A h m a d
49
Allaqachon tep-tekis b o ‘lib ketgan. Birgina shu Jek deb
atalgan itga q o ‘yilgan savlatli yodgorlik qabristonni «obod»
qilib turibdi.
Taqdir, taqdir, muncha qahring qattiq! M uncha shaf-
qatsizsan! Shu buyuk zotlam i bitta it qatori k o ‘rmading-a!
Fayzsiz, qishda bo‘ronlar uvillagan yerdan bosh k o ‘targan
giyohlam i saratonda qovjiratib tashlaydigan bu ayanchli, bu
xunuk, bu sovuq qabristonga qarab ich-ichimdan faryod
urardim.
Uch buxorolik azamat yigit lom bilan, belkurak bilan
toshga aylanib ketgan zarang yem i kovlab qabr ochguncha
terga pishib ketdi lar. Jasad lahadga q o ‘yildi. O g ‘zi yassi
tova tosh bilan bekitildi. Buxoroning Shofirkonidan xiz-
matga chaqirilgan Mir Arab m adrasasining talabasi Istam
Ahadov degan yoshgina yigit tilovat boshladi. Shag‘al
aralash tuproqni qabrga tashlay boshladik. Istam boy Q u r’on
o ‘qishning hadisini olgan ekan. O yatlam i tiniq, yurakka
to ‘ppa-to‘g ‘ri borib qadaladigan ajib bir ohang bilan o ‘qirdi.
Bir um r tilovat eshitilm agan bu qaqir cho‘lda m uallaq turib
vijirlayotgan qushlar ham tcpam izda chir aylanar edi. Ular
ham qori bolaning ovozidan mast bo‘lgan edilar.
Tilovat tugab, to ‘rtovim iz yuzim izga fotiha tort-dik.
Istamboy ukam, rahmat senga. Iltimos, shu yerda yot-gan
musulmon bandalarning ruhiga ham bir tilovat qilsang.
Istam boy boshladi. Boya tilovat paytida tepamizda
chirqillab aylangan, endi esa sovuqdan jo n saqlab, qalashib
yotgan toshlar orasidan xas-xashakdan yasalgan uyalarida
hurpayib o ‘tirgan qushlar Istam boyning ovozini eshitib,
yana tepamizga qaytib keldi lar.
Qanotlarini pirpiratib
havoda jim gina m uallaq qotib turardilar. Ular balandga ham
chiqmas, pastga ham tushmas, allaqanday k o ‘rinmas ip bilan
tepamizga osib q o ‘yilgandek tek qotgan edilar.
Ikki oyog‘i bilan tumshugN qip-qizil, boshida gunafsha
rang kokili bor bu qushlam ing paydo b o ‘lganiga hali qirq
50
yildan oshgani yo‘q. U lam ing asli nomi qanaqa, hech kim
bilmaydi. Q ozoqlar Beyisht qushi, qrim tatarlar Ridvon
(rizvon) qushi deb ataydilar.
Ular toshlar orasidagi
inlariga
cho‘l
giyohlarining
urug‘larini yozda g ‘amlab oladilar. B o‘ron turganda, yog‘in-
garchilik paytlarida haftalab inlaridan chiqmaydilar.
O dam lar ulam ing inlari o g ‘ziga non ushoqlari, har xil
don-dunlam i sochib q o ‘yadilar.
Ufadagi M adrasayi oliyada tahsil olib qaytayotgan bir
talaba qushlam ing inlari oldiga tiz cho‘kib, yig‘lab Q u r’on
tilovat qilgan ekan. lin in g gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy
qushlar em as, m ana shu tep-tekis bo‘lib ketgan qabrlardagi
azob-uqubatlarda shahid b o ‘lgan begunoh insonlam ing bir
kalima tilovatga ilhaq b o iib yotgan ruhlari emish.
Kimki Rizvon qushga ozor bersa, tuzalmas dardga
m ubtalo b o ‘larmish. Shu qabriston yonidan tunda o ‘tgan
odam lam ing aytishlaricha, qushlam ing uyalaridan long
otguncha y ig‘i, oh-u faryodlar eshitilarmish.
Lagerim izda yer yuzida barm oq bilan sanasa b o ‘ladigan
A ssira-vavilonliklam ing biri - Davidov degan yigit yashardi.
Rizvon qushining bitta xo‘rozi bilan bitta makiyonini qafasga
solib olib kelgan edi. Yaqinda shu Bobil farzandi tutqanoq
kasaliga uchrab, olamdan o ‘tdi. Endi ulam ing yana bittasi
dunyodan ketdi.
Istam boy qiroatni sog‘ingan ekan. A rm iya safiga chaqi-
rilgandan beri kom som ollam ing zug‘umiga uchram aslik
uchun ovoz chiqarmay, ichida tilovat qilib yurarkan. Naza-
rim da, uning o ‘zi ham allaqanday ruhiy oziqlanayotgandek
edi.
G ap-so‘z b o ‘lishdan cho‘chimay, bu dafn marosimiga y o ‘l
ochib bergan ham yurtim , kapitan Rasulovga dil-dilimdan
rahm atlar aytdim.
- Ukam, - dedim Istamboyga, - qo‘lingni fotihaga och:
shu Rasulov degan azam at inson haqiga bir duo qil!
51
Bu dunyoning g ‘amlaridan, ayriliqlaridan, adolatsiz-
liklaridan u dunyoga faryod urib ketgan alamdoshim,
hasratdoshim Dadajonni kimsasiz ch o ‘l tuprog‘iga topshirib
qaytib kelyapmiz.
Qish kunlari bir tutam. Soat besh boim ayoq qorong‘i
tushgan. Zona devorlaridagi projektorlar yoqib qo‘yilgan. Gu-
rillab yonayotgan gulxan oldida mahbuslar tik turganlaricha
gob qoNlarini, goh‘ oyoqlarini o ‘tga tutib isinishardi.
Zonaga birov kirmas, birov chiqmasdi.
Hammaning og‘zida bitta gap: «Starshina Demyanovga
chora k o ‘rilsin, jinoiy javobgarlikka tortilsin».
Yong‘in paytida barak eshiklarini ochmagan starshina
Demyanov vaxtada p o ‘stinga o ‘ralib, qorovullar bilan
qaynoq choy ichib o ‘tiribdi. Uning basharasiga tuflagim
keldi. Afsuski, buning sira iloji yo‘q edi. U ozod grajdanin,
men esa ham ma huquqlardan mahrum qilingan mahbusman.
Bir pastkash, insonlik qiyofasini y o ‘qotgan, shafqatsiz,
hissiz to ‘nka oldida ojiz-u notavon qolish naqadar alamli,
naqadar o ‘kinchli!
M ahbuslar so‘zlarida turishdi. Ertasiga ham ishga chiqish-
madi. M ahbuslarga bosh-qosh b o ‘lgan Norqobilni kechasi
soldatlar opchiqib ketishgan ekan. Ertalab zonaga iljayib
kirib keldi. Operativ vakil undan m ahbuslam i tinchitishni,
ertaga ishga chiqishlarini tushuntirishni so‘rapti. Agar shu
topshiriqni bajarmasa qo‘zg ‘olon ko‘tarishda ayblanishini
aytibdi.
- Gapiga k o ‘ndingmi, durak, - deya ta ’na qildi maxorka
tutunidan m o‘ylovlari sarg‘ayib ketgan, ismi mutlaqo unli
harfsiz yoziladigan Mkrtch degan armani chol.
- Meni kim deb o ‘ylayapsan? Bilib q o ‘y ya ne seksot i
ne durak.
Tushga yaqin lager boshlig‘i zonaga kirdi. U baraklam i
aylanib chiqqandan keyin orqasidan, boshliq nim a qilarkin,
deb ergashib yurgan mahbuslarga dedi:
5 2
- Bo‘ldi endi. Ertadan ishga chiqinglar.
Norqobil unga e ’tiroz bildirdi:
- Рока starshina jazolanm as ekan, rabotat ne budem.
Lager boshlig‘i podpolkovnik Samsonov biron tayinli
gap aytishga ojiz edi.
- Kelinglar, ochiqchasiga gaplashaylik. Demyanov masa-
lasida harbiy prokurorga murojaat qildik. U starshina qonun
doirasida ish tutgan. Ustavni buzmagan, jazolab b o ‘lmaydi,
deb javob qildi. Undan keyin harbiy tribunal bilan gap-
lashdik. Uning fikri boshqacha. Jazolash kcrak. Odamlar
halok b o iish in i kutib o ‘tirmay, shtabga yong‘in to ‘g ‘risida
zudlik bilan xabar qilishi kerak edi, deb javob qildi. U
albatta sud qilinadi, degan fikmi aytdi. Xotirjam bo4inglar,
biz ham qarab turganimiz yo‘q. Shuni yaxshi bilinglarki,
Davlat xavfsizligi komitcti bilan Ichki ishlar vazirligi hech
qachon m ahbuslar fikrini tan olmaydi. Ishga chiqishdan
boshqa ilojlaring y o ‘q.
- Barak eshiklari qachon ochiladi, - deb so‘rashdi undan.
- Kutyapmiz. Yuqoridan alohida ruxsat kelishi kerak.
Kutyapmiz.
Podpolkovnik chiqib ketganidan keyin Norqobil bosh-
chiligida gulxan atrofida maslahat «majlisi» bo‘ldi. To‘rtinchi
barakdan Dorfman degan yuristni chaqirib ke-lishdi. U
erkinlikda Leningrad advokaturasida ishlagan, k o ‘p chigal
sud jarayonlarida yutib chiqqan obro‘li advo-katlardan edi.
- Agar xafa bo‘lmasanglar, gapning ochigNni aytaman.
Hozirgi urinishlaringiz hech qanday natija bennaydi. Mahbus-
ning vazifasi - itoat qilish. Biron nimani da’vo qilishga mutlaqo
haqqi yo‘q. Chunki u grajdanlik huquqidan mahrum qilingan.
D a’volaringizning birontasi inobatga olinmaydi. Vazifangiz
faqat va faqat bo‘ysunish.
- Nima, biz qul c h to li? -d c d i norozi b o iib Norqobil.
Undan ham battar, - dedi Dorfman. - Bu qilayotgan
ishimiz yaxshilik bilan tugasa-ku m ayli-ya, oqibati yomon
53
b o ‘lishi, besh-olti kishining jazo muddatini oshirib qo‘yishlari
ham mumkin. Ana unda yomon bo‘ladi.
Dorfm an to ‘g ‘ri aytayotgan edi. Lagerda yuz yildan
ortiq m uddatga kesilganlardan anchagina bor edi. Lager
ichki intizom ini buzgan, yo biron jino yat qilib, o ‘n -o ‘n besh
yillab m uddatini o ‘taganlariga qaram ay, yana yigirm a besh
yildan ja z o m uddatini olganlar bor edi. Juk degan mahbus
yigirm a yettinchi yildan buyon m uddat ustiga m uddat о ‘tab
keladi. H ozir uning jazo muddati bir yuz o ‘n to ‘rt yilga
yetgan.
Dorfman tajribali odam. Q onun-qoidalam i biladi. Uning
gaplari to ‘g ‘ri edi. Maslahat bilan ertadan ishga chiqishga
qaror qilindi. Ertalab vaxtada o ‘n yetti kishini to ‘xtatib
qoldilar. 0 ‘n yetti kishining hammasi troyka qarori bilan
har xil muddatga kesilgan edilar. Boshliq o ‘rinbosari
hammamizni to ‘plab «Troyка» qarori bilan kesilganlarga
yengillik bcrilganini, ular maxsus ruxsatnom a bilan tashqarida
soqchisiz ishga borib kelishlari mum kinligini aytdi. Ana shu
jazo muddati yengillatilganlar orasida men ham bor edim.
Rasulov meni gam izon klubini bezatish uchun o ‘zi bilan olib
ketdi.
- Qish o g ‘ir kelyapti. Shaxtaga borsangiz sovuqda qiy-
nalib qolasiz. Endi issiqqina klubda soldatlar shavlasidan
yeb, surat chizaverasiz. Uzoq ishlanadigan surat tanlang.
Bahorga yetib olguncha ishlanadigan surat boTsin. U
oldimga bir dasta «Ogonyok» jum alini tashladi. Jumaldagi
rangli suratlami koTib, «Stalingrad panoram asi»ni tanladim.
Unda yuzdan ortiq odam surati bor edi.
- Bu ish endi sizga muddatingizni о ‘tab bo igu nin gizcha
yetadi, - dedi Rasulov.
Ishga ju d a berilib ketgan edim. O rqam da kim dir
turganini sezib, o ‘girilib qaradim . U bolalik o ‘rto g ‘im,
birinchi sinfdan to to ‘qqizinchi sinfgacha birga o ‘qigan,
ju d a ham qadrdon d o ‘stim, m ahalladoshim Ham id Azizov
54
edi. U o ‘ninchini tugatgandan keyin Toshkent m editsina
institutiga o ‘qishga kirgan, institutni bitirmay, frontga
yuborilgan, qaytib kelgandan keyin yana o ‘qishni davom
ettirgan edi.
Uni ko‘rm aganim ga k o ‘p yillar boMgan. O radan shuncha
vaqt o ‘tib, endi, juda noqulay vaziyatda ko‘rishib turibmiz.
U m editsina xizmati mayori, ko‘ksi orden, m edallar plankasi
bilan to ‘la edi.
t^ir-birimizga so‘zsiz qarab turibmiz. K o‘z oldimda
uning rangi oqara boshladi. Oxiri yuzidan qon qochib, bo‘z-
ga aylandi. N im a b o ‘ldi, tobi qochdimi... Yo‘q, u hozir tirik
«xalq dushmani»ni ko‘rib, qo‘rqib ketgan edi. To‘g ‘risi,
undan hazar qilayotgan edi.
- lya, iya, - dedi u lablari titrab. Biroz turib yana iya,
iya, dedi. - Men hozir... hozir...
U shunday orqasiga o ‘girildi-yu yov quvlagandek,
shitob bilan tashqariga chiqib ketdi. Shu ketganicha qaytib
kelmadi.
Qish oyoqlab, bahor qadami eshitila boshlagan, tepalik
joylarda qor erib, zanglagan yerda mis kukunlari xuddi yashil
baxm al yopingandek ko‘rina boshlagandi. «Stalingrad»
panoram asi yarimlab qoldi.
Rasulov m unkaygan rus kampirini ergashtirib keldi.
- Bu opa marhum serjant Gavryushevning xotini. Eslay-
sizmi uni?
Gavryushev lager qoshidagi o ‘t o ‘chirish komandasining
boshlig‘i, yong‘inga qarshi ogohlantiruvchi plakatlarga
buyurtm a bcrardi. «Chekilmasin! Ruxsat etilm agan joyda
chekish m ana bundoq oqibatlarga olib keladi», degan suratlar
ishlab berardim. Uni duradgorlik kombinati, shaxtalar, benzin
skladlari devorlariga mixlab qo‘yardi. Bu plakatlar uchun
u durustgina haq olar, bir qismini m enga tashlab ketardi.
Gavryushev o ‘tgan yili qazo qilgan edi.
- Bitta iltimos bilan kepti. Yo‘q demang.
55
Kampir ro ‘molchaga o ‘ralgan nim anidir menga uzatdi,
ochib qaradim. Fotosurat. N ihoyatda mohir, professional
fotochi olgan leytenant yigitning surati edi.
- Gavryushevning o ‘g ‘li. Praga ostonasida halok bo‘lgan.
Shuni moyli b o ‘yoq bilan ishlab bersangiz. To‘rt kundan
keyin o ‘g ‘lining tu g‘ilgan kuni ekan. Pominka qilmoqchi.
- B o‘pti, Gavryushevning hurmati, albatta ishlab bera-
man, - dedim.
Kampir qog‘oz xaltadagi yigirmatacha tuxumni stol usti
ga qo‘ydi.
- Keragi yo‘q, olib keting, - dedim q a t’iy.
- Olavering, kam pim ing oltmishta tovug‘i, sakkizta xo‘-
rozi bor. Bozorda tuxum sotadi.
Portretni aytgan m uddatda bitqazdim . Kampir kuldi.
Q o ‘ltig‘ida nihoyatda chiroyli bir babaq xo‘roz bor edi.
- E,
q o ‘ying,
olmayman.
Men
eringizdan
ko‘p
yaxshiliklar ko‘rganman. Haq olsam uyat bo‘ladi-ya.
- E, bolam, - dedi u kulib. - X o ‘rozim k o ‘payib ketyapti.
Ulami nim a qilaman. Tuxum qilmasa bu oliftalar kimga
kerak. Baribir bozorga opchiqib sotvoraman. Yaxshisi, sen
sho‘rvaga bos bu g ‘o ‘daygan uxajomi...
Q o‘ltig‘imda x o ‘roz bilan zonaga keldim. Kutubxona
oldidagi kichkina gulzor biqinida xo‘roz uchun katak yasa-
dim. U jud a faol x o ‘rozlardan ekan. Tovuqlarini sogNndi
shekilli, ertalabgacha yetti-sakkiz marta qichqirdi. Uzoq-
yaqindan boshqa x o ‘rozlar unga javob qaytarishdi. Tashqariga
chiqsam, m ahbuslar ham hovliga chiqib, xo‘roz qichqirishini
eshitib o ‘tirishgan ekan. Shu birgina x o ‘roz ularga qadrdon
qishloqlarini, oydin kechalami eslatib, uyqularini qochirgan
ekan.
M ahbuslar x o ‘rozni ju d a erkalatib yuborishdi. Uni katak-
dan chiqarib yuborishim bilan baraklar oldida m ahbuslar
tashlagan ushoqlam i terib yer, kechalari esa ulam ing uyqusini
qochirib, sahargacha qichqirardi.
56
Dushanba kuni kechqurun lager ola-to‘polon bo‘lib ketdi.
Soat to ‘qqiz b o ‘ldi, haligacha sakkizinchi shaxtaga ishga
chiqqan m ahbuslar qaytib kelishmayapti.
Boshliqlar, gam izon komandirlari zonada asabiy bir
holatda bir-birlariga gap m a’qullardilar.
Q andaydir bir jiddiy, ko‘ngilsiz voqea yuz berganga
o ‘xshaydi. Zonaga qaytib kelganlam ing hammasini saf-
ga tizishdi. Oshpazlam i ham, kasalxona vrachlari-yu sani-
tarlarini, novvoyxonadagilam i ham haydab chiqib, safga
tizdilar. Shoshilm ay birm a-bir sanadilar. Yana sanadilar. Yetti
marta sanadilar. Bir mahbus kam chiqaverdi. M ahbuslarning
hammasini bitta qoldirmay baraklarga tiqishdi. Eshik oldiga
qo‘yilgan soqchilar, nazoratchilar ulam ing ismi, familiyasini,
raqamini yozib, bittalab chaqira boshladilar. Uch soat davom
etgan bu «tadbir»dan keyin ro ‘yxatni shtabga opchiqib ket-
dilar. Shtabdagi ro ‘yxatga solishtirib, ikki soatdan ko‘proq
urinib, g ‘oyib b o ‘lgan mahbus Norqobil A’lamov degan
shaxs ekani aniq bo‘ldi.
Sakkizinchi shaxtadan brigadani kechasi soat ikkilarda
olib kelishdi.
Lager boshlig‘i ham o ‘sha tun uxlamadi. Papiros ustiga
papiros chekadi. Tongga yaqin x o ‘rozim iz cho‘zib-cho‘zib
qichqirdi. Uning tovushidan g ‘azabga kelgan boshliq yer
tepib baqirdi.
- X o‘roz boqishga kim ruxsat berdi? Yo‘qotinglar, ho-
ziroq y o ‘qotinglar, bu x o ‘rozni.
Demyanov quvib yurib, xo‘rozni tutib keldi. Boshliqning
oyog‘i ostida x o ‘rozning tanasini kirza etigi bilan bosib,
b o ‘g ‘iziga pichoq tortib yubordi-yu, kiyimiga qon sach-
ratm aslik uchun hali joni uzilmagan xo‘rozni q o ‘yib yubordi.
X o ‘roz tapirlab, yerdan yarim m etr balandlikka ikki-uch
m arta sapchib jo n berdi.
M ahbuslarga
uylarini,
qishloqlarini,
bola-chaqalarini
eslatib har oqshom, har sahar qichqiradigan x o ‘roz ulam ing
ko‘zlari oldida qonga belanib jon berdi.
57
- Baribir qo‘lga tushadi bu Natsmen, - dedi Demyanov
qoliga sachragan qonni irkit dastro‘moli bilan artarkan. - Bu
ch o ‘llardan bironta mahbus qochib qutulmagan.
Lekin Norqobil tutib b o ‘lmaydigan, q o ‘lga tushmaydigan
bo‘lib qochgan edi.
Konchilar posyolkasida m ahbuslik m uddatini o ‘tab boM
gan, besh yil surgun jazosini o ‘tayotgan sobiq mahbuslar
ham yashardi lar. Ularga boshqa tom onlarga borib ishlashga
ruxsat yo‘q edi. Ular ham konda ishlashga m ajbur edilar.
U lar orasida Norqobilning blatnoy d o ‘stlari k o ‘p edi. Ular
konga maxsus guvohnoma bilan kirib ishlardilar.
0 ‘tgan seshanba kuni sakkizinchi shaxtada ishlaydigan
sobiq blatnoy N orqobilning raqam langan kiyimlarini kiyib,
m ahbuslar bilan zonaga keladi. U besh kun m ahbuslar bilan
ishga borib kelaveradi. U dushanba kuni ishga kelganda
yashirib q o ‘ygan o ‘z kiyimlarini kiyib, ruxsatnom asi bilan
shaxtadan chiqib ketadi.
Norqobil esa d o ‘stlari tayyorlab qo‘ygan grajdan kiyimi,
ular to ‘plab bergan anchagina pul bilan, surati yopish-
tirilgan, haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydigan qalbaki
pasport bilan besh kun ichida Termizga yetib keladi. Puflab
shishirilgan buzoq terisini minib, afg‘on shamoli quturgandan
quturib k o ‘z ochirm ayotgan tunda jiyanlari ko‘m agida Amu-
daryoda suzib, chegaradan o ‘tib ketadi.
Shu topda, uni tutamiz, q o ‘lga tushiramiz, jazosini
beram iz, deb gapirayotganlarida u A fg‘onistonning Hay-
raton qishlog‘ida, ch o ‘pon o ‘tovida ko‘k choy ichib, o ‘rischa
so‘kinib o ‘tirar edi.
X O T IM A
Q amoqdan
bo‘shagan
kunim dan
bir
hafta
avval
D emyanovning unvoni oshirildi. Zonaga pogonida bitta
yulduz bilan kirib keldi.
58
Qadrdon Toshkentimga eson-omon yetib keldim. Vayron
bo‘lgan ro ‘zg ‘orimni tikladim. Farzand ko‘rdim. Qator-qator
kitoblarim chiqdi. «Xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor
bo‘ldim.
H ovlida o ‘tirgan edim. Eshik q o ‘ng‘irogbi jiringladi.
Chiqib eshikni ochdim. O stonada bolalik «o‘rtog‘im» Hamid
A zizov turardi. U bag‘riga bosib ko‘rishmoqchi b o ‘ldi.
O rqaga chekindim. U jud a noqulay ahvolda qoldi. Tutila-
tutila to ‘y qilayotganini, to ‘yga taklifnom a olib kelganini
aytdi. X o ‘p, xayr dedim -u eshikni bekitib, ichkariga kirib
ketdim. U hayron-u lol, serraygancha qoldi. U bergan taklif
qog‘ozini o ‘qimay, g ‘ijimlab, y o ‘lakdagi axlat chelagiga
tashladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |