Siyna qishlog'i, 1965-yil, noyabr
YALPIZ HIDI
Kupe eshigini ochishim bilan o g ‘ziga so‘rg‘ich kiygizil-
gan sut to ‘la shishani kaftlari orasiga olib isitib o ‘tirgan
xotinni ko‘rdim-u, nim a qilishimni bilmay, turib qoldim.
Xotin ham avval esankirab, keyin mayingina kulib
qo‘ydi. Uning bu xil, har qanday erkak qonini ko‘pirtiradigan
shayton kulgisini ilgari ham bir ko‘rgan edim. Tanimdan
son-sanoqsiz chumoli o ‘rmalagandek, g ‘alati seskanish bilan
chamadonchamni o‘rindiqqa qo‘ydim-u, yana xotinga qaradim.
Uning tizzasida yo‘rgaklangan bola. Poyezd g ‘ildiragining
tovushiga quloq solib, nim alam idir o ‘ylayotganga o ‘xshardi.
U menga qaramay, q o ‘lidagi sut to‘la shishani stolchaga
qo‘ydi-da, bolani tizzasidan olib, yoniga avaylab yotqizdi.
Hamma yoqni yalpiz hidi tutib ketdi.
U yoq-bu yoqqa qaradim. Darhaqiqat, stolchada bir dasta
cho‘l yalpizi yotardi. N im a qilishimni, nim a deyishimni
bilmayman. Xotin ham betimga qarayolmaydi. Nazarimda,
bu xotinning butun vujudi sirga, k o ‘zlari sehrga to ‘la edi.
... M en u bilan bum og‘i yili saraton kunlarining birida
avtobusda uchrashgan edim. Buvaydadan avtobusga chiqqa-
194
nim da yonim da bir juvon o ‘tirardi. Sal y o i yurishim iz bilan
issiqqina nafas b o ‘ynim ga urilgandek b o id i. Yo‘q, nafas
em as, atirgulning b ag ‘ridan chiqadigan allaqanday beg‘ubor
hid edi u. Qarasam , yonim da o iirg a n xotin yelkam ga boshini
q o ‘yib, uxlab qopti. Q o iid a g i shohi tugunchasi o y o g im
tagiga tushibdi. Bir q o iim n i arang cho‘zib, tugunchani
yerdan oldim-u, uni uyg‘otib yubormaslik uchun qimirlamay
oiirav erdim . Avtobus bir silkindi. Xotinning boshi sirg‘alib
k o ‘kragim ga tushdi. O iim g a ilinmay qolgan soch tolalari
to m o g im tagiga kelib qoldi. Shunda d im o g im g a yalpiz
isi urildi. X otinning q u lo g id a s o iib qolgan yalpiz shoxini
k o ‘rib qoldim.
Ko‘pchilik o ‘rtasida begona ayol k o ‘kragim ga bosh
q o ‘yib yotishidan xijolat tortib, uni uyg‘otmoqchi b o ‘ldim.
Sekin pichirladim:
- K o‘zingizni oching, yaxshi emas.
Xotin k o ‘zini ochm adi, ingradi. Ichidan alamli bir nido
chiqqandek b o ‘ldi. Baxm aldek yumshoq lablari arang
qim irladi-yu, suv, deya oldi, xolos.
Endi bildim. Xotin behush b o iib qolgan ekan. Orqamda
o iirg a n chol dashnom berdi:
- Uka, kelinni pastga olib lushing, ko‘ngli behuzur
b o ia y o tg an g a o ‘xshaydi.
Uylanm agan bo‘ydoq edim. Bu gap q u lo g im g a ham g ‘a-
lati, ham allaqanday xush yoqadigan b o iib eshitildi.
Bu gap yon-verim dagilam ing q u lo g ig a yetib, birpasda
avtobus shivir-shivir b o iib qoldi. Kimdir tez ketayotgan
avtobusda chayqala-chayqala oldinga intildi-yu, engashib
shofyorga nim adir dedi. Avtobus to ‘xtadi.
- Uka, kelinni issiq kunda qiynab qo‘yibsiz. Pastga
tushib, suv b o ‘yida picha dam olib oiiring lar. Keyingi avto
busda yetib olarsizlar.
Nima b o iay otgan in i
bilmasdim.
Hamm aning
ko‘zi
menda. Beixtiyor xotinni suyab pastga olib tusharkanman,
q u lo g im g a bir gap chalinib qoldi:
195
- Erining bedavoligini qarang, o ‘zi oydekkina ekan, dardi
borga o ‘xshaydi. Er o ‘lgur muncha lapashang boMmasa.
Hamma yog‘imdan ter chiqib ketdi. Bu mening xotinim
emas, sizlarga o ‘xshagan oddiy y o ‘lovchiman, deb baqirib
yuborgim keldi. Ammo yelkam ga osilgan nozik q o ‘llar
bunga monelik qilayotgandek indayolmasdim.
Avtobus meni mutlaqo notanish, lekiniga qaraganning
ko‘zini kuydiradigan husni bir jahon ayol bilan y o ‘lga
tashlab ketdi.
Saraton osmondan olov purkab turibdi. U chko‘prik
y o iid a g i tollami bilasiz. Oxiri ko‘rinm aydigan asfalt yo‘l
xuddi poyoni y o ‘q soyabon aravaga o ‘xshaydi. Havoning
namligidan tol barglari ham qim irlamasdi. BelbogNmni
yechib, ariq bo‘yidagi chim ustiga yozdim-u, uni o ‘tqazdim.
Xotin eshitilar-eshitilmas dedi:
- Nafas ololmayotibman. Shabadaroq joyga olib boring.
Bu tashvishni o ‘zim ga qayoqdan orttirdim dedim-u, malol
kelgandek, uning oppoq bilaklaridan ushlab turg‘izdim-da,
bir qo‘limni belidan o ‘tkazib (boshqa ilojim ham y o ‘q edi),
suv yoqalab olib ketdim.
A trof jim jit. Na qush uchadi, na odam o ‘tardi. B o‘y
baravar qam ishlar qilt etmaydi. Yalanglikroq joyga kelib
to ‘xtadik. Xotin sal o ‘ziga keldi.
- Voy-e, ko‘kragim ga shamol tegdi-ya!
Uning tilga kirishidan sevinib ketib, asta o ‘tqazdim.
Ammo u hali ham astoydil o ‘ziga kelmagan edi. Oyoqlarini
sal bukib, tizzamga bosh q o ‘yib, yarim ochiq ko‘zlarini
so‘ngsiz osm onga tikkancha qimirlamasdi. Kishi bilmas
unga qarayman. Kiprik dem agan qora duxobaning o ‘zi.
Ayniqsa, chinnidek oppoq yuzida yanada qorayib turardi.
Qoshi to ‘mtoqroq. O ralig‘idagi bilinar-bilinmas o ‘sma izi,
iyagidagi tariqdek xoli, b o ‘ynida qim irlam ay turib qolgan ter
tomchilari bemalol kobrinib turardi. Ich-ichimdan, bu baxt
qaydan keldi, deb q o ‘yaman.
196
Ayolning q o ‘li qimirladi. G iyohlam i timirskilab, birini
uzdi. Bu cho‘l yalpizi edi. Uni dim og‘iga olib bordi-da, bir
hidlab, menga uzatdi. Hidladim. Ana shundagina men baxtni
emas, baxt meni topganiga ishondim. Butun olam yalpiz
hidiga to ‘lib ketdi. Bir-birimizga tikilamiz. Ammo na undan,
na mendan sado chiqadi. Bir-birimiz bilan k o ‘zlarimiz
gaplashayotganga o ‘xshardi. Uning ko‘zlarini ko‘rmagansiz.
Hali hech bir inson bolasi bunaqa ko‘zni ko‘rmagan.
K o‘zlarim iz gaplashardi.
Bilmadim, shu alpozda qancha vaqt o ‘tirdik. Har qalay,
podadan m ollar qaytayotgan mahal edi. Buzoqlaming
ayanchli m a’rashi qulog‘imga eshitilgandek bo‘ldi.
Nima b o ‘ldi-yu, xotin sapchib o ‘m idan turib ketdi.
Tugunini q o iig a oldi.
Endi uning qoshlari chim irilgan, qilm ishidan alamzada-
dek k o ‘rinardi.
Bilaman, behushlik begona kishining
tizzasiga bosh q o ‘yishga m ajbur qilganidan qattiq iztirob
chekyapti. U kim ningdir xotini. Bu behushlik uni ne
kunlarga boshlashi mumkin. Ammo u m ening unaqa bem a’ni
kishilardan em asligim ni bilganda edi, bu xil xayollarga
borm asdi. Bola b o ‘lib nom ard xayollarga bormaganman.
Shaytonning so ‘ziga kirm aganm an. Buni xotin bilmasdi.
K o‘zida q o ‘rqinch va andisha olovi yonyapti.
Ketdik. Tol tagida avtobus kutyapmiz. U betimga
qaramaydi. Q ovog‘i soliq. Unga, hatto jahl ham yarashardi.
Har zardali qarashida vujudim o ‘rtanib ketardi.
Avtobus kelganda pillapoyaga oyoq q o ‘yar ekan, yana
bir marta qaradi. Bu qarashda meni erm ak qilishmi, rahmat
aytishmi - bilib b o im ay d ig an bir ifoda bor edi.
U ketdi.
Hali-hali bu qarashning m a’nosiga yetolmadim. Bugun
vagon kupesida unga yana duch keldim. U yana kuldi. Bu
mayin kulgisi meni yana xayolga soldi. N ega kuladi? Ermak
qilyaptimi?
197
Provodnik ikkalamizga ham bir stakandan choy keltirib
qo‘ydi. U stakandan choy ho‘p!ab turib, vagon silkinishidan
qalqib ketdimi, kulaman deb shunday qildimi, har qalay,
atlas k o ‘ylagiga choy to ‘kildi. M enga qaradi.
- Eslab hali ham kulib yurgandirsiz?
Bu gapning m a’nosiga yetdim.
Yana jim ketdik. Derazadan b o g ia r o ‘tyapti. Sim-
yog‘ochlar bir-birini quvyapti. Ikkovim iz o ‘tmish xayollari
bilan bandmiz. Oxiri sabrim chidam ay so‘radim.
- Endi tuzalib keldingizmi?
- Ha, tuzalib ketdim. Buning uchun sizga rahm at aytishim
kerak edi. Hali ham b o ‘lsa aytib q o ‘yish qiyom at qarzim.
Rahmat. Vijdonli yigit ekansiz. Bilasizm i? - U menga bir oz
tikilib turdi-da, kulimsirab q o ‘ydi. - Siz o ‘shanda baxtingizni
y o ‘qotgansiz.
Hayron bo‘ldim. Unga savol nazari bilan boqdim.
- Bilmadim, - dedi u ko‘zlarini yerga qadab. - Balki
adashay otgand i rman.
Ehtimol,
bir
falokatdan
qutul-
gandirsiz? Ehtimol, men baxtimni topgandirman? Ehtimol,
baxtimni yo‘qotgandirman? Bilmayman. Har qalay, o ‘shanda
yo men sinovdan o ‘tdim, yo siz sinovdan o ‘tdingiz. 0 ‘sha
paytda men odam bolasiga ishonmas edim. Tasodifdan
o ‘rgilayki, o ‘shanda sizga yoNiqdim. Agar boshqa kishining
qoMiga tushganimda bir umr vijdon azobida qolib ketarmidim...
Xotinning ko‘zi jiqqa yoshga toMdi. Bir kiprik qoqsa,
oppoq yuzlarini yosh yuvib ketadi. Ammo u kiprik qoqmadi.
S o‘ngsiz qora kechalam i bag‘riga sig‘dirgan baxmal k o ‘zlar
bu yoshlam i shimib kelgandek b o ‘ldi.
Endi u ko’zyoshsiz, unsiz yigMardi.
U yana tilga kirdi. U gapirardi-yu, ovozi titrardi.
- Bolam hurmati, ishoning, men o ‘sha kuni yomon niyat
bilan k o ‘chaga chiqqandim. Meni siz oMimdan qutqardingiz.
Qattiq alam o ’tgan edi o ‘shanda.
Uning tushunib b o ‘lmaydigan gaplari yana hayron qilib
q o ‘ydi meni.
198
- Hayron b o im a n g . Xotin kishi qattiq o ‘ch oladi. Siz
erkaklar ayol zotining irodasi b o ‘sh b o ia d i, har qanday
xo‘rlikka chidayveradi, deb o ‘ylaysiz. Yo‘q, aslo unaqa
emas. M en ham erim dan o ‘ch olm oqchi edim.
X otin deraza tarafga qarab jim b o ‘lib qoldi. Poyezd katta
bir ko‘prik ustidan guvillab o ‘tib ketdi. Sal nariroq borib
gudok berdi. Yo‘l pastlashayotganda kupe eshigi sirg‘anib
ochilib ketdi. 0 ‘m im dan turib berkitib qo‘ydim. Xotin yana
o ‘girildi.
- Bilasizmi, o ‘rtada hurmat, andisha boMmasa, er-xo-
tinlik uy zindon boMadi. Ayniqsa, oraga xiyonat oralasa,
tamom.
U ham alam, ham iztirob bilan menga ikki yildan beri
jum boq b o ‘lib xayolimni band qilib yurgan simi ocha
boshladi.
Erimni yaxshi ko‘rib tekkanman, chiroyli yigit edi. Ko‘p
qizlami kuydirgan. Uncha-muncha o ‘rtacha qizlarga qayrilib
ham qaramasdi. Ertalab uydan chiqib ketayotganida orqasidan
tomosha qilib qolardim. Kechqurunlari ikki ko‘zim ko‘chada
edi. U eshikdan uyimga oftobga o‘xshab kirib kelardi.
Ana shundoq er menga xiyonat qildi. Jazman orttirdi.
Bilasizmi, sevgan kishing, dunyoda yagona baxtim deb bilgan
kishing xiyonat qilsa chidab bo‘ladimi? Axir butun umrimni
unga bag‘ishlagan bo‘lsam-u, kelajak baxtimni usiz tasavvur
qilolmasam-u, menga xiyonat qilsa. Bunga chidab bo‘larmidi.
Lekin butun kuchimni, butun sabrimni bir joyga jam lab
chidadim. Uni insofga chaqirdim. B o‘lmadi. His-tuyg‘ularimni
oyoq osti qilgan kishi oldida ko‘z yoshi to ‘ к ishga g ‘ururim
yo‘l bermadi. Bunday qilolmasdim ham. Uning jazmani oldiga
borib, erimni tinch qo‘y deyishga ham g ‘ururim yo‘l bermadi.
Butun vujudimni o ‘ch olish hissi qamrab oldi. 0 ‘zimni
o ‘ldirmoqchi bo‘ldim. M ayli, shu o ‘limim bilan uni vijdon
azobiga tashlab ketaman. Bu dog‘ uni o ‘la-o‘lguncha
qiynasin, dedim.
199
Shu niyat bilan uydan chiqdim. Yo‘lda keta turib har xil
xayollarga boraman. Nimani o ‘ylasam ham, erimdan qasos
olishga borib taqalar edi. Ana shunda siz paydo boMdingiz.
B o‘lmasa, bilmadim nima b o ‘lardi. Qabrimdan shu paytgacha
ikki marta giyoh k o ‘karib chiqarmidi.
U yuzlarini ikki q o ‘li bilan to ‘sib, o ‘ksib y ig ‘lab yubordi.
Uni yupatishga so‘z topolmasdim.
Xotin ingragan tovushda dedi:
- Kechiring. Sizdan um r bo‘yi m innatdor b o ‘lib yashay-
man. X otiningiz qandoq baxtli ekan, - uning bu gaplari
juda uzoqdan eshitilayotganga o ‘xshardi. Jahl bilan uning
ko‘zlariga qaradim. Endi u ko‘zlarda andisha izlari y o ‘q edi.
Allaqanday nur porlab turardi.
- Qaysi baxtli qiz ekan u sizni sevgan. Bu gaplarimga
hayron boMmang. Men eng avval vafodor odamni, nomusli
odamni baxtli deyman. Baxt tushunchasini o ‘ylaganimda
dastavval nomus, vafo k o ‘rinadi. Mana shu ikki narsa boM
masa do‘st d o ‘stning, er xotinning, xotin em ing k o ‘zini
o ‘yadi. A gar men shoir b o ‘lsam, yozuvchi b o ‘lsam, vafo
haqida, inson nomusi haqida kitob yozib charchamasdim.
Bu xotinning gaplari meni o ‘ylantirib qo‘ydi. Uning bu
gaplari chin haqiqat edi. Insonni jasoratga, xayrli ishlarga
yetaklaydigan shu emasmi?!
U kichkinagina razyezdda tushib ketdi. Ko^nglida tugilib
yotgan armonini to ‘kib, bag‘rini ezib yotgan toshni irgMtib
tashlab, qushdck yengil b o ‘lib, manzilida tushib qolgan edi.
Kupega qaytib kirdim.
Stolcha ustida yalpiz yotardi. Olib hidladim.
Ana shundan beri qayda yalpiz ko‘rsam, u keksa tollar
soya tashlagan Buvayda yoMlarini k o ‘raman. Bu y o ‘l-
lar bir порок er jabrini tortgan, shu jabr-alam qasosga yetak-
lagan dilbar, dilbar-u qaysar, bir so ‘zli juvonni eslatadi.
U erini tashlab ketdimikin? Tashlab ketgandir. Undan
qasos oldimikin? Tashlab ketishdan ortiq qasos bo‘lmaydi-ku!
Yalpiz hidi menga ana shularni eslatib q o ‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |