To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Davlat korxonalarini ijaraga berish yoki uni boshqarishni



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2.6. Davlat korxonalarini ijaraga berish yoki uni boshqarishni 
shartnoma asosida muayyan xususiy korxonaga topshirish
Davlat  korxonasini  ijaraga  berish  yoki  uni  boshqarishni  shartnoma 
asosida  muayyan  xususiy  korxonaga  topshirish.  Xususiylashtirishning 
ushbu  usulida  yangi  shakldagi  korxona  o'zining  imkoniyatlarini  to'liq 
namoyon eta olmaydi1.
Davlat  mulkini  ijaraga  oluvchi  davlat  mulki  obyektini  tasarruf 
etuvchi  roziligi  bilan  ijaraga  olingan  mulkni  sotib  olishi  (to'liq  yoki 
qisman) mumkin.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Xususiylashtirilgan 
korxonalami 
korporativ 
boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi Qarori2 qabul qilindi. Unga 
muvofiq,  2003-yil  1-iyulgacha  mulkida  davlat  ulushi  26  foizni  va  undan 
ko'proqni  tashkil  etadigan  aksiyadorlik jamiyatlarining  davlat  aktivlarini 
boshqarish  bo'yicha  davlatning  ishonchli  vakillari  bilan  aksiyadorlik 
jamiyatlari 
professional 
boshqaruvchi 
kompaniyalarga 
ishonchli 
boshqamvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzildi.
Mazkur qarorga  asosan  taftish  komissiyasi  a’zolari  o'z  faoliyatining 
ulaming  ushbu  aksiyadorlik  jamiyatlaridagi  yollash  bo'yicha  mehnat 
faoliyati bilan birga qo'shib olib borilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Aksiyalar  (ulushlar,  paylar)ning  davlat paketlari  qiymatini baholash, 
yakka  tartibdagi  lqyihalar  bo'yicha  xususiylashtiriladigan  korxonalardan 
tashqari,  baholash  tashkilotlari  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  ulami 
sotishda  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi  tomonidan 
boshlang'ich narx sifatida belgilanadi.
Aksiyalar  (ulushlar)ning  davlat  paketlarini  boshqarish  xarajatlari 
aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlariga hisoblangan dividendlaming bir 
qismi hisobiga, ular bo'lmagan taqdirda esa -  davlat tasarrufidan chiqarish 
va  xususiylashtirishdan  tushadigan  umumiy  mablag'lar  hisobiga  amalga 
oshirilishi mumkin.
1 Xo’jalik (Tadbirkorlik) huquqi. -Toshkent: TDYI, 2003.
2 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami, 2003 yil, №4, 32-modda.
181


O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  19- 
apreldagi  “Xususiylashtirilgan  korxonalami  korporativ  boshqarishni 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  189-sonli  Qaroriga  asosan 
2003-yil  1-fevraldagi  holatiga ko‘ra ustav fondi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  bankining  kursi  bo‘yicha  50  ming  AQSh  dollaridan  kam 
miqdorda bo‘lgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil  1- 
yanvargacha  o ‘z  ustav  fondlarini  qayta  ro'yxatdan  o'tkazish  sanasida 
ko‘rsatib  o'tilgan  summadan kam bo'lmagan miqdorga keltirishlari yoxud 
belgilangan  tartibda  boshqa  tashkiliy-huquqiy  shakllarga  aylantirilishi 
shartligi  belgilangan.  Darvoqe,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2008-yil  18-noyabrdagi  PF-4053-sonli  “Iqtisodiyotning  real  sektori 
korxonalarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi 
Farmoniga 
ko'ra, 
barcha 
turdagi 
aksiyadorlik 
jamiyatlarining  minimal  ustav  fondi  400 000  AQSh  dollaridan  kam 
bo'lmasligi  belgilandi1  va  shu  munosabat  bilan  AJlaming  ustav  fondiga 
nisbatan yuqoridagi talab bekor qilindi.
“Davlatning 
aksiyadorlik 
jamiyatlaridagi 
ishonchli 
vakillari 
to'g'risida”gi  Nizom2ga  muvofiq,  davlatning  ishonchli  vakillari  ulardagi 
davlat  ulushi  25  foizdan  ortiq  bo'lgan xo'jalik jamiyatlarida  davlat  ulushi 
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari boshqaruviga berilgan 
vaqtgacha  tayinlanadilar  (Nizomning  02.10.2008-yil  221-son  Qaror  bilan 
belgilangan tahririda).
Nizomga  muvofiq,  davlatning  ishonchli  vakillari  aksiyadorlik 
birlashmalari  va  kompaniyalaridagi  aksiyalar  davlat  ulushidan  samarali 
foydalanilishi  ustidan  monitoring  olib  borish  komissiyasi  yoxud  uning 
topshirig'iga  ko‘ra  Davlat  mulki  qo'mitasi  Hay’ati  tomonidan,  shu 
jumladan tanlov asosida ham tayinlanadilar.
Davlatning 
ishonchli 
vakillari 
nomzodlari 
bo'yicha  takliflar 
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  Komplekslari 
bilan kelishgan holda Davlat mulki qo'mitasi tomonidan kiritiladi.
Bunda  davlatning  ishonchli  vakillari  nomzodlari  etarli  darajada 
iqtisodiy  bilimlarga,  rahbarlik  ishida  ishlash  amaliyotiga  ega  bo'lgan 
hamda  tayinlash  va  ko'rsatib  o'tilgan  funksiyalami  bajarish  paytida 
tarkibiga  xo'jalik  jamiyati  kiradigan  kompaniyalar,  korporatsiyalar, 
uyushmalar  xodimlari 
bo‘lmagan  jismoniy 
shaxslar, 
shuningdek 
investitsiya  aktivlarining  ishonchli  boshqaruvchilari  yuridik  shaxslar 
orasidan  tanlab  olinadi.  Nomzodlami  tanlab  olishda korporativ  boshqamv
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 yil, 47-son, 461-modda.
2 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2003 yil, №4,  32-modda.
182


hamda  qimmatbaho  qog'ozlar  bozori  sohasida  qo'shimcha  ma’lumotga 
ega bo'lgan shaxslarga ustunlik beriladi (Nizomning 02.10.2008-yilgi 221- 
son Qaror Qaror bilan belgilangan tahririda).
O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi  tayinlangan  davlat 
ishonchli  vakili  bilan  aksiyalaming  davlat  paketini  (ulushini)  boshqarish 
yuzasidan tegishli shartnoma tuzadi.
Davlatning  ishonchli  vakillari  bir  yildan  ko'p  bo'lmagan  muddatga, 
ushbu muddatni aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi  aksiyalar 
davlat  ulushidan  samarali  foydalanilishi  ustidan  monitoring  olib  borish 
komissiyasining  yoki  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi 
Hay’atining tegishli qarori bilan uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadilar. 
Uning zimmasiga:
-aksiyador  (muassis,  ishtirokchi)  sifatida  davlat  manfaatlarini  himoya 
qilish,  xo'jalik jamiyatidagi  mol-mulkning  saqlanishini  va  undan  oqilona 
foydalanilishini ta’minlash;
-korxonada  iqtisodiy  islohotlami  o'tkazishda,  uning  moliya-xo'jalik 
faoliyatini 
yaxshilashda, 
menejment 
va 
marketing 
tizimini 
takomillashtirishda,  shuningdek  xususiylashtirishdan  keyin  qo'llab- 
quvvatlashda ko'maklashish;
-ishlab  chiqarishni  renovatsiya  qilish  va  korxona  tomonidan  ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlami yangilash,  raqobatbardoshli  mahsulot ishlab 
chiqarishni  ta’minlash  maqsadida  zamonaviy  texnologik  asbob-uskunalar 
va  texnologiyalar  asosida  ishlab  chiqarishni  rekonstruksiya  qilish  va 
texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etish;
-aksiyalaming  davlat paketi  (ulushi)  bo'yicha  dividendlardan  xo'jalik 
jamiyatini  rekonstruksiya  qilishda  va  texnika  bilan  qayta jihozlash  uchun 
maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
-O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  Davlat  mulki 
qo'mitasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar kiradi.
O 'z  funksiyalarini  bajarganlik  uchun  davlatning  ishonchli  vakili 
tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  pul  mukofoti  oladi,  uning miqdori  xo'jalik 
jamiyatining hisobot davridagi faoliyati yakunlariga bog'liq bo'ladi.
183



Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish