To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Davlat korxonalariga xususiy investitsiya kiritish orqali sotish



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2.3. Davlat korxonalariga xususiy investitsiya kiritish orqali sotish
Davlat 
koixonalariga 
xususiy 
investitsiya 
kiritish 
orqali 
xususiylashtirish  usuli  ham  amalda  keng  qo‘llaniladi.  Bunda  korxona 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  sotib  olinadi  yoki  uning  aksiya  paketi  xarid  qilinadi. 
Biroq  yirik  hamda  strategik  ahamiyatga  ega  bo'lgan  korxonalar  uchun 
mazkur usul maqbul bo'lib hisoblanmaydi, chunki ularda davlat albatta o ‘z 
ulushini  saqlab  qolishi  shart.  Davlat  korxonalariga  xususiy  investitsiya 
kiritish orqali sotilganda muayyan miqdorda ulush ham kiritiladi.
Aksiyalar  (paylar)ning  davlat  paketlarini  ishonchli  boshqaruvga 
topshirish  bo‘yicha 
tanlovlami 
o'tkazish 
Qoidalari1 
aksiyadorlik
1  Aktsiyalar (paylar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish bo’yicha tanlovlami o ’tkazish qoidalari // 
O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo’llab-quwatlash  Qo’mitasining  2001  yil  17 
maydagi 01/06-4-son qarori bilan tasdiqlangan.
165


jamiyatlari  aksiyalarini,  MChJlar ulushlarini  (paylarini),  davlat paketlarini 
ishonchli boshqaruvga topshirish bo'yicha tanlovlami o'tkazish, jumladan, 
sotib  olish to‘lovi to'lashni  5  yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish  orqali 
keyinchalik  davlat  ulushini  (payini)  sotib  olish  shartlari  tartibini  belgilab 
berdi.
Yuqoridagiga  asosan  sotib  olish  to ‘lovi  to'lashni  5  yilgacha bo'lgan 
muddatga  uzaytirish  orqali  keyinchalik  sotib  olish  huquqiga  ega  bo'lgan, 
yakka  tartibdagi  loyihalar  bo'yicha  xususiylashtirilishi  kerak  bo'lgan 
korxonalami  aksiyalari,  ulushlari  (paylari)  davlat  paketlarini  ishonchli 
boshqamvga  topshirish  bo'yicha  qaromi  tender  savdolarini  o'tkazish 
bo'yicha Davlat komissiyasi qabul qiladi.
Aniq  investitsiya  majburiyatlari  bo'lgan  taqdirda,  sotib  olish  to'lovi 
to'lashni  5  yilgacha bo'lgan  muddatga  uzaytirish  orqali  keyinchalik  sotib 
olish  huquqi  bilan  davlat  aktivlarini  ishonchli  boshqamvga  topshirish 
uchun  taklif  qilingan  korxonalaming  ro'yxati  (aksiyalar,  ulushlar 
(paylar)ni  davlat  paketlari  hukumatning  maxsus  qarorlari  bilan  sotishga 
mo'ljallangan  korxonalardan  tashqari)  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  tegishli  Majmualarining  takliflari  bo'yicha  Davlat  mulki 
qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Mazkur Qoidalar Qo'mitaning 2004-yil 3-sentyabrdagi 01/18-48-sonli 
“Davlat  aksiyalar  paketi  (ulushlari)ni  ishonchli  boshqamvga  berish 
bo'yicha  tanlovlar  o'tkazish  Qoidalarini  tasdiqlash  haqida”gi  Qarori 
(2004-yil  16-sentyabr,  ro'yxat raqami №1410)  bilan o'z kuchini yo'qotdi. 
YAngi  sanadagi  Qaror  2004-yil  26-sentyabrdan  kuchga  kirdi  .  Ushbu 
Qoidalar  muqaddima,  tanlovda  qatnashish  uchun  arizachining  hujjatlami 
taqdim  qilish  tartibi,  tanlovni  o'tkazish  haqida  axborot  informatsion 
axborot,  tanlovda  qatnashish  shartlari,  g'olibni  aniqlash  va  tanlov 
natijalarini e’lon qilish hamda uchta ilovadan iboratdir.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  17- 
aprelda  “2003-2004-yillarda korxonalami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  dasturi  to'g'risida”gi  185-sonli  Qarori2  qabul  qilingan. 
Unga ko'ra,  xorijiy  investorlar tomonidan  korxonalar  aksiyalari,  ulushlari 
(paylari)  va  obyektlar  to'liq  sotib  olinganda  ulaming  investitsiya 
majburiyatlari  ishlab  chiqarishni  texnika  bilan  qayta  jihozlash  va 
rekonstruktsiya qilish uchun asbob-uskunalar,  ehtiyot qismlar va butlovchi 
buyumlar  yetkazib  berish,  investor  tomonidan  korxonalaming  byudjet  va 
davlat  maqsadli  jamg'armalari  oldidagi  qarzlarini  qaytarish  va  Hukumat
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 yil, 37-son, 416-modda.
2 //O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari to’plami, 2003 yil, №4, 30-modda.
166


kafolati  ostida  olingan  kreditlami  qoplash  yo‘li  bilan  to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab 
chiqarishni 
texnika 
bilan 
qayta 
jihozlash 
va 
zamonaviylashtirish 
uchun 
xorijiy 
investorlaming 
investitsiya 
majburiyatlari  hisobiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  keltiriladigan 
texnologik  asbob-uskunalarga  ehtiyot  qismlar  va  butlovchi  buyumlar 
investor  tomonidan  investitsiya  majburiyatlari  qabul  qilingan  vaqtdan 
boshlab investitsiya davrida bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Tender  savdolari  o ‘tkazish  bo'yicha  davlat  komissiyasi  va  Davlat 
mulki  qo‘mitasi  xay’ati  qaroriga  ko'ra  tarkibiy  o ‘zgartirish  va 
sog'lomlashtirish  uchun  mustaqil  ravishda  moliyaviy  resurslami  qidirib 
topishga  qodir  bo‘lmagan,  zarar  ко‘rib  ishlayotgan,  moliyaviy  jihatdan 
nochor  va  past  rentabelli  korxonalaming  davlat  aktivlari,  sotib  oluvchilar 
tomonidan  texnika  bilan  qayta jihozlash  va  ishlab  chiqarish  hajmlarshsh 
ko'paytirish uchun etarli bo‘lgan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan, 
shuningdek korxonaning kreditorlik qarzi to‘langan taqdirda,  investorlarga 
nominaldan past narxlar bo'yicha tanlov shartlarida sotilishi mumkin.
O.Yu.Skvortsovning 
fikricha, 
mulk 
tijorat 
tanlovi 
asosida 
xususiylashtirilganda  ikki  xil  shart  nazarda  tutiladi:  ijtimoiy  va 
investitsiyali1.
Ijtimoiy  shart  agarda  mulkiy  kompleks  hisoblangan  korxona 
xususiylashtirish obyekti bo'lsa qo'llaniladi.
Rossiya 
Federatsiyasining 
“Xususiylashtirish 
to‘g ‘risida”2gi 
qonunida ijtimoiy  shartlaming  batafsil  ro'yxati  berilgan  bo'lib,  bu  shartlar 
xususiylashtirish obyektiga nisbatan qo'llanilishi mumkin.  Ya’ni:
-  muayyan  hajmdagi  ishchi  o'rinlarini  saqlash  qolish  yoki 
qo‘shimcha ish o'rinlarini yaratish;
- xodimlarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish;
-  ijtimoiy-madaniy,  kommunal-maishiy  yoki  aholiga  transport 
xizmatini  ko‘rsatishga  doir  faoliyat  yo‘nalishini  o ‘zgartirishga  yoki 
tugatishga cheklovlaming mavjudligi;
-  atrof-muhitni  va  fuqarolar  sog‘lig‘ini  saqlashga  doir  tadbirlami 
amalga oshirish.
Davlat  korxonalari  xususiy  investitsiya  kiritish  orqali  sotilganda, 
sotib  oluvchi  belgilangan  muddatda  va  shartlar  investitsiya  kiritish 
majburiyatini  oladi.  Bundan  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  bunday 
usulda  xususiylashtirilganda,  davlat  mulkini  sotuvchi  va  investitsiya
1 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М .: ЗАО Бизнес школа «Интел-Синтез»,  1999. -272 с.
2  Федеральный  Закон  РФ  «О  приватизации  государственного  имущества  и  об  основах  приватизации 
муниципального имущества в Российской Федерации». 21.07.1997 г. №123-Ф3.
167


kiritish sharti bilan sotib oluvchi o'rtasida shartli bitim tuziladi. Va tegishli 
shartni  sotib  oluvchi  bajarmasa,  shartnoma  bo'yicha  vujudga  keladigan 
javobgarlik qo‘llanilishi mumkin.
Bugungi  kunda  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  xorijiy  investitsiyani 
jalb  etish  bo'yicha  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Shu  ma’noda  O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Davlat 
mulkini 
xorijiy 
investorlarga  sotish  bo'yicha  tender  savdolari  o'tkazuvchi  Davlat 
komissiyasi to'g'risida” Nizom1  qabul qilinib,  mazkur Nizom O'zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilab  beriladigan  davlat 
korxonalari  (mulk)ni,  shuningdek,  davlatga  tegishli  aksiyalar  paketlarini 
xorijiy  investorlarga  sotish  bo'yicha  tender  savdolari  o'tkazuvchi  Davlat 
komissiyasining vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab berdi.
Komissiyaning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat 
boshqaruv  organlari hamda davlat hokimiyati  va boshqaruvining  mahalliy 
organlari,  mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar,  xo'jalik  yurituvchi 
subyektlar  va  ulaming  birlashmalari  (xo'jalik  uyushmalari),  mansabdor 
shaxslar  tomonidan  bajarilishi  majburiy  xarakterga  egaligi  mustahkamlab 
qo'yildi.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  Davlat  mulkini 
xorijiy  investorlarga  sotish  bo'yicha  tender  savdolari  o'tkazuvchi  Davlat 
komissiyasi  tomonidan  kimyo,  neftgaz,  mashinasozlik  va  iqtisodiyot 
boshqa  tarmoqlarining  90  dan  ortiq  korxonalari  aksiyalari,  aktivlari  va 
mol-mulki  sotildi,  ulardan  eng  yiriklari  “Olmaliq  maishiy  kimyo  zavodi” 
ochiq  aksiyadorlik jamiyati,  “Andijonkabel”  ochiq  aksiyadorlik jamiyati, 
“Suvmash”  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  va  boshqalami  ko'rsatib  o'tish 
mumkin. Ayni vaqtda shuni aytish kerakki, yuqoridagi Nizom O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  21-iyuldagi  PQ-423-sonli  “Ba’zi 
Respublika  komissiyalari  va  kengashlari  tarkiblari  hamda  ulaming 
faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to‘g'risida”2gi  Qaroriga  muvofiq  o'z 
kuchini yo'qotdi.
Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  chora-tadbirlar  xorijiy  investorlami jalb 
qilgan  holda  xususiylashtirish  dasturida  nazarda  tutilgan  korxonalar  va 
obyektlami  xususiylashtirishning  zarur  sur’atlarini,  xorijiy  investitsiyalar 
oqimini, 
eng 
avvalo, 
to'g'ridan-to'g'ri 
investitsiyalar 
oqimini 
ta’minlamayapti.  Xorijiy  investorlami  jalb  qilgan  holda  korxonalar  va 
obyektlami  xususiylashtirish  jarayonlarini  jadallashtirishni  ta’minlovchi 
aniq  ishlovchi 
mexanizm  yaratilmagan. 
Davlat  mulkini  xorijiy
1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1999 yil 22 iyundagi 309-son qaroriga Ilova.
2 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 289-modda.
168


investorlarga  sotish  bo'yicha  qabul  qilingan  qarorlaming  samaradorligi 
ustidan monitoring etarli darajada olib borilmayapti.
Davlat mulkini  xorijiy  investorlarga  sotish bo'yicha  tender  savdolari 
o'tkazuvchi  Davlat  komissiyasining  roli  va  mas’uliyatini  oshirish, 
korxonalami  xususiylashtirish,  eng  avvalo  yakka  tartibdagi  loyihalar 
bo'yicha  amalga  oshiriladigan  iqtisodiyot  tarmoqlari  bazaviy  tarmoqlari 
korxonalarini  xususiylashtirish  jarayonlariga  xorijiy  investitsiyalami, 
ayniqsa  to'g'ridan-to'g'ri  investitsiyalami  jalb  qilishni  faollashtirish, 
aksiyadorlik jamiyatlaridagi  aksiyalar  davlat  paketlarining  bir  qismini  va 
to'liq  xorijiy  investorlarga  sotish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining 
2003-yil  21-avgustdagi  “Davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  sotish 
bo'yicha  tender  savdolari  o'tkazuvchi  davlat  komissiyasining  roli  va 
mas’uliyatini  oshirish chora-tadbirlari  to'g'risida”1  362-sonli  Qarori  qabul 
qilindi.
Unga  muvofiq,  Davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  sotish  bo'yicha 
tender savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasi, O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  komplekslari,  Davlat  mulki  qo'mitasi,  vazirliklar, 
idoralar 
va 
xo'jalik 
birlashmalari 
tomonidan 
xususiylashtirilgan 
korxonalaming  davlat  aktivlarini  yakka  tartibdagi  loyihalar  bo'yicha 
sotish,  xususiylashtirilayotgan  korxonalarga  xorijiy  investitsiyalami  jalb 
qilish  yuzasidan  olib  borilayotgan  ishlar qoniqarsiz  deb  baholanib,  tender 
savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Shuningdek,  quyidagilar  Davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  sotish 
bo'yicha tender savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasining iqtisodiyotni 
erkinlashtirish  va  isloh  qilishning  hozirgi  bosqichidagi  eng  muhim 
vazifalari etib belgilandi:
-  davlat korxonalarini  xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish 
jarayonlarini  chuqurlashtirishga  yo'naltirilgan  Hukumat  qarorlarining 
so'zsiz  bajarilishini  tashkil  etish,  respublika  iqtisodiyotiga  xorijiy 
investitsiyalami,  ayniqsa  to'g'ridan-to'g'ri  investitsiyalami  keng  jalb 
qilish,  xususiy  sektoming  iqtisodiyotdagi  rolini  yanada  rivojlantirish  va 
oshirish;
-  sansalorlik,  byurokratizm  va  obyektlami  xorijiy  investorlar 
ishtirokida  xususiylashtirish  hamda  aksiyalar  paketlarini  va  korxonalami 
to'liq  tanlov  (tender)  savdolari  g'oliblariga  sotishni  jadallashtirish  bilan 
bog'liq  masalalami  hal  etish  muddatlari  cho'zib  yuborilishi  hollarini 
bartaraf etish;
1 // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2003 yil,  15-16-son,  133-modda.
169



iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan 
xususiylashtirilgan  korxonalar  va  obyektlaming  faoliyati  ustidan 
monitoring tashkil etish.
Davlat  komissiyasi  xorijiy  sarmoya  ishtirokida  davlat  mulkini 
xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish yuzasidan  olib borilayotgan 
ishlaming  samaradorligini  tanqidiy  o ‘rganib  chiqib,  yakka  tartibdagi 
loyihalar  bo'yicha  xususiylashtirish  dasturida  nazarda  tutilgan  davlat 
mulkini  xorijiy  investorlarga  sotishda  tender  savdolarini  o'tkazish 
yuzasidan  ko'rilayotgan  chora-tadbirlarning  samaraliligiga,  korxonalami 
sotishga  tayyorlash  va  sotish  jarayonlariga  yirik  va  mashhur  xorijiy 
moliyaviy  maslahatchilami,  baholash  va  auditorlik  kompaniyalarini  jalb 
qilishga,  shuningdek  aniq  takliflari  va  investitsiya  majburiyatlari  bo'lgan 
strategik  investorlar  mavjud  bo'lganda  tezkorlik  bilan  ко‘rib  chiqish  va 
korxonalar  bo‘yicha  qarorlar  qabul  qilish  yuzasidan  berilgan  vakolatlami 
amalga  oshirish,  amaliyotda  bo'lmagan  qarorlami  tezkorlik  bilan  qabul 
qilishni  nazarda  tutgan  holda  obyektlar  va  aksiyalami  to'lovning  aralash 
shakllarini qo'llab  sotish amaliyotini kengaytirishga,  xorijiy investitsiyalar 
oqib  kelishi  uchun  barcha  to'siqlami  bartaraf  etishga  asosiy  e’tibomi 
qaratish vaqti keldi.  Chunki, xorijiy investitsiyaning mamlakatimizga kirib 
kelishining  asosiy  sabablaridan  biri  bu  etarli  huquqiy  kafolatlaming 
mavjudligidir.
Davlat komissiyasiga past rentabelli, iqtisodiy nochor va zarar ко‘rib 
ishlayotgan  korxonalaming  davlat  aktivlarini  investorlar  tomonidan 
ko‘rsatib  o‘tilgan  korxonalaming  moliyaviy-iqtisodiy  ahvolini  qisqa 
muddatlarda  (1-2  yil  mobaynida)  tubdan  yaxshilashni  ta’minlovchi 
investitsiya majburiyatlari o ‘z zimmasiga olinishi va biznes-rejalar taqdim 
etilishi shard bilan juda past narxlarda sotish huquqi berildi.
Shuni aytish kerakki,  islohotlar barobarida Mazkur Qaror 0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  21-iyuldagi  PQ-423-sonli  “Ba’zi 
Respublika  komissiyalari  va  kengashlari  tarkiblari  hamda  ulaming 
faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to'g'risida”1  Qaroriga  muvofiq  o'z 
kuchini  yo'qotgan.  Ushbu  Qaroming  4-ilovasi  bilan  “Davlat  mulkini 
xorijiy  investorlarga  sotish  bo'yicha  tender  savdolari  o'tkazuvchi  Davlat 
komissiyasi to'g'risida” Nizom tasdiqlandi.
Unga  ko'ra,  mazkur  Komissiyaning  asosiy  vazifalari  etib  quyidagilar 
belgilandi:
davlat  va  xo'jalik  boshqaruvi  organlari,  korxonalar  boshqaruv 
organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  shuningdek jalb  qilingan
1 // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 289-modda.
170


xorijiy  ekspert  kompaniyalar  va  maslahatchi-konsultantlaming  sotishdan 
oldingi  tayyorgarlik  hamda  yakka  tartibdagi  loyihalar  bo'yicha 
xususiylashtiriladigan  obyektlami  sotish  masalalari  bo'yicha  birgalikdagi 
faoliyatini tashkil etish;
oshkoralik,  baholashning  xolisligi  va  talablaming  yagonaligi  asosida 
tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;
tender  savdolari  asosida  sotiladigan  korxonalaming  davlat  aktivlarini 
xarid qilishga nomzodlaming eng manfaatli takliflari tanlovini o'tkazish;
davlat  korxonalarini  xorijiy  investorlar  ishtirokida  xususiylashtirish 
jarayonlarini  chuqurlashtirishga  yo'naltirilgan  Prezident  va  Hukumat 
hujjatlarining  so'zsiz  bajarilishini  tashkil  etish,  respublika  iqdsodiyotiga 
xorijiy  investitsiyalami,  ayniqsa  to'g'ridan-to'g'ri  investitsiyalami  keng 
jalb  qilish,  xususiy  sektoming  iqtisodiyotdagi  rolini  yanada  rivojlantirish 
va oshirish;
sansalorlik, 
byurokratizmning  pay do 
bo'lishi 
va  obyektlami 
xususiylashtirish, 
shu 
jumladan 
xorijiy 
investorlar 
ishtirokida 
xususiylashtirish hamda  aksiyalar paketlarini  va korxonalami to'liq tanlov 
(tender)  savdolari  g'oliblariga  sotishni  jadallashtirish  bilan  bog'liq 
masalalami hal etish muddatlari cho'zib yuborilishi hollarini bartaraf etish;
iqtisodiyot  tarmoqlarida  Davlat  komissiyasi  qarorlari  qabul  qilingan 
xususiylashtirilgan  korxonalar  va  obyektlaming  faoliyati 
ustidan 
monitoring tashkil etish.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish