Farg'ona, 1960-yil
200
TAKLIFNOMA
Uyga kelsam, birov xat tashlab ketibdi. Shoshib kon-
vertni ochdim. Taklifnoma. Foto qog‘oziga ko‘chirilgan
taklifnomaning ikki chetida menga notanish bir qiz bilan
yigitning surati. Bular kelin bilan kuyov bo‘lsa kerak. Ammo
ular kim? Suratga shuncha tikilaman-u, taniyolmayman.
Konvert ustidagi yozuvga qaradim. Bekmurodov deb yozilgan.
Endi tanidim. Bekmurodov bilan o ‘tgan yili dam olish uyida
tanishgan edim. U kamgap, birovga aralashmaydigan kishi edi.
Demak, Bekmurodov qizini kuyovga chiqazayotibdi, bechora!
0 ‘z um rim da ko‘p odam lam i ko‘rganman, ko‘plaming
sarguzashtlarini eshitganman. Ammo shu kichkinagina,
q o ‘y o g ‘zidan cho‘p olm agan kishining boshiga tushgan
savdolam i eslaganimda, butun vujudim larzaga tushadi, dod,
deb yuborgim keladi. Odam bolasining o ‘tda kuymasligiga,
suvda cho‘kmasligiga qoyil qolaman.
Bekmurodov boshidan o ‘tgan voqealami o ‘zi aytib bergan
edi. U hech kimga aytmagan simi aytgan edi. Menga ham
aytmas edi-yu, bir sabab bo‘lib aytib qo‘ydi. 0 ‘sha kuni
xotinining qazo qilganiga o ‘n besh yil to‘lgan ekan. Men bu
gapdan bexabar edim. Sharsharaga yuvingani kelsam, u suv
to‘zoniga tikilib o‘tiribdi. Mendan papiros so‘radi. Ikkalamiz
sharshara shabadasida jim gina o ‘tirib chekishdik. U juda to ‘lib
turgan ekan, o ‘zi gap boshlab qoldi:
- Bilaman, shuncha kun bir joyda turib, tuzukkina
gaplashm aganim izdan, o ‘zimni olib qochishimdan hayron
b o ‘lyapsiz. Qandoq qilay, shunaqa odamman. Yolg‘izlikka
o ‘rganib qolganman. Kechirasiz, bugun ko‘nglim odam
xohlab qoldi. Gaplashgim kelyapti. Gaplashib, k o ‘nglimni
yozgim kelyapti. Vaqtingiz b o ‘lsa, birpas gaplashaylik.
Bugun xotinim ning vafot etgan kuni...
U gapini davom ettirolmay, yuzini teskari o ‘girib oldi.
G ‘z holiga q o ‘yib berdim. U papirosni oxirigacha chekib,
201
oyog‘ining ostiga tashladi-da, shippagining uchi bilan
ezg‘ilab o ‘chirdi.
Men uning holatidan nim adir ichini kuydirayotganini,
birovga aytm asa tanasi kuyib ketadigan darajada ekanini
bilib turardim.
- M enga qarang, Bekmurodov, unaqa qilmang! Nima-
dandir qiynalyapsiz, ayting menga. Yengil tortasiz. Birovga
aytmaslikka so‘z beraman. Ishoning menga.
U ancha vaqtgacha yerga qarab o ‘tirdi. Uning k o ‘ziga
qaram aslik uchun sharshara quyilayotgan tepaga qaradim.
U shunchalik balanddan quyilardiki, suv to ‘zonlari orasida
ko‘rinmasdi. Xuddi bizning tepamizdagi oppoq cho‘qqi bir
parcha uvada bulutga sanchilib turardi.
- X otinim ni nihoyatda yaxshi ko‘rardim . Bilmadim,
boshqa erkaklar ham xotinini shunchalik yaxshi k o ‘rolar-
mikin. U rushdan oldin ikkovim iz o ‘ninchini birga bi-
tirgandik. To‘y qilm oqchi b o ‘lib tayyorgarlikni ham k o ‘rib
q o ‘ygandik. To‘yni o ‘zim qoldirganm an. Bunga ham
Zarofatni yaxshi k o ‘rganim sabab b o ‘lgan. Endi o ‘ylab
qarasam , o ‘shanda chakki qilgan ekanm an. K allam ga
o ‘shanda nim a o ‘y kepti deng, urushda o ‘lib-netib ket-
sam , Zarofat beva qoladim i, depm an. To‘yni qoldirib,
urushga ketdim. Q ‘q tegm agan joyim qolm adi. Q ‘q oladi-
yu, o ii m olm aydi. Tirik qaytib keldim . Rahm at, kutib
o ‘tirgan ekan. To‘y qildik. A rm iyada tank m ingan edim,
kelganim dan keyin shofyorlik qildim . Shofyorlik nozik
ish, o ‘zingiz bilasiz. To‘yim izdan yetti oy o ‘tgandan keyin
ikki yilga kesilib ketdim. Zarofatning tu g ‘ilgan kuni edi
o ‘shanda. Ertalab m ashinada uni uncha-m uncha xarajat
uchun bozorga oborib q o ‘ygan edim. Y or-birodarlarni ham
kechqurunga xabarlab q o ‘ygandim . N im a b o ‘ldi-yu, o ‘sha
kuni ish k o ‘payib, sovxozga yuk ortib ketib, kech qoldim.
Q orong‘i tushib qolganda sovxozdan qaytdim . M ashinani
yeldirib kelyapm an. Bir mahal qarasam , k o ‘cha o ‘rtasida
202
bir m ast gandiraklab kelyapti. Shoshib m ini chetga burdim.
Terakka kim dir ot boylab q o ‘ygan ekan. Qoq belidan
uribm an. M ashina o ‘tib, m oychining budkasiga tiraldi.
Faner budka parcha-parcha b o ‘lib ketdi. Tushib qarasam ,
otning qornini yorib yuborgan ekanm an. U yga borolm adim ,
m ilitsiya olib ketdi. Yosh kelin yasatilgan dasturxon tepa-
sida chirqillaganicha qolib ketaverdi. Zarofat advokat
soldi. CTshanda oldim ga kirgan advokatga, urinm ang,
qonun nim ani buyursa, shu b o ‘laversin, deganm an. Xullas,
ikki yilni tishim ni tishim ga q o ‘yib tam om lab, kelyapm an.
N azarim da Zarofat hali ham dasturxon ustida meni kutib
turgandek. Keldim. X otinim uyda y o ‘q. K o‘chib ketibdi.
Q idirib daragini topdim . Boshqa m ahalladan jo y olgan ekan.
Eshikni taqillatganim da o ‘zi chiqdi. Betim ga b ir qaradi-yu,
boshini egganicha indam ay kirib ketdi. Avvaliga, mendan
qattiq xafa b o ‘lgan ekan, deb orqasidan xijolatlik bilan
qaradim. U birdan o ‘kirib yubordi. Hayron b o ‘ldim! Bir
m ahal qulogNmga g ‘alati tovush kirdi. A langlab qarasam ,
tut shoxiga osilgan belanchakda chaqaloq...
Bekmurodov o ‘m idan turib ketdi. Sharshara to ‘zoni
orasiga kirib, ko‘zlari qizarib, qaytib chiqdi. Bilib turibman,
yoshlarini artish uchun atayin shunday qilgan.
— 0 ‘zimni
yo‘qotib
qo‘yibman, - dedi
u ovozi
tit-
rab. - K o‘rpacha ustida to‘lg‘onib yotgan xotinimning sochi-
dan sudrab, hovliga tortib tushibman. Xotin boTsa qo‘limdan
qochib, belanchakdagi bolani oldi-yu, burchakka suqilib,
dag‘-dag‘ titrayverdi. Ko‘zimga dunyo qorong‘i bo‘lib ketdi.
Boshim aylanib, ayvonning labiga o ‘tirib qolibman. Kallamni
changallab oTiraveribman, o‘tiraveribman, bir mahal qarasam,
qorongN tushib qolibdi. Zarofatning qoNidagi bola uxlabdiyam,
uyg‘onibdiyam, bilmabman.
Boshimni ko‘tarib, u yoq-bu yoqqa qaradim-u, sekin
o ‘m im dan turib, eshikka qarab yura boshladim. Zarofat,
to ‘xtang, dedi. To‘xtadim.
203
- Meni o ‘ldirib, keyin keting! 0 ‘z qo‘lingiz bilan
oMdiring. BoMmasa hozir ko‘zingizning oldida o ‘zimni
pichoqlab tashlayman.
H ushyor tortib ketdim. Bu nim asi, q o ‘rqqan oldin musht
k o ‘tarishmi?
Qaytib kelib yana o ‘tirdim. Zarofat bolani belanchakka
yotqizib, oshxonaga kirib ketdi. N im anidir jaz-buz qilib
pishirardi. Bola yig‘ladi deguncha yugurib chiqadi-da, yana
oshxonaga kirib ketadi. Bir payt laganda qovurilgan kar-
toshka olib chiqib, oldimga q o ‘ydi. TomogNmdan ovqat
o ‘tarmidi.
- Uy sizniki, - dedi Zarofat, - hovlingizni sotib, shu uyni
olganman. Q o‘shnilaringizdan nom us qilib, ko‘chib ketdim.
U boshqa hech narsa demay, bolani ko‘targancha uyga
kirib ketdi. Bu bcnomus xotinga nim a deyishimni bilmayman.
Q orong‘i tushdi. Q o‘ni-qo‘shnilam ing uyida chiroqlar yondi.
Ichkari uydan bolaning ijirg‘anib yig‘lagan ovozi eshitildi.
Seskanib ketdim. Derazadan Zarofatning boshi k o ‘rindi.
- Joy qilib beraymi, yotasizmi?
Indamadim. Saldan keyin deraza tagiga bordim.
- Ayt, yaram as, nim a qilib q o ‘yding? To‘g ‘risini ayt-
sang, churq etmayman.
Bola uxlab qolgan shekilli, Zarofat oyoq uchida yurib,
ayvonga chiqdi. Ustunga suyangancha b o ‘lgan voqeani yig‘-
lab-yig‘lab gapira boshladi. Q orong‘i b o ‘lganidan uning
basharasi qay ahvoldaligini bilmayman. U gapirishdan ko‘ra
k o ‘proq yig ‘lardi.
- Sizni deb ne kunlarni k o ‘rm adim . Tezroq chiqari-
sharm ikin, deb borm agan jo y im qolm adi. 0 ‘zingiz afv
s o ‘rashdan bosh tortibsiz, eplolm adim . A dvokat soldim .
B o‘lmadi. В iron yili o ‘tsin, keyin harakat qiling, deb
m aslahat berishdi. Yil o ‘tib, bir advokatni yolladim . Bor-
y o ‘g ‘im ni q o ‘liga to ‘kib soldim . U yoq-bu yoqqa boshlab
olib bordi. A llakim lar b o ‘shatishga v a ’da berishayotganini
204
aytdi. O xiri b ir kuni uyga kelib, pro kuror chaqiryapti, deb
qoldi. Shoshib tayin qilgan jo y ig a bordim . P rokuror uyiga
ketib qolgan ekan. U yiga y o ‘l oldik. Bem ahal b o ‘lib
qolgandi, pastqam k o ‘chalardan bir uyga bordik. U meni
aldagan ekan. B oshqa uyga olib borgan ekan. Q o ‘rqib
ketdim . D evdek odam ga qandoq kuchim yetadi. H uvillab
yotgan kim sasiz katta hovlida ovozim ni kim eshitadi...
Shundan keyin m ahallada turishga nomus qildim. Oy-
kunim yaqinlashib qoldi. K o‘chaga chiqm ay qo‘ydim. Oxiri
hovlini sotib, shu yoqqa ko‘chib keldim.
Zarofat jim b o ‘lib qoldi. Dod, deb yuborayozdim,
q o ila rim beixtiyor mushtga aylandi. 0 ‘zim dag‘-dag‘
titray man. Qani insof, qani odam garchilik, qani diyonat, deb
hovlini boshim ga ko‘tarib, baqirgim keladi.
Shu payt birdan qizib turgan tanamga kim dir muz
parchasini bosgandek sovib qoldim. Bilmadim, bu o ‘tni uyda
o ‘qtin-o‘qtin ingalayotgan chaqaloqning m a’sum tovushi
o ‘chirdimi, bilmayman, bilmayman.
Zarofatni bag‘rim ga bosib ovutgim keldi. Ammo yigitlik
g ‘ururi zo ‘r kelib, shashtimni qaytardi.
Bekm urodov titrab-qaqshab papiros so‘radi. U gugurt
chaqayotganida qo‘llari tinimsiz titrardi. U bir oz xomush
o ‘tirgandan keyin x o ‘rsinib, gapini davom ettirdi.
- Ketmadim, uyda qoldim. Yigitlikning bem a’ni g ‘u-
ruriga uchib, ketib qolsam nim a b o ‘lardi? Eslasam, q o ‘r-
qib ketaman. Zarofatda nim a gunoh? Birga yashab ketdik.
To umrining oxirigacha Zarofatning chehrasida kulgi k o ‘r-
madim. Hamisha xijolatlikda yashadi. Rangi siniqib, ozib,
cho‘p b o ‘lib ketdi. Yalindim, yolvordim, bo‘lib o ‘tgan ishlar-
ni bir um r unutib yuborganim ni aytdim, b o ‘lmadi. 0 ‘zini
siqaverdi. D oktorga qaratsam, sil b o ‘lib qolgan ekan. Uch
marta kurortga olib bordim, boMmadi. Umri qisqa ekan,
qazo qildi. O Tyapti hamki, ko‘zlarim ga javdirab qaraydi.
Bilib turibman, afv etishimni so‘rayapti.
205
Bekmurodov ho‘ngrab y ig ‘lab yubordi. Uning ajin bosgan
oriq yuzlaridan qaynoq ko‘z yoshlari dumalardi.
- Uch yarim yoshga kirib qolgan qizchani q o ‘limga
oldim-u, Zarofatning ko‘zi oldida bag‘rim ga bosib o ‘pdim.
Shunday qilishimni kutib,
ilhaq b o ‘lib yotgan ekan,
so‘nayotgan ko‘zlarida yilt etib bir nim a k o ‘ringandek b o ‘l-
di-yu, yumildi.
U tizzasiga tushgan sap-sariq bargni olib, suvga tashladi.
Barg girdobda aylanib-aylanib, o ‘pqonga sho‘ng‘ib ketdi.
- 0 ‘n besh yil b o ‘ldi Zarofatni tuproqqa berganimga.
Oftob qoyadan hatlab o ‘tib, sharsharada kam alak pay do
qildi. 0 ‘m im izdan turdik. C ho‘qqiga chiqqunim izgacha na
undan, na mendan sado chiqdi.
- Ertaga ketaman, - dedi u toliqqan tizzalarini ish-
qab, - kechirasiz-da, qayoqdagi gaplam i aytib, dilingizni xira
qilib qo‘ydim.
- 0 ‘sha advokatni uchratmadingizmi? - bu gap beixtiyor
og‘zimdan chiqib ketdi.
Odam bolasining m iyasiga bir gap keldimi, so ‘rab bil-
maguncha k o ‘ngli o ‘m iga tushmaydi. Bilmadim, shu gapni
so‘rab to ‘g ‘ri qildimm i yo uning qalbini kemirib yotgan
ilonni uyg‘otib yubordim mi, bilmayman.
So‘rog ‘imga Bekmurodov darrov javob bermadi. Achchiq
narsa yegandek, basharasi bujm ayib ketdi. N azarim da, javob
berishga qiynalayotgandek...
- Yo‘q, - dedi u zarda aralash.
M a’lum b o ‘ldiki, u qotilni qidirm agan, sevgan kishisidan
jud o qilgan, umriga o g ‘u tashlagan yaram asni jazolashdan
bosh tortgan.
Bilaman, u nechun qotilni qidirmagan. Kim biladi, balki
bola otasiga o ‘xshar? Agar uni Bekmurodov ko‘rsa, tani-
sa, Zarofatdan yodgor qolgan bola unga omonat bo‘lib qol-
maydimi? U holda Bekmurodov bolaga m a’naviy otalik
hissidan mahrum bo‘lib qoladi. Shuning uchun qidirmagan.
206
Ertasiga Bekm urodov jo ‘nab ketdi. U ketdi-yu, yura-
gim ga m ehrm i, achinishm i, bilib boMmaydigan g ‘alati his
tashlab ketdi.
Atrofga qor purkagan qish b o ‘ronlari tinganda, tar-
novlar bo‘yniga osilgan qahrabo sum alaklar chak-chak
tomib, qishning so ‘nggi damlarini sanab tamom qilganda,
shamollam i yirtib, bulutlam i tilka-pora qilgan olis cho‘q-
qilarga tikilaman. Qoyalardagi ayoz kunlaridan yodgor
qolgan sadaf siniqlariga boqam an-u, beixtiyor Bekmurodovni
eslab ketaman.
Nahotki
shuncha
mehr-u
muhabbatni
sig‘dirolgan
ko‘krakda qahr-u g‘azab uchun joy qolmagan bo‘Isa?! Axir
uning umriga og‘u tashlagan yaramas o‘z qilmishlarini
eslarmikin? Qayerdadir farzandi borligini bilarmikin? Yo‘q,
bilmas? U balki yangi qurbonlar izlayotgandir? Ana shunisi
alam qiladi! Bekmurodovga o‘xshash qalbida yaxshilikdan
o‘zga niyati bo‘lmagan kishilar esa shunday qotillaming
umrini uzaytiryapti. Ana shulami o ‘ylaganimda ovozimning
boricha:
- Hoy odam lar, yaxshilik ham evi bilan, yom onga
yom on b o ‘lishni
ham
unutm anglar! - deb qichqirgim
keladi.
Bugun qizining to ‘yiga taklifnom a tashlab ketgan kishi
o ‘sha Bekm urodovmikin? Agar o ‘sha b o ‘lsa, qandoq yaxshi
bo‘lardi-ya!
To‘yga albatta boraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |