, eng zabardast, alloma shoirlar syujet
umumiyligi asosida asarlar yaratishi keng rasm bo‘lgan va bu holat mulk
huquqi badiiy ijodiyotni o ‘z ta’siri ostiga olmaganligi sabablaridan deb
hisoblash lozim, deb o ‘ylaymiz.
0 ‘zbekistonda mualliflik huquqini vujudga kelishi va rivojlanish
tarixiga alohida to'xtalmay, hozirgi amaldagi qonunlar bo'yicha mualliflik
huquqi obyektlarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalarga o'tamiz.
Eng
avvalo,
O'zbekiston
Respblikasida
mualliflik
huquqining
konstitutsiyaviy asoslarini ko‘rib chiqamiz. Garchi Konstitutsiyada
mualliflik huquqi haqida bevosita gapirilmasa ham, bunga bevosita
daxldor bo‘lgan talay me’yorlar mavjud.
Konstitutsiyaning muqaddima qismida inson huquqlariga sodiqlik
tantanali ravishda e’lon etiladi. Ijodkorlik esa insonning xalqaro
huquqning umume’tirof etgan qoidalaridan, uning tabiiy huquqlaridan
sanaladi.
Konstitutsiyamizning
12-moddasida mualliflik huquqini so vet
davrida tutib turgan kishanlardan xalos qilinadi. Binobarin, endilikda
ijodkor muallif qandaydir mafkuralar doirasida cheklab ko‘yilishi mumkin
emas.
Asosiy qonunning 29-moddasida har bir fuqaro fikrlash, so‘z va
• e’tiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi mustahkamlanadi. Bu esa ijodiy
faoliyat uchun g ‘oyat muhim ahamiyatga ega. So‘z erkinligini amalga
231
oshirishning eng muhim kafolati bo‘lib matbuotda, ommaviy axborot
vositalari orqali erkin fikr bildirish, o‘z asarlarini e’lon qildirishi
hisoblanadi.
Konstitutsiyaning
67-moddasida
ommaviy
axborot
vositalarining erkin faoliyat yuritishini belgilab, senzuraga yo‘l
qo‘yilmasligini ta’kidlaydi. Bu holat ham ijodkor va ijodiy faoliyat uchun
tub ahamiyatga molik holda hisoblanadi. Ijod erkinligi Konstitutsiyaning
ijtimoiy huquqlar bobiga kiritilgnn. Aslida bu huquq birinchi galda inson
shaxsi bilan bog‘liq va binobarin shaxsiy huquq va erkinliklar bobiga
kiritilishi lozim edi. BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson
huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”1 (8, 27-modda) va 1966-yilda qabul
qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g ‘risida xalqaro Pakt”2 (19-
modda) ijod erkinligini “inson shaxsiga xos bo‘lgan qadr-qiymatlardan
kelib chiquvchi” huquqlar guruhiga kiradi. Nazarimizda shaxsiy va
ijtimoiy huquqlar o ‘rtasida o ‘ziga xosliklar mavjud. SHaxsiy huquqlar
insonni shaxs sifatida mavjud bo‘lishining zarur shartidir. Ijtimoiy
huquqlar o ‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy manfaatlar taqozosiga ko‘ra
shaxsga beriladigan huquqlar hisoblanadi. Ijod qilish qobiliyati hech
qachon, hech bir jamiyat tomonidan yoki davlat tomonidan hech kimga
berilmaydi va hech kim bunday imkoniyatga ega emas. Ijodkorlik-
shaxsning o ‘zi bilan bog'liq qobiliyat, bu qobiliyatni ro‘yobga chiqarish
esa ijod erkinligi orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu sababli ham
Konstitutsiyada ijod erkinligi o ‘mi to‘g‘ri tanlanmog'i shart deb talab
qo'yish uchun asoslar mavjud deb hisoblaymiz. To'g'ri “Iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt”3ning 15-moddasida ham
insonning o'zi muallif bo'lgan ilmiy, adabiy yoki badiiy asarlar
munosabati bilan yuzaga kelgan ma’naviy va moddiy manfaatlar
himoyasidan foydalanish huquqi ko'rsatilgan. Biroq bu huquq ijod
erkinligi huquqi emas, balki ijod erkinligini amalga oshirish natijasida
vujudga kelgan ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan huquqini bildiradi.
Boshqacha aytganda, agar ijod erkinligi birlamchi bo'lsa mualliflik
huquqi, ijrochilik va kashfiyotchilik huquqi ikkilamchi, o'ziga xos hosila
huquqdir. Bu holatni XlX-asrda Germaniyada vujudga kelgan inson
ijodkorligi haqidagi falsafiy kontseptsiyalarga ilk bora qayd etildi.
Faylasuflar, jumladan subyektiv idealizmning taniqli namoyondasi I.Kant
ijod erkinligi va uning hosilasi bo'lgan mualliflik huquqlariga muallifni
yoki asar sohibining iqtisodiy manfaatlarini ta’minlovchi oddiy mulk
sifatidagina emas, balki inson shaxsiing ifodasi, mujassami va davomi
1 Inson huquqlari to ’g ’risida halqaro Bill. -Toshkent: Adolat. 1992. - B . 10-76.
2 O ’sha to ’plam. -B .33-63.
3 O ’sha to ’plam. - B . 17-32.
232
sifatida qaraganlar. Ushbu xulosadan ular ijodkor-muallif o'z asarini o ‘z
shaxsining bir qismi sifatida himoya qilish bo‘yicha tabiiy huquqka
egadirlar degan g‘oyani keltirib chiqarishdi. Bu g‘oya oxir-oqibatda
mualliflaming ma’naviy huquqlari (moral) Ya’ni nomulkiy huquqlari
tizimini ishlab chiqishga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi\
О ‘mi kelganda shuni ta’kidlash o'rinliki, Konstitutsiyaning 42-
moddasida ijod erkinligi tor ma’noda talqin etiladi. Unda ijod erkinligi
faqat ilmiy va texnikaviy ijodiyot sohasiga qo‘llanadi, holbuki ijod
erkinligining eng muhim sohasi-badiiy ijodiyotdir. Shu munosabat bilan
Konstitutsiyaning 29-moddasidagi fikrlash, so‘z erkinligi va 67-
moddasidagi matbuot erkinligi badiiy ijodiyot sohasidagi erkinlikni
nazarda tutmaydimi, ular o ‘z mazmuni bo‘yicha badiiy ijodiyot sohasidagi
erkinlikni qamrab olmaydimi degan savol yoki hatto e’tiroz tug‘ilishi
tabiiy.
Biroq fikrlash, so‘z va matbuot erkinligi kengroq tushunchalar
ekanligi, ijodiy fikrlash, so'zlar vositasida ijod qilish va uni matbuotda,
ommaviy axborot vositalarida e ’lon qilish alohida xususiyatlarga ega
ekanligini e’tirof etsak, u holda yuqoridagi e’tirozga o ‘rin qolmaydi.
Fikrimizning isboti uchun yana BMTning “Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g ‘risida xalqaro Pakt”ning 19-moddasiga murojaat etamiz. Unda
ko'rsatilishicha, har bir inson uz fikrini erkin ifoda etish huquqiga egadir;
huquq davlat chegaralaridan mustaqil tarzda og‘zaki, yozma yoki matbuot
vositasida yo ifodaning badiiy shakllari yoki o‘z xohishi bilan boshqa
usullarda turli-tuman axborot va g ‘oyalami qidirish, qo‘lga kiritish va
tarqatish erkinligini qamrab oladi. Binobarin ushbu me’yorda badiiy ijod
sohasidagi erkinlik so‘z so‘z va matbuot erkinligidan alohida, mustaqil
huquq
ekanligi
ochiq-ravshan
ifodalangan.
Xuddi
shu
sababli
Konstitutsiyada ijod erkinligi ilmiy, badiiy va texnikaviy ijodiyot
sohalarida amal qilish haqidagi mazmunda tahrir etilishi maqsadga
muvofiq bo‘lur edi.
Yuqorida biz mualliflik huquqini konstitutsiyaviy asoslarini ко‘rib
chiqdik. Garchi asosiy qonunimizda u bilan bog‘liq asosiy qoidalar o ‘rin
olgan bo‘lsa ham, bu borada o ‘ziga xos izchillik,mantiqiy uzviy
uyg‘unlikka rioya qilinmaganligini qayd etish bilan birga sobiq sovet
konstitutsiyalarida mualliflik huquqlari bevosita aks etganligini ham
eslatib o ‘tmoq lozim. To‘g ‘ri sovet konstitutsiyalarida e’lon qilingan bu
huquqlar deklarativ xarakterga ega edi, amalda u mafkuraviy va boshqa
qator cheklashlar doirasida real ta’minlanmas edi. Hozir esa jamiyatimizda
1 Qarang: Интеллектуальная собственность. Основные материалы. 4.1. -Новосибирск. ВО Наука. 1993. 22-6.
233
mualliflik huquqlarini real amalga oshirilishi uchun barcha shart-sharoitlar
mavjud va Konstitutsiyamizdagi bu boradagi ayrim juz’iy holatlar badiiy
ijodiyot erkinligini amalga oshirilishida hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsata
olmaydi. Biroq real sharoitlar huquqiy me’yorga muvofiq bo'lishi bilan
birgalikda, huquqiy me’yorlar ham real sharoitlami o'zida to'liq mujassam
etishi lozim, deb hisoblaymiz.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e’lon etilishi va bozor
munosabatlariga o'tilishi munosabati bilan mualliflik huquqi bo'yicha
qonunlami yangilashga ehtiyoj tug'ildi. Hozirgi vaqtda FK, “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to 'g ‘risida”gi1 qonun amal qilmoqda. Ular
xalqaro andozalar asosida tayyorlangan bo'lib, ularda bozor munosabatlari
sharoitlarida mualliflar huquqlari, fan, adabiyot va san’at asarlaridan
foydalanish xususiyatlari to'lik tarzda o'z ifodasini topgan.
Mualliflik huquqi haqidagi AQSh qonunining 106-moddasida
mualliflik huquqlari bilan qo'riqlanadigan asarlarga nisbatan mutlaq huquq
mustahkamlab qo'yilgan, bu mualliflik ko'paytirish va tovushli yozuv
orqali qayta aks ettirishga bo'lgan huquqni, asosiy obyektdan hosila
obyektlar yaratish huquqini ham qamrab oladi.Biroq amaliyotda
kompyuter dasturlariga nisbatan bu holatni qo'llash maqsadga muvofiq
emasligi ayon bo'lib qoldi. Shu sababli qonunning 11-moddasiga binoan
106-moddasidagi qoidalardan istisnolar ko'zda tutildi. Bunga asosan
“Dastur nusxasi sohibi tomonidan EHM uchun dastuming boshqa
nusxasini tayyorlash yoki adaptatsiya qilish (moslashtirish) yoki boshqa
shaxslarga shunday harakatlami sodir qilishga ruxsat berish; 1) agarda
bunday yangi nusxa tayyorlash yoki uni moslashtirish EHMda foydalanish
uchun zarur shart bo'lib, ulardan boshqacha tarzda foydalanilmasa; 2)
bunday yangi nusxa yoki moslashtirish faqat arxiv maqsadlariga xizmat
qilsa va agarda kelgusida EHM dasturiga egalik qilish g'ayriqonuniy
bo'lib qoladigan holatlarda barcha arxiv materiallari yo'q qilib
yuboriladigan bo'lsa, mualliflik huquqini buzish sifatida qaralmaydi” deb
mustahkamlab qo'yildi. Ayni vaqtda ushbu paragrafga binoan aynan
tayyorlangan nusxa bu nusxa olingan dastur nusxasi bilan birgalikda
prokatga berilishi, sotilishi va boshqacha tarzda boshqa birovga berilishi
mumkin deb belgilandi. Moslashtirilgan dastur faqat mualliflik huquqi
sohibining ruxsati bilan berilishi mumkin2.
O'zbekistonda amaldagi Fuqarolik kodeksi qabul qilingandan buyon
o'tgan qisqa vaqt mobaynida fan, adabiyot, san’at va boshqa sohalarda
1 O ’zbekiston R espublikasi O liy M ajlisining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 372-modda.
2 Qarang: Гражданское, торговое и семейное право капиталистических стран. -М .: Ю р. лит. 1994. 376.
234
inson
ijodiy
foaliyatining
namoyon
bo‘lish
vositalari
doirasi
kengaymoqda,
ilmiy-texnika taraqqiyoti
natij asida yangidan-yangi
obyektlar vujudga kelmoqda. Shu sababli ham mualliflik huquqi ham
mualliflik huquqlari obyektlarini ikki hil ma’noda ta’riflash qo‘llanildi:
a) obyektning bevosita o ‘zini ko‘rsatish, sanab o‘tish (eski GKda
shunday usul qo‘llangan). Biroq bunda yangidan-yangi vujudga keladigan
obyektlar qonunlarga o ‘z vaqtida kiritib borilishi kerak. Bu esa qonunlami
barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi;
b)
obyektlami
inson
tomonidan
qabul
qilinish
yoki
obyektivlashtirilgan shakllari bo‘yicha ta’rif berish. Bunda umumiy
belgilarga ega bo‘lgan bir guruh obyektlar umumiy majmuaga jamlanadi.
To‘g ‘ri, bunda obyekt muayyan emas, balki aniqrog'i muayyan
obyektlar guruhi sifatida mustahkamlanadi. Uning afzalligi shundaki, u
yangi vujudga keladigan obyektlami ham qamrab oladi va har safar
qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga hojat qolmaydi. BIMT tomonidan
ishlab chiqilgan Namunaviy qonunda, shuningdek Rossiyaning “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunida har ikkala usul ham
qo‘llanilgan. Bu xalqaro tajriba FKning 1041 va 1042-moddalarida o ‘z
ifodasini topdi1.
Ma’lumki, tasviriy san’at asarlari va ulaming sanoat nusxalari
(sanoat ishlab chiqarishda ko‘paytirilgan nusxalari) ham mualliflik huquqi
bilan muhofaza etiladi. Biroq xalq amaliy san’ati mahsulotlari (kulolchilik,
naqqoshlik, o‘ymakorlik) va ayniqsa chevarchilik-hunarmandchilik
mahsulotlari (kashta, so'zana, palak, va h.k.) ko‘p hollarda mualliflik
huquqi doirasidan chetda qoladi. Holbuki, ko‘p hollarda bunday
mahsulotni yaratuvchi shaxslar o ‘z mahsulotini yaratishda ijodkorlik
qobiliyatlarini namoyish etadilar, azaldan mavjud naqshlar, tasvirlami
ijodiy boyitib, yangi, original, kishiga estetik zavq, ma’naviy huzur baxsh
etuvchi mahsulotlar yaratadilar. Afsuski, bunday ijodkorlaming o ‘zlari
ham har doim ajoyib san’at durdonasini yaratganlarini anglab
etavermaydilar.
Ular
ham,
shuningdek
bunday
mahsulotlardan
foydalanuvchilar ham birinchi galda bu mahsulotlami iste’mol qiymatiga,
foydali xususiyatlariga e’tibor beradilar, nari borsa bezak buyumi sifatida
qaraydilar. Mana shunday mahsulotlar chet ellarda yuksak qadrlanadi,
ulaming chinakam san’at asari sifatida ko‘pincha xorijda ko‘z-ko‘z
qiladilar. Biroq ulami ijodkorlari bu mahsulotlarga nisbatan hech qanday
shaxsiy huquqlarga ega emaslar. Xuddi shu sababli ham chevarlik-
hunarmandchilik mahsulotlarining birlamchi original nusxalari mualliflik
huquqi bilan muhofaza ostiga olinmog'i lozim.
1 O ’zR FKning 2007 yil 17 yanvardan amalga kirililgan tahririda.
235
Ma’lumki, ko'pgina badiiy asarlar ijrochilar orqali kishilarga
yetkazadilar. Masalan, dramatik asarlar, ashulalar aktyorlar, artistlar orqali,
ifodali o ‘qish orqali, sahnada ijro etish orqali kishilarga yetkaziladi.
To‘g ‘ri spektaklni ijro etgan aktyorlar bu dramaning muallifi emas. Biroq
ulaming qobiliyatlari, ijodiy mehnatlari tufayli asar sahnada taniladi,
kishilaming ma’naviy dunyosiga etib boradi. Xuddi shu sababli ham
ijrochilar fonogramma tayyorlovchilar, televizion ko‘rsatuvlami, radio
eshittirishlami kabellar, simlar va fazo orqali kuzatuvchilar o'z ijrolari,
fonogrammalari, ко‘rsatuv-eshittirishlanga nisbatan o'ziga xos mulkiy va
shaxsiy huquqlarga egadirlar. Bunday huquqlar mualliflik huquqi
obyektlari bilan uzviy bog'liq, shu sababli ham butun dunyo bo'yicha
turdosh huquqlar deb ataluvchi huquqlami tashkil etadi va ko'pgina
mamlakatlar kabi O'zbekistonda ham huquqiy muhofaza ostiga olindi.
Mualliflik huquqi tamoyillari deb uning negizida yotgan asosiy
qoidalarga aytiladi. Bu tamoyillar ichida Konstitutsiyaning 42-moddasida
mustahkamlab qo'yilgan ijod erkinligi muhim ahamiyatga ega. Uning
mohiyati shundan iboratki, o'z ijodiy mahsuli mavzusini tanlashda ijodkor
erkin, uni shaklini belgilashda, uni yaratish uslublarini tanlashda, bu
erkinlik qonun doirasida amalga oshirilmog'i lozim. Ijodkor o'z asari
orqali Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi, zo'ravonlik yoki behayolikni
targ'ib qilish, boshqalami huquqlarini buzish maqsadlarini ko'zlamasligi
lozim.
Yana bir muhim Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri senzuraga yo'l
qo'yilmasligi haqidagi qoidadir. Muallif asami yaratishda yoki e’lon
qilishda agarda u davlat sirlari, shaxsiy sirlar yoxud boshqalami qonuniy
manfaatlari bilan bog'liq bo'lmasa, oldindan ruxsat olish, asar mazmunini
nazoratdan o'tkazish talab etilmaydi.
Mualliflik huquqining yana bir asosiy qoidalaridan biri -muallif
huquqlarini vujudga kelishi, uni muhofaza etish asami yaratish fakti
asosida vujudga kelishi, unda qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya etilishi
talab etilmasligidir. Ushbu tamoyil FKning 1041-moddasi (yangi tahrir) va
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to 'g ‘risida”gi qonunning (bundan
keyingi matnlarda Qonun deb yuritiladi) 5-moddasida o'z ifodasini topgan.
Mualliflami asarlami yaratish va ulardan foydalanishda ma’naviy va
moddiy manfaatdorligini ta’minlash tamoyili ham muhim ahamiyatga ega.
Bunda mualliflami ma’naviy rag'batlantirish: faxriy unvonlar (xalq shoiri,
xalq yozuvchisi, xizmat ko'rsatgan artist va h.k.), shuningdek moddiy
rag'batlantirish, masalan, keng kitobxonlar ommasi tomonidan talab
bo'lgan asarlami qayta nashr etish, mualliflik qalam haqi (gonorari) ni
236
yuqori stavkalarini belgilash nazarda tutiladi. Fan, adabiyot, san’at
" sohasida eng yaxshi asarlarga davlat mukofotlari berish muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu tamoyilni amaldagi ifodasidir.
Mualliflaming shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaatlar bilan uzviy
bog'liqligi tamoyili ham mavjud. Qonun muallifning shaxsiy manfaatlarini
ко‘riqlash bilan birga ijtimoiy manfaatlar mavjudligini ham e’tirof etadi va
ma’lum holatlar bo'yicha ulami mustahkamlab qo‘yadi. Masalan:
-asami muallifning roziligisiz va haq to‘lamasdan shaxsiy
maqsadlarda takrorlash;
-asarlardan muallifning ismi-sharifini ko‘rsatgan holda erkin
foydalanish;
-asarlardan reprografik takrorlash yo‘li bilan foydalanish;
-hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan
asarlardan erkin foydalanish (25, 26, 27, 28-moddalar) shular
jumlasidandir.
Mualliflaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama
muhofaza qilish ham qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu tamoyil
mualliflik huquqiy munosabatlari qatnashchilarining huquq va burchlarini
belgilovchi me’yorlardagina emas, balki subyektiv huquqlarini muhofaza
qilish bo'yicha davlat organlari zimmasiga yuklangan majburiyatlarda,
buzilgan muallif huquqlarini himoya qilinishini ta’minlovchi me’yorlarda
ham o'z ifodasini topgan.
Mualliflik huquqi bo'yicha munosabatlar Konstitutsiya (27, 29, 42,
67-moddalari va boshqalar), FK (1041-1081-moddalari1), “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”gi qonun (yangi tahrir), “Elektron
hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’Iumotlar
bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida”gi qonun, “Noshirlik faoliyati
to'g'risida”gi qonun, “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”gi qonun
(yangi tahrir) va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu borada,
ayniqsa, FK muhim ahamiyatga ega. FKning bevosita mualliflik huquqi
bilan bog'liq munosabatlami tartibga soluvchi me’yorlaridan tashqari,
boshqa me’yorlari ham bu sohada tartibga soluvchi vazifalami bajaradi.
Masalan, fuqarolami huquq layoqati fan, adabiyot, san’at asarlariga
muallif bo'lish huquqi (FKning 18-moddasi), moddiy va ma’naviy
zararlami undirish bo'yicha qoidalar (FKning 14, 1021-moddalari),
1 Shuni aytish kerakki, O ’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “M ualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to ’g ’risida”gi qonuni amalga kiritilishi munosabati bilan O ’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ham qator
qo’shim cha va o ’zgartilar kiritildi. Y a’ni, Kodeksning “Intellektual mulk”ka bag’ishlangan bo'H m i keskin sifat va
m iqdor, shakl va mazmun o ’zgarishlariga uchradi. Jumladan, Kodeksning 1052, 1053, 1054, 1055, 1057, 1064, 1071-
1 0 7 2 ,1080-1081-moddalari chiqarib tashlandi.
237
intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlar haqidagi
qoidalari (FKning 97-moddasi) shular jumlasidandir.
Fuqarolik huquqining 1041-moddasiga asosan mualliflik huquqi
ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot, san’at asarlariga ulaming
maqsadi va qadr-qiymati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’iy nazar
joriy etiladi.
Har qanday asar mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza etilishi
uchun u ijodiy faoliyat mahsuli bo'lishi shart. Shu sababli ham oddiy,
kundalik hayotdagi so‘zlashuvlar, muloqodar mualliflik huquqi obyekti
bo‘lib hisoblanmaydi. Ijodiy jarayon bu eng avvalo inson tafakkuri, aqliy
faoliyati mahsuli, u o ‘ziga xos, original xarakterga ega. Huquqiy
adabiyotlarda ijodiy jarayonning ikki holati ta’kidlab ko‘rsatiladi:
a) asar yaratish jarayonining ongli, intellektual xarakteri;
b) yaratilgan asaming yangiligi, originalligi1.
Ijodkor ijodiy jarayonning ongli, intellektual xarakteri shundan
iboratki, asar yaratilishidan oldin u ijodkoming ongida, hayolida
shakllanadi, vujudga keladi. Agar ma’lum bir o ‘y-fikr asosida paydo
bo‘lib, u fikr-g‘oya, fikr-reja, fikr-qoralama tarzida bosqichlardan o ‘tadi,
bunda yaratilayotgan asar etilib, shakllanib boradi2.
Asaming yangiligi ijodiy faoliyatning zarur elementi sifatida
asaming yangi mazmunida, yangi shaklida yangi g ‘oyalarda, yangi ilmiy
konseptsiyalarda ifodalanadi . Asaming yangiligi haqidagi mezon mutlaq
xarakterga ega bo'lmay, nisbiy xarakterga ega. Ilm-fan sohalaridagi
asarlarda yangi g'oyalar, echimlar muhim ahamiyatga ega bo‘Isa, adabiy
asarlarda va san’at asarlarida shaklan yangilik muhim o‘rinni egallaydi.
Masalan, o ‘tmishda “Нащва” - besh doston syujeti bo‘yicha A.Navoiy,
Nizomiy Ganjaviy asarlari bunga yaqqol dalildir. Oybekning “Qutlug*
qon” va Hamzaning “Boy ila xizmatchi” asarlarida syujet bo‘yicha
o ‘xshashlik mavjud, biroq asar shaklan bir-biriga o‘xshamaydi. Shu
sababli ham mualliflik huquqida shakl bo‘yicha yangilik o ‘ziga xos tarzda
“birinchi plan”ga chiqadi deyish mumkin.
Asaming mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza qilish uchun
yana bir belgisi - bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi
g ‘oya, mazmun, o ‘y-fikr, obraz uchinchi shaxslar idrok etish,tanishuvi,
qabul qilish uchun imkon bemvchi ma’lum bir obyektiv shaklda
ifodalangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda olganda hali muallifning o ‘y-
1 Граж данское право. Т.2. -М.-. БЕК, 1994. 321-с.
2 Qarang: Ш епеткова Л. А. Ф ормирование художественного замысла в творческом процессе.: Автореф. Д и с...
канд. юрид. наук. -М .: ИГП АН . 1972.10-6.
3 Qarang: С еребровский В. И. Вопросы авторского права. М .: Наука. 1956. 35-6.
238
fikrida bo'lgan, biroq boshqalar qabul qilish uchun obyektiv shaklga
kiritilmagan asar mualliflik huquqi obyekti bo'lib hisoblanmaydi.
FK 1041-moddasining yangi tahririga ko‘ra, mualliflik huquqi
quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga
ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi: yozma (qo'lyozma,
mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo); og‘zaki (omma oldida
so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo); ovozli yoki video yozuv
(mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo); tasvir (rasm, eskiz, man-
zara, tarh, chizma, kino, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo); hajmli-
fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo); boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g'oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar,
usullar yoki konseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |