To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Xo'jalik  shirkatlari  mulki  -   xususiy  mulk  sifatida



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

Xo'jalik  shirkatlari  mulki  -   xususiy  mulk  sifatida.  O'zbekiston 
Respublikasining  “Xo'jalik  shirkatlari  to‘g ‘risida”'gi 
2001 -yil  6- 
dekabrdagi 
qonunining 
3-moddasiga 
ko'ra, 
muassislaming 
(ishtirokchilaming) ulushlariga (hissalariga) bo'lingan ustav fondiga (ustav
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, №1, 8-modda.
104


kapitaliga)  ega  bo'lgan  tijorat  tashkiloti  xo'jalik  shirkati  hisoblanadi, 
bunday  shirkatda muassislar (ishtirokchilar)  yoki  ulardan  ayrimlari  shirkat 
nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo'jalik  shirkati  yuridik  shaxs  hisoblanib,  o'zining  mustaqil 
balansida  hisobga  olinadigan  alohida  mol-mulkiga  ega  bo'ladi,  o'z 
nomidan  huquqlami  olishi,  majburiyatlarga  ega  bo'lishi,  sudda  da’vogar 
va  javobgar  bo'lishi  mumkin  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  har 
qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Odatda,  xo'jalik  shirkati  to'liq  shirkat  yoki  kommandit  shirkat 
shaklida  tuziladi.  Ishtirokchilari  (to'liq  sheriklari)  o'z  o'rtalarida  tuzilgan 
shartnomaga  muvofiq  shirkat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 
shug'ullanadigan  hamda  uning  majburiyatlari  bo'yicha  o'zlariga  qarashli 
butun  mol-mulk  bilan  javob  beradigan  shirkat  to'liq  shirkat  deb 
hisoblanadi.  SHaxs  faqat  bitta  to'liq  shirkatning  ishtirokchisi  bo'lishi 
mumkin.
Shirkat ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  miqdori  shirkatni  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazish  uchun  hujjatlami  taqdim  etish  sanasidagi  holatga 
ko'ra  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  oylik  ish  haqining  ellik 
baravaridan kam bo'lmasligi kerak.
Shirkat ishtirokchisining  shirkat  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi) 
ulushining  miqdori  foizlarda  yoki  kasr  ko'rinishida  belgilanadi.  SHirkat 
ishtirokchisi  ulushining  miqdori  uning  ulushining  nominal  qiymati  bilan 
shirkat  ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  o'zaro  nisbatiga  muvofiq 
bo'lishi lozim.
Shirkat  ishtirokchisi  ulushining  haqiqiy  qiymati  shirkat  sof aktivlari 
qiymatining  uning  shirkat  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushi 
miqdoriga mutanosib bo'lgan bir qismiga mos bo'ladi.
Shirkat davlat ro'yxatidan  o'tkaziladigan  paytga  qadar uning  har  bir 
ishtirokchisi o'z hissasining kamida o'ttiz foizini shirkatning ustav fondiga 
(ustav  kapitaliga)  kiritishi  shart.  hissaning  qolgan  qismi  ta’sis 
shartnomasida  ko'rsatilgan  muddatda  kiritilishi  lozim  bo'lib,  bu  muddat 
shirkat  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  e’tiboran  bir  yildan 
oshmasligi kerak.
Pul,  qimmadi  qog'ozlar,  boshqa  ashyolar  yoki  mulkiy  huquqlar 
yoxud  pul  bahosiga  ega  bo'lgan  boshqa  shaxsga  o'tkaziladigan  o'zga 
huquqlar  ishtirokchilaming  shirkat  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
qo'shadigan  hamda  shirkatga  qabul  qilinadigan  uchinchi  shaxslaming 
hissalari bo'lishi mumkin.
105


Shirkatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  pulsiz  hissasining  pul 
hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan 
qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan 
tasdiqlanadi.
Shirkatga  tegishli  mol-mulk  unga  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat o ‘tguniga qadar mol-mulkdan 
foydalanish  huquqi  tugatilgan  taqdirda,  shirkatning  mol-mulkni  bergan 
ishtirokchisi  shirkatning  talabiga  binoan  unga  shunday  mol-mulkdan 
shunga  o'xshash  sharoitlarda  qolgan  muddat  mobaynida  foydalanganlik 
uchun to ‘lanadigan haqqa teng pul tovoni  to'lashi  shart.  Pul tovoni  shirkat 
tomonidan  uni  berish  talabnomasi  taqdim  etilganidan  e’tiboran,  agar 
shirkat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tovon to ‘lashning 
boshqacha  tartibi  belgilangan  bo'lmasa,  bir  oy  ichida  bir  yo‘la  to‘lanishi 
kerak.  Bunday  qaror  shirkatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa 
sifatida  mol-mulkdan  foydalanish  huquqini  bergan  va  bu  huquq 
muddatidan  ilgari  tugatilgan  shirkat  ishtirokchisining  ovozini  hisobga 
olmagan  holda  shirkat  ishtirokchilarining  umumiy  yig'ilishi  tomonidan 
qabul qilinadi.
Shirkat  ishtirokchisi  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  sifatida 
shirkatga  foydalanish  uchun  berib  qo‘ygan  mol-mulkdan  foydalanish 
huquqining  muddatidan  ilgari  tugatilganligi  uchun  shirkat  ishtirokchisi 
tomonidan  tovon  to‘lashning  boshqacha  tartibi  ta’sis  shartnomasida 
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
Shirkatdan  chiqarilgan  yoki  undan  chiqib  ketgan  ishtirokchi 
tomonidan  shirkatga  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  sifatida 
foydalanishga  berilgan  mol-mulk,  agar  ta’sis  shartnomasida  boshqacha 
qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  u  qancha  muddatga  berilgan  bo'lsa, 
shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.
Shirkat  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  shirkatning  mol-mulki 
hisobiga  ko'paytirish  to'g'risidagi  qaror  shunday  qaror  qabul  qilingan 
yildan  oldingi  yil  uchun  shirkatning  buxgalteriya  hisoboti  ma’lumotlari 
asosidagina  qabul  qilinishi  mumkin.  Bunda  ustav  fondi  (ustav  kapitali) 
shirkatning  mol-mulki  hisobiga  ko'paytiriladigan  summa  shirkat  sof 
aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) summasi o'rtasidagi 
farqdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Shirkatning  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ushbu  moddaga  muvofiq 
ko'paytirilganda  shirkat  barcha  ishtirokchilari  ulushlarining  miqdorlari 
o'zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda 
ko'payadi.
106


Xo'jalik  shirkatining  yana  bir  shakli  bu  kommandit  shirkat 
hisoblanadi.  Shirkat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiradigan 
hamda  shirkatning majburiyatlari bo'yicha o'zlarining  butun mol-mulklari 
bilan  javob  beradigan  ishtirokchilar  (to'liq  sheriklar)  bilan  bir  qatorda 
shirkat  faoliyati  bilan  bog'liq  zararlar  uchun  o'zlari  qo'shgan  hissalar 
doirasida  javobgar  bo'ladigan  hamda  shirkat  tomonidan  tadbirkorlik 
faoliyatini  amalga  oshirishda  ishtirok  etmaydigan  bir  yoki  bir  necha 
ishtirokchi  (hissa  qo'shuvchi,  kommanditchi)  mavjud  bo'lsa,  bunday 
shirkat  kommandit  shirkat  deb  hisoblanadi.  To'liq  shirkat  ishtirokchisi 
kommandit  shirkatda to'liq  sherik bo'la olmaydi.  Shuningdek,  kommandit 
shirkatdagi  to'liq  sherik  o'sha  shirkatning  o'zida  hissa  qo'shuvchi  va 
boshqa to'liq shirkatda ishtirokchi bo'lishi mumkin emas.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish