1999-yil, yanvar
104
U C H I N C H I M I N O R A
G ap -gashtaklarda, to ‘y-u tom oshalarda Juman bobo ha-
misha bitta gapni takrorlaydi:
- Meni
shoshirmanglar,
nevara-chevaralarimni
nari-
gi ming yillikka o ‘tqazib q o ‘yay, ana undan keyin hay-
dam asanglar ham o ‘zim ketaman. Men tengilar ketib b o ‘l-
di. Kunim sen m ishiqilarga qolib o ‘tiripti. Senlar nimani
ko‘ribsanlar, boshlaringdan qandoq savdolar o ‘tiptiki, men
bilan gaplashasanlar. Bu yil kuzda, Xudo xohlasa, to ‘qson
oltidan hatlab o ‘taman. Hisobchi bo‘lsang, bir cho‘tga urib
ko‘r. H ar o ‘ttiz yilga bir yildan qo‘sh, ona qom idaligim ga
ham bitta tosh tashla. Qancha b o ‘pti? Barakalla, roppa-rosa
yuz b o ‘pti.
Davrada o ‘tirgan vetvrach Kozimboy yonidagi kishiga,
barm og‘ini chakkasiga tirab, parmaga o ‘xshatib burab ko‘r-
satdi. Juman bobo buni payqab qoldi.
Kozimboy gapni chalg‘itmoqchi b o ‘ldi.
- 0 ‘n
to ‘qqizinchi
asm ing
to ‘rt
yilini
ko‘ribsiz,
yigirmanchi asm ing to ‘qson ikki yilini k o ‘ryapsiz. Bo, yana
yigirma birinchi asm i ham ko‘rmoqchimisiz? Ibi, insof qani?
- K o‘raman, - dedi Juman bobo. - Ammo sen ko‘r-
maysan. Birovning haqidan qo‘rqmaysan. M ollar orasida
yurib, odam bolasining ichidagini bilmaysan. Shu ichishing,
shu chekishing b o ‘lsa yoshimning ikkidan biriga ham
yetolmaysan. M ard b o ‘lsang, tur o ‘rningdan. Minorai Kalon-
ga dam olmay chiqishga bahs boylashamiz.
105
- Buxoroga borib nim a qilasizlar, ana, Vobkentning
mino-rasi k o ‘rinib turipti. Shunga chiqa qolinglar, - deyishdi
davradagilar kulishib.
Juman bobo shart o ‘m idan turdi. Uni kalaka qilmoqchi
b o ‘lgan Kozimboy turmadi. Hazillashdim, hazil qildim, deb
q o ‘lini ko‘ksiga qo‘yib, uzr so‘ragan b o ‘ldi.
Choi qaytib o ‘tirmadi. Eshik tomon yurarkan, orqasiga
o ‘girildi. Voenkom bilan qo‘lga tushib qolgan kelin ayangga
hazil qil, ahmoq, dedi-yu, chiqib ketdi.
Uning dili o g ‘rigan edi. Shunday paytlarda dilini yora-
digan bittagina Mutavakkil degan jo ‘rasi b o ‘lar edi. U ham
ketdi. Endi qayoqqa boradi. Kimga dardini to ‘kib soladi.
U jim jit k o ‘chadan borarkan, qadami sekinlashdi. Ilgari
bunaqa imillab yurmasdi. D o‘stining o ‘limidan keyin cho‘kib
qoldi. Yurganda astarsiz choponining etagi ikki yonida
qanotga o ‘xshab piф irardi. Soqoli to ‘zg ‘ib, goh o ‘ng, goh
chap yelkasini siypalardi.
Jum an bobo bitta-bitta qadam tashlab borarkan, k o ‘p
narsalam i o ‘yladi. U yashagan um ridan xijolatlik emasdi.
Ammo bugungi gap yurak-bag‘rini o ‘rtab yubordi. O dam
larga malol kelm asidan bu dunyodan tezroq ketish kerakka
o ‘xshaydi, degan gap xayolidan o ‘tdi. Q andoq qilsin,
dunyoga qachon kelishing, qachon ketishing ixtiyoringda
em as ekan.
Juman boboni Buxoroning uchinchi minorasi deb ata-
shardi. Birinchisi m ing yil um r k o ‘rgan M inorai Kalon,
ikkinchisi, undan salgina yosh Vobkent minorasi, uchinchisi
shofirkonlik shu Juman bobo edi.
U ostona hatlab hovliga kirishi bilan ilgarigidek baland
ovoz bilan emas, shikasta bir tovushda, Istamboy, deb xoti-
nini chaqirdi.
Q o iid a elak bilan M o‘mina momo chiqdi. U yelkasiga
tushib qolgan ro ‘molini shoshib boshiga tashladi.
- Joy qilib ber, yotaman, - dedi Juman bobo.
106
- Zavol paytiga-ya, bo sizga nim a b o ‘ldi, Istamboy,
tobingiz qochdimi?
Er-xotin bir-birlarini to bn g ‘ich o ‘g ‘illarining nomi bilan
chaqirishardi. Istamboy o ‘n to ‘rt yoshida olamdan o ‘tgan.
Ammo nomi ota-ona xotirasida bir um r qolib ketgandi.
M o‘mina momo elakni qoziqqa ilib uyga kirdi. Eriga,
ovqat yeysizm i, dedi. Choi javob qilmagandan keyin, chiroq-
ni o ‘chirib, chiqib ketdi.
Juman boboni xayol hali u yoqqa, hali bu yoqqa boshlardi.
A lla-pallagacha to ‘lg‘onib,
uxlolmadi.
Narigi
ayvonda
multfilm ko‘rayotgan nevaralarining ovozlariga quloq ham
solib yotdi.
M o‘m ina momo derazadan qaradi.
- Istamboy, turm aysizmi, shorn b o ‘ldi. Obdastaga ob
tahorat quyib q o ‘ydim.
Choi o ‘midan turib, tashqariga chiqib keldi. Joynamoz
poyiga cho‘kkaladi. Uzoq namoz o ‘qidi. 0 ‘qib bo‘lib ham
o‘m idan turmadi. Xotini M o‘minaga, yetti o‘g ‘liga, qudalariga,
nevaralariga Xudodan umr tiladi. 0 ‘midan turib, hovli aylandi.
0 ‘g ‘illariga atab qurilgan peshayvonli uylar oldida bir-bir
to ‘xtadi. Nevaralarining shovqiniga quloq tutdi. Chehrasi
yorishgandek bo‘ldi. Q o‘yxonaga kirib chiroqni yoqdi. Besh
kun oldin tug‘ilgan ikki qo‘zichoqni k o ‘tarib erkalatdi. Sovliq
bezovtalanib pishqirdi. Choi uni ham siladi. Ularga suv berdi,
xashak tashladi. Uyga kirib yechinib yotdi. Zum o ‘tmay, ko‘zi
uyquga ketdi.
Tushiga otasi kiripti. Ariq bo‘yida turib uni imlab cha-
qirarmish. Orqasida turgan onasi, kelma, kelma deb, ishora
qilarmish. Tush aylanib, boya otasi turgan joyda Mutavakkil
paydo bo‘pti. U ham imlab chaqirarmish. Ana undan keyin
Istamboy paydo bo‘pti. Ota, sizni sog‘indim, qachon kelasiz,
deb so‘rarmish. Juman bobo, yaqinda boraman, demoqchi
bo‘lib og‘iz juftlarmish, ammo ovozi chiqmasmish.
Bir nim a daranglab, uni uyg‘otib yubordi. Ochiq qolgan
derazadan kirgan m ushuk patnisni tushirib yuborgan ekan.
107
Tong yorishib kelardi. So‘fining bomdod nam oziga cha-
qirib, Allohu akbar, Allohu akbar, degan tovushi eshitildi.
Juman bobo k o ‘ngli xiralik bilan tahorat olib, masjidga
chiqib ketdi. Hech kim bilan gaplashmadi. Namozni o ‘qib,
orqasiga qaytdi. «Nima bo‘ldi, otam chaqiryapti, Mutavakkil
ham, Istamboy ham chaqiryapti. 0 ‘lganlar kuni bitgan
kishini chaqiradi. Nima, kunim bitdimikin?»
Nonushtada er-xotin bir-biriga gapirmay, jim gina shirchoy
ichishardi.
Juman bobo bo‘shagan kosalam i olib ketayotgan M o‘mi-
nani o ‘tir, Istamboy, gapim bor, deb qayta o ‘tqazdi.
- M enga qara, xotin, bu dunyoda ishim bitganga o ‘x-
shaydi. Tadorigingni ko‘rib qo‘ysang boTarmidi. Nimang
bor, nim ang y o ‘q, qarab qo‘y.
M o ‘mina
momo
eridan biron
marta bunaqa gap
eshitmagandi. Choi oMimidan og‘iz ochmasdi. Nima bo‘ldi?
- Esingizni yeb q o ‘yibsiz, Istamboy, nafasingizni issiq
qiling, yaxshi gapga ham, yom on gapga ham farishtalar
omin, deydi.
Choi salmoqlab gap boshladi:
- E xotin, o ‘lmaydigan kim bor? Xudoning inoyati bilan
shuncha yil yashadim. Gapimni b o ‘lma! Yaxshi-yomon
gapirgan boTsam , k o ‘nglingdan chiqarib yubor. To‘qqiz
bola tu g‘ib berding, m ing rahmat. Bir marta chertmadim.
O g ‘zimdan nojo‘ya gap chiqmadi. Nimayiki orzu qilgan
boTsam, ham masiga yetdim. Birovning dilini o g ‘ritmadim,
birovning m ahram iga ko‘z tashlamadim. Xudoning dar-
gohiga pok imon bilan boraman.
K am pir o ‘ylanib qoldi. N im adir demoqchi b o ‘lib, bir-ikki
marta og‘iz juftladi. Aytolmadi. Choi buni sezib turardi.
- Qandoq gap aytmoqchisan? Tortinma, ayt. Gunoh
qilgan boTsam, tavba qilay...
M o‘mina mom o eriga uzoq qarab turdi. Keyin ju r ’atsizlik
bilan gap boshladi:
- Ayt, dedingiz, aytay. Gunohingiz bor, Istamboy. Xudo
kechirmaydigan gunohingiz bor.
108
Choi qoshlarini kerib, unga qaradi. Manglay ajinlari
qavat-qavat boMib ketdi. «Nahot Xudo kechirmaydigan
gunoh qilgan b o ‘lsam. Bu kam pir nim alar deb aljiyapti».
Shu o ‘tirishida xayoli dunyoni ikki aylanib chiqdi. Yashab
o ‘tqazgan to ‘qson olti yilni bir-bir elakdan o ‘tkazdi. Olti
yoshidan suruv ketidan chang yutib, cho‘llami kezdi.
Q irchillagan qish chillasida, oftob olov purkagan saratonda
qo‘ylar bilan birga yotib, birga turdi. Otarida tug‘iladigan
qo‘zilar orasida aqlni lol qoldiradigan «Antiqa», «Sur»,
«Sheroz» terilarini boshqa cho‘ponlarga o ‘xshab berkitmadi.
Sovxozga topshirdi.
Kampir umrida birinchi marta erining ko‘ziga tik qaradi:
- Siz to ‘qqiz bacha ko‘rib... xudodan tilab-tilab olgan
bitta-yu bitta qizingiz bilan yuz k o ‘rmas boMdingiz. Bu
gunoh em asm i? Hasan-Husan nevaralaringiz bu yil sakkizga
kiradi. Biron marta borib ko‘rdingizmi? Bacha bechoralar
Shofirkonda geroy bobomiz bor, deb maqtanib yurisharmish.
M o‘mina mom o to ‘qqiz yildirki, erini insofga keltirol-
masdi. Hozir ju da mavridi kelib qolgandi. Ichidagi dardlarini
to ‘kib soldi:
- Qizingiz g ‘ar b o ‘lmapti, o ‘g ‘ri b o ‘lmapti, Hamroboy-
ning qiziga o ‘xshab o ‘qishdan qornini d o ‘ppaytirib kelmapti...
Juman bobo ikki tizzasiga shapillatib urib, o ‘m idan turib
ketdi.
Bundan to‘qqiz yil muqaddam Juman bobo to‘shakka
yotib qolgan tengdosh do‘sti usta Mutavakkilni ko‘rgani bordi.
Uning ikki oyog‘i shol bo‘lib, ko‘chaga chiqolmay qolgandi.
Kiyevda o ‘qiydigan o ‘g‘li pochtadan aravacha yuboripti. U
borganda aravada yurishni mashq qilayotgan ekan. Juman
bobo aravachada itarib guzarga olib chiqdi. Ikkovi bir choyni
ermak qilib, о‘tgan-ketganlardan gaplashib o‘tirishdi. Tengdosh
bo‘yinsa do‘stlarini eslashdi. Birin-ketin hammasi ketib
bo Idi. Bu odam to ‘ymas dunyoda tengqurlardan ikkovigina
sho‘ppayib qolishipti.
- Jum anboy j o ‘ram, - dedi
M utavakkil. - Sen bilan,
adashm asam , sakson yetti yildan beri jo ‘rachilik qilaman.
109
O ram izga biron
m arta b o ‘lsin
sovuqchilik
tushmadi.
G inaxonlik qiladigan biron gap aytishm adik.
Biz-ku,
ketam iz, ammo orqam izda qoladigan bachalarim iz bir-
biridan uzoqlashib ketishm asm ikin? Shundoq b o ‘lmasin
desang, kel, qudachilik qilaylik. Qizing Istatoyni kelin qilay.
0 ‘g ii m Luqm onboy bu yil o ‘qishni tugatib keladi. To‘y
qilaylik.
M utavakkilning o ‘g ‘li es-hushli yigit b o ‘lgandi. Kuyoving
bormi desang, bor degulik.
- E d o ‘stim, o ‘nta qizim b o ‘lsa, o ‘ntasini ham q o ‘lingga
topshiraman. Istatoy ta ’tilga kelsin, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab,
ostonangga tashlab kelganim bo‘lsin.
Ikki quda obdon ezilib gaplashishdi. To‘y rejasini ham
tuzib qo‘yishdi. Kechga tom on Juman bobo arava tortib
M utavakkilni uyiga eltib qo‘ydi.
M utavakkil shu k o ‘chaga chiqqancha qaytib chiqmadi.
Yotib qoldi. D o‘xtirlar Buxoro shifoxonasiga olib ketishdi.
Ikki oyog‘i qorason b o ‘lgan ekan, kesmasa, aynigan qon
tananing boshqa tomon lari ga ham o ‘tib ketishi mumkin
ekan, kesishdi. To‘rt kundan keyin oldiga odam qo‘yishdi.
Juman bobo borganda u ko‘kka qarab qim irlamay yotardi.
K o‘zini arang ochib unga qaradi. Nim adir dem oqchi b o ‘ldi,
aytolmadi. Labi sal-pal qim irlagandek bo‘ldi.
Oradan bir hafta o ‘tib, uni tuproqqa q o ‘yishdi.
M utavakkil u bilan birga uzoq y o ‘l bosgan j o ‘ralarining
eng so‘nggisi edi. Endi bu yorug‘ jahonda Juman boboning
bir o ‘zi sho‘ppayib qolgandek b o ‘ldi.
Bu orada qizi Istatoy d o ‘xtirlik o ‘qishini tugatib, qaytib
kelmadi. Birga o ‘qigan toshkentlik yigit bilan don olishib
qopti. Ota-onalarini, aka-uka, yangalarini to ‘yga aytib tele-
gramma yuboripti. Juman bobo hech kimni to ‘yga yubormadi.
Bunday qizim y o ‘q. Uni tanimayman, dedi. M o‘mina momo
yig ‘ladi, yalinib yolvordi, b o im ad i.
Choi esa erta sahardan chiqib ketgancha Jilvon cho‘llarida
tentirab kunini kech qilardi. B a’zan Vardonze q al’asiga borib,
n o
vayronalar ustida kun botishga qarab o ‘tirardi. Qizarib-
bo‘zarib botayotgan quyosh uning dardlarini ham olovli
barkashiga solib botayotgandek b o ‘lardi.
Buxoroi sharifga tengdosh bu q al’ani Vardon xudotlar
davlati tiklagan edi. Bunda kim lar boMmadi, nimalar
bo‘lmadi? U Qutaybani ham, elakchi Torobiyni ham, jom a-
kor safidlar yetakchisi M uqannani ham, m o‘r-malaxdek
yopirilgan Chingizxon lashkarlarini ham, to ‘p, zam baraklar
sudrab kelgan shafqatsiz Frunzeni ham va nihoyat qishloqma-
qishloq yurib, odam otgan Kuybishevni ham k o ‘rgan.
Choi har gal Vardonzega kelganda shashtidan tushar, bu
qala oldida inson umri bir oniy ekaniga iqror b o ‘lar; tani
sovib, fikri tiniqlashib uyiga qaytardi.
M utavakkilning tashlab ketganiga, Istatoyning Toshkentda
qolib ketganiga ham to ‘qqiz yil bo‘ldi. Dunyoning to ‘xtatib
bo‘lmas tashvishlari-yu, yangidan yangi jum boqlari eskisining
ustiga kul tortadi. Asta-sekin xiralashib, xotira deb atalmish
go‘shaning bir puchm og‘ida ko‘milib ketadi. Ammo Juman
bobo Mutavakkilni unutolmasdi. Har jum a namozdan keyin
qabristonga borib, go‘ri tepasida Q u r’on tilovat qilar, va’dasida
turolmagan do‘stingni kechir deb pichirlardi.
Bugun negadir hammayoq jim jit. Har kuni ertalab otasiga
salom berib ishga ketadigan o ‘g ‘illari kun peshindan og‘diki,
ko‘rinishmaydi. Kelinlar burchak-burchakda pichirlashadi.
M o‘m ina bugun sigim i ham sog‘mayapti. M a’rab, hovlini
boshiga ko‘taraman deydi. Tovuqlar donsiz qolgan. Nima
boTdi? Tinchlikmi?
K o‘cha yo‘lagidan hassaga tayanib, uchta oqsoqol kirdi.
M o‘mina ulam i ichkariga boshladi. Juman bobo poygakda
tiz cho‘kib, ulam ing og‘ziga tikildi. Chollar gapni nimadan
boshlashlarini bilmay, sen ayt, sen ayt, degandek bir-bir-
lariga qarashardi. U lar avval ob-havodan, keyin bu yil
kuzning yaxshi kelganidan, hukumat SJKni taqiqlab, zap ish
qilganidan gapirishdi.
Juman boboning toqati toq bo‘ldi.
m
- Chaynalmasdan gapiraveringlar, nim a b o ‘ldi? - dedi
tashvishli bir ohangda.
Chollardan biri unga em as, j o ‘m ragidan hovur chiqa-
yotgan choynakka qarab, gap boshladi:
- Sizga xudo sabr-toqat bersin. Qandoq qilamiz. Dunyo
ning ishlari shu ekan. Bir kelm oqning bir ketm og‘i ham bor,
deydilar. Istatoy omonatini topshiripti.
Juman boboning boshi egildi, beli bukilib-bukilib, oxiri
soqollari tizzasini qordek bosdi.
Butun olam birdan sukutda qolgandek, jim jit. Shunday
jim lik cho‘kdiki, bandidan uzilgan bargning yerga q o ‘ngani
ham eshitildi. Juman boboning badanidagi har bir m o‘y o g ‘ir
tosh bo‘lib pastga tortardi...
Bundan bir yil oldin Istatoy bilan Rahmonjonni harbiy
komissariat chaqirib, do‘xtirlar yetishmayapti, deb ularni
A fg‘onistonga j o ‘natgan edi. Bu gapdan faqat Juman bobo
ning to ‘n g ‘ich o ‘g ‘ligina xabardor edi.
Buni na onasiga, na otasiga aytgan. U oyda bir marta
Toshkentga borib, jiyanlaridan xabar olib turardi.
Bugun ertalab Toshkentga ikkita tunuka tobut keldi. Birida
Istatoyning, yana birida Rahmonjonning jasadi bor edi. Juman
boboning ikki o ‘g ‘li shitob bilan Toshkentga jo ‘nab ketishdi.
Q udalar maslahat bilan ikkoviga yonma-yon go‘r qazitmoqchi
bo‘lib turishgan ekan. Istatoyning akalari bunga ko‘nishmadi.
Singlimizni tug‘ilgan yurtiga dafn qilamiz, dedilar. Maslahat
bilan Rahmonjon Toshkentda, Istatoy Shofirkonda dafn
qilinadigan bo‘ldi. Bugun peshin namozida Rahmonjonga
janoza o ‘qildi. Duoi fotihadan keyin Istatoyning tobuti
solingan avtobus Buxoro tomonga y o ‘l oldi...
... Chollar yuzlariga fotiha tortib, o ‘rinlaridan turishdi.
Juman bobo harchand urinsa ham o ‘m idan turolmadi. Ikki
kishi q o ‘ltig‘idan olib turg‘azib qo‘ydi.
K o‘p yashagan, ko‘pni k o ‘rgan, baxt-u baxtsizliklarni,
to ‘y-u azalam i ko‘rgan Juman bobo shu topda o ‘zini
eplolmay, muvozanatini yo‘qotgan edi.
112
Hovli odamga to ‘lib ketgan. Q uda-qudag1 aylar, qarindosh-
urug iar, hamqishloqlar ko‘cha eshigi oldida jim gina yer
chizib o‘tirishardi. Ichkaridan xotin-xalajning aytib yig‘lashi
eshitildi. Oqsoqollardan biri hovliga kirib, hoy, murda eshikdan
chiqmay, tuproqqa qo‘yilmay yig‘lab boMmaydi, deb ulami
tinchitib chiqdi. Baribir M o‘mina belini boylab, hovlining u
boshidan bu boshiga yurib yigMardi.
Avtobus kechasi o ‘n birlarda keldi.
Allaqaydan paydo b o ‘lgan voenkom tobutni ochishga
ruxsat bermadi.
- Tobuti bilan k o ‘miladi. Kim ochsa javobgarlikka
tortiladi.
Ruxsat b o ‘lganda ham ochib bo‘lmasdi. Ruxlangan qalin
tunukani faqat elektr payvand apparatida kesish mumkin edi.
- Voy, uzoqlarda o ‘qqa uchgan bolam. Temir kafan kiy-
gan bolam.
M o‘m inaning bu faryodi odam lam ing yurak-bag‘rini
o ‘rtab yubordi. Hamm a baravar uv tortdi.
Istatoyning H asan-Husan o ‘g ‘illari hech qachon kelmagan
hovlida, hech qachon ko‘rmagan odam lar orasida hayron
qarab turardilar. Ular g o ‘dak edi. Bir kunda ham otasidan,
ham onasidan ajralishganini, endi yetim b o ‘lib qolganlarini
idrok qila olmasdilar. U lam ing bolalik ongida ertami, kechmi
bir kun qaytib keladigandek edi. Endi bir um r ota bilan onani
q o ‘msab yashashlarini, shodlik va alamli dam larda eng yaqin
ham dard kishilari boMmasligini hali bilmasdilar.
Tobutni ichkari uyga olishdi. M o‘mina tobutni quchoqlab
faryod urardi.
- Bolaginam, to ‘qqiz yil diydoringdan benasib bo‘l-
ganim yetmasmidi. Chiq, chiq, bu tem ir kafandan. Jamalak
sochlaringni bir silay, jonsiz tanangni b ag ‘rim ga bosay.
Kelinlar uni suyab, tashqariga olib chiqishdi. U ostonada
bel bogTab turgan norasta ikki nevarasini b ag ‘riga bosib,
faryod urdi.
8 - S. A hm ad
113
Juman bobo ayvon dahanida ko‘ksini hassaga berib
qim irlamay o ‘tirardi. Uning o ‘g ‘illari tobutni buzib ochamiz,
deb bolta ko‘tarib kelishdi. Voenkom bilan ikki soldat
yo‘llarini to ‘sib, boltani olib q o ‘ydi. Bu oqshom xonadonda
hech kim uxlamadi. Juman bobo ikki yetim nevarasini
to ‘niga o ‘rab, k o ‘zlarini yum gancha qim irlam ay o ‘tirardi,
hadeb o ‘zini o ‘zi qarg‘ardi.
Y ig‘i-sig‘i, dod-faryod bilan Shofirkon tongi yorishdi.
O ftobning olovli k o ‘li Vobkent minorasi peshtoqini sham
qilib yoqdi.
K o‘cha eshigi oldiga q o ‘yilgan kursilarda keksalar
o ‘tirishardi. Yosh-yalang q o ‘l qovushtirib tik turipti. Kimdir
yuvilmagan, kafanlanmagan m urdaga janoza lozimmi, deb
so‘rab qoldi. M asjid mutavallisi javob qildi:
- M uhorabada
qurbon
b o ‘lganlar
shahid
ketadilar.
U lam ing jasadlari havo bilan, oftob bilan yuviladi. Buni
tayammum deydilar. Istatoy to ‘ppa-to‘g ‘ri bihishtga tushadi.
H ur-g‘ilmonlarga qo‘shilib ketadi.
Q abristondan qaytayotganlar orasida Jum an bobo k o ‘-
rinm asdi. H ar kim ning o ‘z gunohi o ‘zi bilan. Balki Juman
bobo qizini kechirganda, kel, deb eshigini ochganda bunday
b o ‘lm asm idi. Endi M o‘m inaning betiga qanday qaraydi.
A xir u nim aga bunday b o ‘lganini biladi-ku! U ndan qayoqqa
qochib qutuladi?
U qaVa tomon og‘ir yuk orqalagandek bukchayib borardi.
Necha yuz yillar oldin qulab ketgan ming yillik daraxtlam ing
toshga aylangan ildizlariga tirmashib, xarobalar tepasiga
chiqdi. Bu joydan butun voha kaftda turgandek ko‘rinardi.
Oftob o ‘chyapti. K o‘m -ko‘k osm onda suzib yurgan
paxtadek yumshoq pag‘a-pag‘a bulutlar tagi yonayotgandek
lovullardi.
Juman bobo ikki qo‘lini baland ko‘tarib, Allohga nola qildi:
- E, Xudo, muncha qahringga olasan? N ega meni o ‘l-
maydigan dardga mubtalo qilding!? Ilon-chayonlar chaqsa
114
ham o ‘lmaydigan, b o ‘ri-yu shoqollar d af qilmaydigan,
o ‘tda yonmas, suvda ch o ‘kmas qilib yaratding. 0 ‘z bolasini
ostonadan quvgan gunohkor bandangman. Dargohingga
sig‘inib keldim. Omonatingni ol! Dunyoga to ‘ymagan noras-
talar umrini nega menga yulib berasan? Axir men yoshimni
yashab boMdim. Yashayverib zerikib ketdim. 0 ‘zingdan tilab
olgan yolg‘iz qizim u dunyoga mendan dili o g ‘rib ketdi.
Bunga qandoq chidaym an? Tong-la m ahsharda unga qandoq
qaraym an? Endi ketay, bu yorug1 jahonda boshqalarga joy
b o ‘shatay.
K o ‘m -ko‘k osmon jim . Bulutlar jim . Uning iltijolariga na
ko‘k, na yer javob qilardi.
Olisda harir tuman ortida salkam m ing yil yashagan
Vobkent minorasi abadiylik timsoli bo‘lib ko‘rinib turardi.
G o ‘yo u:
- Yur, olis asrlarga birga boraylik, - deb chorlayotganga
o ‘xshardi.
Choi qal’adan horg‘in tushib kelarkan, atrofni qorong‘ulik
pardasi o ‘rab, nildek osm onda birin-ketin yulduzlar k o ‘z
ocha boshlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |