To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

OYIM,  DADAM  VA  MEN
(So ‘ngso
  z 
о ‘rnida)
D a d a m   «Ufq»  ning  ikkinchi  kitobini  yozayotgan  paytlar 
edi.  Oyim  dadam ning  kayfiyatini  buzm aslik  uchun  ko‘chada 
boMayotgan  har  xil  gaplam i,  m ish-m ishlam i  yetkazmaslikka 
harakat  qilardi.
D adamning  bir  odati  bor,  biron  narsadan  diqqat  b o iib  
qolsa,  diqqatvozligi  bosilm aguncha  biron  satr  yozolmasdi. 
Shuning  uchun  ham  oyim   uni  suyuntiradigan  gaplami  topib 
kelardi.  U  mutlaqo  yozm ay  qo‘ygan,  o g ‘aynilari  bilan 
vaqtini  bekor  oik azay o tg an   paytlarda,  Xudo  kechirsin,  deb 
dadam ga  y olg‘on  gapirardi:
-   G ‘afur  akani  ko‘rgan  edim,  bum nboy  nega  hech  narsa 
yozm ayapti,  bunaqa  qilsa  soyuzdan  o ‘chirtirvoram an, -  de- 
yaptilar.
-   A bdulla  aka  telefon  qildilar,  kechagina  chiqqan 
bolalar  undan  o ‘tib  ketyapti,  aytib  q o ‘ying,  adabiyot  danga- 
salikni  yoqtirm aydi.  Yozmasa,  boshqa  tirikchilik  qilsin, -  
dedilar.
Dadamga  bu  gaplar  xush  yoqardi.  Chippa-chin  ishonardi. 
K o‘chaga  ham  chiqmay,  berilib  yozishga  tushib  ketardi.
Dadam  kechasi  bilan  ishlab,  tong  paytida  uxlardi.  Kechasi 
oyim  bilan  ikkovimiz  dadam ning  ish  kabinetidan  eshitilib 
turgan  m ashinka  tovushiga  quloq  solib  yotardik.  Oyimning 
mana  bu  satrlari  o ‘sha  paytda  yozilgandi.
Eshik  tirqishidan  bir  chiziq yonib,
Oftob  bo ‘lib  kirib,  yoritar xonam.
Mashinkang  chiqillar,  to ‘xtaydi  ba ’zan,
Bilaman,  chekyapsan,  chekyapsan  ulab.
Koshki  ochib  qo ‘ysa,  deb  derazani,
Kamroq  cheksa-chi,  deb  bo 'laman  xunob,
225


Xonangni  tutundan poklash  dardida 
Bedor  о 'tiraman  sendan  narida.
Dadam  tongotar  paytida  uxlashga  yotardi.  Va  albatta 
oyimga  xat  yozib,  stolga  qo‘yardi:
«Saidaxon,  iltim os,  q o ‘lyozm ani  o ‘qim ang.  U stidan  bir 
k o ‘z  yugurtirib,  albatta  o ‘zim   o ‘qib  beram an.  H ar  ehtim olga 
qarshi 
q o ‘lyozmani 
siz 
topolm aydigan  jo y g a 
bekitib 
q o ‘ydim.  Qidirm ang,  baribir  topolmaysiz».
Dadam  q o ‘lyozmasini  pechka  dudburonining  ichigami, 
mening 
o ‘yinchoqlarim 
solingan 
qutichaning 
ichigami 
yashirib  qo‘yardi.  U  crtasiga  q o iy o zm an i  tahrir qilib  oyimga 
o ‘qib  berardi.  Oyim,  falon  jum laning  o ‘zi  yaxshi  edi,  bekor 
tuzatibsiz,  deganda,  dadam,  iya,  o ‘qiganmidingiz,  deb 
so ‘rardi.  Shunda  oyim,  xotin  kishining  uyiga  narsa  yashirib 
boMadimi,  deb  kulardi.
Oltmishinchi  yillam ing  oxirlari  b o ‘lsa  kerak,  dadam 
jud a  berilib  «Ufq»ning  oxirgi  kitobini  yozayotgan  edi. 
Dadam  saharda  yotgancha,  kunduz  soat  o ‘n  ikkilargacha 
uxlab  olardi.  Shunday  kunlam ing  birida  pochtachi  bir  dasta 
gazeta-jurnallam i  tashlab  ketdi.  Oyim  «Sharq  yulduzi»ni 
varaqlay  boshladi.  Ichayotgan  choyi  ham  sovib  qoldi. 
Berilib  nim anidir  o ‘qirdi.  Keyin  uydan  qaychi  olib  chiqib, 
jum aldagi  boya  o ‘qiyotgan  maqolani  jud a  ehtiyotlab  qiyib 
oldi.  Sinchiklab  qaragan  odam jum alning  shu joyidan  maqola 
olib  tashlanganini  bilolmasdi  ham.  Keyin  jum al  oxiridagi 
mundarija  bosilgan  sahifani  ham  yirtib  olib  tashladi.  Menga 
qarab  dadangga  aytma,  deb  tayinladi.
Oyim  yirtib  olgan  m aqola  «Ufq»ni  atay  badnom  qilish 
uchun  qandaydir  g ‘araz  bilan  yozilgan  m aqola  edi.
D adamning  odatini  men  ham  bilardim.  Biron  nimadan 
diqqat  bo‘lib  qolsa,  qo‘li  ishdan  sovib,  mutlaqo  yozmay 
q o ‘yardi.
Roman  «Sharq  yulduzi»da  bosilgan  edi.  Oyim  telefon 
qilib,  Hamid  G ‘ulomga  shunday  degani  esimda:
226


-   Jurnalning  o ‘zi  romanni  bosib,  endi  o ‘z  derazasiga  o ‘zi 
loy  chaplayapti.
Dadam 
bu 
maqolani 
ko‘rmadiyam, 
bilmadiyam, 
o ‘qimadiyam.  Faqat  yaqinda  uyimiz  ta ’mirlanayotganda 
o ‘sha  m aqola  topildi.  Dadam  o ‘qib,  kulib  q o ‘ya  qoldi.
Andijondagi  bog‘imiz  etagidan  Qoradaryo  qirg‘oqqa 
sapchib  oqardi.  Bu  tom onda  hovlimizning  ichidan  katta 
Farg‘ona  kanali  o ‘tardi.  Dadam  kanal  bo‘yidagi  barglari 
quyuq  bir  tup  daraxt  tagiga  kanalning  qirg‘o g ‘idan  to  qoq 
yarm igacha  yetgan  so ‘ri  qurgandi.  Men  ko‘pincha  so‘rida 
oyog‘imni  suvga  botirib,  maza  qilib  o ‘tirardim.  Oyim 
urishib-urishib,  suv  bo‘yidan  meni  haydardi.  Bunga  sabab 
kanaldan  ba’zan  ilon  suzib  o ‘tardi.
Dadam  bog‘imizda  kechasi  yozmasdi.  Daryo  bo‘ylaridagi 
sholipoyalarda  chivin  ko‘p  bo‘lardi.  To  kechasi  soat  o ‘n 
birlargacha  chivin  chaqib  bezor  qilardi.  Kechasi  daryo 
tomondan  shamol  esganda,  chivinlar  allaqayoqqa  g‘oyib 
boMardi.  Dadam ertalab tong otishi  bilan mashinkasini ko‘tarib, 
kanal  bo‘yidagi  so‘riga  chiqardi.  So‘ridan  yetti-sakkiz  metr 
narida  dadam  kanalga  qurgan  charxpalak  g ‘iyqillab  aylanib 
turardi.  Uning  novidan  oqayotgan  suvdan  ichish  uchun  har  xil 
qushlar  uchib  kelishardi.  Qizil,  ko‘k,  sariq,  zangori  ninachilar 
tinimsiz  uchib  turardi.  B a’zan  ular  suvda  oqib  kelayotgan 
barglarga  qo‘nib,  xuddi  qayiqda  suzayotgandek  sayr  qilardilar. 
Ba’zilari  suvga  qo‘nib  oqib  o‘tardilar.
BogNmizga  m ehm on  ko‘p  kelardi. 
Saraton 
avjiga 
chiqqanda,  hatto  hashamatli  bog‘lar  qurgan  raislar  ham 
salqinlagani  biznikiga  kelardilar.  Butun  Izboskan  va  Andijon 
tum anida  shu jo y dan  ortiq  salqin jo y   y o ‘q  edi.
To  tushlikkacha  to ‘rt-besh  qog‘oz  yozib  olmasa,  keyin 
ishlab  b o ‘lmasdi.  Shuning  uchun  oyim  so ‘ri  bilan  uyimiz 
oraligNdagi  shaftoli  tagiga  kichkinagina  kursi  qo‘ygan, 
men  dadamga  qorovul  bo‘lib  o ‘tirardim.  Dadam  charchab 
yonboshlasa,  darrov,  oyi,  dadam  yotdi,  deb  xabar  qilardim. 
Dadam  shoshib  yana  m ashinka  bosishga  tushib  ketardi.
227


Oyim  suvga,  charxpalakka  qarab  o ‘tirib,  mana  bu  she’mi 
yozgandi:

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish