2.2. Davlat korxonalari aksiyalarini auktsionda sotish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning yana bir
usullaridan biri bu aksiyalami auksionlarda sotishdir. Aksiyalami
auksionlarda
sotishdan
maqsad,
xususiylashtirish
jarayonida
suiiste’mollikka
yo‘1
qo'ymaslikdir.
Masalan,
Meksikada
xususiylashtirishning
dastlabki
bosqichida
hokimiyat
tepasidagi
partiyaning safdoshlariga korxonalar arzonlashtirilgan narxda sotib
yuborilganligi nizolaming kelib chiqishiga sababchi bo'lgan1.
Davlat korxonalari aksiyalarini auksionlarda sotish usuli bo'yicha
sotish jarayonida eng yuqori narxni taklif etgan shaxs bilan mulkni oldi-
sotdi shartnomasi tuziladi. Bunday usulda davlat korxonasi sotilganda
sotib oluvchi tomonidan xususiylashtirish obyektiga nisbatan hech qanday
shartlami bajarish talab etilmaydi2.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-
sentyabrdagi 443-sonli Qarori 8-ilovasi bilan tasdiqlangan “Auksionda
davlat korxonalarini xususiylashtirish to'g'risida”gi Vaqtinchalik Nizomda
auksionlami o'tkazishning umumiy tartibi, ularda xaridorlaming qatna
shish shartlari, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek, xususiylashtirilayotgan
1 Mualliflar jamoasi. Xo’jalik (Tadbirkorlik) huquqi. -Toshkent: TDY1,2003.
2 Предпринимательское (хозяйственное) право / Отв.ред. О.М.Олейник. Т.1. -М .: Юристь, 1999.
158
'
obyektlarga yoki sotilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarga (aksiyalarga)
egalik huquqini rasmiylashtirish tartibi belgilangan.
Auksionda xususiylashtirish deganda jismoniy yoki yuridik
j
shaxslaming xususiylashtirish obyektlariga asosan xaridorlardan biron bir
I
shartni bajarish talab qilinmaydigan hollarda davlat mulkini xususiy mulk
|
qilib olishi tushuniladi.
|
Bunda mulkka egalik hukuqi savdo davomida eng ko‘p narxni taklif
[
etgan xaridorga beriladi.Auksionda davlat mulkini sotish haqidagi qaror
0 ‘zbekiston
Respublikasining
davlat
mulkini
boshqarish
va
xususiylashtirish qo‘mitasi (bundan keyin Davlat mulki qo‘mitasi deb
ataladi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish komissiyasining taqdimiga ko‘ra qabul
qilinadi.
Auksionda quyidagilar sotilishi mumkin:
- korxonalar, sexlar, ishlab chiqarishlar, uchastkalar hamda ana shu
korxonalaming mustaqil korxonalarga ajratiladigan bo‘linmalari;
- asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, litsenziyalar, patentlar hamda
korxonalar va ulaming bo'linmalariga egalik qiluvchining qaroriga ko‘ra
tugatilgan boshqa aktivlar;
-chala qurilish obyektlari;
- davlat korxonalari qayta tuzilayotganda barpo etiladigan
aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatbaho qog‘ozlari (aksiyalari).
Xususiylashtirish obyektlarining sotuvchilari Davlat mulki qo‘mitasi,
uning hududiy boshqarmalaridir. Davlat mulki qo'mitasi, uning hududiy
boshqarmalari sotuvchi sifatida belgilangan tartibga muvofiq auksionda
sotiladigan obyektlar haqidagi axborotlami e’lon qilishni tashkil etadi.
Shuningdek, auksionni o ‘tkazishni tashkil etadi va auksion qatnashchilari
bilan hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.
Shu bilan birga sotuvchi xaridoming mulkka egalik huquqini
rasmiylashtiradi, xususiylashtirilayotgan obyekt bo'yicha oldi-sotdi
shartnomasini tuzadi va jamoatchilikni auksion yakunlari haqida xabardor
qilishi ham lozim.
Auksion o'tkazishni tashkil etish uchun davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish bo'yicha komissiya sotuvchiga quyidagilami berishi
lozim:
- obyektni auksionda sotish haqidagi qaror, xususiylashtiriladigan
mulkning dastlabki narxi haqidagi ma’Iumotlar va xususiylashtiriladigan
obyekt haqidagi boshqa axborotlar bo'lgan davlat mulki obyektini
xususiylashtirish bo'yicha tadbirlar rejasi;
159
- xususiylashtiriladigan korxona, bo'linmalar, mehnat jamoasi
umumiy yig‘ilishining obyektni xususiy mulk qilib sotishga roziligi
bayonnomasidan ko'chirma, mehnat jamoasining imzolash varaqasi;
- auksion o'tkazish haqidagi axborot loyihasi;
- tugatilgan korxona aktivlari sotilganda tugatish komissiyasining
materiallari.
Sotuvchi olingan ma’Iumotlar asosida auksionda sotish uchun taklif
etilayotgan obyekt to'g'risida axborot tuzadi va auksion o'tkaziladigan
kundan kamida 3 hafta oldin uni matbuotda va maxsus axborotnomalarda
e’lon qilinishini tashkil etadi.
Axborotda quyidagi ma’Iumotlar bo'lishi kerak:
a) auksionda korxona sotilayotganda:
- xususiylashtiriladigan korxonaning nomi va manzili;
- er uchastkasining maydoni va unda joylashgan binolar tavsifi;
- ishlab chiqariladigan mahsulot, tovarlar va ko'rsatiladigan
xizmatlaming hajmi va asosiy turlari;
- korxonada ishlovchilaming soni va tarkibi;
- noishlab chiqarish yo'nalishidagi obyektlami ham qo'shgan holda
guruhlar bo'yicha asosiy jamg'armalaming ro'yxati va baholash qiymati;
- boshlangan investitsiya loyihalari, ulaming smeta qiymati va ishlab
chiqarish xarajatlari;
- pul mablag'larining holati;
- moddiy boyliklaming zaxiralari;
- boshqa korxonalaming ustav sarmoyalarida korxonaga tegishli
qimmatbaho qog'ozlar hamda ulush va hissaning mavjudligi;
- nomoddiy aktivlaming (patentlar, savdo markasi va boshqalar) ning
mavjudligi;
- korxonaning (savdo, byudjet, kredit) majburiyatlari;
- korxonaning yillik balansi hamda so'nggi yildagi foyda va zararlar
haqidagi hisoboti;
b) qo'shimcha aksiyalar paketlari sotilayotganda aksiyadorlik
jamiyati ustav kapitalining hajmi; bir aksiyaning nominal qiymati,
sotiladigan aksiyalaming umumiy soni qo'shimcha ravishda ko'rsatiladi;
v) auksionda tugatilgan korxona aktivlari sotilgan taqdirda ulaming
asosiy tavsifi keltiriladi;
g) har qanday hollarda:
- o'tkazilgan auksion shakli;
- dastlabki sotilish narxi;
160
- to iov shakli, sotuvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa to ‘lov
muddatini surish shartlari;
- auksion qatnashchilarining obyekt bilan oldindan tanishish tartibi;
- auksionda qatnashishga talabnomalar va boshqa hujjatlami qabul
qilishning uzil-kesil muddati;
- dastlabki narxga nisbatan 10 foiz hajmida garov summasi va u
o ‘tkazilishi kerak bo'lgan hisob schyoti;
- auksionning o'tkazilgan kuni, vaqti va joyi;
- sotuvchi bogianish telefonining nomeri.
Mazkur
ko'rsatib
o'tilgan
ma’lumotlar hamda
qo'shimcha
ma’lumotlar berish shakllari sotuvchi tomonidan belgilanadi.
Axborot e’lon qilingan paytdan boshlab sotuvchi barcha yuridik va
jismoniy shaxslarga xususiylashtirish obyekti bilan oldindan tanishish
imkonini beradi.
Auksionda qatnashish shartlari xususida shuni ta’kidlash lozimki,
auksionda qatnashishga xaridor deb e’tirof etilgan, auksionda qatnashishga
talabnoma va boshqa zarur hujjatlami bergan hamda xususiylashtirish
obyektining dastlabki narxiga nisbatan 10 foiz hajmida belgilangan
tartibda garov summasini to‘lagan yuridik va jismoniy shaxslar qo‘yiladi.
Auksionda qatnashish uchun sotuvchi nomiga quyidagi hujjatlar
topshirilishi zarur:
- auksionda qatnashishga belgilangan shakldagi bo‘yicha talabnoma;
- yopiq auksion (yopiq tender) o'tkazilayotganda obyektning narxi
haqidagi taklif alohida konvertga solingan holda;
- auksion to‘g‘risidagi axborotda ko‘rsatilgan sotuvchining hisob
schyotiga garov qo‘yilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi.
Davlat tasarrufiga kirmaydigan yuridik shaxslar notarius yoki
ro‘yxatga olgan organ tomonidan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari nusxalarini
qo ‘ shimcha ravishda topshirishi lozim.
Auksionni o'tkazish shaklini Davlat mulki qo‘mitasi, uning hududiy
boshqarmasi obyektni xususiylashtirish tadbirlari rejasida belgilaydi.
Auksion quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- odatda tugatilgan korxonalaming, kichik korxonalaming (200 dan
kam kishi ishlaydigan) aktivlari, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari
sotilayotganda foydalaniladigan ochiq auksion;
- odatda o'rta va yirik korxonalar (200 dan ko‘p kishi ishlaydigan),
aksiyadorlik
jamiyatlari
aksiyalarining
paketlari
sotilayotganda
foydalaniladigan yopiq auksion (yopiq tender).
161
Ochiq auksionda qatnashishga qo'yilgan shaxslarga auksion
qatnashchisi chiptasi beriladi, unda xaridor savdoda qatnashadigan nomer,
auksionda sotishga qo'yiladigan xususiylashtirish obyektining nomi,
auksionni o'tkazishning asosiy shartlari ko'rsatiladi. CHipta auksionda
qatnashuvchiga undan olingan talabnoma asosida hamda sotuvchining
hisob schyotiga garov summasi qo'yilganligi haqidagi to'lov hujjati
ko'rsatilgan taqdirda beriladi.
Ochiq auksion o'tkazish tartibi quyidagicha:
a) auksionni sotuvchi tomonidan yollanadigan auksionchi o'tkazadi.
Auksion auksionchining obyekt nomini e’lon qilishi, qisqacha ta’riflab
berishi va dastlabki narxini aytishidan va auksionning dastlabki
“qadam”dan boshlanadi.
Auksionning “qadami” dastlabki narxning 5 foizidan 15 foizigacha
bo'lgan doirada boshlanadi. Kelishilgan doiradagi “qadam”ni auksionchi
tanlaydi. Auksion “qadami” auksionning butun davrida bir yilligicha
qoladi.
Savdo jarayonida auksionchi narxni aytadi, xaridorlar esa obyektni
shu narxda sotib olishga tayyorligini chiptani ko'tarish bilan ma’lum
qiladilar;
b) savdo obyektning dastlabki narxini e’lon qilishdan boshlanadi.
Navbatdagi narx e’lon qilingandan keyin auksionchi o'zining nazarida
birinchi bo'lib chipta ko'targan xaridor chiptasining nomerini aytadi.
So'ngra auksionchi auksionning borishiga qarab navbatdagi narxni e’lon
qiladi.
Obyektni ushbu narxga olishga tayyor xaridorlar bo'lmaganda
auksionchi bu narxni uch marta takrorlaydi;
v) navbatdagi narx uch marta e’lon qilingandan keyin ham
xaridorlardan hech kirn chiptani ko'tarmasa kimoshdi savdosi tugallanadi.
Chipta nomeri auksionchi tomonidan eng oxirida aytilgan xaridor auksion
g'olibi bo'ladi.
Kimoshdi savdosi tugagach, auksionchi sotishga qo'yilgan obyekt
sotilganligini e’lon qiladi, qanday narxda sotilganligini va g'olibning
chipta nomerini aytadi;
g) agar dastlabki narx uch marta takrorlangandan keyin ham
xaridorlardan biron kishi chipta ko'tarmasa, auksion o'tmagan hisoblanadi
va obyekt sotuvchiga qaytariladi.
Auksion qatnashchilari bo'lmagan shaxslar uchun ochiq auksion
o'tkazilgan hollarda kirish chiptalari sotiladi. Kirish chiptasining narxi
sotuvchi tomonidan belgilanadi.
162
Auksionda qatnashishga talabnoma bergan shaxslar haqidagi
ma’lumotlar e’lon qilinmaydi.
Ba’zi hollarda auksionda qatnashishga ruxsat etilmasligi ham
mumkin. Masalan, talabnoma bergan shaxs amalda qonunchilikka muvofiq
xaridor deb e’tirof etilmagan taqdirda yoki talabnoma bergan shaxs
belgilangan tartibga mos keluvchi majburiy hujjatlami muddatida
topshirmagan taqdirda.
Yopiq tender o ‘tkazilayotganda tender haqidagi axborot e’lon
qilingan paytdan boshlab uning tamom bolishiga qadar qatnashchilarga
axborotlar almashish yoki ular kiritadigan takliflar haqida axborotlami
oshkor qilish taqiqlanadi. Bu talabni bajarmaslik auksion qoidalarini
qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadi.
Yopiq tender tarzidagi auksion quyidagi tartibda o ‘tkaziladi:
a) yopiq tendemi doimiy ishlaydigan tender komissiyasi o ‘tkazadi,
uning tarkibi Davlat mulki qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmasi
tomonidan tasdiqlanadi;
b)
talabnomalami
qabul
qilish
muddati
tugagach
tender
komissiyasining qabul qilingan talabnomalar haqidagi bayonnomasi
tuziladi hamda u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Tenderda qatnashish uchun berilgan talabnomalami yashirish, yakun
chiqarayotganda ulami hisobga olmaslik amaldagi qonunchilikka muvofiq
ma’muriy javobgarlikka tortilishga olib keladi.
Jarima tender komissiyasi raisiga solinadi. Bunday holda tender
natij alari haqiqiy emas deb topiladi;
v) qatnashchilaming narx haqidagi takliflari solingan konvertlami
ochish va yopiq tendeming uzil-kesil yakunlari talabnomalar qabul
qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan chiqariladi.
Yopiq tender muddati davomida jo ‘natilgan talabnomalargina
hisobga olinadi.
Eng yuqori narxni taklif etgan xaridor yopiq tender g ‘olibi bo'ladi.
Yopiq tendeming ikki yoki undan ko‘p qatnashchisining takliflari
eng yuqori bo‘lgan taqdirda kimning talabnomasi ilgari berilgan bo‘Isa
o ‘sha g ‘olib bo‘ladi. Agar bu ham g ‘olibni aniqlashga olib kelmasa, tanlov
komissiyasi g ‘olibni aniqlash uchun qur’a tashlaydi.
Konvertni ochishda va yakun chiqarishda xaridorlar yoki ulaming
ishonchnomaga
ega
bo‘lgan
ishongan
shaxslari
va
vakillari,
hokimliklaming vakillari, ommaviy axborot vositalarining vakillari va
boshqa fuqarolar qatnashishi mumkin.
163
Auksion g ‘olibi auksion o'tkazish shartlarida belgilangan vaqt
davomida mazkur obyekt bo'yicha kimoshdi savdosi tugagandan keyin
auksion natijalari haqidagi yakuniy bayonnomani imzolashi kerak.
Bayonnoma xaridor yoki uning vakolatli vakili hamda auksion
tashkilotchilari tomonidan ikki nusxada imzolanadi.
Bayonnomada
sotuvchi
va
xaridor
haqidagi
ma’Iumotlar,
xususiylashtirish obyektining nomi, uzil-kesil narxi, shuningdek, oldi-sotdi
shartnomasini imzolash bo'yicha tomonlaming majburiyatlari ko'rsatiladi,
Auksionning natijalari haqidagi bayonnomaning bir nusxasi xaridorga
beriladi va uning mazkur obyektning oldi-sotdi shartnomasini tuzish
huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Agar auksion g'olibi 10 kun davomida yakuniy bayonnomani
imzolamagan bo'lsa, auksion natijalari bekor qilinadi, berilgan garov unga
qaytarilmaydi hamda obyekt sotuvchiga qaytariladi. Yopiq tender
o'tkazilgan chog'da bunday holda obyektni sotib olish huquqi avvalgi
narxni taklif etgan qatnashchiga beriladi. Agar bu qatnashchi ham
bayonnomani imzolashdan voz kechsa tender natijalari bekor qilinadi.
Auksion yakunlari haqidagi axborot auksion o'tkazilgan qundan
boshlab oy, kuni aniq ko'rsatilgan 30 kun davomida matbuotda va maxsus
axborotnomada e’lon qilinadi.
Auksion natijalari haqidagi yakuniy bayonnoma imzolangan paytdan
boshlab oy, kuni aniq ko'rsatilgan 30 kundan kech bo'lmagan muddatda
sotuvchi va xaridor o'rtasida amaldagi qonunchilikka muvofiq oldi-sotdi
shartnomasi imzolangan bo'lishi kerak.
Auksion yakunlari bo'yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida:
- sotilgan obyektning nomi;
- obyektning sotib olingan narxi;
- sotuvchi, xaridor haqidagi ma’lumot (zarur hollarda vositachi
haqida ma’lumot), ular joylashgan joy;
- obyektni topshirish tartibi, to'lov shakli va muddatlari ko'rsatilishi
lozim.
Belgilangan muddatlar va to'lov shakliga muvofiq xaridor davlat
mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan
mablag'lami, garov summasini chiqarib tashlagan holda xususiylashtiril-
gan obyektning shartnomada belgilangan to'la qiymati summasini jamlash
uchun maxsus schyotga o'tkazishga majburdir. Agar xaridor belgilangan
summani ko'rsatilgan muddatda to'lamasa, oldi-sotdi shartnomasi bekor
qilinadi, uning to'lagan garovi esa qaytarib berilmaydi. Xaridor belgilan
gan muddatda tegishli summani to'lamasa o'tkazilgan yopiq tender
164
natijalariga ко‘га obyektni sotib olish huquqi avvalgi narxni taklif etgan
qatnashchiga o‘tadi. Agar bu qatnashchi ham oldi-sotdi shartnomasini
imzolashdan bosh tortsa yopiq tender natijalari bekor qilinadi.
Auksionda obyektni sotib olishda xaridor to‘lagan garov summasi
xususiylashtirish bitishuvi bo'yicha uning to ‘lagan summasiga qo'shiladi
va auksionni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlami qoplash uchun
sotuvchi ixtiyorida qoladi.
Auksionning qolgan hamma qatnashchilariga garov summasi auksion
natijalari haqidagi talabnoma imzolangan paytdan boshlab 10 kun
davomida qaytarib beriladi.
Xususiylashtirish obyektiga egalik qilish huquqi Davlat mulki
qo'mitasi, uning hududiy boshqarmasi tomonidan yangi mulkdorga mulkiy
hukuq to'g'risidagi davlat orderi bergan paytdan boshlab sotuvchidan
xaridorga o'tadi.
Auksionda xususiylashtirish obyektini sotishdan olinadigan tushum
xaridorlardan, auksion qatnashchilarini auksion obyektlari bilan oldindan
tanishishga taklifnomalar sotishdan, auksionga chiptalar sotishdan tushgan
pul mablag'lari va belgilangan tartibda qaytarilmagan garov summasi
hisobiga hosil qilinadi.
Auksion o'tkazishning belgilangan qoidalari va shartlari buzilgan
taqdirda auksionda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha bitimlar
haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Auksionda xususiylashtirish bitimlarining haqiqiy emas deb
topilganligi haqidagi nizolar amaldagi qonunchilikka binoan sudda yoki
hakamlik sudida ко‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |