To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat xo‘jaligi)  mulki



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat xo‘jaligi)  mulki.  Ma’lumki, 
bugungi  kunda  qishloq  xo'jaligi  va  qishloqdagi  mulkiy  munosabadami 
isloh  etishga  qaratilgan  ko'plab  qonunlar  mavjud  bo'lib,  ularda  bozor 
iqtisodiyoti  talablariga  javob  beradigan  shirkat,  fermer  va  dehqon 
xo'jaliklarini tashkil etish  va ulaming faoliyatini rivojlantirish uchun to'la 
huquqiy asoslar yaratilgan.
1  O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1999 yil, № 5 ,1 10-modda.
98


0 ‘zbekiston  Respublikasining  Er  kodeksi,  “Qishloq  xo'jaligi 
kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  to'g'risida”,  “Fermer  xo'jaligi  to'g'risida”, 
“Dehqon  xo'jaligi  to'g'risida”  va  “Xo'jalik  yurituvchi  subyektlar 
faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to'g'risida”gi  Qonunlar  shular 
jumlasidandir.
Bu  huquqiy  hujjatlarning  bosh  maqsadi  qishloqda  chinakam 
mulkdorni,  yerga,  mulkka  hamda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotga  nisbatan 
haqiqiy egalik tuyg'usini shakllantirishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasining “Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat 
xo'jaligi)  to‘g ‘risida”‘gi  1998-yil  30-apreldagi  qonuniga muvofiq,  qishloq 
xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  tovar  qishloq  xo'jaligi  mahsuloti 
etishtirish  uchun  pay  usuliga  va  asosan  oila  (jamoa)  pudratiga, 
fuqarolaming  ixtiyoriy  ravishda  birlashishiga  asoslangan,  yuridik  shaxs 
huquqlariga  ega  mustaqil  xo'jalik  yurituvchi  subyekt  ekanligi  belgilab 
qo'yilgan.  Ular  faoliyatining  qonuniy  asoslari  tegishli  qonun  hujjatlari  va 
ustavi  bilan  tartibga  solinadi.  Ustav  qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat 
xo'jaligi)  faoliyatini  tartibga  soluvchi  asosiy  huquqiy  hujjatdir.  Qishloq 
xo'jaligi  kooperativining  (shirkat  xo'jaligining)  mustaqil  balansida  aks 
ettiriladigan  asosiy  jamg'armalar,  aylanma  mablag'lar  hamda  boshqa 
boyliklar shu kooperativning (shirkatning) mulki hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi kooperativi  (shirkat xo'jaligi)  tijoratchi  tashkilotlar 
sirasiga  kiradi  va  ular  tashkil  etilishining  umumiy  huquqiy  asoslari 
O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida  ham  belgilab 
qo'yilgan.  Kodeksning  42-moddasiga  binoan  yuridik  shaxs  mulkdor 
tomonidan yoki uning tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan tashkil 
etilishi  mumkin.  Uning  muassislari  bo'lib  mulkdor,  xo'jalik  yuritish  yoki 
operativ  boshqarishda  mol-mulki  bo'lgan  shaxslar,  tegishli  vakolat  olgan 
boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativining  (shirkat  xo'jaligining)  mol-mulki 
asosiy jamg'armalar qiymati,  etishtirgan  mahsuloti,  uni  sotishdan tushgan 
daromadlar  (foyda),  a’zolaming  pul  va  moddiy  badallari,  bank  kreditiari, 
qimmatli  qogozlar hisobidan hamda kooperativning  (shirkatning)  ustavida 
nazarda  tutilgan  boshqa  faoliyat  natijasida  va  qonunlarda  taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobidan hosil bo'ladi. Kooperativ (shirkat) mol-mulkini 
shakllantirishda yuridik hamda jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va 
moddiy badallar kiritish yo'li bilan ishtirok etishlari ham mumkin.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  tomonidan  tashkil 
etiladigan  korxonalar  va  tashkilotlaming 
mol-mulki, 
shuningdek
1 // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1998 yil, №5-6, 84-modda.
99


xo‘jaliklararo  korxonalar  va  tashkilotlaming  mol-mulki  ulaming  ulushli 
ishtirokiga muvofiq shu kooperativning (shirkatning) mulki hisoblanadi.
Mol-mulk  hamda  mulkiy  huquqlar  kooperativ  (shirkat)  xo'jaligi 
faoliyatining  iqtisodiy-moliyaviy  asosini  tashkil  qiladi  va  uning  yuridik 
shaxs  sifatidagi  eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir.  Kooperativ  (shirkat 
xo'jaligi)  mol-mulklari  asosini  uning  a’zolari  (paychilari)  tomonidan 
qo'shilgan pay badallari  tashkil  etadi  va ushbu badallar pul  shaklida ham, 
shuningdek natural shaklda ham bo'lishi mumkin.  Shuningdek, intellektual 
mulklar  (ixtirolar,  sanoat  namunalari,  foydali  modellar  va  hokazolar) 
shaklidagi badallar qo'shilishiga ham yo'l qo'yiladi.
Tarkibiga  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkat  xo'jaliklari), 
mulkchilikning  turli  shaklidagi  boshqa  korxonalar  va  tashkilotlar  kirgan 
uyushmalaming  mol-mulki  ulaming  umumiy  (ulushli)  mulki  hisoblanadi. 
Tarkibiga  faqat  kooperativlar  (shirkatlar)  kirgan  uyushmalaming  mol- 
mulki,  agar  uyushmalaming  ta’sis  hujjatlarida  yoki  qonun  hujjatlarida 
boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  shu  kooperativlarga 
(shirkatlarga)  umumiy  (ulushli)  mulk  huquqi  asosida  qarashli  bo'ladi. 
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  yuridik  va  jismoniy 
shaxslardan mol-mulkni  qonun hujjatlarida nazarda tutilgan  tartibda olish, 
ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativida  (shirkat  xo'jaligida)  umumiy  majlis 
qarori  bilan  quyidagilardan  tarkib  topadigan  ustav jamg'armasi  (kapitali) 
shakllantiriladi:
-pay jamg'armasi;
-tuproq  unumdorligini  oshirish  tadbirlarini  o'tkazish,  irrigatsiya 
inshootlarini saqlash, yangi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini loyihalash 
va  qurish,  texnika  olish,  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini 
rivojlantirish,  boshqa  umumiy  ijtimoiy  va  xo'jalik  vazifalarini  hal  etish 
uchun mo'ljallangan bo'linmas jamg'arma.
Mulkiy  pay  qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  har  bir 
a’zosining  kooperativ  (shirkat)  pay  jamg'armasi  qiymatidagi  ulushini 
belgilaydi  va  kooperativ  (shirkat)  a’zosiga  kooperativning  (shirkatning) 
yakuniy  daromadidan  (foydasidan)  dividendlar  tariqasida  tegishli  ulushni 
olish huquqini beradi.
Mulkiy  pay  miqdorini  aniqlash,  paylar  bo'yicha  dividendlar  to'lash 
tartibi,  shartlari  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.  Qishloq  xo'jaligi 
kooperativi  (shirkat xo'jaligi)  har bir a’zosi mulkiy payining  aniq miqdori 
kooperativning  (shirkatning)  a’zosiga  mol-mulkning  muayyan  ulushiga 
hamda  xo'jalik  oladigan  umumiy  daromadning  (foydaning)  tegishli
100


qismiga bo'lgan uning  huquqini  mustahkamlab  qo'yuvchi,  nomi  yozilgan 
guvohnoma berilgan holda kooperativning  (shirkatning)  yuqori boshqaruv 
organi qarori bilan belgilanadi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  daromadining 
(foydasining)  paylar  bo'yicha  dividendlar  to'lash  uchun  mo'ljallangan 
qismi  yil  yakunlariga  ko'ra  taqsimlanadi  va  mulkiy  payning  miqdoriga 
mutanosib ravishda to'lanadi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  a’zoligidan  chiqish 
fermer xo'jaligi yoki yangi qishloq xo'jaligi kooperativi  (shirkat xo'jaligi) 
tashkil  etish  maqsadida  amalga  oshirilgan  hollarda  mulkiy  paylar  qonun 
hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
Qishloq  xo'jaligi  kooperativi  (shirkat  xo'jaligi)  a’zosining  mulkiy 
pay ini meros qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat uning 
qiymatidagi ifodasida amalga oshiriladi.
Har  bir  tadbirkor,  dehqon,  fermer  o'zining  buzilgan  huquqlarini 
tiklash,  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zarami  undirish  haqida, 
mansabdor  shaxslaming  noqonuniy  qarorlari  va  xatti-harakatlari  ustidan 
sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Tahlil  natijalariga  ko'ra,  dehqon  va  fermerlar  huquqiy  saviyasining 
etarli 
emasligi, 
joylarda 
huquqiy 
xizmatning 
yaxshi 
yo'lga 
qo'yilmaganligi, 
ta’minotchi, 
xizmat 
ko'rsatuvchi 
tashkilotlaming 
monopolistik  mavqega  ega  ekanligi,  dehqon  va  fermerlaming  ular  bilan 
munosabatlami 
buzmaslikka 
intilishlari, 
shartnomalaming 
sifatsiz 
tuzilayotganligi,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklari  uyushmalaming  o'z 
vazifalarini  lozim  darajada  bajarmayotganligi  dehqon  va  fermerlar  huquq 
va  manfaatlarini  himoya  qilishning  samaradorligini  oshirishni  talab 
etmoqda.
Shirkat,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklari  ishtirokidagi  xo'jalik 
nizolariga  oid  ishlami  ko'rishda  xo'jalik  sudlari  moddiy  va  protsessual 
qonun  talablariga  rioya  qilishdan  tashqari  dehqon  va  fermerlaming 
buzilgan huquqlarini himoya qilishning barcha huquqiy choralarini ko'rish 
maqsadga muvofiqdir.
2005-yil  8-noyabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
“Qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari)ni  fermer  xo'jaliklariga 
aylantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida”gi!  PQ-215-sonli  Qarori  qabul 
qilindi.  Unga ko'ra,  Respublikada fermer xo'jaliklarini jadal  rivojlantirish 
uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida,  shuningdek  zarar  ko'rib 
ishlayotgan,  past  rentabelli  va  istiqbolsiz  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 45-son, 339-modda.
101


(shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklariga  aylantirish Dasturiga muvofiq,  qishloq 
xo‘jaligida  iqtisodiy  islohotlami  chuqurlashtirish  bo'yicha  Respublika 
komissiyasining  O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vazirlar 
Kengashi  va  viloyatlar  hokimliklari  bilan  birgalikda  tayyorlangan  1- 
ilovaga  muvofiq,  zarar  ko'rib  ishlayotgan,  past  rentabelli  va  istiqbolsiz 
qishloq 
xo'jaligi 
kooperativlari 
(shirkatlari)ni 
2006-yilda 
fermer 
xo'jaliklariga aylantirish nazarda tutildi va butun mamlakat hududi bo'ylab 
428  ta  ana  shunday  shirkatni  o'z  ichiga  oldi.  2-ilovaga  muvofiq,  2006- 
yilda  qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
hududida ishlab  chiqarish va bozor infratuzilmasi  obyektlarini barpo  etish 
belgilandi.
Shuningdek, 
qishloq 
xo'jaligida 
iqtisodiy 
islohotlami 
chuqurlashtirish  bo'yicha  Respublika  komissiyasiga  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 
holda  qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
ro'yxatini  kengaytirish  bo'yicha  tegishli  o'zgartishlar  kiritish  huquqi 
berildi.
Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi raisi,  viloyatlar va 
tumanlar  hokimlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi, Fermer xo'jaliklari uyushmasi rahbarlari zimmasiga:
-belgilangan  ilovaga  muvofiq  ikki  oy  muddatda  qishloq  xo'jaligi 
kooperativlari 
(shirkatlari)ni 
fermer 
xo'jaliklariga 
aylantirishni 
O'zbekiston  Respublikasining  “Fermer  xo'jaligi  to'g'risida”gi  Qonuni 
talablariga to'la muvofiq tarzda amalga oshirilishi;
-fermer  xo'jaliklarini  tashkil  etishga  da’vogarlar  o'rtasida  ochiq  va 
oshkora  tanlovlar  o'tkazilishi,  g'oliblami  aniqlashda  xolislik  va 
haqqoniylik tamoyillari qat’iy ta’minlanishi;
-shirkat  xo'jaliklarini  tugatish  ishlari  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  o'z  vaqtida  va  to'liq  yakunlanishi  uchun  shaxsiy  javobgarlik 
yuklandi.
Shuningdek, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi, 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi 
va 
viloyatlar 
hokimliklari  bilan  birgalikda  “O'zdonmahsulot”  AK  bo'linmalari  bilan 
qayta  tashkil  etiladigan  qishloq  xo'jaligi  kooperativlari  (shirkatlari) 
o'rtasida  avval  tuzilgan  shartnomalarga  teng  hajmda  davlat  ehtiyojlari 
uchun  2006-yil  hosilidan  boshoqli  don  xarid  qilish  uchun  yangi  tashkil 
etilgan  fermer  xo'jaliklari  bilan  shartnomalar  imzolanishini  ta’minlash 
lozimligi belgilab qo'yildi.
102



Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish