1998-yil
72
O F T O B O Y IM
V a ta n n i se v m o q n i, y u r t o tasig a s a d o q a tn i
y a p o n l a r d a n o ‘r g a n is h k e ra k .
Maqsud SI I A YXZODA so 'zi.
K echadan beri lagerimizdagi yaponlar g ‘imirlab qolishdi.
Yettinchi barak oldida to ‘planishib, qandaydir jiddiy bir gapni
qizishib muhokama qilishardi. Yerosi Dyun degan yapon yigiti
rassomlik ustaxonamni supurib-sidirib yurardi. Dyunning
yurak o ‘ynog‘i kasali borligidan uni shaxtada ishlashga olib
chiqishmasdi. B a’zi-ba’zida, jahli chiqqan paytlarda yurak
kasali xuruj qilib qolardi. Boshliqlar uni menga bo‘yoq qorib
beradigan qilib qo‘yishgan edi. M en Dyundan, nima gap, tez-
tez to ‘planadigan bo‘lib qoldinglar, deb so‘radim.
- Tovarish Ahmed, yurtim izga ketadigan b o ‘lib qol-
d ik ,- d e d i u ichiga sig‘magan quvonchini yashirolmay.
Uni dil-dildan tabrikladim.
- Boshliqlar shunday deb aytishdimi? - deb so‘radim.
- Qayoqda! Ular bu xabam i bizdan ikki-uch kun keyin
eshitishadi.
Uning gapi rost edi. Umuman, qamoqxonalarda ko‘zga
ko‘rinmas, qo‘l bilan ushlab bo‘lmas «telegraf» ishlardi.
Moskvada,
hatto Siyosiy Byuroda mahbuslarga aloqador
biror gap bo‘lsa, o ‘sha kuniyoq jam iki lagerlarga yetib bo-
rardi.
Lager boshlig‘ining o ‘rinbosari kapitan Gusak, moy
b o ‘yoqda ishlab ber, deb onasining suratini tashlab ketgan
edi. Bugun tush paytida suratni olgani keldi. Undan yaponlar
yurtlariga ketadigan boMdimi, deb so ‘radim.
73
U hayron b o ‘ldi.
- Bunaqa gap y o ‘q. Bu mahbuslarning o ‘zlaridan chiqqan
galdagi «parasha» bo‘lsa kerak, - deb javob qildi.
«Parasha» - bu qam oqxona kam eralariga q o ‘yiladigan
hojat chelagi. Tarqaladigan har xil bo‘lar-bo‘lmas gaplami
shunday deb atashadi.
Baribir lager «telegrafi» aniq ishlardi. Biz Stalin o ‘lganini
boshliqlarim izdan ikki kun oldin eshitganmiz. Beriyaning
qam alganini, M olotov bilan Kaganovichning Siyosiy Byuro
tarkibidan chiqarilganini o ‘sha kuniyoq eshitgan edik.
Dyun ustaxonani shoshib-pishib y ig ‘ishtirardi-yu, yettin
chi barak oldida to ‘plangan hamyurtlari davrasiga chopardi.
Lagerimizdagi o ‘ttiz to ‘rt nafar yaponning hammasi o ‘sha
yerda. Bundan korxonada ishlaydigan Sudze degan yapon
yigit mustasno. Sudze ham yurtlariga qo‘shilmas, kirxona
zinasida boshini egib o ‘tirib, xayol surardi. Yaponlar Sudzeni
saflariga qo‘shishmasdi. U yaponlarga xos boMmagan baland
b o ‘yli, xuddi sirkdagi polvonlarga o ‘xshagan, muskullari
bo‘rtib chiqqan jud a baquvvat yigit edi. Boshqa yaponlar
lagerimizda Sudze deb atalgan yapon borligini bilmagandek,
unga e ’tibor berishmasdi. Sudze esa har tong hali quyosh
ko‘tarilmay kirxona tomida paydo bo‘lardi. Shaxtalardan
chiqarib tashlangan tog‘-tog‘ rudalar orqasidan quyosh
chiqquncha haykaldek qotib turar, yuziga oftob urilishi bilan
ikki q o ‘lini baland ko‘tarib, quyoshga nim alardir deb iltijolar
qilardi.
Dyunning quvonchi cheksiz edi. Bir gapirib o ‘n kulardi.
U o ‘n bir yildan beri begona mamlakat qam oqxonalarida
sarson-sargardon kezardi. Shu o ‘tgan o ‘n bir yil ona yurti,
tug‘ilgan diyori Yaponiya xayoli bilan yashaydi.
- Xayriyat, qonim yurtim ga to ‘kiladigan b o ‘l d i ,- d e d i u
allaqanday quvonch bilan.
- Jinni bo‘ldingmi, yurtim ga qaytay, uylanib, bola-
chaqali b o ‘lay, boshqalardek bearm on yashab yuray deb
niyat qilmaysanmi, ahmoq! - dedim unga.
Dyun boshini tebratdi.
74
- Tovarish Ahmed, - dedi u ruscha bilishini namoyish
qilayotgandek g ‘urur bilan, - bilasanmi, men samurayman.
Samuraylar dushm anga tirik asir tushmasligi kerak. Asir
tushish xavfi tug ‘ilgandayoq o ‘zini xarakiri qilishi shart.
Ya’ni, o‘zini o ‘zi chavaqlab o ‘ldirishi kerak. Men xarakiri
qilishga ulgurm aganm an- Vatanimdan qon qarzdorman.
M en Dyunni doimo yuzi kulib turadigan, bolalardek
b eg ‘ubor, uncha-m uncha hazillam i k o ‘ngliga olmaydigan,
musichadek beozor odam deb o ‘ylardim. Ichida shuncha gap
borligini, yuragini qonli armon o ‘rtayotganini bilmasdim.
Yerosi Dyun ko‘z oldimda yuksalib, o ‘n bir yil Vatanidan
olisda, cho‘llarda, o ‘rm onlarda sarson-sargardon kezib,
Yaponiyaning buyuk muhabbatini dilida ardoqlab kelgan,
har kuni bittadan quyosh tug‘adigan Vatani oldidagi burchini,
bir daqiqa b o ‘lsin, unutmagan beqiyos insonga aylangan edi.
Dyunning losiro degan hamyurti b a’zan ustaxonaga kelib
uzoq gaplashib o ‘tirardi. Rus askarlari uni asirlikka olgan
paytda hali tili chiqmagan egizak qizaloqlari boTgan. U
qizlarim katta b o ‘lib qolgandir, tirikmikan, deb y ig ’lardi.
Yaponlarga munosabat o ‘zgarib qoldi. Ulami ishga olib
chiqmay q o ‘yishdi, hatto alohida ovqat pishirib beradigan
boMishdi. A m m o Dyun qadrdonligim iz uchun hamon usta-
xonada ishlab yuribdi. Yaponlami boshqa, kichikroq barakka
o ‘tkazishdi. Kechqurun zang chalinganda baraklarga m ah
buslar sanab kiritilgandan keyin ustidan qulflab q o ‘yishadi.
Yaponlaming baragi qulflanmaydigan b o ‘ldi.
Bu ishlam ing Sudzega aloqasi y o ‘qdek edi. U hamon
kirxonada ishlar, zinapoyada o ‘tirib, o ‘y o ‘ylardi. Alohida
pishirilgan ovqat unga berilmasdi.
N egadir o ‘sha paytlarda lagerda choy o ‘m iga kofe beri
shardi. Hatto oshxona yonidagi bostirm ada qop-qop kofe
qalashib yotardi. Kofe jonim izga tegib, bir qultum qora
choyga zor bo‘lgandik. Shahardan gazeta olib kelishga
borganim da magazindan bir quti gruzin choyi sotib olgandim.
Dyun tunuka choynakka achchiqqina qilib dam lab keldi.
Hovlida skameykada o ’tirib, choyxo‘rlik qilmoqchi b o ‘ldik.
75
M ahbuslar uyquda. Faqat Vatan sog‘inchi uyqu bermagan
yaponlar to ‘da-to‘da b o ‘lib, oy nuriga g ‘arq boMgan lager
sahnida jim gina aylanib yurishibdi.
D yun bilan ikkim iz u yoq-bu yoqdan gaplashib,
choy ichib o ‘tirardik. B izning bu su hb atlarim iz ham
g ‘anim atdek edi. U V ataniga ketadi. A lbatta, bundan
keyin u bilan d iy do r k o ‘risholm aym iz. H ar qalay, besh-
olti yillik qadrdonlik bir-birim izga yaqin qilib q o ‘ygandi.
Ana shu sokin oydin kechada Dyundan so‘radim:
- M enga qara, Dyun, nega Sudzeni yom on k o ‘rasizlar?
Nega uni davraga qo‘shmaysizlar?
Yerosi Dyun indamadi. Oy nuriga ters o ‘tirgani uchun
uning yuzida, ko‘zida qandoq ifoda aks etayotganini bil-
masdim. S o‘rog‘imga javob berish niyati yo‘qqa o ‘xshardi.
U uzoq o ‘ylab o ‘tirgandan keyin:
- Yana bitta choy dam lab kelaymi, bunisi sovib qop-
t i , - dedi.
- Yo‘q, - d e d im ,- gapimga javob ber.
Yerosi o‘m idan turib u yoq-bu yoqqa yurdi. Keyin joyiga
kelib o ‘tirdi-da, gapira boshladi:
- Buni tushuntirish qiyin. Yaponiyani, yaponni, urf-
odatlarimizni bilmagan odam ga buni tushuntirish qiyin.
M ana, endi ajralishib ketadigan paytim iz keldi. Bu Dyun
kim edi. Sudze kim edi, degan jum boq ko‘nglingda qolib
ketmasligi uchun aytaman. Sen bir marta meni haqorat
qilganing haligacha dilimni o ‘rtaydi.
Uni nim a deb haqorat qilganimni eslay olmadim.
- Ayt, agar shunday qilgan boMsam, sendan astoydil uzr
so‘rayman.
- Yapon ayollari buzuq boMadi, degansan. Shunda
alamimni ichimga yutib, javob bermaganman. 0 ‘shanda
yapon portlarida geyshalar m atroslam i y o ‘ldan uradi,
deganding. E-e,
oshnam, bu gaping mutlaqo noto‘g ‘ri.
Bunaqa gap uchun seni o ‘ldirishim kerak edi. Unday qilma-
ganman.
76
To‘g ‘ri, shunday gap b o ‘lgan edi. 0 ‘shanda Dyunning
tishlari g ‘ichirlab ketgan, qoshlari chimirilib, xuddi hamlaga
tayyor turgan sherga o ‘xshash bir ahvolga tushgan edi. Lekin
indamay o ‘m idan turib, barakka" kirib ketgandi. Uch kun
yurak xuruji tutib, ustaxonaga kelm ay qo‘ygandi.
- Tovarish Ahmed, boya aytdim-ku, Yaponiyaga borma-
gan odam yaponlar to ‘gbrisida aniq bir gap aytolmaydi. Ekilgan
har bir tup daraxt, y o ‘lga yotqizilgan har bitta tosh, qurilgan
har bitta imorat Yaponiya manfaati uchun xizmat qilishi kerak.
Har bir qimirlagan jonda, odam laming muomalasida, yurish-
turishida Yaponiya manfaati yashaydi. Sen o ‘sha buzuq deb
atagan geyshalar Yaponiyaning porloq kelajagi uchun xizmat
qiladigan buyuk vatanparvar ayollardir...
- Shoshma, Dyun, bunaqa balandparvoz gaplam i q o ‘y.
Sal pastroq tushib gapir.
- X o ‘p ,- d e d i u ,-m a y li, qizishmay gapira qolay. G ey
shalar sen o ‘ylaganchalik axloqsiz ayollar emas. Nihoyatda
nazokatli, yoqimtoy, bilim don ayollardir. Ular maxsus
maktablarda ta’lim olgan, suhbati shirin, yapon q o ‘shiqlarini
xonish qiladigan, qadim zam onlardan bizga yetib kelgan
ajoyib raqslam i m ahorat bilan ijro qiladigan, tarix haqida
gapirganda tinglovchiga o ‘tmishni tiriltirib beradigan, tengsiz
pazanda, tabobat sirlaridan ogoh va shu bilan birga beqiyos
go‘zal ayollardir. Ular suhbatidan bir marta bahramand
boMgan xorijliklar bir um r bu shirin onlam i unuta olmaydilar.
Yerosi Dyun sovib qolgan choydan xo‘pladi. Bir oz tin
olib, gapini davom ettirdi:
- A na endi Sudze to ‘g ‘risida gapiray. Yo‘lda yotgan
kichkinagina tosh yoki bir qarashda nazarga tushm aydigan
biror ro ‘z g ‘or buyum i to ‘g ‘risida gapirish uchun, avvalo,
butun Yaponiya to ‘g ‘risida gapirish kerak. B izda ham ma
narsa bir-biri bilan uzviy b o g ‘liq, ularda butun Yaponiya
yashirinib
yotadi.
Sudze
to ‘g ‘risida
gapirish
uchun
shuncha gaplam i aytdim . Shunday qilm asam , hech narsani
77
tushunm asding, tovarish Ahmed. Sudzeni geysha tuqqan
deyishardi, u otasini ko‘rm agan. Portim izga Portugaliyadan
yuk k o ‘p kelardi. Baland b o ‘yli, baquvvat m atroslar
kem adan ruda tushirishardi. Sudzening ch o ‘yandan quyil-
gandek baquvvat gavdasi xuddi ana o ‘shalarga o ‘xshab
ketadi. E ’tibor berganm isan, Sudzening qoshlari burgutning
qanotiga o ‘xshaydi. Bunaqa qoshli dengizchilarni Portu-
galiya kem alarida ko‘rganman.
Sudze m axsus enagalar, m axsus tarbiyachilar, bilim don
o ‘qituvchilar tarbiyasida, im perator ard o g ‘ida voyaga yet-
di. Eng yaxshi kiyim larni kiydi. Eng lazzatli taom larni
yedi. Chunki u kam ikadzelikka qabul qilingan yedi. Kami-
k a d z e - b u « o ‘q odam » degani. M am lakat x a v f ostida
qolgan paytlarda kam ikadzelar bir kishi sig ‘adigan va
dahshatli bom ba jo ylangan sam olyotda dushm an istehkom i
tom on uchiriladi. Sam olyotga faqat uchib borishgagina
yetadigan yo nilg ‘i quyiladi. A gar uchuvchi q o ‘rqoqlik
qilib ortga qaytm oqchi b o ‘lsa, qaytishga y o n ilg ‘i y o ‘q.
K am ikadze dushm anning qu rol-yarog 6 om boriga urilib,
o ‘zi ham portlab ketishi shart. A m m o Sudze s o ‘nggi
burchini ado etishdan bosh tortdi. Q o ‘rqoqlik qildi. Bila-
sanmi, tovarish A hm ed, kam ikadze burchini o ‘tam asa, uni
urm aydilar, so ‘km aydilar, sud qilm aydilar. B o‘yniga xuddi
R iksha aravasining g ‘ildiragidek qulf-kalitli g ‘ildirak
kiydirib q o ‘y adilar ( R ik s h a - b u xachir yoki eshak o ‘rniga
odam q o ‘shiladigan aravacha). B o ‘yniga g ‘ildirak osilgan
odam ga hech kim suv berm aydi, ovqat berm aydi. Yerdan
biror nim a topib yey desa, yo ariqdan suv olib ichay desa,
q o ‘li yetm aydi. Yotay desa, g ‘ildirakka b o ‘ynidan osilib
qolib, nafas ololm aydi. Biror uyga kiray desa, eshikka
sig ‘maydi. U faqat ariqqa tizzalab o ‘tirib, g ‘ildirak chetini
q irg ‘oqqa ilintirib dam oladi. Bu g ‘ildirak faqat u o ‘lgandan
keyingina b o ‘ynidan olinadi.
Sudzening onasi Maniko xonim o ‘g ‘lining xoinligidan
nomus qilib, ko‘chaga chiqolmay, odam larga q o ‘shilolmay
qoldi. Bu orada Sudze ikki marta uyiga keldi. Kirolmadi.
78
Eshikka g ‘ildirak sig‘madi. O zib-to‘zib, soch-soqoli o ‘sib
ketgan bolasining ayanchli ahvolini M aniko xonim bolo-
xonada yig‘lab kuzatib turardi. U bolasining oldiga chiqmadi,
bo‘yniga osilib yupatmadi. Sudze endi unga suyukli farzand
emas, um um xalq la’natiga uchragan jirkanch bir kim sa edi.
Oradan biron oy o ‘tib, M aniko xonim chodraga o ‘ralib,
ibodatxonaga boradi. M uqaddas Budda poyiga qo‘yilgan
tilla barkashga ro ‘m olchaga tugib kelgan oltin-javohirlam i,
qim m atbaho toshlar bilan bezatilgan zirag-u bilakuzuklarini,
jam iki taqinchoqlarini jaranglatib to ‘kadi. Tiz cho‘kib,
Buddaga tavba-tazarrular qiladi. A sta o ‘m idan turib, ichka-
riga kirib ketadi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida Parijda b o ‘lib o ‘tgan
«G o‘zallar tanlovi»da M aniko xonim birinchi o ‘rinni egallab,
toj kiygan edi. Fransuzlar uni «Oftob oyim» deb atashgandi.
Hatto bir gazeta «Bugun quyosh Parij ufqidan ko‘tarildi»
deb yozgandi.
Tengsiz go‘zal, benihoya dono, butun Yaponiyaning
faxri boTishga arziydigan bir m a la k - Oftob oyim rohibalar
libosini kiydi, rohat-farog‘atdan kechib, m onastirda qoldi.
Sudzening ahvoli o g ‘ir edi. U o i i b o ‘lolmasdi, tirik
qolishning aslo iloji y o ‘q edi. U samolyotda uchib borib,
dushm an istehkom iga urilib, portlab ketm aganiga ming-
m ing pushaym onlar yerdi. Oxiri u o ‘zini dengizga tashlab
cho‘kib o ‘lishga qaror qildi. Dengiz shovullar, toNqinlari
qirg‘oqqa sapchib, Sudzening tizzalariga urilardi. Dengizning
qirgboqqa yaqin jo y lari sayoz edi. U asta-sekin suvda kechib
boraveradi. Suv tizzasidan kelardi. Keyin beliga chiqadi...
Yopirilib kelgan to ‘lqin uni orqaga siltab, yana qirg‘oqqa
uloqtirib tashlam oqchi bo‘ladi. To‘lqin orqaga qaytishda uni
dengiz ichkarisiga sudrab ketdi.
Sudze yerda yurganda bunchalik azobni k o ‘rmagandi. U
tik holatda quloch otib suzolmasdi. G ‘ildirak esa uni cho‘kib
ketishga qo‘ymasdi. Faqat b o ‘ynidangina g ‘ildirakka osilib
turardi. ToNqin uni hali u yoqqa, hali bu yoqqa uloqtirar.
79
har uloqtirganda b o ‘yni uzilib ketadiganga o ‘xshardi. Uning
bu ahvolini olisroqdan kuzatib turgan odam, kim ningdir
kallasini uzib g ‘ildirak o ‘rtasiga qo‘yishibdi, deb o ‘ylashi
mumkin edi.
Bir hafta taom yemaganidan Sudze kuchdan, darmondan
qolgan edi. Oxiri u hushidan ketdi. Uni rus dengizchilari
katerga chiqarib olganlarini bilmadi. M atroslar g ‘ildirakni
arralab, b o ‘ynidan olib tashlashdi. Uning o ‘zi esa ikki
kundan keyin hushiga keldi...
Dyun uzoq gapirdi. Baxtsiz, sho‘rpeshona m ahbuslar
dunyoning jam i tashvishlarini unutib, barq urib uxlayotgan
oromli saraton tunida Dyun bilan ikkimiz hech bir mamlakatga
o ‘xshamagan buyuk Yaponiya to ‘g ‘risida dum -dum aloq oy
ruda uyumlari orqasiga botib ketguncha gaplashib o ‘tirdik.
Dyun vatani to ‘g ‘risida gapirmas, g o ‘yo qo‘shiq kuy-
layotgan, goh zavq-shavq bilan, goh faryod urib doston
o ‘qiyotgandek edi.
Kunchiqar tom onda ufq oqarib qoldi. M ana shu oppoq
ufq asta b o ‘zara boshlaganda Sudze tomga chiqadi.
BoMdi endi, Dyun, borib yot. Jindek uxlab ol. B o‘lmasa,
yuraging yana xuruj qiladi.
Dyun bosh chayqadi.
- Uxlayolmayman, yurtim ga tezroq ketgim kelyapti.
Beriya otilgandan keyin «Troyka» qarori bilan qa-
m alganlam ing b a’zilariga zonadan tashqariga chiqib ishlash-
ga ruxsat berilgan edi. Shunday imtiyoz menga ham berilgan.
Bugun ertalab b o ‘yoq olish uchun shaharga ketgan edim.
Qaytib zonaga kirsam, darvoza oldida yaponlar to ‘planib
turishibdi. Dyun yugurib oldimga keldi.
- Tovarish Ahmed, qayoqlarda yuribsan? Bizni bugun
olib ketisharmish. K o‘risholm ay qolamiz deb, tashvishlanib
turgandim.
Atrofga qarayman. Hamma yapon mahbuslari shu yerda.
Faqat Sudze yo‘q. U tom da oftob nuriga belanib, kunchiqar
tom onga qarab turibdi.
80
Shtabdan kelgan m ayor Kuzin ro‘yxatni o ‘qiy boshladi.
Nomi o ‘qilgan mahbus darvoza tom onga yurishi kerak. 0 ‘n
bir yil tutqunlikda yashagan yaponlar shu topda ozodlik deb
atalgan buyuk bir olam ga qadam bosa boshladilar. Nihoyat,
ro‘yxatdan Dyunning nomi o ‘qildi.
- X ayr endi, tovarish Ahmed. O g‘ir kunlarimda ham-
dard bo4ganing uchun, topgan bir burda noningni men bilan
baham ko‘rganing uchun, g ‘am -anduhga botgan damlarimga
sherik b o ‘lganing uchun rahmat. Endi ko‘risholmaymiz,
xayr, omon b o ‘l!
U ko‘zda shashqator yosh bilan darvoza tomon ketdi.
R o‘yxatdan Sudzening nomi chiqmadi. U kirxona tomida
turib, yuz-ko‘zlarida quvonch porlagan ham yurtlariga alam
bilan qarab turardi.
Shtab oldiga kelib to ‘xtagan «ZIS-101» mashinasidan
qora frak kiygan savlatli bir yapon tushdi. U Yaponiya
elchixonasining xodimi edi. U ozodlikka chiqqan yaponlar
bilan bir-bir q o ‘l
olishib ko‘rishdi. N im alardir dedi.
Yaponlar qarsak chalib, qiyqirib yuborishdi. Ular yig‘lab,
bir-birlarini tabriklashardi. Shu payt shem ing o ‘kirishiga
o ‘xshash bir ovoz ulam i Sudze tik turgan kirxona tomiga
qaratdi. M ahbuslikda o ‘n yildan ortiq ovoz chiqarmay zabun
yashagan Sudze ichida yig‘ilib qolgan ham ma tovushlarini
jam lab chiqarayotgandek edi.
- K unchiqar Vatanim,
mening Yaponiyam!
Kechir,
burchini o^olm agan badbaxt o ‘g ‘lingni kechir! Kechir!..
Uning q o ‘lidagi dudam a pichoq oftob tig‘ida chaqnab
ketdi. U pichoqni yalang‘och tanasining chap biqiniga zarb
bilan urib, o ‘ng biqini tomon tortdi. U o g ‘riqni ham unutib,
ikki oyog‘i oralig‘ida osilib qolgan ichak-chavoqlariga ham
parvo qilmay, hamon hirqirab qichqirardi:
- Japan! Japan! Mening Vatanim Japan!
U shunday deya turib, tunuka tom qirg‘o g ‘iga yiqildi.
0 ‘zining qoni halqob bo‘lib qolgan tom qirg‘og‘ida belidan
osilib yotardi. U bir muddat tipirchilab turgandan ke-
6 — 5.
Do'stlaringiz bilan baham: |