Andijon, K uyganyor
207
TOG4 AFSONASI
M a s h in a xo‘p yaxshi narsa-yu, uning ham o ‘ziga yarasha
nag‘malari bor-da! M ashina olgan odam lam ing xotinlari
hazil aralash, bu mashina emas, kundoshim, deyishar
ekan. Sababi, er ishdan keliboq ovqatga ham qaramay,
mashinasining tagiga kirib ketganicha, yarim kechada moyga
qorishib chiqar, azonlab yana mashinaga unnab ketarkan.
Vahobjon rayvodxozda texnik. Uning ham o ‘ziga yara
sha ko‘rim sizgina «M oskvich»i bor. 0 ‘zi haydaydi. Eski
m ashina mingan odam yaxshi shofyor hisoblanadi. Hadeb
buzilavergandan keyin u yog‘ini kovlaydi, bu yo g ‘ini
kovlaydi, xullas, ichida nimasi bo‘lsa, barini bilib oladi.
Yaxshiyamki, Vahobjon hali uylanm agan. U ylanganida,
albatta, xotini chidam asdi, yo meni deysan, yo mashinani
deysan, deb turib olardi. Rost-da, u b o ‘sh qoldi deguncha
m ashinani kovlaydi. Uni gurillataverib, q o ‘ni-qo‘shnilam ing
jo nig a tegdi. Q o‘shnilar, shu Vahobjon uylana qolsaydi,
o ‘zidan tinchib ketarmidi, deyishadi. A m m o Vahobjonning
hali-beri uylanadigan niyati y o ‘qqa o ‘xshaydi. 0 ‘zi mun-
doq birortasini topm aydi, qarindosh-urug‘lar topganini yoq-
tirmaydi. Kam pir oyisi nolib qolsa, hazilga oladi-da, yana
m ashina tagiga kirib ketadi. Oxiri jonidan bezor b o ‘lgan
q o ‘shnilar kam pirga chiqib yalinishadi:
- 0 ‘g ‘lingiz mashinani kechasi garajga oborib q o ‘ysin.
Uxlatmayotibdi.
Rayvodxozning garaji y o ‘q, qayoqda qoldiradi. Undan
tashqari, o ‘zingizga m a’lum, Vahobjonga kechalari ham u
yoqni suv urib ketdi, bu yoqqa suv kerak, deb raislar telefon
208
qilib turishadi. Shofyor olaylik deyishsa, qaysi shofyor
bunaqa shaloq mashinaga - bunaqa bezovta ishga ko‘nadi.
Bitta-yarimta yanglishib kelib qolgan shofyorlar ham ikki
kunga chidamay, tashlab qochishadi. Xullas, bu ishga Vahob
jonning o ‘zidan boshqasi to ‘g ‘ri kelmaydi.
M ana shu Vahobjon bahor toshqinida suv olib ketib,
haligacha tuzatilmagan kanal to ‘g ‘onini tuzattirishga bir
haftadan beri ovora edi. Shu paytgacha raislar shox bostirib,
bu yog‘iga shag‘al to ‘ktirib eplab kelishayotgan edi. Shu
alpozda paxta sug‘orib b o ‘ladimi, kim qancha suv olayotga-
nini bilib bo‘lmasa! Raislar bay-baylab vodxoz masalasini
byuroga qo‘yib qolishdi-ku. Ana vodxoz boshlig‘ining tipir-
chilab qolishini k o ‘ring. Ikki kunda sement ham topildi,
buldozer ham, beton plitalar ham topildi. Kechasi-yu kunduzi
ish. Kolxozlar odam ham topib berishdi. Dorotdel yo‘lga
«o‘tilmasin!» degan belgi qo‘yib, mashina va avtobuslami
vaqtincha boshqa yo‘ldan qatnaydigan qilib qo‘ydi.
Soch-soqoli o ‘sib ketgan Vahobjon, projektor yonida
turgan montyor bolaga baqiradi, shag‘al to ‘kayotgan samos-
valga chiroqni to ‘g ‘rila, kabelni tort, suv tegmasin, deb
qichqiradi. Orqasiga tisarilib, shag‘alli mashinaga y o ‘l
ko‘rsatadi. Ish qizigandan qizib ketgan. Yoz kechalari
shunaqa ishlashlik boMadi. Ayniqsa, bu tom onlam ing
oqshomiga hech narsa teng kelolmaydi. Daryo shovullaydi,
tog‘ orqasidan osm onga sut purkagandek b o ‘lib, avval oy
shu’lasi k o ‘rinadi, keyin o ‘zi salmoqlab osmonga ko‘tariladi-
da, tog ‘ cho‘qqisiga ayri minib, turib qoladi. Biram chiroyli,
biram yoqimli shamol esadi. Saraton dazmoldek qizdirgan
toshlam i shu shabada puflab sovitadi. CTt-oManlarni silki-
tadi. Jo ‘jasi hali uchirm a b o ‘lm agan ona o ‘rdaklarning alla-
ga o ‘xshash g ‘alati g ‘aqillashini uzoqlardan olib keladi.
Kanalning beto‘siq-beto‘lqin suvi oydinda xuddi poyoni yo‘q
yaxlit oynadek yaltiraydi. Quloq boshida suv ochayotgan
m iroblam ing tovushi eshitilib qoladi. Ayniqsa, bittasi ezib-
ezib ashula aytadi. Kechasi olisdan kelgan q o ‘shiq g ‘alati
14 — S. Ahm ad
209
bo‘larkan. Odamning tomir-tom iriga kirib ketaman deydi.
Betonchi bola ham q o ‘shiqqa ishqivoz ekan, ovozi biram
do‘rillagan. Q o ‘shiq so‘zlarini poym a-poy qilib xonish qilib
qoladi. Q uruvchilar atayin uni mayna qilib «yana b o ‘lsin»,
«do‘st» deb qo‘yishadi. Yigit ham ulam ing «iltimosi»ni
yerda qoldirmay, ashulaga ashulani ulab ketadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |