1992-yil, m ay
115
Q I S H D A N Q O L G A N Q A R G ‘A L A R
N asib jo n hovlisidan ancha berida mashinadan tushdi.
Eshik oldida ikki «Jiguli» turibdi. K im lar keldi ekan? Uni
y o ‘qlab keladigan yaqinlari yo‘q edi-ku. Tinchlikmi o ‘zi?
Ishqilib tinchlik b o ‘lsin-da, deya ostona hatladi. Xotini
chorpoyada omonatgina o ‘tirib, guruch tozalayapti.
Ayvonda dasturxonga tugilgan uch-to‘rt tog ‘ora. Ularda
somsa, xasip, varaqi va allaqanday yoqim li hidlar keladi.
Xotini oyoq sharpasidan bosh ko‘tardi.
- Tinchlikmi, nim a gap o ‘zi? - dedi Nasibjon hayron
bo‘lib.
- Voy,
urugTaringiz kelishdi, - dedi
quvonch
bilan
Anzirat. - Qulluq b o ‘lsinga kelishipti. X olangiz bilan
am m angiz biram dilbar juvonlar ekan. Bir gapirib, o ‘n
kulishadi-ya, baraka topkurlar! Tog‘angizni aytmaysizmi,
biram mehribon, biram dono...
Anziratning gapi o g ‘zida qoldi.
- Mening ham urug‘larim bor ekanmi! Dadam bilan
ayam oTgandan keyin bularni qarg‘ish tegib qirilib ketgan
deb yurgan edim...
- E-e, gapingiz qursin! Kiring, ichkariga kiring, anchadan
beri kutib o ‘tirishipti.
Ayvon peshida sovun qutisidek radiopriyomnikni qu-
log‘iga tutib, o ‘n ikki yoshlardagi bir qiz o ‘tirardi. Uning
quloqlarida soMkavoydek tilla baldoq. B o‘ynida shoda-shoda
marvarid. Hamma barm oqlarida q o ‘sha-qo‘sha tilla uzuk. U
Nasibjonga qarab, tilla tishga to ‘la og‘zini ochgancha radio
eshitardi.
l i e
Nasibjon xotiniga, bu kim, degandek qaradi.
- Voy, tanimasangiz, tanib oling. Bu kelinimiz. Xolan-
gizning qizlari, quda boMamiz, deb atayin ko‘rsatgani olib
keptilar.
- Obbo, bitta shu yetmay turgandi.
Nasibjon xotiniga yomon qarash qildi. Uning bu qara-
shida, ulam i nega uyga kiritding, degan m a’no bor edi.
Nasibjon bilan Anziratning turmush qurganlariga o ‘n
to ‘q-qiz yil b o id i. To‘ng‘ich o ‘g ‘illari institutda o kqiydi.
Nasibjon biror marta b o ‘lsin, xotinini urug‘larinikiga olib
bormagan. U lar ham jiyanim iz bor edi, deb aqalli bir marta
qadam izi qilib kelishmagan. Oralaridan nim a gap o ‘tgan,
bilmasdi. Eri shundoq-shundoq b o ‘lgan, deb aytmagan.
Anzirat o ‘zicha, urug‘laridan uylanmagani uchun yuz
koTm as b o ‘lib ketishgan b o ‘lsa kerak, deb o ‘ylardi.
Nasibjon qarindoshlari yeb-ichib o ‘tirgan uyga tomon
yurarkan, o ‘zi ustidan chiqarilgan hukmni eshitish uchun sud
zaliga kirayotgandek bir alpozda edi. U kirishi bilan katta
xolasi sapchib turdi-yu, uni bag‘riga bosdi.
Voy, sen qanaqa mehrsiz bola chiqding! Axir men
onaginangni singlisiman. Xolaginam o ‘likmi, tirikmi, deb
biror marta xabar olmaysan! Sen o ‘zi kimga tortganding?!
- Ha, bu shunaqa! - deya uni opasining bag‘ridan tortib
oldi Robiya xolasi.
U qoshini bir-biriga ulab, enlik qilib o ‘sma q o ‘ygan
semizgina, so‘lqillama juvon edi.
- Sen tug‘Uganda opaginam, o ‘g ‘il ko‘rdim, deb qandoq
suyungan edi.! Seni yer-u ko‘kka ishonmasdim. Erta-yu
kech opichlab yurardim. Shu yelkaginam da uxlab qolarding,
shiringina b o ‘lib.
Nasibjon shu m ehribon Robiya xolasinikiga oxirgi marta
borganida in s titu tin g ikkinchi kursida o ‘qirdi. Tirikchiligi
o g ‘ir
b o ig a n id an
durustroq
o ‘qiyolmay,
stipendiyaga
ilinmay qoldi. Kiyim -boshi to ‘zigan, yeyish-ichishining
117
ham mazasi yo‘q edi. Biron nim a tamaddi qilib kelay, deb
shu xolasinikiga bordi. Xolasi osh damlab q o ‘ygan ekan.
Damlangan oshning hidi dim og‘iga urdi.
- Ha, yaxshi yuribsanm i? - dedi xolasi shu paytda
nim a qilarding kelib, degandek stolga to ‘qillatib choynakni
q o ‘yarkan. - A ksiga olib, uyda non ham qolmapti. Jiyanlaring
bir-biridan quloqsiz. Ertalabdan javraym an, magazindan non
opkelib, keyin ishingizga ketinglar deb, qani quloq solsa!
Shuncha bola o ‘stirib, kunim qotgan nonga qolib o ‘tiribman!
0 ‘g ‘il-qizlar birin-ketin birovi o ‘qishdan, birovi ishdan
kelishdi. Tog‘ajon-tog‘ajon, deb uning bo‘yniga osilishdi.
Onasi ulami birin-ketin imlab chaqirib, olib chiqib ketdi.
Birozdan keyin ular lablari yog‘dan yiltirab kirishdi.
Xolasining qilmishidan N asibjonning dili vayron bo‘ldi.
Shu uyga ikkinchi qadam bosm aganim bo‘lsin, dedi-yu,
chiqdi-ketdi.
- Hoy, shoshma, hozir ovqatga unnayman! Quruqdan-
quruq ketma, - degancha qoldi xolasi.
M ana yigirma uch yil bo‘pti uni ko‘rmaganiga. Bugun
jiyanim katta lavozimga o ‘tibdi, deb kelibdi.
- Xolaginang girgitton, gap mundoq. Kimsan, endi
kattakon ministrsan! Yot begonalar yoningda yeb-ichib
yurmasin. Bosh yorilsa bo‘rk ichida, degan gap bor.
Jiyaningni yoningga ol. Pomoshnik qilib ol. Nima qilasan
begonalarga sir berib. Iloji b o ‘lsa, jiyanlaringdan yana bittasini
o ‘zingga shopir qil. Xudo xohlasa, ikkovimiz quda boMamiz.
Kenja qizim oqi oq, qizili qizil bo‘lib turibdi. Eshigimdan
sovchilaming oyog‘i uzilmay qoldi. Shu qizim o ‘g ‘lingga
munosib. Otingni qamchila, b o ‘lmasa quruq qolasan!
Gapirganda yasama tishi shiq-shiq qilib turadigan Nurmat
tog‘asi salmoqlab gap boshladi.
- Xolang savodsiz bir narsa, ammo yurt ko‘rgan xotin.
Yetti yil poyezdlarda provodnik b o ‘lib, bormagan shahri
qolmagan. 0 ‘zing bilasan, provodnik ishi o g ‘ir ish, bir kunda
118
necha-necha odam bilan gaplashadi. X olang o ‘rischalab
so ‘kkanida o ‘rislar ham qulog‘ini bekitib, qochib qolardi.
Topmadi em as, topdi. Topganini bolalarini o ‘qishga joylashga
sarfladi. 0 ‘zing yaxshi bilasan, hozirgi dom lalam ing nafsi
hakalak otib ketgan. Noinsoflar, peshona terini to ‘kkandek,
berganingni barm og‘iga tuflab sanab oladi. X olang bechora
bolalam ing
hammasini
diplomli
qildi.
Uning
gaplari
qulog‘ingda tursin, pomoshnik masalasi - o ‘ylab k o ‘rsa
arziydigan masala. Endi mening gapimni eshit. Yoshim
o ‘tib, kuch-quvvatdan qolyapman. Qariganda urug‘laringni
qo‘msab qolarkansan. Ko‘rgim keladi. Endi qariganimda
bir yaxshilik qilib ketay. Hali sen kelguningcha hovlingni
aylanib chiqdim. Endi sen kim san, ministrsan! Bunaqa
uy, bunaqa hovli senga yarashmaydi. Oldingga o ‘zingga
o ‘xshagan kazo-kazolar keladi. U lam i manavi chordevorga
qanday olib kirasan?! Endi senga obro‘yingga yarasha uy
kerak. 0 ‘zim cha cham alab chiqdim. Ikki qavatli uy quramiz.
0 ‘n ikki xona boMadi. Zal uyga eng kam ida oltmish kishi
sig‘adi. Tagida bilyardxona, fin hammomi, sport zali boMadi.
M enga qara, g ‘isht zavodlari ham senga qaraydi. Taxminan
yetm ishta g ‘isht zavoding bor, deb eshitdim. Taxta iskalating
ham yuzdan oshar emish.
H ar qaysisidan beshtadan
taxta olganingda ham butun urug‘-aym og‘ingga yetadi.
Direktorlaringga meni ko‘rsatib, shu odam mening vakilim,
deb qo‘ysang, tamom; u yog‘ini o ‘zim kelishtiraman...
M ehribon to g‘asi uni ikkinchi kursni tugatib, endi ta ’tilga
chiqaman, deb turganda qidirib borgandi. Kimsan, kattakon
bazaning mudiri katta boshini kichik qilib kelibdi.
- Hoy sen kim ga o ‘xshagan chiqding? U rug‘imizda
bunaqa odam b o ‘lmagandi-ku? Tog‘am bechora uchastka
quryapti, qiynalib ketgandir deb o ‘ylam adingm i? Sendan
osh-non so ‘rayotganim y o ‘q. «Horma, bor bo‘l»ga ham
yaram aysanm i? Ertaga kanikulga chiqasan. Umringni bekor
o ‘tkazma. Erta-indin qilichini ko‘tarib qish keladi, ishlab.
119
besh-to‘rt tangani belingga tugib q o ‘ysang, teshib chiqmaydi.
M ardikor bozoriga chiqib bizni uyatga q o ‘yma! M enikiga kel.
Bitta student o ‘rtog‘ingni yoningga olib, g ‘isht quyasan. Har
kuni ovqatingdan o ‘zim xabar olib turaman. Uch oyda, o ‘h-
ho‘, qancha g ‘isht quyish mumkin! Ertaga borib, mashinada
olib ketaman. К о ‘rib olasan, keyin o ‘zing boraverasan.
Nasibjon
qashqadaryolik hamkursi
bilan
tog‘asining
uchastkasida uch oyda eh-he, qancha g ‘isht quyib tashladi!
Sakson mingdan oshgan chiqar... Tog‘a aytganini qilib, har
kuni tushlikka ikkoviga to‘rttadan somsa olib kelib, quyilgan
g ‘ishtlami ko‘zdan kechirardi. Va albatta, balli, deb qo‘yardi.
G ‘irt piyozdan
iborat
somsa
shunchalik
Nasibjonning
m e’dasiga tegdiki, birov, somsa, desa, ko‘ngli ayniydigan
bo‘lib qoldi.
Tog‘aning hisob-kitob qiladigan payti ham keldi. Negadir
u shoshilmasdi. Nasibjon puldan gap ochgan edi, jerkib
tashladi.
- Uyalmaysanmi, begona emasman-ku! Qochib ketayotga-
nim yo‘q. Arzimagan shu xizmatingni minnat qilib, haq
so‘ragani qandoq tiling bordi? M anavi bola, mayli, u
begona. U ch-to‘rt so‘m bersam boMadi. Ammo sen o ‘zimiz-
nikisan, jiyan! Hasharga haq so ‘rasa, ayb b o ‘ladi. Unaqa past
bo‘lma, jiyan. Shu gapni sen aytmading, men eshitmadim.
Uch oylik mehnati kuygan Nasibjon ham kurs o ‘rtog‘i
oldida yuzi qora b o ‘ldi.
Nasibjon mehribon tog‘asini shundan keyin ko‘rmadi.
K o‘rgani toqati y o ‘q edi. To‘g ‘ri, bir marta k o ‘rdi. 0 ‘sha yili
qish jud a m ijg‘ov b o ‘lgandi. Q or yog‘adi, eriydi, y o g ‘adi,
eriydi. Nasibjon brezent tuflida shilt-shilt h o ‘l qor kechib,
poyabzal d o ‘koniga bordi. Kecha olgan stipendiyasiga tufli
olmoqchi b o ‘ldi. Bir tuflini endi q o ‘liga olgan edi, tanish
ovoz eshitildi. Peshtaxta orqasida shu Nurmat tog‘asi turardi.
Demak, tog‘asi bazani silliqqina topshirib, shu d o ‘konga
o ‘tib olibdi-da.
120
- Stipendiya tegibdi-da, jiyan? Diding durust, yaxshi
tufli tanlading.
Nasibjon pulini sanasa uch so‘m yetmayapti.
- Tog‘a, uch so ‘m yetmayapti. Yetmaganini ertaga tash
lab o ‘taman.
- Unaqa emas-da, jiyan! Bu hukumatning moli. Reviziya
bossa, shu uch so‘m uchun meni nim a qiladi, bilasanmi?
Q o‘y, m enga jab r qilma. Pulingni butlab, keyin tuflini olib
ket.
Nasibjon tog ‘asiga «xayr» ham dem adi, indamay chiqib
ketdi. M ana, shundan beri «mehribon» tog‘asini endi ко‘rib
turipti.
- Endi mundoq qilsak, - dedi tog‘asi yasam a tishini
shaqillatib. - Men ham qarib qoldim. K etadigan vaqtim
bo‘lib qoldi, shekilli. Bittagina o ‘g ‘limdan k o ‘nglim notinch.
M endan keyin u nim a bo‘ladi, bilmayman. M ana, baxtimizga
sen m inistr bo‘lding. Bu ham Xudoning inoyati. Sulton
suyagini xo‘rlam as, deb bekorga aytmaganlar. Shu bolani
yoningga ol. Eski shahar bozorini olib ber. 0 ‘zing bilasan,
bozorda katta bo‘lgan bola, eplab ketadi.
U yonida o ‘tirgan shirakayf yigitni turtdi.
- Tur o ‘m ingdan, m inistr tog ‘angga qulluq qil! Bozor
seniki b o ‘ldi, nodon! Endi ko‘pam ichaverma! Bunaqa ichish
rahbar odam ga yarashmaydi!
K o‘kragiga Brus Lining surati tushirilgan m ayka kiygan,
barzangi yigit o ‘m idan turib, q o ‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qulluq
qildi. Uning o g ‘zi to ‘la tilla tish. B o‘yniga har donasi
konfetdek tilla tross osib olgan.
Nasibjon hayron. Bu tilla trossning bahosi biron ming
dollar tursa kerak, deb ko‘nglidan o ‘tkazdi. UrugTarining
hammasi
tilla tishli,
go‘yo topgan boyligini
og‘ziga
joylaganday. U lar b o ‘lar-boTmasga xandon otib kulishar,
kulganlarida o g ‘izlarida chiroq yonib turgandek boMardi.
X otinlam ing bo‘yni, qulog‘i, bilagi, barmoqlari «archa
121
bayrami»ni eslatardi. Bugun N asibjonning uyiga u ru g iari
emas, «Yuvelirtorg»ning ko‘chm a do‘koni kelgandek edi.
Nasibjonning to g‘asi bilan xolasi shunchalik ishonch bilan
gapirdilarki, nimaiki so‘ragan b o ‘lsalar og‘izlaridan chiqmay
turib, vazir jiyanlari bajaradigandek edi. Ammo Nasibjon bu
gaplarga na «ha» dedi, na «yo‘q» dedi. Nimaiki eshitgan
bo‘lsa, ichiga yutib o ‘tiraverdi. Hukumat unga bu lavozimni
faqat urug‘-aymoqlaringni ta’minla, deb bergandek edi.
Xolasi iymanib, qimtinib o ‘tirgan singlisiga achitma gap
qildi:
- Boshqa k o ‘ylaging yo‘qmi?! M inistm ing uyiga shu
alpozda keldingmi?! Bu shtapel o ‘lgurni Achavotning lo‘-
lilari ham kiymaydi-ku!
- Qandoq qilay, opa, bir etak bola. Erim rabochiygina
odam b o ‘lsa! Topganini bolalam ing boshiga yetkazsam,
egniga yetkazolmayman! - dedi Salima o ‘ksib.
- Ering ham o ‘zingga o ‘xshagan Xudo urgan qaysar!
Provodnik vaqtim da ikki-uch marta, yur, olib ketay, dedim.
Ering
ko‘nmadi.
Hamma
tishingni
tilladan
qo‘ydirib
berardim. Mana, yuribsan, itning keyingi oyog‘i b o iib !
Tog‘asining qudasi - q o ‘ziqorindek pak-pakana, negadir
bo‘yni y o ‘q, boshi ikki yelkasi orasiga chaplab q o ‘yilgandek,
yoniga qarash uchun o ‘m idan turib buriladigan, k o ‘sanamo
bir odam gap boshladi:
- Hoy,
insoflaring
bormi?!
Bola
bechorani
q o ‘y
so ‘ygandek, nim ta-nim ta qilib b o ‘lib oldilaring-ku! Menga
nim a qoldi? Nuqul shaqir-shuqur suyagi qoldi... Endi
gap bundoq, «Sabis»dagilar nomardlik qilib, nafaqaning
eng pastini berdilar. Bergani nos pulim ga ham yetmaydi.
«Sabis» boshlig‘i bir gap aytdi, jon-jonim dan o ‘tib ketdi.
«Senga nafaqa u yoqda tursin, eski paytava ham hayf»,
dedi. «Hukum atga sariq chaqalik foydang tegmagan, faqat
zararing tekkan!», deydi. Qandoq qilay, bo‘yim past,
bo‘ynim y o ‘q. Yonimga qarayman, desam, o ‘m im dan turib
122
burilishim kerak... M enga bittagina «Trudovoy» yozdirib
ber! Nafaqam ning bo‘yini ham jichcha cho‘zib q o ‘y. Sen
eshitganm isan-yo‘qmi, yaqinda meni mashina urib ketgan.
Bo‘ynim o ig u r burilm ay qoldi-yu, mashina shartta urdi-
ketdi! Ikki oy kasalxonada yotdim. Hozir o ‘sha urib ketgan
shopirdan oyiga besh yuz so ik av o y d an xonaki nafaqa olib
turibman.
H ovlida nim adir taraqlab ketdi. Mast odam ning so‘-
kingani eshitildi.
— Sharm andalam i nega uyga kiritding, kelin! Hayda
ulami!
X onadagilar pildir-pis b o iib qolishdi. Tog‘aning rangi
quv o ‘chdi. Robiya xolaning o ‘sma tutashtirgan qoshlari
ulangan joyidan uzilib kelgandek b o id i.
- Oshga pashsha tushdi, a k a ! - d e d i qo‘rqa-pisa...-
«Devoriy gazeta» o ig u r keldi.
«Devoriy gazeta» - bu Nasibjonning o ‘rtancha tog ‘asi
Turg‘unboy. Uning shunaqa ichadigan odati bor edi. Haftada
bir ichadi. Ichganda ham birvarakay ichadi. K ayf qilib,
ham ma aka-uka, am m a-xolalarinikiga boradi. Navbati bilan
bo‘ralab so ‘kadi. Kayfi tarqalguncha, o ‘zi charchaguncha
so ‘kadi. M ahalla uni haftada bir chiqadigan «Devoriy gaze
ta» deb atardi.
T urg‘unboy avvallari ichmasdi. M o‘min-qobil, yuvoshgina
odam edi. Q o ii gul ganchkor usta edi. Shaham ing
muhtasham saroylari u chekkan ajib, chiroyli naqshlari bilan
betakror m o‘jizaga o ‘xshardi. R o‘zg ‘ori tinch shu odamning
xonadoni birdan ag ‘dar-to‘ntar b o iib ketdi. Bittagina o ‘g ‘il-
larini yalab-yulqab, shamolni ravo k o ‘rmay, puf-puflab,
unga oydin istiqbol tilab yashardilar. Er-xotin shu arzanda
bolasini A fg‘on urushiga kuzatar ekan, b ag irlarid an bir nima
uzilib kelgandek b o id i. Tagli-taxtli oilaning eshigini ochib,
qiziga non sindirishgan edi. Kelinning sarpolari ham taxt
edi. O ta-ona orzusi cheksiz edi. O lis d a - A f g ‘on zam inida
123
portlayotgan bom balar ulaming xonadonida ham portladi.
Temir tobutda o ‘g iin in g jasadi keldi.
Eshikdan soqchilar qurshovida tobutni olib kirishganda
onasi faryod urib, o ‘zini tobutga otdi. U qayta o ‘midan
turmadi. Hovlida qiyom at q o ‘pdi. 0 ‘sha kuni eshikdan qo‘sh
tobut chiqdi.
Kelin tushadigan yasatug‘li uy huvillab qoldi. Tur-
g ‘unboyning yorqin orzulari qora yerga ko‘mildi. To‘yga
atab qazilgan o ‘choqqa o ‘t yoqilmay qoldi. Yigirma yetti
yil «sen» demay, sizlab yashagan xotinidan, o ‘n sakkiz yil
bagbriga, mehriga o ‘rab o ‘stirgan bolasidan tumanga qorishiq
xotiralargina qoldi. U ichdi, ichaverdi. Yor-birodarlarining
nasihatini olmadi. Tani b o s h q a -d a rd bilmas, o ‘zimdan
o ‘tganini o ‘zim bilaman, dedi-yu, ichaverdi.
Bugun dam olish kuni emas. Turg‘unboy odati bo‘yicha
faqat dam
olish
kunlarigina
ichardi, bugun
u
ichdi.
Ichmasa boim asdi. 0 ‘g ‘liga unashtirilgan qizni kecha dan-
g ‘illama to‘y qilib, yor-yor aytib kuyovga chiqarishdi. Tur-
g ‘unboy kechasi bilan mijja qoqmay, tebranib-tebranib o ‘tirdi.
Sahar payti bir dunyo g ‘am bilan, sudralgandek qabristonga
bordi. Q o‘shmozor bo‘lib yotgan xotini bilan o‘g ‘li poyiga tiz
cho‘kkanicha ko‘z yoshlarini tiyolmay, uzoq tilovat qildi.
G o‘rkov kelib qo‘ltig‘idan ko‘tarm aganda hali-beri o ‘r-
nidan turmasdi.
- Bolam, o ‘zingizni q o ‘lga oling. Axir siz er kishisiz.
Manavi yotgan yuzlab m arhum lam ing ham ota-onasi,
farzandlari bor. Qandoq qilamiz, bu Xudoning irodasi.
Turg‘unboy bir so‘z demay, boshini eggancha darvoza
tomon ketdi.
Qaytishda u ichdi. To‘yib-to‘yib ichdi.
Uning dardini aytadigan odami yo‘q edi. Aka-ukalariga
yorilmasdi. Umuman, ulam i ko‘rishga toqati y o ‘q. Q ilayot
gan ishlarini ko‘rib bir otadan, bir onadan tu g‘ilganiga
pushaymonlar yerdi.
124
Bir vaqtlar akasi Nurmat tog‘aning daranglagan paytlari
bo‘lgan. Poyabzal bazasida mudir paytlari da aytgani-aytgan,
degani-degan, besh ming, o‘n ming so‘m degan gaplar og‘zining
yeli edi. Shaharda o‘nta «Pobeda» bo‘Isa, bittasi shuniki bo‘lgan.
Uzoq-yaqin yurtlardan keladigan m ijozlar shundoq shahri
azimdan uning uyini topishi ju d a oson edi. X o‘roz tam ovli
oq uy qayerda, desa b o ‘ldi, yosh bola ham mana, deb ko‘r-
satib berardi.
U qilgan to ‘ylar hali-hali og‘izlarda doston. Uning
to ‘yiga bir marta kelgan hofiz qistir-qistirdan tushgan pulga
bemalol o ‘g ‘il uylasa bo‘lardi. Otasiga, onasiga bag‘ishlab
o ‘tkazgan m a’rakalariga ham har ehtimolga qarshi ikki
guruh hofiz aytib q o ‘yardi. Ashula aytsa aytar, aytmasa osh
yeb ketaveradi, derdi.
Uning orqasida qancha ipirisqilar ro ‘zg‘or tebratishardi.
Shaham ing pastqam mahallalarida xufiya «iskalat»lari bo‘-
lardi. N urm at tog ‘a bu joylarga biron marta bormagan. Bu
ishlami singlisi Robiya boshqarardi. Chex tufli lari u vaqt-
larda otliqqa ham y o ‘q, piyodalarga y o i b o ‘lsin paytlar
edi. N urm at to g‘a bazaga kelgan bu xil tuflilaming hidini
chiqazmay, o ‘sha birovning nazari tushmaydigan xufiya
«iskalat»larga jo ‘natar edi.
Nima b o ‘ldi-yu mahallaning «qitmirlari» hid olib, xufiya
om bor to ‘g ‘risida tegishli joyga xabar qiladilar. Kechasi
melisa bosadi. Uyning egasi sakson yoshlarga borib, hilvirab
qolgan kam pim i so ‘roq qiladilar.
Yer tagida ilon qim irlasa biladigan Robiya b o ‘lgan
voqeani o ‘sha kechasiyoq eshitadi. M ahallaga borm ay q o ‘-
yadi. «O m bor»da m ing ju ft tufli bor edi. Yaxshiyam uch
kun oldin olti yuz juftini olib ketgani, b o ‘lm asa salkam
m ingta tufliga kuyib qolardi.
H ovlining egasi Robiya qayerda turadi, ash oti nima, bil
masdi. Ijara pulini vaqtida to ‘lab turganidan keyin surishtirib
nim a qilaman, deb o ‘ylardi.
125
Robiya u yerga borganda qora xalat kiyar, oq doka ro ‘mol
o ‘rab qari xotinlarga o ‘xshab olardi. K am pim ing nurdan
qolayozgan ko‘zlari uning yuzlarini durustgina k o ‘rmagan.
Shu sabab hovli egasi b o ‘lmish bechora kam pir militsiya
savollariga tayinli biron javob berolmagandi.
Shundoq shahri azim da Robiyani qidirish oson gap
em asdi. Uni izlash qora p o ‘stakdan burga qidirishdek gap
edi. H ilvirab, om onat b o iib , ana kctam an, m ana ketam an,
deb turgan kam pir uch kundan keyin jo n taslim qildi.
Sakson yil toat-ibodat qilgan, tong saharlarda Xudodan
im onim ni salom at qil, deb iltijolar qilgan bir m ushtipar
kam pir yuzi qaro b o ‘lib, Alloh dargohiga k o ‘chdi. M ilitsiya
tintuv paytida olgan tuflilam i egasiz mol sifatida davlat
hisobiga o ‘tkazdi.
0 ‘sha kezlari bayram arafasida militsionerlarga yangi
yozlik forma berishga tayyorlanayotgan edilar. Faqat qora
tufli topish muammo bo‘lib turgan edi. Shahar militsiyasining
boshlig‘i yuqori idoraning ruxsati bilan pul o ‘tkazib, tuflilami
o ‘zlariga olib qoldi.
Bayram namoyishini tartibga solib turgan militsio-
nerlam ing oyog‘ida qora tufli k o ‘rgan Robiya, «Qora tufli
kiygan oyoqlaring sinsin», deb qarg‘ardi.
U b o ‘ldi, bu b o ‘ldi, aka-singil bir m o ‘min-musulmon,
mushtipar kam pim ing fojiaviy o ‘limiga sabab b o ‘ldi.
Bu sir sirligicha qoldi deb o‘ylashadi. Ammo Turg‘unboy
bu gaplardan xabardor. Shuning uchun ham aka-singillami
ko‘rishga toqati yo‘q. Ko‘rdi, so‘kaveradi. Ayniqsa, ichib olgan-
dan keyin ulami charchaguncha, kayfi tarqaguncha so‘kardi.
Uning bunaqa chidab boflmas haqoratli so‘zlariga chidamay
ilojlari yo‘q edi. Bu tentak piyonista ukamiz simi ochib
qo‘yishdan ham toymaydi, deb mum tishlab o ‘tirishardi.
Avvallari oilasi jam , tinch paytlarda Turg‘unboy jiyani
Nasibjondan xabar olib turardi. Dam olish kunlari o ‘g ‘lini
yuborib, uni oldirib kelardi. Ichiga issiq kirsin, deb o ‘zi osh
126
damlab yedirardi. K etayotganida cho‘ntagiga zo ‘rlab pul
solib q o ‘yardi.
Birgina Nasibjon xotini bilan borib uyini yig ‘ishtirib,
hovlisini supurib kelishardi. U yda biron tansiqroq ovqat
qilsalar nasiba olib borardilar. Turmushi tangroq Salima
degan singlisi ham k o ‘p kelardi. U serfarzand, qurilishda
betonchi b o iib ishlaydigan erining topganini uchma-uch
qilib ro ‘zg ‘or tebratadigan m unglig‘gina bir xotin edi.
U tez-tez kelib, javrab-javrab uyini supurib-sidirib kelardi.
- A gar shunaqa ichaveradigan b o is a n g iz , bilib q o ‘-
ying - kelm ay q o ‘yaman! - deb tahdid qilar, baribir akasi
ichishni, Salim a esa kelishni q o ‘ymas edi.
Turg‘unboy b o is a , ichib olib akasinikiga, opalarinikiga
borib, erinm ay so ‘kib kelishini q o ‘ymasdi. Shu «vazifa»sini
bajarib
b o iib ,
N asibjonnikiga
gandiraklab
kelardi-yu,
choф oyada o y o g in i osiltirib uxlab qolardi. Nasibjon uni
to ‘shakka yotqizib qo‘yardi.
Ertalab uyg‘onib jiyanidan, kelinidan uyalganidanm i, ular
turishguncha ketib qolardi.
A nzirat uning bu xil kelishlarini malol olmasdi. Faqat,
«Attang, shunday odam», deb q o ‘yardi.
Turg‘unboy u ru g ia ri o iirg a n xonaga sherday o ‘kirib
kirdi.
- N im a qilib oiiribsanlar?! Bu bolaga yetti yot bego-
na edilaring-ku! A m aldor b o ig a n d an keyin g im irla b qoldi-
laringmi? Qani, jo ‘nalaring!
A ka-singillam ing dami ichiga tushib ketdi. Suhbatning
guli b o iib o iirg a n N urm at akasi tilini yutib yuborgandek
jim edi. H ar haftada uyiga kelib, aytadigan sassiq gaplari
opasiga yod b o iib ketgan: «Chayqovchisan... Puldan boshqa
darding y o ‘q... Harom yemagan kuning uyqing kelmaydi...
Sen o d am x o isan , ay lay mi, qanaqa odam x oiliging ni? Mana-
vi sheriklaringga aytaymi? Q o‘rqasan-a!»
Turg‘unboy m unkib-munkib choy x o ‘pladi.
127
- Eshitdilaringmi, tish d o ‘xtirlam ing omadi kepti.
- N im a balo b o ‘pti?! - dedi tog‘asi, gap boshqa yoqqa
burilganidan suyunib.
- lya,
hali
xabarlaring
y o ‘qmi?!
Shaharda
yangi
toifa y o it o ‘sar-qaroqchilar paydo b o ‘pti. Tramvaydami,
avtobusdami, ko‘chadami - tilla tishli odamni ko‘rsa, o g ‘ziga
ombir tiqib, tishini sug‘urib olyatkanmish. K o‘chada, d o ‘x-
tirxonada lunjini bog‘lab olganlam ing son-sanog‘i y o ‘q!
- G aping o ‘lgur o ‘zingdan ham sovuq!
Robiyaning gapi o g ‘zida qoldi.
- Itiga tilla tish q o ‘ydirgan otarchi artist bor edi-ku, shu
bcchoraning boshiga qora kun tushib qopti. Itining kallasini
kesib, olib ketishipti. Itning kallasini olgan qaroqchilar tilla
tishli odamni tinch q o ‘yarmidi!
- Hoy, yaramas, topib kelgan gaping shumi?
- Gapning kattasini hozir eshitasanlar. Ketasanlarmi-
y o ‘qmi? - U atrofga alangladi. Tokchadagi dazmolni k o ‘rib,
chayqala, chayqala borib q o ‘liga oldi. - Ketm asalaring, shu
bilan urib, dabdala qilaman.
Q o‘ziqoringa o ‘xshagan m ehmon birinchi b o iib o ‘zini
eshikka urdi. Katta xolasi Robiya, dod, degancha yugurib
hovliga chiqib ketdi. Birpasda uy b o ‘shab qoldi. Q o iid a
dazmol bilan hovliga chiqqan Turg‘unboy:
- 0 ‘rtoqlar, bugun tozalik kuni, y a’ni «sanden», uy
dezinfeksiya qilinadi! - dedi tantana bilan. - Gap shu - bu
uyga ikkinchi qadam bosmaysanlar! Qoralaringni k o ‘rmay!
Sen qol, ketma! - dedi u Salimaga. - Sen bular toifasiga
kirmaysan. Onam rahmatli o id a k n in g tuxum ini bosgan
ekanmi, bilmadim, ochib chiqqanlam ing bittasiga ham suv
yuqmaydi-ya!
- Onam rahmatliga til tekkizm a, diydoring qursin!..
Opasi uni qarg‘ay-qarg‘ay, akasi so‘ka-so‘ka chiqib ketdi.
- Endi menam ketay, - dedi Salima. - Borib, bolalarga
ovqat qilay.
128
- N im a qilasan ovqat qilib?! M ana, ko‘ryapsanmi, bir
qozon palov damlogMik turibdi. Shundan bitta tog‘oraga
bosib beramiz! Opalaringni haydaganim ga xafa bo‘ldingmi?
Q o‘y, xafa b o ‘lma! U lar odammas. Achinma.
Turg‘unboy har galgidek javray-javray chorpoyada uxlab
qoldi.
Nasibjon yigirma yildan ortiq yo‘q bo‘lib ketgan, och-
yalang‘och qolganda, holing ne deb bir marta xabar olmagan,
bir kosa oshini ravo ko‘rmagan, brezent tuflida qor kechib
kelganda uch so‘m pulini ayagan, sakson ming g ‘isht quydirib,
haqqini bermagan, endi yurtga qo‘shilib, mehnati bilan el
nazariga tushganda, hukumat iltifotiga erishganda, vazirlik
lavozimiga loyiq topilganda, go‘sht isini sezgan aridek paydo
bo‘lgan urug‘laridan nafratlanib ketdi.
Turg‘unboy to g‘asi mast b o ‘lsa ham, rost aytdi:
- E-e, jiyan, bulam ing gapiga. kirma! U lam i qishdan
qolgan qarg‘alar deb, o ‘z ishingni qilaver! Bilib qo‘y, saraton
qancha qizisa, sovuq kunlami sog‘ingan qarg‘alar shuncha
qattiq q ag ‘illaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |