Toshga yomg 'ir kor qilurmi,
Muttasil yoqqan bilan...
-
Do‘st, bu Navoiydanmi?
- Yo‘g ‘-e, Mashrabnikidir.
Qiyqiriq, kulgi.
Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom ctadi.
Vahobjon u yoqdan-bu yoqqa zir yugurib, ishni jadallatadi.
Kattakon bak oldida choy damlangan tunuka choynakni
cho‘g ‘ga qo‘yib o ‘tirgan cholning yoniga tushib ketayotgan
edi, uzoqdan mashina chirog‘ini ko‘rib to‘xtadi. Mashina
«o‘tilmasin!» belgisi qo‘yilgan muyulishdan o ‘tib, to‘ppa
to‘g ‘ri kelaverdi. Vahobjon ijrokomdan birov kelayotgan bo‘lsa
kerak, deb o ‘yladi. Tikilib qarasa, tangadek zangori chirog‘i
bor. Nechuk taksi mashinasi bu tomonlarga o ‘tdi ekan, deb
yo‘lga chiqdi-da, qo‘lini ko‘tarib, uni to ‘xtatdi.
- Mumkin emas, belgini ko‘rm adingizm i, qayting!
Shofyor kabinadan bosh chiqarib, qoNini k o ‘ksiga qo‘yib,
uzr aytgan bo‘ldi.
- K o‘ktoshga
ketayotgan
boMsanglar,
Xonimobod
tom ondan aylanib oTasizlar.
Xonimoboddan aylanib o ‘tish uchun ortiqcha o ‘n to ‘qqiz
kilometr y o ‘l yurish kerak. Har qanday odam ga ham taksida
borish jab r boMadi!
Shofyor kabinadan tushdi. Ikki q o ‘lini beliga q o ‘yib, u
yoq-bu yoqqa qaradi-da, o ‘tib ketishning sira iloji y o ‘qligini
bilgandan keyin, noiloj orqa eshikni ochib, ichkariga qarab
yelkasini qisdi.
210
Iloji y o ‘q, opajon. Buyog‘i ko‘p qolmadi. Piyoda
yigirma minutda yetasiz. X onimoboddan borsangiz qimmat-
ga tushadi. Mayli desangiz, yana o ‘zingiz bilasiz. M enga
bari bir.
M ashinadan
cham adon
k o ‘targan
bir
ayol
tushdi.
Vahobjon qorong‘ida uning yuzini aniq ko‘rolmadi. Ayol
shofyor bilan ancha vaqtgacha nim anidir gaplashib turib
qoldi. Keyin mashina orqasiga qaytdi. Ayol bitta-bitta bosib,
Vahobjonning oldiga keldi. K o‘ktoshga qaysi tomondan
borishni so‘radi. Tavba, ovozi tanish. Qayerda eshitgan bu
tovushni? Shu payt shag‘al to ‘kib b o ‘lgan samosval keskin
burilgan edi, uning o ‘tkir chirog‘ida ayolning yuzi bir dam
yorishib ketdi.
Sochlari boshiga chambarak qilingan, lablariga bilinar-
bilinmas qizil surtilgan, yigirm a-yigirm a ikki yoshlardagi
kelishgan qiz. Vahobjon uni tanidi. Bu qizni u bir marta,
atigi bir marta k o ‘rgan. U bilan yonma-yon o ‘tirib choy
ichgan. Shu qizning o ‘zi unga choy quyib bergan. Ammo
Vahobjon, to ‘g ‘risini aytganda, u quyib bergan choyni
qiynalib ichgan, negaki, bu qizning bir q o ‘lida odamning
kalla suyagi bor edi. Vahobjon o ‘tgan yilning avgustida
institutning sirtqi b o iim ig a imtihon topshirgani Toshkentga
tushgan edi. Konsultatsiya o ‘tkazadigan o ‘qituvchining tobi
qochib qolib, institutga kelolmay qolibdi. Dekan Vahobjonga
o ‘qituvchining uyiga borishni m aslahat bergan edi. Bordi.
U Chilonzordagi katta k o ‘cha betidagi uyning ikkinchi
qavatida yasharkan. Kirib gaplashdi. Bilmaganlarini so ‘rab
oldi. 0 ‘qituvchi Vahobjonga im tihonga kirsangiz b o ‘ladi,
deb maslahat bcrdi. U xursand bo‘lib chiqsa, mashinasining
bir g ‘ildiragi shalpayib yotibdi, kam eraning zolotnigini
birov burab olib qo‘yibdi. Asfalt yo‘lakda «bosdimmi»
o ‘ynayotgan qizchalar unga qarab turishardi. Ulam ing biri
yaqin kelib shivirladi.
- Akbar minnarsangizni burab olib q o ‘ydi.
211
- Q anaqa Akbar?
- Hu anavi uyda turadi. Hozir qochib chiqib ketdi. Inobat
opam lam ing ukalari.
Vahobjonning ju d a jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap!
Zapas g ‘ildirak b o ‘lganda ham boshqa gap edi.
Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini
bosdi. Javob boMmadi. Yana qo‘n g ‘iroq tugmasini bosgan edi,
ayol kishining: «Hay Akbar, eshikni och, birov keldi» degan
tovushi eshitildi. Hadeganda eshik ochilavermadi. Anchadan
keyin shippak tovushi yaqinlashdi-da, eshik qarsillab ochildi.
Vahobjonning qarshisida odam ning kalla suyagini ushlagan
ko‘hlik bir qiz turardi. Vahobjonning yuragi orqasiga tortib
ketdi. Qiz qoshlarini kerib, kimda ishingiz bor edi, degandek
hayron b o ‘lib turibdi.
- Akbarda ishim bor edi. Chaqirib bersangiz.
Qiz ermak qilayotgandek orqasiga qarab qichqirdi:
- Hoy, Akbar, o ‘rtog‘ing keldi lar, bu yoqqa chiq!
Ichkaridan trusichan, olti yoshlardagi bir bola bumini tortib
chiqdi. U Vahobjonni ko‘rishi bilan to‘xtadi. Keyin Vahob
jonning o ‘rtog‘i birdan orqasiga tiraqaylab qochib qoldi. Qiz
nima gapligiga tushuna olmay hayron. Vahobjon bo‘lgan gapni
aytib berdi. Qiz xijolat bo‘lib, undan uzr so‘radi-da, hozir o‘sha
buyumni olib beraman, deb orqasiga burildi. Keyin to‘xtab,
qo‘lidagi kalla suyagini Vahobjonning q o iig a tutqazdi.
- Hozir, hozir olib beraman.
Akbar vannaxonani ichidan berkitib olgan ekan. Qiz
yalindi.
Oxiri Akbar eshikni ochdi. Vahobjon qarasa, u vannaga
suv to ‘ldirib, ming yamoq b o ‘lib ketgan avtokam eraga nasos
bilan yel berayotgan ekan.
- Bu o ‘lgur cho‘milishga kerak-da. Suzishga o ‘rganayot-
ganmish. Qani, ber, kim o ‘rgatdi senga birovning narsasini
olishni?!
- M agazinda y o ‘q-da, bo‘lmasa olarm idim, - dedi A kbar
burnini tortib.
212
Shunday dedi-yu, vannadagi ilma-teshik kamera og‘zidan
zolotnikni chiqazib berdi. Vahobjon qizga rahmat aytib,
tashqariga chiqdi. Ust kiyimini yechib, mashinaga domkrat
qo‘yib, g ‘ildirakni k o ‘tardi, uni chiqarib olib, boshqatdan
yel bera boshladi. To u ishini bitkazguncha qora terga
tushib ketdi. Ancha kech ham boTib qolgan edi. Uning
qiynalayotganini balkondan k o ‘rib turgan qiz:
- Kirib yuvinib oling, - dedi.
Vahobjon bir so ‘z dem ay qaytib kirdi. Qiz yelkasida
sochiq, qoTida sovun bilan uni kutib turardi.
U yuziga sovun surtayotganida ham, oppoq, kraxmallan-
gan sochiqqa artinayotganida ham bir o ‘y kallasidan
ketmasdi: «Qanday chiroyli qiz-a, ammo q o ‘lidagi odamning
kalla suyagi nimasi».
- Choy dam lab q o ‘ydim , ichib ola qoling, qom ingiz ham
ochgandir.
Vahobjon uzr aytsa ham qiz q o ‘ymadi. Choy quyib uzat-
di. Bola bechora ichishni ham, ichmaslikni ham bilmay
hayron edi. Ichdi-yu yana boyagi kallani esladi. Oxiri, u
qizga rahmat aytib ketar ekan, Akbarga zolotnik keltirib
berishga v a’da qildi.
A na shu voqeadan keyin Vahobjon qizni uchratmadi.
Uyiga, Akbarga v a’da qilgan narsani olib borganda qiz yo‘q
ekan. Mana, oradan bir yil o ‘tdi. U o ‘sha qizni eslaganida
nihoyatda ko‘hlik bir qizning yuzi, k o ‘zi, kelishgan gavdasi
k o ‘z oldiga kelardi-da, zum o ‘tmay, bu go‘zallik o ‘rnini
tirjaygan kalla suyagi egallab olardi. Shuning uchun ham
Vahobjon uni eslam aslikka tirishardi.
M ana bugun daryo shovullagan, shag‘allar qaldiragan
tog ‘ oqshom ida ikkovi yana baqamti kelib turishibdi. Qiz
uni tanimagan boTsa kerak. Negaki Vahobjonning soch-
soqoli o ‘sib ketgan, kiyimlari chang, tuproq edi.
U lam ing har ikkovi bir-birlariga qarab, ancha turib
qolishgandan keyin Vahobjon gap boshladi:
213
- K o‘ktoshga kelyapm an deng. U yerda qarindosh-
laringiz bormi?
- Yo‘q, - dedi qiz. - Ishga shu yoqqa tayin qilishdi.
Rayzdrav ixtiyoriga...
Q izning ovozi biram yoqimli, biram jarangli. Vahobjon
seskanib ketdi. Demak, bu qiz rayonga doktor b o ‘lib kelyapti.
U doktorlikni bitirgan. Odamning kalla suyagini bekorga
k o ‘tarib yurmagan ekan u...
- Meni taniyapsizm i? - dedi Vahobjon.
- Yo‘g ‘-e, - dedi qiz yelkasini qisib.
- Uyingizga borgandim. A kbam ing orqasidan vannaga
kirganim...
Vahobjonning gapi o g ‘zida qoldi.
- A-a-a, o ‘sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman.
Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yo‘qligimni qarang-a.
Buldozerchi Vahobjonni chaqirib qoldi. U qizga: «Hozir
kelaman» deb chopganicha ketdi.
Allamahal b o ‘lib qolgan edi. Vahobjon prorabga top-
shiriqlami berib, qizning oldiga qaytdi.
- Qani, mehmon, ketdik. K o‘ktoshga o ‘zim oborib q o ‘-
yaman.
Qiz qarshilik qilmay, «M oskvich» eshigini ochdi. Yo‘lga
tushishdi. Oy xuddi mashina bilan yonm a-yon ketayotganga
o ‘xshaydi. Soyadek b o ‘lib ko‘rinayotgan to g‘ tizmalari biram
ajoyib, biram ajoyib.
Vahobjon m l boshqarib borarkan, o ‘y o ‘ylardi:
«Qani endi shu qizga uylansam, menga tegarmikan?
Tegmas, balki sevgani bordir...»
M ashina motori bir-ikki yo‘talib o ‘chdi. Vahobjon shoshib
tushib, kapotni ochdi. Ventilatsiya tasmasi uzilib ketibdi.
Zapasi y o ‘q. Endi nim a b o ‘ladi? Shu yerda tunab qolishdan
boshqa iloj y o ‘q! U lam ing ikkovi ham hafsalalari pir b o ‘lib,
toshga o ‘tirishdi.
214
- Qiziq b o ‘ldi-ku! - dedi Vahobjon xijolat chekib. Qiz
indamadi. U azam at to g1 tizmalariga, qoya uchiga jig ‘a
bo‘lib q o ‘nib turgan baldoqdek oyga jim gina qarab o ‘tirardi.
Bilasizmi, men hech toqqa chiqmaganm an. Buni qarang,
kechasi, ayniqsa, oydinda ju da g ‘alati bo‘larkan. Biram
yaxshiki.
Q izning tovushidan sovqotganligi shundoqqina bilinib
turardi. Vahobjon mashinani ochib, old suyanchig‘ini
tushirib, ketidagisiga yondashtirib qo‘ydi.
- Siz kirib bir oz m izg‘ib oling.
Qiz avvaliga k o ‘nmay turdi. Keyin sovuqdan titrab,
ichkariga kirib ketdi. Vahobjon radioni sekinlab burab qo‘ydi.
Tog1 o'ngirida yoqimli kuy oqar, kichkinagina, ko'rim siz
m ashina ichida esa husnda yagona bir qiz uxlardi.
Vahobjon uning atrofida papiros chekib aylanib yurdi.
Bu holat gerdaygan to g1 etagida tug‘ilayotgan yangi dos-
ton, yangi afsonaga o ‘xshardi.
Kim biladi, balki Vahobjon afsonavor bu oqshomda o ‘z
baxtini, m uhabbatini qo'riqlayotgandir.
Zora shunday b o isa !
Do'stlaringiz bilan baham: |