Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari mulki. Bugungi
kunda 0 ‘zbekiston Respublikasida aholiga kommunal xizmat ko'rsatish
tizimidagi iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Zarur
qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratilgan. Xususiy uy-joy
mulkdorlarining shirkatlarini shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda.
Hozirda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatida qator
jiddiy kamchiliklar va hal etilmagan muammolar mavjud. Viloyat, shahar
va tuman hokimliklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini zarur
moddiy-texnika bazasi, shu jumladan ular uchun mo‘ljallangan xonalar,
moddiy resurslar, asbob-anjomlar bilan ta’minlashda ularga amaliy
ko‘mak va yordam ko'rsatish, uylar atrofidagi yer uchastkalarini qonun
yo‘li bilan biriktirib qo‘yish, shuningdek zarur aylanma mablag‘lar ajratib
berish borasidagi ishlami tashkil etishga e’tibor berilmayapti. Oqibatda
ko‘pgina xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uy-joylami joriy
hamda kapital ta’mirdan chiqarish, obodonlashtirish ishlarini o ‘z vaqtida
o'tkazish uchun etarlicha mablag‘ga ega emaslar.
Shu ma’noda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-
fevralda “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish
borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida’^gi PF-3038-sonli
Farmoni qabul qilindi (ushbu Farmonga 08.02.2006-yildagi PF-3718,
03.01.2007-yildagi PF-3840-sonli Farmonlar bilan qator o'zgartishlar
kiritildi.
Shuningdek,
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
05.03.2007-yilgi PF-3858-sonli Farmoni tahririda mazkur Farmon nomi
“Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish
borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” deb nomlandi). Unga
ko'ra, uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xizmatlar ko'rsatishdan, shu
jumladan ijaraga topshirilgan mulkdan tushadigan daromadlaridan 2007-
yilga qadar bo'lgan davrda barcha turdagi soliqlar va byudjetga yig'imlar
to'lashdan ozod qilinishi, buning natijasida bo'shaydigan mablag'lar aniq
maqsadni ko'zlagan holda o'z aylanma mablag'larini to'ldirishga, uy-joy
mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga,
uy-joy
binolarini
hamda
uylaming
ichidagi
muhandislik
kommunikatsiyalarini
ta’mirlash,
hududni
obodonlashtirishga
yo'naltirilishi belgilandi.
2006-yil 3-aprelda “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari
to'g'risida” gi Qonunida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining
huquqiy maqomi belgilab qo'yilgan. Xususiy uy-joy mulkdorlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |