To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Ijaraga olingan korxonani kelgusida haq to‘lab sotib olish sharti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

3.3. Ijaraga olingan korxonani kelgusida haq to‘lab sotib olish sharti 
bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish
Ijaraga  olingan  korxonana  kelgusida  haq  to ‘lab  sotib  olish  sharti 
bilan  davlat  korxonasini  ijara  korxonasiga  aylashtirish  yo'li  bilan 
xususiylashtirishni 
amalga 
oshirish 
dastlabki 
vaqtlarda 
ko'plab 
qo'llanilgan usullardan biridir.
Ijaraga  olingan  korxonana  kelgusida  haq  to'lab  sotib  olish  sharti 
bilan  davlat  korxonasini  ijara  korxonasiga  aylashtirish  bo'yicha  ayrim 
olimlar  quyidagicha  fikr  bildiradi: 
“korxonalar  (boshqa  mulkiy 
komplekslar)  ijarasi  bugungi  kunda  ilgari  amalda  bo'lgan  holatlar  nuqtai 
nazaridan  qarash  mumkin.  Ya’ni,  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va
194


xususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi  qonun  qabul  qilingunga  qadar  vujudga 
kelgan  huquqiy  munosabatlar  nuqtai  nazaridan.  Bunday  ijaraning  asosiy 
yo‘nalishi  mol-mulkni  ijaraga  olib  so‘ng  uni  sotib  olishda  ifodalanar  edi. 
Xususiylashtirish  to'g'risidagi  qonunning  qabul  qilinishi  bilan  bunday 
ijaraning asosini tashkil qiluvchi qoida, ya’ni -  ijaraga olingan kompleksni 
ijaraga  olingan  mol-mulkdan  ijara  to‘lovini  amalga  oshirish  orqali  uning 
qiymati to ‘lanar edi1.
Ilgari  tuzilgan  shartnoma  asosida korxonani  sotib  olish  sharti  agarda 
shartnomada  uning  muddati,  hajmi,  tartibi  va  sotib  olish  haqining 
to'lanishi  nazarda  tutilgan  bo'lsa  o'z  kuchini  saqlab  qolar  edi.  Agarda 
shartnomada bunday shartlar belgilanmagan bo'lsa, ijaraga olingan mulkni 
sotib olish agarda ijaraga olingan mulkning qiymati  1  mln. rubl bo'lganida 
(uni  ijaraga  berish  vaqtida)  qo'shimcha  kelishuv  asosida  amalga 
oshirilgan2.
O'zbekiston  Respublikasi  FKning  579-moddasi  1-qismida  berilgan 
ta’rifga  ko'ra,  korxonani  ijaraga  berish  shartnomasi  bo'yicha  ijaraga 
beruvchi  ijaraga  oluvchiga  vaqtincha  egalik  qilish  va  foydalanish  uchun 
mulkiy  kompleks  sifatida  butun  korxonani  yoki  uning  bir  qismini  haq 
evaziga  berish  majburiyatini  oladi,  ijaraga  beruvchi  boshqa  shaxslarga 
o'tkazilishi mumkin bo'lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
O'zbekiston  Respublikasining  “Ijara  to'g'risida”3gi  qonunining  20- 
moddasiga  asosan  “Korxona  yoki  uning  tarkibiy  birligi  mehnat  jamoasi 
uning  asosida  ijara  korxonasi  barpo  etish  uchun  ijarachilar  jamoasini 
tuzishga  haqlidir”.  Korxonalar,  korxona  sexlari,  bo'limlari,  firmalari  va 
boshqa ijaraga oluvchilar ijara shartnomasining subyektlaridir.
Ijarachilar jamoasi va uning boshqaruv idoralarini tuzish to'g'risidagi 
qaror  mehnat jamoasining  qaror  qabul  qilishga  vakolatli  bo'lgan  umumiy 
yig'ilishda  hozir  bo'lganlaming  uchdan  ikki  qismi  yoqlab  ovoz  bergan 
taqdirda  qabul  qilinadi.  Shundan  so'ng  ijarachilar  jamoasi  ijara 
shartnomasi  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  uni  korxonani  ijaraga  berish 
uchun  vakolat  olgan  idoraga  yuboradi.  Bu  idora  shartnoma  loyihasini 
olgach,  o'ttiz  kunlik  muddat  ichida  ko'rib  chiqishi  lozim.  Agar  loyiha 
ko'rsatilgan  muddat  davomida  ko'rib  chiqilib,  biron-bir  javobi  ma’lum 
qilinmasa,  ijaraga  oluvchi  mehnat  jamoasi  tegishli  sudlarga  murojaat 
qilishga haqlidir.
Ijara  shartnomasi  ijaraga  beruvchi  bilan  ijaraga  oluvchi  o'rtasidagi 
munosabatlami  tartibga  soluvchi  asosiy  hujjat  hisoblanadi.  SHartnoma
1 Хозяйственное право.  Отв. ред. В.С.Мартемьянов.  Т.2. -М .: Бек,  1994.  139-с.
2 Хозяйственное право. Отв. ред. B.C. Мартемьянов. Т.2. -М .:  Бек,  1994.  140-е.
3 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,  1992 yil, № !, 45-modda.
195


ma’lum  muddatga  ixtiyoriy  asoslarda  tomonlaming  to‘la  teng  huquqliligi 
asosida tuziladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  580-moddasida 
korxonani  ijaraga  berish  shartnomasining  shakli  belgilangan.  Bunga 
asosan korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat 
tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat 
ro‘yxatidan  o ‘tkazilishi  lozim.  SHartnoma  davlat  ro‘yxatidan  o ‘tkazilgan 
paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.  Korxonani ijaraga berish shartnoma­
sining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Korxonani  ijaraga  berish  shartnomasi  ikki  tomonlama  shartnoma 
bo‘lib,  ijaraga beruvchi  va  ijraga  oluvchi  shartnoma  taraflari  hisoblanadi. 
SHartnoma  konsensual,  haq  baravariga  tuziladigan  shartnomadir.  Ijaraga 
oluvchi  mol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  haqni  o ‘z  vaqtida  to‘lab 
turishi  shart.  Haq  to‘lash  tartibi,  shartlari  va  muddatlari  shartnoma  bilan 
belgilanadi. Ijara muddati ham shartnomada aniq belgilab qo‘yiladi.
Korxona  uchun  bu  muddat  5  yildan  kam  bo‘lmasligi  lozim.  Ijaraga 
olingan  korxona  ijaraga  oluvchiga  topshirish  dalolatnomasi  bo‘yicha 
topshiriladi.
Ijara  shartnomasida  ijaraga  berilgan  mol-mulkning  qaymati  ushbu 
mol-mulk ijaraga berilayotgan vaqtdagi qiymatidan kelib chiqqan va uning 
eskirganligi  darajasi  hisobga  olingan  holda  belgilanadi.  Demak,  ijaraga 
berilgan  mol-mulkning  kelgusida  xizmat  qilishi,  ishlatish  muddati 
tomonlaming  kelishuviga  muvofiq  shartnomada  ko‘rsatilishi  kerak,  biroq 
bu  muddat  foydalanish  muddatidan,  to‘liq  eskirib,  ishdan  chiqish 
muddatidan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Korxona  ijaraga  berilishi  natijasida  ijaraga  bemvchining  shu  kor­
xonaga oid barcha qarz majburiyatlari ijaraga oluvchiga o ‘tishi munosabati 
bilan  Fuqarolik  kodeksi  shu  majburiyatlar  bo‘yicha  kreditorlaming 
huquqlarini himoyalashning qo‘shimcha choralarini belgilagan.
Ijaraga  beruvchi  o ‘z  qarzlarini  ijaraga  oluvchining  zimmasiga 
o ‘tkazishi  haqida  kreditorlarini  yozma  ravishda  ogohlantirishni  olgan 
vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyat- 
lami va shu tufayli yetkazilgan zarami qoplashni talab qilishga haqli.  Agar 
shu  muddatda  mazkur  talablardan  birontasi  bildirilmasa,  kreditor  tegishli 
qarzning ijarachiga o‘tkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Ijaraga  beruvchidan  majburiyatlami  bekor  qilishni  yoki  muddatidan 
oldin  bajarishni  va  zarami  qoplashni  talab  qilgan  kreditorlar  bilan  hisob- 
kitob qilib bo‘lganidan keyingina korxona ijarachiga topshirilishi mumkin.
Korxona  mulkiy  komleks  sifatida  ijaraga  berilganidan  keyin  ijaraga 
beruvchi  bilan ijaraga  oluvchi  topshirilgan  korxona  tarkibiga kiritilgan  va
196


ijaraga  oluvchiga  kreditorlaming  roziligisiz  o'tkazilgan  qarzlar  bo'yicha 
solidar javobgar bo'ladilar.
Agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 
ijaraga  beruvchining  tegishli  faoliyat  bilan  shug'ullanishi  uchun  maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya)  asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi 
mumkin emas.  Ijarachi  maxsus  ruxsatnomasi bo'lmaganligi  sababli bajara 
olmaydigan  majburiyatlami  shartnoma  bo'yicha  topshirilayotgan  korxona 
tarkibiga  kiritish  ijaraga  beruvchini  kreditorlar  oldidagi  tegishli 
majburiyatlardan ozod qilmaydi.
Ijaraga  beruvchi  ijaraga  oluvchiga  vaqtincha  egalik  qilish  va 
foydalanish  uchun  mulkiy  kompleks  sifatida  butun  korxonani  yoki  uning 
bir  qismini  haq  evaziga  berish  majburiyatini  oladi.  Ijaraga  beruvchi  mol- 
mulkni  ijaraga  oluvchiga  shartnoma  shartlari  va  mol-mulkning  vazifasiga 
muvofiq  holatlar  topshirilmog'i 
lozim. 
Mol-mulkni 
topshirishga 
tayyorlash,  shu jumladan,  topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga 
taqdim  etish  ijaraga  beruvchining  burchi  bo'lib,  uning  hisobidan  amalga 
oshiriladi.
Agarda  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 
mol-mulk  barcha  mansub  ashyolari  va  unga  aloqador  hujjatlar  (texnik 
pasport,  sifat  sertifikati)  bilan  birga  ijaraga  topshiriladi.  Ijaraga  bemvchi 
ijaraga oluvchiga berilgan mol-mulkni shartnomada ko'rsatilgan muddatda 
topshirishi  lozim.  Basharti  shartnomada  bunday  muddat  ko'rsatilgan 
bo'lmasa,  maqbul  muddatda  topshirilmagan  bo'lsa,  ijara  oluvchi  FKning 
331-moddasiga muvofiq, bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning 
kechikkanligi  tufayli  yetkazilgan  zarami  qoplashni  talab  qilish  yoki 
shartnomani  bekor  qilish  va  uning  bajarilmaganligi  sababli  yetkazilgan 
zarami  qoplashni  talab  qilish  huquqiga  ega.  Ijaraga  bemvchi  ijaraga 
topshirilgan  mol-mulkini  undan  foydalanishga  to'liq  yoki  qisman 
to'sqinlik  qiladigan kamchiliklari  uchun,  hatto u  shartnoma tuzish  vaqtida 
bular haqida bilmagan bo'lsa ham javobgardir.
Ijara  korxonasi  ijaraga  olingan  korxonaning  yer  uchastkasidan  va 
boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi davlat korxonasining huquq 
vag  majburiyatlari  huquqi  vorisi  hisoblanadi.  Keyinchalik  esa,  korxonani 
ijaraga  olib  so'ng  sotib  olish  davlat  korxonasini  xususiylashtirish  usuli 
sifatida  ko'rila  boshlagach,  u  joylashgan  yer  uchastkasiga  nisbatan  mulk 
huquqni oladi.
Ijara  korxonasining  asosiy  vakolatlaridan  biri  bu  korxonani  sotib 
olish  huquqidir.  Bu  huquqni  amalga  oshirishning  o'ziga  xos  xususiyati 
shundaki,  uni  sotib  olish  korxonaning  balans  qiymati  asosida  tuziladigan
197


shartnoma  asosida  yuzaga  keladi.  Korxona  sotib  olingunga  qadar  sotib 
olish to‘lovi mol-mulk amortizatsiyasi tugagunga qadar to‘lanishi lozim.
Ijaraga  olingan  korxonani  sotib  olish  usuli  sifatida  korxonani 
xususiylashtirish  ijara  va  sotib  olishning  mohiyatidan  kelib  chiqqan  edi. 
Uning  maqsadi  korxonani  davlat  tasarrufidan  chiqarib  uni  jamoat  mulki 
shaklidan biriga aylantirish edi1.
Ijarachi  ijaraga  olingan  mulkni  ijaraga  beruvchining  roziligi  bilan 
to‘la  yoki  qisman  sotib  olishi  mumkin,  yer  va  boshqa  tabiiy  resurslar 
bundan mustasnodir.
Ijaraga  olingan  mol-mulkni  sotib  olish  ijarachining  o ‘z  mablag‘lari, 
shu  jumladan  ijara  sharoitida  xo‘jalik  faoliyatini  olib  borishdan  kelgan 
daromadlar,  ijarachiga  qarashli  mol-mulkni  sotishdan  tushgan  pul, 
shuningdek  kreditlar  hamda  amaldagi  qonunlarga  zid  bo‘lmagan  usullar 
bilan  qo‘lga  kiritilgan  boshqa  moliyaviy  mablag‘lar  hisobidan  amalga 
oshiriladi.
Mol-mulkni  sotib  olish  yuzasidan  tomonlaming  munosabatlari 
qonunlar va shartnoma bilan tartibga solinadi.  Sotib olish shartnomasida:
- sotib olinayotgan mol-mulkning tarkibi va pul (qiymat) bahosi;
- sotib olish shakllari va manbalari;
- sotib olish tartibi va muddatlari;
-  sotib  olishda  uchinchi  shaxslaming,  jumladan  kreditorlaming 
qatnashuvi;
- kafolatlar va sotib olinayotgan mol-mulkning sifati;
-  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  zid  bo‘lmagan  boshqa 
qoidalar belgilab qo'yiladi.
Sotib  olish  shartnomasi  majburiyatlarini  bajarmaganlik  yoki  lozim 
darajada  bajarmaganlik  uchun,  shu jumladan  shartnomani  bir  tomonlama 
o'zgartirganlik  va  bekor  qilganlik  uchun  tomonlar  qonunda  hamda  sotib 
olish  shartnomasida  belgilab  qo'yilgan  tarzda  javobgar  bo'ladilar.  Sotib 
olish  shartnomasini  tuzish  va  uni  bajarish  chog'ida  kelib  chiqadigan 
nizolar tegishli sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Korxona  ijara  shartnomasi  imzolanganidan,  umumiy  yig'ilishda 
(konferensiyada)  ustav  tasdiqlanganidan  keyin  ijara  korxonasi  maqomiga 
ega bo'ladi.  Ijara korxonasining ustavida  (davlat  mulkiga  asoslangan ijara 
korxonalaridan  tashqari)  korxonaning  qarzlari  bo'yicha  ijara  jamoasi 
a’zolarining  mulkiy  javobgarligi  ko'zda  tutilishi  kerak.  Ijara  korxonasi 
davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  kundan  va  korxona  mulkini  belgilangan 
tartibda qabul qilib olgandan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo'ladi.
1 Хозяйственное право. Отв. ред. В.С.Мартемьянов. Т.2. -М .: БЕК,  1994.  142-с.
198


Ijaraga  olingan  korxonaning  xo'jalik  faoliyatini  ijaraga  oluvchi 
mustaqil  yuritadi.  Ijara  shartnomasi  bo'yicha  olgan  majburiyatlarini 
bajarish  doirasidan  tashqarida  ijarachi  boshqaruvda  va  o'z  xo'jalik 
faoliyatida  batamom  erkindir.  Ijaraga  beruvchining  ijaraga  olingan 
korxona  faoliyatiga  aralashishiga,  rejalami,  hisobotlami  va  O'zbekiston 
Respublikasi  qonunlarida  hamda  shartnomada  ko'zda  tutilmagan  boshqa 
ma’lumotlami o'ziga berishni talab qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Ijara  korxonasi  ijaraga  olingan  korxonaning  mulkiy  huquqlari  va 
majburiyatlariga,  shu  jumladan  uning  yer  va  boshqa  tabiiy  resurslardan 
foydalanish  huquqlariga  qonuniy  voris  bo'lib  qoladi.  Bunda  ijaraga 
bemvchi korxonaning kreditorlik qarzlarini to'la yoki qisman to'lashni o'z 
zimmasiga olishi mumkin.
Ijarachi davlat korxonasining  ana  shu korxona shartnomasida ko'zda 
tutilgan  hajmda  va  muddatda  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  realizatsiya 
qilish borasidagi  majburiyatini bajaradi.  Ijaraga bemvchi moddiy resurslar 
yoki ularga oid limitlami  (fondlami) ijarachiga topshiradi,  shuningdek ana 
shu majburiyatlaming bajarilishini ta’minlaydigan boshqa zarur choralami 
ko'radi.  Ijaraga beruvchining o'z majburiyatlami bajarmasligi ijarachining 
zimmasidan tegishli majburiyatlami soqit qiladi.
Shuningdek,  ijara  korxonasi  ijaraga  olingan  davlat  korxonasi  uchun 
belgilangan  hajmda  markazlashtirilgan  kapital  mablag'  va  dotatsiya  olish 
huquqini  saqlab  qoladi.  Ana  shu  mablag'lar  evaziga  yaratilgan  mol-mulk 
davlat  mulki  hisoblanadi  hamda  ijaraga  beriladigan  mulk  tarkibiga 
kiritilmoqi darkor.
Korxonalami  va  ulaming  mulkiy  komplekslarini  ijaraga  olish 
yuzasidan  tanlov  tegishli  mulkni  ijaraga  berish  huquqi  bo'lgan  mulkdor 
yoki u vakolat bergan idora tomonidan e’lon qilinadi.
Tanlovda  korxonalaming,  ular  tarkibidagi  bo'linmalaming  mehnat 
jamoalari,  mazkur korxonada band  bo'lmagan  xodimlami  ham  o'z  ichiga 
oladigan  aralash  jamoalar  hamda  boshqa  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
ishtirok etishi mumkin.
Amaldagi  qonunga muvofiq,  boshqa  shartlar bir xil bo'lgan  taqdirda 
korxona yoki uning bo'linmasini ijaraga olishda ulaming mehnat jamoalari 
ustun  huquqqa  ega  bo'ladi1.  Davlat  mulk  qo'mitasi  davlat  korxonasini 
qayta  tashkil  etish  yoki  tugatish  to'g'risida  qaror  qabul  qilgan  taqdirda 
mehnat jamoasi korxonani ijaraga berishni talab qilishga haqlidir.
Bu  o'rinda  xususiylashtirish  jarayonida  mutlaq  huquqni  boshqa 
shaxsga  o'tishi  haqida  bahs-munozaralar  mavjud.  D.Nefedovning 
ta’kidlashicha,  xususiylashtirilgan  korxona  mulkdorining  u  egallab  turgan
1  O’zbekiston  Respublikasining  “Ijara  to’g ’risida”gi  qonuni  //  O ’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining
Axborotnomasi,  1992 yil, № 1 ,45-modda.
199


noturarjoy  binoni  sotib  olish  huquqi,  shuningdek  korxonani  egallash 
mulkiy  kompleks  sifatida  korxonaning  ajralmas  qismi  hisoblangan  binoni 
ijaraga olish huquqi alohida mutlaq huquq hisoblanadi1.
0.Yu.Skvorsovning  fikricha,  mazkur  huquq  xususiylashtiriladigan 
obyektning  nomoddiy  aktivi  hisoblanmaydi.  Chunki,  bu  huquq  muayyan 
subyektning  shaxsi  bilan  bog‘liq.  Xususiylashtirish  obyekti  bilan  bog'liq 
emas. Asosiy huquqning (ijara huquqi)ning tugashi bilan manfaatdor shaxs 
uni xususiylashtirish huquqini ham yo‘qotadi2.
Fikrimizcha,  nomoddiy  aktiv  deganda,  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan 
mulkiy  huquqlar  tushunilishi  lozim.  Xususiylashtirishda  korxona  bilan 
bog'liq nomoddiy aktiv taqdiri ham hal etilishi lozim.
Ba’zi  mualliflar  nomoddiy  xarakterdagi  boshqa  xususiylashtirish 
obyektiga  “nou-xau”dan  foydalanish,  ixtiro,  sanoat  namunasi,  foydali 
model,  xizmat ko‘rsatish belgisi,  tovar kelib  chiqqan joy  nomi,  mualliflik 
huquqi  bilan  bog'liq  sanoat  mulk  huquqi  obyektlariga  nisbatan  mulkiy 
huquqlar va boshqalami kiritish mumkinligini ta’kidlashadi3.
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  intellektual  mulk  ham  tovar 
qiymatiga  ega.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  intellektual  mulk 
obyekti  ham  boshqa  mulklar  kabi  oldi-sotdi  shartnomasining  predmeti 
bo'lishi  mumkin.  Masalan,  korxonaga  tegishli  bo'lgan  intellektual  mulk 
obyektlariga  nisbatan  huquq  mulkdoming  xohishi  bilan  erkin  tasarruf 
etilishi mumkin.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish