A h m a d
81
yin sirpanib, yerga gursillab tushdi. Tam ovdan oqayotgan
qaynoq qon endi uning ustiga sharillab quyilardi.
Bu mudhish manzaradan badanlarim muzlab ketgandek
bo‘ldi. Uni kuzatib turgan yaponlar yuzlarini ters o ‘gi-
rishmadi. Har qalay Sudze sobiq b o ‘lsa hamki yapon edi. U
umrining so ‘nggi daqiqasida yaponligini isbot qildi. U yapon
bo‘lib olamdan o ‘tdi. Japan, Japan, deb jo n berdi.
Zonadan chiqqanimda yaponlar avtobus oldida to ‘planib
turardilar. Dyun olazarak b o ‘lib meni kutayotgan edi.
- Tovarish Ahmed, suratga tushaylik.
U shunday deb bo‘yniga ikkita apparat osgan yapon
fotomuxbirini boshlab
keldi.
Dyun,
losiro
uchovimiz
yelkalarimizga q o ‘l tashlab suratga tushdik. Boshqalar
allaqachon avtobusga chiqib boMgan. Ammo Dyun shoshil-
masdi. Meni b ag ‘ridan q o ‘yib yuborgisi kelmasdi. Hiqillab
yigMardi.
Avtobus ikki marta signal bergandan keyingina meni
bag‘ridan qo‘yib yubordi. U avtobusga chiqqandan keyin
ham derazadan qoM chiqarib, kaftlarini o ‘pib silkitardi.
U ketdi. Hijron azoblaridan, xo‘rliklardan qutulib yurtiga
ketdi.
Oradan oylar o ‘tdi. Biz yashayotgan qam oq-lagerga yuz
minglab baxtiqaro m ahbuslar kelib ketgan. Bu mustahkam
devorlar, tikanli simlar g o ‘yo hech narsani ko‘rmayotgandek
gung-soqov edi. Biroq o ‘n yilning nari-berisida kelib-
ketgan yapon mahbuslarini hech kim unutmasdi. Ulam ing
ahilligidan, odobidan, sezgir-u topag‘onligidan, bir ish qilsa,
astoydil m ehr bilan qilishidan gapirishardi. Ayniqsa, Dyunni
k o ‘p gapirardik. Uning «L» ni «R» deb talaffuz qilishini
eslardik. U «lager»ni «Rager», litvalik rassom Alikni «Rito-
ves Arik» deyishini eslab kulishardik.
Bir shum xabar ko‘nglimizni vayron qilib yubordi. Olib
ketilgan yaponlam ing hammasini Imperatorning maxsus
buyrugM bilan Vatan xoinlari sifatida dengizga cho‘ktirib
yuborishgan emish. Bu sovuq xabarga birov ishondi, birov
«parasha» deb q o ‘ya qoldi.
82
0 ‘sha voqealarning b o ‘lib o ‘tganiga roppa-rosa ellik yil
b o ‘ldi. Yaqinda taqdir taqozosi bilan, to ‘g ‘rirog‘i, «K elinlar
q o ‘zg ‘oloni» bahonasida olis A m e rik a g a -A tla n tik a okea-
nining nariyogNga borish m anglayim ga bitilgan ekan, bor-
dim. Nyu-Yorkda orzu qilib yetib b o ‘lmas jo y lam i k o ‘rdim.
M ashhur afsonaviy Brodvey shohko‘chasini, A m erikaning
tim soli b o ‘lib qolgan O zodlik haykalini k o ‘rm oq nasib qildi.
Ayniqsa, BM T qarorgohi oldida hilpirab turgan bayroqlar
qatorida 0 ‘zbekiston b ayrog‘ini k o ‘rganim da, m ijjalarim ga
yosh qalqib chiqqanini sezm ay qoldim.
0 ‘zbekiston elchixonasi xodimlari, atayin Vashingtonga
kelib muzeyni k o ‘rmay ketsangiz, keyin afsuslanib yurasiz,
m ashhur Vashington muzeyida buyuk bobom iz Alisher
N avoiyning o ‘z q o ‘li bilan yozgan ikkita g ‘azali bor. Albatta,
borib ko‘ring deb, maslahat berishdi. 0 ‘sha kuniyoq bordim.
A fsuslar b o ‘lsinki, m uzeyning Q o ‘lyozm alar b o ‘limi berk.
M axsus m utaxassislar q o ‘lyozm alar holatini o ‘rganayotgan
ekan. Afsus-nadom atlar bilan qaytib chiqdim. Muzeyda
k o ‘rsa arziydigan millionlab eksponatlar bor. 0 ‘shalam i k o ‘-
rib q o ‘ya qolsam ham bo‘lardi. Ammo, ochig‘ini aytsam,
daho shoirim izning q o ‘lyozmasi oldida muqaddas K a’ba
toshini tavob etgandek buyuk e ’tiqod bilan bosh egib
turmoqchi edim. Niyatimga yetolmadim.
Boya shofyor bu yerda kam ida ikki soat b o ‘lasiz, sho-
shilm ay ko‘ravering, men bir yarim soatlarda kelaman,
degandi. Qayoqqa borishim ni bilmay, muzey hovlisidagi
gulzor yoqasiga q o ‘yilgan skameykaga omonatgina o ‘tirdim.
Ertaga A merika safarim poyoniga yetadi. Vashingtondan
m ashinada to ‘rt yuz kilom etr y o ‘l bosib Nyu-Yorkdagi
Kennedi nomidagi aeroportga borishim kerak. U yog‘i Tosh-
kentgacha o ‘n besh yarim soat okean ustidan uchib o ‘taman.
Elchixonaga borib safar tadorigini ko‘rishim kerak. Aksiga
olib, shofyor ham bir yarim soatdan keyin keladi. Uni
kutishdan boshqa ilojim y o ‘q edi.
Skameykaning narigi boshida o ‘tirgan, yoshini aniqlab
bo4m aydigan bir yapon qariyasi menga qarab hadeb iljayadi.
83
K o‘zini oladi, yana qaraydi, iljayadi. Hayron bo‘ldim, nega
u bunaqa qilyapti. U surilib yonim ga keldi.
- Viy, tovarish A h m e d ? !-d e b so ‘radi chala-chulpa rus
tilida.
Hayron b o ‘ldim.
Dunyoning narigi burchida meni
taniydigan odam bor ekan, deb o ‘yladim.
- Rutfirro p o m n iti? - dedi u kulib.
Biz lagerda Dyun Yerosini «Rutfirro» deb atardik. Men
Dyunga uchinchi barakdagi muqovachi Lutfulloni chaqirib
kel, deb iltimos qilganim da u muqovachini topolmay, Rut
firro y o ‘q ekan, deb javob qilgan edi. Ana shundan keyin
b a’zilar uni Rutfirro deb ataydigan boMishgandi. Buni
notanish chol qayoqdan biladi ekan deb hayron bo‘ldim.
- Tovarish Ahmed, bundan roppa-rosa qirq besh yil
oldin, siz bilan qam oq-lagerda birga boTganmiz.
Esladim. Bu - Dyunning eng yaqin d o ‘sti losiro edi.
Ammo lagerdan b o ‘shab ketgan yaponlam i Imperatorning
maxsus buyrugN bilan dengizga cho‘ktirib yuborishgan deb
eshitgan edim...
U tizzam ga qoTini q o ‘yib, Dyunni eslaysizmi, deb yana
so ‘radi.
- Bu ajoyib, olijanob insonni unutib bo‘ladimi? - dedim
afsuslanib.
U paytda losiro o ‘ttiz yoshlarda edi.
U uylangan paytlarini, qaylig‘i bilan ikki marta Kabuki
teatriga borganini, mashhur aktyorlar ijro etgan rollami xuddi
tushida ko‘rgan voqealami aytib berayotgandek gapirardi. Ayt-
gancha, uning egizak qizlari bor edi.
- Qizlaringiz bilan, xotiningiz bilan diydor ko‘rish-
d in g izm i?- deb so‘radim.
- Bitta qizimni topdim. Xotinim bilan bir qizim atom
nurlanishidan halok boTishgan ekan.
U hassasining uchi bilan yer chizib, uzoq turib qoldi.
- Men sizni ko‘p eslayman. Esingizdami, ketar chog‘i-
m izda Dyun, siz uchovim iz suratga tushgan edik. 0 ‘sha
84
suratni qora kunlarimizdan xotira deb saqlayman. Qizim shu
m uzeyning Yapon b o ‘limida ilmiy ish qilyapti. Kuyovim
diplomat. Elchixonada ishlaydi. Q izim ning ketidan bu
yoqlarga kelib qolganman. Ikki nevaram bilan ovunib
yuraman...
Uning gapini b o id im :
- Sizlam i dengizga ch o ‘ktirib yuborishgan, deb eshitgan
edim...
- Yolg‘on gap. Bu «parasha» gap. H amm amiz sog‘-omon
yurtim izga yetib borganmiz!
- Dyun omonm i? Bola-chaqali bo‘lib k e tg a n d ir? -d e b
so‘radim undan yaxshi bir gap eshitish ilinjida.
- D yun
endi
y o ‘q , - d e d i
losiro
hasrat-nadom at
b ila n .- K e m a d a
k etayotganim izda
D yunning
yuragi
ikki m arta xuruj qildi. V rachlar arang saqlab qolishdi.
K em am iz q irg ‘oqqa yetib borganda bizni kutib olish
uchun N egate portiga chiqqanlarning son -sano g‘i y o ‘q edi.
0 ‘zin giz bilasiz, D yunning hech kim i y o ‘q, yetim xonada
o ‘sgan. U kem adan tushib, hech narsaga qaram ay, q irg ‘oq
b o lylab, toMqinlar yuvaverib billurdek sh affo f qilib
q o ‘ygan qum lam i to ‘piq b o ‘yi bosib, ancha nari ketdi.
K urtkasini yechib, uloqtirdi. B ukchayib o ‘tirdi-da, sh o ‘r
qum ni o ‘pa boshladi. U bir bukchayganicha boshini,
qaddini k o ‘tarm adi. ToMqinlar uning ustidan sapchib,
ikki-uch m etr o ‘tib ketdi. D yunning gavdasi toMqin ostida
k o ‘rinm ay ketdi. ToMqin orqaga qaytdi. D yun tom onga
yugurdim . Yetib borgunim cha, uni yana ikki m arta toMqin
bosdi. Uni qoMtigMdan koM armoqchi boMgandim, eplol-
m adim . Dyun qadrdon yurtining billur q irg ‘ogMni o ‘pib,
jo n taslim qilgan edi. Labidan oqayotgan qonni qum shi-
m ib ketayotgandi.
M endan narida gullab turgan sakura tagida qora chodirga
o ‘ralib, bir rohiba odam larga javdirab qarar, yum-yum yosh
to ‘kardi.
U bir vaqtlar parijliklar husniga m ahliyo boMib,
O ftob oyim deb atagan tengsiz g o ‘zal M aniko xonim ga
85
endi o ‘xsham asdi. K o ‘zlaridan nur qochgan, archilgan
shaftolidek pushti yuzlarini rang tark qilgan, farzand d o g ‘i
uni g ‘ijimlab tashlagan, afv qilinganlar orasida m ening
bolam ham borm ikin, degan o ‘yda kelganga o ‘xshardi.
U ning oldiga borolm adim , Dyun bilan ovora edim.
Dyunni o ‘z qo‘lim bilan qabrga q o ‘ydim. Qabri boshiga
bir tup sakura k o ‘chatini ekib qo‘ydim. To bu tomonlarga
kelgunicha har bahor uning qabri boshiga borib uzoq
o ‘tirardim. Sakura gullari to ‘kilib, pushti rangga o ‘ralgan
qabr poyiga tiz cho‘kib, birga kechirgan kunlarim izni ko‘z
oldim ga keltiraman.
Men esam, lagerda Dyun bilan so‘nggi uchrashuvimni
eslayman. 0 ‘shanda oy dum-dumaloq, oppoq edi. 0 ‘shanda
Dyun Vatanimdan bir tomchi qon qarzdorman degandi. Shu
gapi uchun uni qattiq so‘kkan edim. Qarang-a! U niyatiga
yctibdi.
- Tovarish Ahmed, hozir kuyovim ga telefon qilaman.
Q amoqdan b o ‘shaganim izda Dyun bilan uchovim iz tushgan
suratni olib keladi.
losiro yonidan uyali tclefonni olib, kuyovi bilan gaplashdi.
...Odam bolasi tu g‘ilgan yurtiga o ‘xshaydim i? Bilmadim,
men negadir shunaqa deb o ‘ylayman. Dyunning suratiga
qarayman. U menga har kuni bitta oftob tu g‘adigan
Yaponiyaga o ‘xshab k o ‘rinadi. Unga qaraganim da buyuk
Yaponiyani ko‘rib turganga o ‘xshayman.
Bodroqdek g ‘uj-g‘uj gullagan sakura soyasida Dyun orom
uyqusida yotibdi. Dengiz tom ondan shamol esganda Sakura
gullari duv to ‘kiladi. G o‘yo qabr ustiga pushti ko‘rpa yopib
ketgandek boTadi. Dyun okean dovullarining dolg‘ali
tovushlarini, chag‘alaylarning qiyqiriqlarini eshitib yotibdi.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan-da...
Do'stlaringiz bilan baham: |