A h m a d
161
kerak. Sizlar erkaklam i mulla aka deysizlar, biz akamullo
deymiz, opam ullo deymiz. D o‘xtir opaning ismi dakumcntga
boshqacha. Ya’ni Istat Fuzaylovna. Tushundingizmi?
Polvon, tushundim, degandek bosh irg‘ab qo‘ydi. Ular
soNimgina shiyponchaga chiqib, chaqchaqlashmoqchi boNishdi.
- M ehmon, o ‘zlarini qayerdan so‘raymiz? - dedi iyagi
silkinadigan bemor.
- S o‘ramang, - dedi
polvon. - Yurtim
ju d a
uzoqda,
tog ‘lar orasida. 0 ‘zlaringdan so ‘ray. Sizlarga nim a b o ‘lgan?
K o‘p dard tortganga o ‘xshaysizlar.
- Ha, nimasini aytasiz, Guloyanning toshkentlik itya-
log‘i uraverib, hammamizni invalid qilib ketgan. Balki
eshitgandirsiz u itni? Q o ‘chqor Jalolov degan tergovchi, ha,
onangni...
- Hoy, hoy, o g ‘zingga qarab gapir, Oyti kelyap-
tilar. - Fuzaylovna o ‘tib ketganidan keyin u so‘zini davom
ettirdi. - 0 ‘sha padar la’nat k o ‘p ishlar qilib ketdi. Butun
bir shahami boqsa yetadigan boylik olib ketdi, o ‘sha itning
bolasi.
- So‘kinm ay gapir, - dedi duduqlanadigan bem or arang
gapirib.
- S o‘kinaman, nega so‘kmas ckanman! U ablahning otasi
eshak, onasi mochaxar!
Jalol
polvonning
vujud-vujudiga
minglab
igna
sanchilgandek bo‘ldi. U dunyoga kelib hali bunaqa haqorat
eshitmagan edi. Tishini-tishiga qo‘yib chidadi.
- Guloyanning o ‘zi hafta-o‘n kunda bir kelib Q o‘chqor-
ning yiqqan-terganlarini cham adonga solib, olib ketardi.
Uning tergovchilari Farg‘onada, Xorazmda, shu bizning
Buxoroda ish olib borardi. U ablah juda ham shafqatsiz,
jallod edi. Xotinlarimizni ham, kelin-u qizlarimizni ham
qamagan edi...
Hamshira Sangcha Amonova ulami tushlikka chaqirdi:
- Qani, toychoqlarim, do‘mboqlarim, avqotga.
162
Uning bu gapiga Jalol polvonning g ‘ashi keldi:
- lya, biz uning bobosi tengi b o is a k , bu tirrancha qizaloq
ermak qilyaptimi?
Uchala bem or barobariga xandon tashlab kulib yubo-
rishdi.
- Shu qizaloqning ikki kuyovi, b ir kelini bor. Sakso-
ninchi yilda nevaram k o ‘richak b o ‘lib kasalxonaga tushib
qoldi. Sangchani o ‘shanda birinchi k o ‘rishim edi. Qarasam ,
u til-jag‘li, o yoq-qo‘li chaqqon, suxsurdek qiz. Kenja
o ‘g ‘lim ga qiz qidirib yurgan paytim iz edi. Bosh vrach
oldiga kirib, Sangcha degan ham shirangiz bor ekan, axloq-
odobi qandoq, deb s o ‘radim . Bosh vrach kuldi.
- Bu qizning birinchi eridan uch, keyingisidan to ‘rtta
bolasi bor. Eri avariyaga uchrab halok boMgandan keyin ota-
onasining qistovi bilan erining yilini o ‘tqazib, erga tekkan.
Otasi bir yuz birga kirdi. Onasi to ‘qson olti yoshida olamdan
o ‘tdi. Bitta opasi hozir sakson bir yoshda.
Jalol polvon bu gapga ishonqiramay «Yo‘g ‘-e», deb
yubordi.
- U O ytim ullodan uch yosh katta. Q arang, yuzida
bitta ham ajini y o ‘q. Sochlariga haligacha oq oralam agan.
Oyti ellik bir yoshda b o ‘lsa, u dem ak ellik to ‘rtda b o ‘ladi.
Hali zuvalasi pishiq. Q izlariga sovchi kelsa, yanglishib,
Sangchani qizlardan bittasi b o ‘lsa kerak, deb gapga solib
k o ‘rishadi.
Jalol polvon, yo alhazar, deb yuborganini bilmay qoldi.
- Buxoroning tagiga oltin bor. M ana shu ichayotgan
suvimiz ham tillo qum lar orasidan o ‘tib kelayotgan b o ‘Isa
ajab emas, - dedi q o ‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor.
Poshsho-yu am irlar ham ahmoq emas. Tillo piyolada sharob
ichishgan. Tillo m e’dani tozalaydi. O dam lar bekorga tillo
tish qo‘ymaydi. Qayiiotamning dadasi zargar edi. Yiliga bir
marta bitta buxor tangani egovlab kukunini кар otardi. Ana
shu odam bir yuz etti yoshida olamdan o ‘tgan.
163
Kechqurun Sangcha Am onova dori ichirgani kirganda
polvon unga razm solib qaradi. Uning jilm ayishga moyil
bo‘lib turgan m a’sum lablari, quyuq kipriklari qurshovida
qolgan mastona k o ‘zlari, hali pardoz k o ‘rmagan yuzlari
qaramaganni ham o ‘ziga qaratadi. Jalol polvon yetmish
yoshli chol b o ‘laturib unga behayolarcha qarab turganidan
uyalib ketdi. Tangrim, o ‘zing kechir, tavba qildim, deb
istig‘for keltirganini o ‘zi ham bilmay qoldi.
Sangcha chiqib ketar ekan, bilib q o ‘yinglar, bolakaylarim,
televizom i rovna soat o ‘nda o ‘chirib ketaman, dedi.
- Unday qilma, bolam. Bugun soat o ‘n-u o ‘nda M aryam
bilan G ulbahom ing konscrti boMadi. Maryam «Qurbon
o ‘lam»ni, G ulbahor «Bam o yigit»ni aytadi. 0 ‘chirma, jo n
bolam, - deb yolborishdi chollar.
- B o‘pti, - dedi Sangcha rahmi kelib. - M ehmon, - dedi
u Jalol polvonga. - Siz famil choy ichmay turing. K o‘k
choy buyrakni yuvadi. Hozir aytaman, ham manglarga bir
choynakdan ko‘k choy keltiradilar.
Bir ozdan keyin patnisda choynakpo‘sh kiydirilgan to ‘rtta
choynak keltirib, stol ustiga q o ‘yib kctishdi.
Iyagi silkinadigan bem or anchagina gapdon ekan.
- M ehm on, biz sizning ismi sharifingizni bilm aym iz,
siz biznikini bilm aysiz. Keling, yaxshilab tanishib olaylik.
M ening ism im Hamro Ochil. M ana shu joydagi kolxozga
rais edim. Shu sanatoriyaga yem i men o ‘zim o ‘lchab ber-
ganm an. M anavi langning, y a ’niy choToqning oti Ixti-
yor Kamol, qorako‘1 sovxoziga direktor boTgan. Anavu
soqovning oti...
- Soqov dema, duduq de.
- X o‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... - aytave-
raymi, deb unga qaradi. Zulfiqor m enga bari bir degandek
qo‘l siltab qo‘ydi. - Uning fomilasi Gadoyev. Paxta zavodiga
direktor boTgan. Ana endi siz o ‘zingizning ismi sharifingizni
ayting.
164
- M en unaqa m ashhur odam em asm an, p o ‘ristoy bir
polvonm an, xolos. Polvon aka desanglar boMadi.
Oraga jim lik cho‘kdi. Har kim o ‘z choynagidan choy
quyib qaytara boshladi.
- Choyni bir qaytarsang choy boMadi, ikki qaytarsang
moy b o ‘ladi. Uch qaytarsang, gijinglagan toy boMadi, - dedi
Zulfiqor Gadoyev.
Jalol polvon yana Q o‘chqor to ‘g ‘risida gapirib qolish-
masin, deb asli kam gap odam b o ‘lishiga qaramay, uzundan-
uzoq gap boshladi:
- Ellik besh yildan beri kurash tushaman. Manaman
degan zo‘r polvonlar bilan bellashganman. Xudoning mehri-
bonligidan o ‘rgilay, umrimda yengilish nimaligini bilmay
o ‘tdim. To oTgunimcha shundoq ketaman, deb o ‘ylagandim.
Ammo bir yosh boladan yiqilib, sharmandayi sharmisor
bo‘ldim. Kasalim ham shundan. Bola nihoyatda kuchga
to ‘lgan, abjir, kurash hadisini olgan polvon ekan. Urdi, meni
chalpak qilib yerga urdi. Belbog‘imni tirsagiga o ‘rab qisganda
belim cho‘rt uzilib ketadiyov, deb o ‘yladim. BelbogNm xuddi
sim arqon bo‘lib suyak-suyaklarimgacha qisardi. Quymichim
bilan yerga zarb bilan tushdim. Ichak-chavoqlarim aralash-
quralash bo‘lib ketdi, deb o ‘yladim. Davradan o g ‘riq azobida,
yurt ko‘ziga qarayolmay, sharmandai sharmisor b o ‘lib, chiqib
ketdim. D o‘xtirlar buyragingiz joyidan qo‘zg ‘alibdi, deyishdi.
Mana endi, qariganimda dardga chalinib o ‘tiribman.
Bem orlar uning bu gaplarini quloq qoqmay tinglashardi.
- H ar bir odam ning ichida dard bor. E, nimasini aytasiz,
biravniki oshkora, biravniki pinhona. M ana, bizdi olsak...
Hamro Ochil Zulfiqoming gapini bo‘ldi:
- Yana anavu iflos, itdan tarqagan Q o‘chqor Jalol
to ‘g ‘risida gap boshlam oqchim isan, gadoyning bolasi? Q o‘y
o ‘shaning harom otini o g ‘zingga olma.
Polvon bir qizardi, bir b o ‘zardi. Noiloj chidadi. U shuncha,
uzundan uzoq gapirib ulami chalg‘itmoqchi b o ig an d i. Bari
bir gap aylanib yana o ‘g ‘liga kelib to ‘xtadi...
165
- Ertaga biznikiga nonushta qilsak. Uyim yaqin, shu
yerdan k o ‘rinib turadi. Bir yayrab saryoqli shirchoyxo‘rlik
qilsak. Tandirdan yangi uzilgan, ushlagan q o ‘lni kuydi-
radigan moyli patirni shirchoyga to ‘g ‘rab yegan odam
pram a jann atg a tushadi. N im a deysizlar, j o ‘ralar?
- Bilmadim, - dedi
polvon. - Bu
yerning
qoidasini
unchalik bilmayman. D o‘xtirlar k o ‘nisharmikan?
- Bildirmaymiz-da. Ular to ishga kelguncha biz nonushta
qilib b o ‘lamiz. Shirchoy sahar paytiga ichiladi. Tushun
dingizmi, j o ‘ra?
Polvon yana gap Q o‘chqordan boshlanm asin, deb darrov
xo‘p, dedi.
Hamro Ochilning hovlisi katta, imoratlari ham raischasiga
qurilgan. Xonalari keng, shifti baland. Qandaydir patnislarga
qarab chizilgan gul, tarvuz, qushlam ing suratlari bilan
bejalgan edi. Xona jihozlari nochor edi. Birov havas qilsa
boMadigan gilam-u javonlar y o ‘q. Bir kitob javonida besh-
o ‘nta paxta gulli piyola bilan to ‘rtta choynak bor edi.
Polvon ko‘p raislarning uylarida b o ‘lgan. Ularnikida
qimmatbaho mebellar, devorlarda ham, oyoq ostida ham
eron-u turkm an gilamlari, yapon, xitoy, nemis chinnilari
tokchalarda, javonlarda chaqnab, k o ‘zni olardi. Jalol polvon
Hamro raisning zavqi pastroq ekan, degan o ‘yga bordi. Yo
boNmasa k o ‘p qiz uzatgan-u har to 1 у da qizlar uyni b o ‘shatib
ketavergan, deb dilidan o ‘tkazib q o ‘ydi.
Hamro Ochil uning ko‘nglidan o ‘tayotgan gaplami sezdi.
- A jablanyapsiz-a, Polvon ako? Bu uydagi qimmatbaho
buyum lar muzeylarda ham topilmasdi. Bebaho chinnilam ing
ko‘pligidan y o ‘talsang chinni ovozi yarim soat jarang-
lab, xonada aylanib yurardi. Men qam alganim da bolalarim
bir chekkadan sotib o ‘sha onangni... Q o‘chqorga oborib
berishipti, na gilam qopti, na chinni asbob.
Polvon hech bo‘lmasa shu yerda Q o‘chqom ing nomi tilga
olinmas, deb o ‘ylagan edi. Yo‘q, b o ‘lmadi.
166
Dasturxonga ajoyib n e’m atlar tortilgan edi. K attaqo‘r-
g ‘onning ushlasa uqalanib ketadigan pashmagidan tortib,
Buxoroning m ashhur yog‘li holvasigacha, har biri «Jigu-
li»ning g ‘ildiragidek yog‘li patirlar...
Hovlida hech kim y o ‘q.
- Kelinlar, qizlar saharlab bu taom lam i tayyorlab, birlari
ishga, birlari o ‘qishga ketishgan.
Yoshi oltmishlarga borib qolgan ozg‘in bir xotin patnisda
to ‘rt chinni kosada shirchoy k o ‘tarib kirdi. Hamro Ochil
turib, patnisdagi chinnilam i olib, dasturxonga qo‘ydi. Shunda
Jalol polvonning k o ‘zi xotinning barmogNga tushdi. Uning
o ‘ng qoMidagi o ‘rta barmogN xuddi ipga osib q o ‘ygandek
salanglab turardi.
- Qani, shirchoy sovimasin. Patir qaynoqligida to ‘g ‘-
ranglar, mazasi boshqacha b o ‘ladi. M urch sepsak-ku, mazasi
yanayam boshqacha b o ‘ladi-ya, ammo buyrakka achchiq
narsa to ‘g ‘ri kelmaydi-da.
M ehmonlar nihoyatda totli shirchoy bilan ovora bo‘lib,
hech biridan sado chiqmadi. Hamro Ochil jim likni buzdi:
- Polvon aka, xotinimning barm og‘ini k o ‘rib hayron
b o ‘ldingiz-a? Bu o ‘sha padarla’nat Q o ‘chqor tergovchining
ishi. Men uylanganim da onam rahmatli barmoqlaridagi
uzukni chiqarib, kelinga, bolam bu uzukni katta buvam
taqqanlar, u kishidan keyin men taqqanman, endi siz ta-
qing, deb xotinimning o ‘rta barm og‘iga taqib q o ‘ygan
cdilar. Uzukning ikkita moshdck olmos ko‘zi bor edi. U
paytda xotinim ozg‘in, barmoqlari ham qalamdek ingichka
edi. Ikki bola tuqqandan keyin et qo‘yib, semirib ketdi.
Barmoqlari ham y o ‘g ‘onlashib qoldi. U shu uzukni qirq
yildan ortiq taqdi. Ammo qo‘ldan qo‘ymadi. To‘n g ‘ichimni
uylantirganimizda, xotinim kelinning barm og‘iga shu uzukni
taqib q o ‘ymoqchi b o ‘ldi. U ancha urindi, barm og‘idan chi-
qarolm adi. U zuk g o ‘shtdor barmogN terisi orasida qolib
ketibdi. Kelinga Buxorodan boshqa uzuk opkelib bergandim.
167
Men qamalganimdan keyin ham ablah Q o‘chqor tergovchi
uyni obis qipti. Kelinlarimning, qizlarim ning hamma taqin'
choqlarini opti. Xotinimning barm og‘idagi uzukka ko‘zi
tushib, shuncha urinibdiki, chiqazolmapti. Oxiri uzukni
ombur bilan qisib bor kuchi bilan tortibdi. U zuk barmoqning
terisini, g o ‘shtlarini sidirib chiqibdi. Barmoq b o ‘g ‘inlari
uzilib ketibdi. H ozir ko‘rdingiz-ku, bitta barm og‘ida jon
y o ‘q, to ‘rtta barmoq orasida lattaga o ‘xshab osilib qolgan.
Kir yuvolmaydi, xam ir qorolm aydi, igna ushlasa, joni yo‘q
barmoq xalaqit beradi.
Gap nimadan boshlansa oxiri Q o‘chqor bilan tugardi.
Jalol polvon Buxoroga kelganiga pushaym onlar yedi. Ming
o ‘lib, ming tirildi.
- Shu desangiz, - deya gapini davom ettirdi Hamro
Ochil. - Erta-indin pensiyaga chiqsam, kolxoz mashinasini
topshirishim kerak bo‘ladi. H ar qalay o ‘ttiz-qirq yil mashi-
nada yurgan odam piyoda qolmay, deb kenjam ga bitta
«Volga» olib berdim. N om er oldik. Pravasi y o ‘q bola minib-
netib yurmasin, deb kalitini xotinim ga berib q o ‘ydim . Ablah
Q o ‘chqor hali moyi artilmagan yap-yangi mashinani ham
olib ketibdi. Iloyo buyurmasin, iloyo avariyaga uchrab o ‘ligi
xor b o ‘lsin! Ota-onasi tobuti ketidan faryod urib qolsin...
Jalol polvon dod devoray dedi. Birdan, kutilmaganda
yuragiga sanchiq kirdi. Tomiri to ‘xtab-to‘xtab ura boshladi.
Hamro Ochildan yurak dorisi bormi, deb zobrg‘a so‘rayoldi.
Rais «hozir, hozir» deganicha yugurib chiqib ketdi. Bir ozdan
keyin dori solingan qutichani ko‘tarib kirdi.
- Xotinim ning ham yuragi xuruj qilib turadi. M anavuni
tilingizning tagiga tashlab oling, hozir o ‘tib ketadi. - U
shunday deb polvonga validol tabletkasini uzatdi.
- Chaynam ang, o ‘zi erib ketsin, - dedi Zulfiqor Gadoyev.
Jalol polvon yurak o g ‘rig‘i qandoq bo‘lishini endi bildi.
- Doktor chaqiraylikm i? - dedi Ixtiyor Kamol.
- Yo‘q, y o ‘q, hojati y o ‘q, hozir o ‘tib ketadi, - dedi arang
o ‘zini tutib polvon.
168
Polvonni palataga opkirib, o ‘m iga yotqizib q o ‘yishdi.
Sangchaxon uning qon bosimini o ic h a b , labini tishladi.
- Sizga nim a b o ili, qo‘zichog‘im? Biron nimadan diqqat
b o ‘ldingizmi?
Polvon boshini sarak-sarak qildi.
Istat Fuzaylovna
Sangcha vahima qilyapti, deb boshqatdan qon bosimini
o ‘lchadi.
Polvonni doktor ko‘rayotganda boshqalar tashqariga
chiqib turishgan edi.
- Bu odam ning ichi to ‘la dard. Siz bilan bizdan ko‘ra
alamli kunlam i k o ‘rganga o ‘xshaydi. O g‘ir, bosiq odam
ekan, yorilib dardini aytmayapti.
- Sizga hayajonlanish mum kin emas. K o‘rgan yaxshi
kunlaringizni eslang, - dedi Istat Fuzaylovna.
- D o ‘xtir opa, endi m enga javob beraqoling. Xudoga
shukr, buyragim durust b o ‘lib qoldi. Yurakni Toshkentda
davolatsam ham b o ‘ladi.
Oyti boshini sarak-sarak qildi:
- Buyrak bilan hazillashmang. Hali tuzalgani y o ‘q.
Bilasizmi, buyragingiz joyidan siljigan. To tuzalmagunizcha
ketishni o ‘ylamang.
Polvon yana biron oy turishga ham rozi edi. Ammo
sheriklarining gap lari uning jon-jonidan o ‘tib ketyapti.
Ertalab turiboq bism illosiga Q o‘chqom i padarla’nat, deb
so ‘kishadi. Kechqurun yotishda ham yana o ‘sha gap. Bu
gaplarga qandoq chidaydi? 0 ‘sha ablahning padari menman,
siz o g ‘izga olib b o ‘lmaydigan uyat gaplar bilan so‘kayotgan
onasi mening xotinim, deb aytolmasdi.
- Zulfiqor Gadoyev bundan ikki oy oldin nevarasini
kuyovga chiqazgan edi. Ertaga quda chaqiriq qilishyapti.
Albatta boring. K o‘pni k o ‘rib, dilingiz yorishadi. Yana o ‘n
marta tom iringizga gim odez yuborsak, ko‘rm agandek boTib
ketasiz. Endi aravachadan lushing. Piyoda yuring. Ammo
oyoqni yerga zarb bilan tashlamang. Suvda suzgandek belga
og‘ir kelm aydigan qilib yuring.
169
Polvon lom-mim deyolmay qoldi. Tani boshqa dard
bilmas ekan. A gar eshitayotgan yuzlab haqoratlarining
bittasini u eshitganda edi, hovli o ‘rtasida sochini yozib dod
derdi. Bilmaydi-da. Buni polvonning o ‘zidan boshqa hech
kim bilmaydi. Endi buyog‘iga Polvon, ko‘zim ko‘r, qulog‘im
kar, deb yashashga majbur. Qiyin, ju d a qiyin bundoq qilish.
Na iloj!
Ertalab nonushtadan chiqib, bir stakandan buloq suvi
ichib, kundalik nasiba - ukol yeb, shiyponchada o ‘tirishgan
edi, Zulfiqorning o ‘g ‘li kelib, m ashinada olib ketdi.
Oytimullo k o ‘pni ko‘rib dilingiz yorishadi, degandi.
Qayoqda, mehm onlar uchun dasturxon tayyorlangan xonaga
qadam bosishlari bilan polvonni elektr toki urgandek b o ‘ldi.
K o‘zlari tinib, boshi aylandi.
Devordagi qip-qizil cho‘g ‘dek eron gilami o ‘rtasida ilib
qo‘yilgan zarrin ramkada nihoyatda k o ‘hlik ayol kishining
kattalashtirilgan foto suratini k o ‘rgandayoq Polvonning rangi
o ‘chdi. Suvratdagi ayolning qulog‘ida kelini Gulandom taqib
yurgan zirakni k o ‘rdi. Polvon Gulandom ning qulog‘idan
olib, salmoqlab k o ‘rib, taqma, azador xotinsan, olib q o ‘y,
degan edi o ‘shanda.
- Bu kimning surati? - deb so ‘radi polvon Ixtiyor
Kamoldan.
Ixtiyor q o ‘ltiqtayog‘ini devorga suyab, stul tom on intilar
ekan, muvozanatini y o ‘qotib, yonboshiga og‘a boshladi.
Polvon ushlab qolm aganda yiqilishi aniq edi.
- Hozir so ‘ramang, Polvon aka, keyin aytaman, bu ayol
o ‘ziga o ‘t q o ‘ygan.
Ko‘chadan q o ‘sh mashinaning ketm a-ket signali eshitildi.
Bolalam ing baqiriq-chaqiriqlari boshlandi. Bunday paytlarda
bolalarga xudo beradi. Q uda ta ra f albatta bolalarga turli
sovg‘alar olib kelishadi. Biriga jevachka, biriga shokolad,
biriga suvotar to ‘pponcha tarqatadilar.
170
Avval ayol qudalar hovliga kirishdi. Zulfiqom ing xotini
ulam ing oyog‘i tagiga oq surp poyandoz yozdi. Kelinlik
libosida yal-yal yonib kirgan nevarasini bag‘riga bosib, ko‘z
yosh qilib oldi. Zulfiqor erkak qudalarga ham xuddi shunaqa
oq surp poyandoz to ‘shadi. U oldiga kelib bosh egib turgan
nevarasi
Baxshanda kelinchakning peshonasidan o ‘pib:
«Baxtli bo‘l, bolam, borgan joyingda palak otib, uvali-
juvali b o ‘l, - deb yelkasini silab qo‘ydi. - Endi dadang bilan
ko‘rish».
Baxshanda o ‘rik tagida o ‘pkasi to ‘lib, hiqillab turgan
dadasi oldiga bordi. Dadasi qirq besh yoshlardagi jikkak,
k o ‘zlari chaqnab turgan chiroyli kishi edi. Baxshanda
yuzidan to ‘r pardani olib, dadasining b o ‘yniga osildi. Bolalik
paytlaridagidek, xuddi birov ota bag‘ridan tortib olmoqchi
boMayotgandek yopishib olgandi.
- O nang rahmatli
ko‘rmadi
bu
kunlarni, - dedi
u
bolasining boshlarini, yelkalarini silab.
U o ‘zini tutishga urinardi. Ammo irodasidan hayajon
z o ‘rlik qildi. Yig‘lab yubordi.
Kuzatib turganlar ham qattiq hayajonda edilar. Oxiri
buvasi kelib Baxshandani otasi bag‘ridan, b o ‘ldi, bo‘ldi,
duxtarim, bas endi, deya olib ketdi.
Ayollami hovli etagidagi xonaga, erkaklam i kiraverishdagi
m ehm onxonaga olib kirishdi. Dasturxonga quyuq-suyuq
tortildi. Zulfiqom ing kenja o ‘g ‘li xokandozda isiriq tutatib
chiqib ketdi. 0 ‘tirganlar baholi qudrat biri yuz so‘mlik,
biri ellik so ‘mlik uzatdilar. U dum shunaqa, isiriq tutatgan
odamga, albatta pul berish kerak.
Zulfiqor qudalariga polvonni tanishtirdi.
- Ixtiyomi ham, Hamroni ham taniysizlar. Polvon aka
biz bilan sanatoriyada birga davolanyaptilar. U kishi ko‘p
yaxshi odam. Bosiq, mulohazali, andishali.
Polvon ichidan zil ketdi. U o ‘ylardi, shu andishali, shu
mulohazali odam ning farzandi bu oilaga cheksiz jafolar
qilgan. Q arshingizda o ‘tirgan shu andishali odam - odam
emas, b o ‘rining, shoqolning otasi...
171
Hali bir-biri bilan tanishib ulgurm agan odam lar odatda
u yoqdan-bu yoqdan gapirib, oxiri suhbat mavzuini topib
oladilar.
Ayniy teatriga Obid qiziq bilan M irza qiziq kelganini, rosa
qiziq hangom alar aytib, odam lam i kuldirganini, Bahouddin
pirim ziyoratidan qaytayotgan Erkin Vohidov bilan Abdulla
Oripov Labihovuzga choy ichgani kelishganini, odamlar
o ‘rab olganini, Devonbegi m adrasasining gumbazigacha
odam to ‘lib ketgani, ikki soatdan ortiq she’r o ‘qitishganini
gapirishardi.
Bu bo‘layotgan gaplar Polvonning qulogNga kirmas,
ikki ko‘zi devordagi suratga qadalgan. N azarida suratdagi
ayolning qulog‘idagi zirak qim irlayotganga o ‘xshayverardi.
Ixtiyor Kamol m ehmonlarga m ulozamat qilib, kirib-chiqib
turgan Zulfiqoming qulog‘iga nim adir dedi. U bosh irg‘ab,
xo‘p, deb chiqib ketdi-da, bilagiga ikkita to ‘n tashlab kirdi.
- Qudajonlar, bu m ehmonlarimizni, - u Polvon bilan
Ixtiyor
Kamolga
ishora
qildi, - d o ‘xtirlardan
qarzga
olib kelganmiz. Ketishm asa boMmaydi. Polvon akaning
tom irlariga dori yuboradigan payt bo‘ldi. Nima deysizlar?
Javob beraylig-a...
Zulfiqor Polvon bilan Ixtiyom ing yelkasiga to ‘n tash
ladi.
Ular ikkovlashib mashinada qaytishar ekan, Zulfiqoming
uyidagi ayollam ing pazandaligiga tasannolar aytishardi.
- D o‘stim, - dedi Polvon palataga kirishgach, - o ‘ziga
o ‘t qo‘ygan ayol to ‘g ‘risida keyin aytaman, degan edingiz.
Ayting, nim a b o ig a n ?
- X unuk ish b o ‘lgan, j o ‘rajon, ju d a xunuk, anavu yara-
mas, it em gan Q o‘chqor Zulfiqorni qam ab, k o ‘p azoblar
berdi. Zulfiqor ham anoyi odam lardan em as. X onning
saroyidek uyni qurishga g ‘ishtni qaydan olding, taxtani
qaydan olding, deb qiyin-qistovga tutaverdi. Zulfiqor im orat
uchun nim aiki olgan b o ‘lsa, ham m asiga g ‘isht zavodidan,
taxta iskalatidan, sem on-u tunukalargacha kvitansiya olib
172
q o ‘ygan edi. Bundan ish chiqazolm agan tergovchi, qancha
paxta sotib olgansan, qancha sotgansan, deb qiynayveradi.
Paxta zavodini uch marta reviziya qiladilar, pichoqqa
ilinadigan biron ishkal topolmaydilar. Tillangni, boyligingni
qayerga yashirgansan, deb yana do‘pposlaydilar. Zulfiqor
menda bunaqa narsalar y o ‘q, deb azoblarga chidab beradi. Bu
orada yarim yilga yaqin vaqt o ‘tib ketadi. Oxiri Zulfiqoming
xotini bilan kelinini qamab, tergov qiladilar. Guloyan
Q o‘chqor tayyorlagan hujjatlam i k o ‘rib, b o ‘lmaydi, dedi.
«Uni shundoq q o ‘yib yuborsak gap tegadi. Hujjatlam i ikki
yilga kesish mumkin boMadigan qilib tayyorla. Xotini bilan
kelinini shu bugun qo‘yib yubor», deb o ‘zi Qarshi tomonga
o ‘tib ketadi.
- Q o‘chqor Jalolov o‘sha kuni Zulfiqoming xotinini
qo‘yib yuboradi. Uning yolg‘iz qolgan kelinining oldiga tun
yarmida kiradi. Q o ilarin i qayirib, uni zo‘rlaydi. Q ulog‘idagi
ziragini olib, tongga yaqin chiqarib yuboradi. Telba bo‘lib
qolgan juvon hali osmon oqarmay turib uyga keladi. Holdan
toygan qaynonasi uxlab у otardi. Hali uyg‘onmagan qizi
Baxshanda tepasiga kelib uzoq qarab turadi. Harom vujudi
bilan unga yaqin kelolmaydi. Oshxonaga kirib kerosin to‘la
tunuka bankani k o ‘tarib chiqadi-yu, boshidan quyadi. Gugurt
chertib yuboradi.
Tom b o ‘yi boTib yonayotgan olov hovlining u boshidan-
bu boshiga yugurar, shu olov ichida ayol kishining
bo‘g ‘iq ovozi eshitilardi. U yg‘onib ketganlar unga yaqin
borolmasdilar. Chelaklab suv sepsalar ham u o ‘chmasdi.
Zulfiqorni turm aning ichida sud qilib, ikki yil beradilar.
Ikki yillik muddatni о ‘tab boTdi, deb chiqarib yuboradi lar. U
qam oqdan chiqqanda kelinning qirqi o ‘tib b o ‘lgandi.
Ixtiyor Kamol stoldagi allaqachon sovib qolgan choy
ni simirib, insonning boshi toshdan ekan, jo ‘ra, deb o ‘tir-
gan yerida q o ‘ltiqtayog‘iga ko‘ksini tiradi. Tashqaridan
odam lam ing ovozi eshitila boshladi. Bir ozdan keyin tomirga
dori tomizadigan moslama ko‘tarib Sangcha kirdi.
173
- Bugun vaqtida ukol olmadinglar, jujuqlarim , gimodez
tomizish ham kechikib ketdi.
Sangcha Polvonga faqat quvnoqlikka yaratilgan bir
malak b o ‘lib ko‘rinadi. Yer yuzi shunaqa nurli odam lar bilan
munavvar, deb o ‘ylardi u. Xudo jam i g o ‘zallam i odamlami
mahliyo qilish uchun, insonlar ko‘nglidan badbinliklami
quvib, vujud-vujudini ezgulikka chulg‘ab, yaxshiliklarga
chorlash uchun yaratgandek edi.
Polvon salkam ikki soat bilagida igna bilan bir litrli
shishadagi gim odez suyuqlikning oxirgi tomchisi qolguncha
qim irlamay у otdi. K o‘zini uyqu bosdi. Ham shira quymichiga
ukol qilgandagina uyg‘ondi. Hali oftob o ‘chmagan. Bemorlar
kechki salqinda xiyobonlarda sayr qilib yurardi lar. Ixtiyor
Kamol hamon qo‘ltiqtayog‘ini iyagiga tirab, qimirlamay
o ‘tiripti. Polvonning uyg‘onganini sezgach, tashqariga chiq-
maymizmi, deya o ‘m idan tura boshladi. Polvon ham turdi.
Ikkovlashib hovliga chiqishdi. Buloqdan bir piyoladan suv
ichib, o ‘zlari o ‘rgangan shiyponga chiqib o ‘tirishdi.
- Uch kundan keyin muddatim tugaydi. Ketsam, siz
zerikib
qolm asmikinsiz,
deb
o ‘ylayman, - dedi
Ixtiyor
Kamol.
- M en ham ketsam kerak, - dedi Polvon.
Aslini olganda, bu mehribon, qayg‘ungga qayg‘udosh
odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. Faqat, faqat
Q o‘chqordan gap boshlam asa boMgani. Baribir b o ‘lmadi.
Q o‘chqom ing nomi aralashmagan suhbat suhbat o ‘miga
o ‘tmay qoldi.
- O yog‘ingizga nim a qildi, deb so‘ramadingiz, o ‘zim
aytay. Tergovchi Q o‘chqor Jalol meni qamoqqa olgan ku-
niyoq, oltinlaringni, boyliklaringni qayerga yashirgansan, deb
kechasi-yu kunduzi uxlatmay so ‘roq qildi. M enda bunaqa
narsalar yo‘q, desam, ishonmaydi. Uradi, tepadi, q o ‘llarimni
qayiradi. Men bir chorvador odam boTsam, menda tillo nima
qiladi, deyman, qani ishonsa! Ikki barzangi yerga yotqizib,
qo‘l-oyog‘imni bosib turdi, yana biri stulga chiqib, ikki
174
tizzamning ko‘ziga sakrab tushdi. O g ‘riq azobida hushimdan
ketib qopman. Tizzalarimning oshiq-m oshig‘i joyidan qo‘z-
g ‘ab qopti. Doktorlar gipsga solishdi, boMmadi. Oxiri
romitonlik mosh tabibni chaqirib kelishdi. Q o‘li yengil ekan,
oshiq-moshiqni joyiga soldi. O g‘riq qolgandek b o ‘ldi. Lekin
tizzalarimdan pastida jo n yo‘qdek. Shu-shu, q o ‘ltiqtayoqqa
osilib, sudralib yuribman. Q o‘chqor Jalol haromi, g ‘aming
bolasi bitta gapni biladi. Oltin, oltin qani? Yashirgan
joyingni ayt. Aytmasang, q o ilarin g n i ham sindiraman, deydi.
Bo‘lmadi.
Bolalarimni,
kuyovimni
chaqirtirdim.
Ulami
cho‘ldan zudlik bilan olib kelishdi. Kenjam ahvolimni ko‘rib,
dodlab yubordi. Ikki tarsakidan keyin bolam sho‘rlik jim
bo‘lib qoldi. U lam ing hammasi cho‘pon. Sovxoz qo‘ylarini
boqishadi. Har birining xususiy ikki-uch yuzdan qo‘yi bor.
Bunga hukumat ruxsat bergan. Terisini, junini, go‘shtini
davlatga sotishadi. Bundan tashqari, plan ustiga qo‘shimcha
mahsulot bergani uchun yaxshigina mukofot puli ham
olishadi. «Bolalarim, q o ‘ylaringni bitta qoldirmay sotinglar.
Pulini manavularga keltirib bcringlar», dcdim. Bolalarim
ota so‘zidan chiqmaydigan qobil bolalar edi. X o‘p, deb
chiqib kelishdi. Sovxoz qo‘y sotib olmaydi. Olganda ham
pulini bir yil sudrab chala-yarim qilib, kattagina soliq olib,
barakasini ketqizib, keyin beradi. Mingga yaqin qo‘yni
bozorga chiqarib boTmasa! Bolalarim nima qilishlarini
bilmay
ikki
mototsiklda
cho‘ldagi
cho‘ponlar
oldiga
borishadi. Sovxozning Qizilqumda bir yuz qirq ming qo‘yi
boqiladi. Ikki yuzdan ortiq cho‘pon qishin-yozin saratonni
saraton dcmay, chillani chilla demay, oftob tig‘ida kuyib,
cho'l b o ‘ylab qo‘y haydashadi. Normengli degan cho‘pon
ularga boshchilik qiladi. U asli Surxondaryoning Sherobod
tumanidan. Yoshligida Shofirkonga kelib qolgan. Normengli
halol, pokiza odam, chorvachilik unga otakasb b o ‘lgan.
Bolalarim o ‘sha Normenglining oldiga borib, niyatlarini
aytadilar. Normengli boshini qashlab, uzoq o ‘tiradi. Yerga
ko‘zini qadagancha, tinmay sigarcta chekadi. Yarim soatcha
175
shu alpozda o ‘tirib, o ‘m idan turadi, u yoq-bu yoqqa yuradi.
U nihoyatda asabiy, hozir birov bilan m ushtlashm oqchidek
m ushtlarini tugadi. N orm engli keyingi paytlarda uyqusizlik
kasaliga m ubtalo b o ‘lgandi. Ana olib ketadi, m ana olib
ketadi, deb o ‘tov oldiga chiqar, olisdan to ‘zon k o ‘tarilsa,
to yetib kelguncha o ‘zini q o ‘yarga jo y topolm asdi.
M ashinada yo zootexnik, yo vetvrach kelganini k o ‘rgandan
keyin k o ‘ngli joy ig a tushardi. N orm englining tuman
m arkaziga borm aganiga ham uch oydan oshdi. Guloyan
ay g ‘oqchilarining k o ‘zi tushsa uni ham ro ‘yxatga tirkab
q o ‘yishlarini biladi. Yaxshisi, yom on k o ‘zlardan yiroqroq
yuray, deb ch o ‘l kezgani-kezgan edi.
Normengli bir qarorga keldi shekilli, joyiga o ‘tirib:
«Ketaveringlar, - deydi u, - ham m ang o ‘z otaringga bor.
Ertalab oldilaringga odam boradi».
Ertalab Normenglining o ‘g ‘li to ‘ng‘ichimnikiga motot-
sikl kajavasida bir qop sabzi-piyoz, kartoshka tashlab
ketadi. Ketar chog‘ida kelinimga piyoz tagida pul bor,
hammasini tergovchiga bermanglar, ellik mingi o ‘zlaringda
qolsin, hali sizlarga pul ko‘p kerak bo‘ladi, deb j o ‘nab ketadi.
0 ‘g ‘lim Q o‘chqor Jalolga pulni olib borganida u bola
bechoraga baqirib beradi.
- M en senlarga pul deganim y o ‘q. Tilla tanga olib kel,
deb aytganman, tushundingm i? - deydi.
- Bizda unaqa narsa yo‘q. U mrim da bir donasini ham
ushlab ko‘rmaganman.
Q o‘chqor tajang bo‘ladi.
- Sunday qilasan. Hoziroq Buxoroga borib katta bozor-
dan Ashot degan kabobpazni topasan. Meni Q o‘chqor Jalol
yubordi, deb q o ‘liga pullam i berasan. H ushyor b o ‘l, oldida
odam yo‘q paytida u bilan gaplash. Nima qilishni uning o ‘zi
biladi, - deb tushuntiradi.
Nafsingga o ‘t tushgur Q o‘chqor Jalol yuzta buxor tangani
olgandan keyin, «Aybi isbotlanmadi», deb meni q o ‘yib
yuboradi.
176
Uyni tintuv qilganda olib ketgan bitta q o ‘l soati bilan
Parijda
m ukofotga berishgan
oltin
m cdalim ni
qaytib
bermadi. Uni «antiqa» teri uchun olgandim. Tanlov hakami
bilagim ga bar o ‘n besh daqiqada kuy chaladigan shveytsar
soatini taqib q o ‘ygandi. Afsus, ju d a qim m atli esdalik edi.
Hay, janozasiga buyursin...
Chiqqanim ning
ertasi
kech
qorong‘ida
Normengli
keldi. Q o ‘ylardan birontasini ham sottirmaganini, pul
lami ch o ‘ponlar to ‘plab berganini aytdi. Bunaqa odam-
garchilikdan ko‘zlarim yoshga to ‘ldi. 0 ‘zimni tutolmay,
hiqillab yig‘lab yubordim. Iflos Q o‘chqor shuncha azob
berganda ham mijjamga yosh kelmagandi. C ho‘ponlam ing
odam garchiligidan ta’sirlanib ketibman.
Kechqurun palatada ulfati chor b o ‘lib, choy ichib o ‘ti-
rishardi. Televizor birinchi o ‘zbek kosmonavti Sharipovning
xonadonini k o ‘rsata boshladi. Q arindosh-urugTari, qo‘ni-
qo‘shnilari, yor-birodarlari Sharipovning ota-onalarini tabrik-
lashyapti. Hovli odam ga to ‘lgan. Hamm aning qoTida gul.
Choy ho‘playotgan Hamro Ochil, qanday baxtli oila bu,
deb yuborganini bilmay qoldi.
- O tasiga rahmat! - dedi Ixtiyor.
- Shundoq
farzand
o ‘stirgan
onasiga
ming-ming
rahmat-e! - deb yubordi Zulfiqor.
Faqat Jalol polvonning tiliga gap kelmasdi.
Hamro O chilning faylasufligi tutib ketdi.
- Bilasizmi, inson nim a uchun farzand o ‘stiradi. M ehnat
qilib, topib kelgan osh-noni uchungina emas, oTganingda
go‘ringga qo‘yadigan marm ar toshi uchungina emas, el-
yurtdan olib keladigan otangga rahmat, degan birgina so‘zni
eshitish uchun o ‘stiradi. Otangga la’nat, padaringga la’nat,
degan so‘z olib keladigan farzandning yuzini Xudo teskari
qilsin!
M ana shu suhbat asnosida Jalol polvon ming o ‘lib, ming
tirildi. 0 ‘zidan o ‘tganini o ‘zi biladi. M um tishlagandek, tilini
yutib yuborgandek zabun edi u.
12 - S’. A hm ad
177
- Mana, masalan, ablah Q o‘chqor Jalolning otasiga hech
kim rahmat, dermikin? Qani aytinglar-chi? N im a deysiz,
Polvon aka?
Jalol polvon nim alardir deb g ‘udrandi. Nima deganiga
hech kim tushunmadi. Uning rangi oqarib ketgan, qoshlari
o ‘rtasiga tugunchak tushib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo
alpozda o ‘tirardi.
- Yo‘q, - dedi
Ixtiyor
Kamol. - Hech
kim
rahmat
demaydi. Shunday iflos bola o ‘stirgan sendek otaga ming,
million la’natlar yogNlsin, deydi.
Jalol polvon holsizlanib o ‘m idan turdi, mast odam dek
chayqala-chayqala hovliga chiqib ketdi.
Bechoraning yana qon bosimi oshib ketdi shekilli, -
dedi Zulfiqor. Yo yuragi xuruj qildim ikin? U shunday deb
ch o ‘ntagini kovlab, validol qidira boshladi.
Jalol polvon kechasi uxlayolmadi. U yonboshidan, bu
yonboshiga ag‘darilaverganida karavot gNchirlab, sherik-
larini uxlatmadi. Oxiri o ‘m idan turib, shippagini kiydi-yu
tashqariga chiqib, har gal orom oladigan shiyponda o ‘tirib
o ‘y -o ‘ylab ketdi.
Kecha sokin. Tiq etgan tovush y o ‘q, oy ham sindirilgan
patirdek yarimtagina b o ‘lib qolgan. Polvonning holiga kul-
gandek yaqinginada baqa qurillaydi. Ketma-ket, cho‘zib-
cho‘zib qurillaydi.
Polvonning
ichida
nim adir
yonayotgandi.
Ichidagi
olov chiqib ketishga yo‘l izlayotganga o ‘xshardi. Oxiri bir
xo‘rsinganida bo‘g ‘zini kuydirdi-yu, tashqariga chiqib ketdi.
Odamning joni ham shunaqa chiqib ketarmikin? Yo‘g ‘-e,
undaymasdir. Polvon jilm ayib turib jo n berganlam i ko‘rgan.
- E, attang. Esiz umr, esizgina umr-a! Xudo meni
odam lam ing la’natini eshitish uchun yaratgan bo‘lsa ilojim
qancha! - dedi u afsus-nadom atlar bilan.
P olvonning davolanish m uddati tugadi. Uni kuzatgani
aeroportga chiqishdi. Polvon sam olyot trapiga oyoq q o ‘-
178
yatu rib, kutinglar, bir haftaga qolm ay kelam an, deb tak-
rorladi.
Samolyot havoga ko‘tarilganda Polvon birdan yengil
tortdi. Badbaxt o ‘g ‘li tufayli yog‘ilgan qarg‘ishlar, undan
azob chekkan alamzada odam lar yerda qoldi.
Qishloq o ‘sha-o‘sha, odam lar o ‘z tashvishlari bilan ovora.
Chollarga har kuni b o ‘lmasa ham kunora nahorga osh bo‘lib
turibdi. Birov qiz uzatyapti, birov o ‘g ‘il uylayapti. Yana
birov olamdan o ‘tgan otasi yo onasiga yigirm a oshi beryapti.
Faqat
Nurim
sartarosh
bu
oshlarga
borolm aydi.
O dam lardan yuzi shuvut. U d o ‘konini ham ochm ay q o ‘y-
gan. QulogNga bir xunuk gap kirdi-yu, d o ‘konga qulf
soldi. «N urim o ‘sha odam ovchisi Sobitning otasi-da,
bolasidan o ‘tib qayoqqa borardi. B o‘yningga lungi boylab,
kekirtagingga ustara tortib yuborishi hech gap emas.
H ukum at y o ‘li bilan boshqa sartaroshxona ochish kerak».
Shu gap qulog‘iga kirdi-yu, Nurimning qirq yillik kasbi
barham topdi. K o‘chaga ham chiqmay, tomorqasida g ‘i-
mirsib yurdi.
Kunduz soat birlarda samolyotdan tushgan Polvon qish-
loqqa kun botm ay kirib keldi.
Nurim sartarosh eshigi oldida omborga tiqilib qol
gan xashaklam i olayotgan edi. Jalol polvonning qorasi
k o ‘rinishi bilan ishini tashlab, shoshilganicha uyiga kirib
ketdi. U ning Polvonga k o ‘rinishga beti chidam asdi. 0 ‘g ‘lini
otib ketgan bolasi uchun albatta m endan qasos oladi, deb
o ‘ylardi. Polvon esa unga qarayolm asdi. Shu tinchgina
oilani xarob qilgani uchun Nurim albatta m endan o ‘ch
oladi, deb o ‘ylardi. Polvon Nurim dan, Nurim Polvondan
qochib yurardi. Polvon shu topda, hozir Nurim ketm onnim i,
boltanim i k o ‘tarib chiqadi, m enga tashlanadi, degan o ‘yda
sergaklanib kelardi. Nurim esa, Jalol hovlim ga bostirib
kiradi-yu, hozirgina xashagi olingan omborga meni ikki
buklab tiqadi, deya qochish uchun devor nahrasini m o ija lg a
olib, d ag ‘-dag‘ titrab turardi.
179
Yo‘q, Jalol polvon indamay o ‘tib ketdi.
U uyiga kelganda jiyani tomda kechagi shamol uchirib
tushirgan tamovni joyiga o ‘m atayotgan edi. U tog‘asini
ko‘rib, ishini shosha-pisha bitkizdi-yu, tom ga engashgan tut
shoxiga osilib, pastga tushdi.
- Keldingizmi, tog ‘a? Ahvolingiz durustmi?
- Shukur-shukur, - dedi Polvon ayvon dahaniga o ‘tirar
ekan. - Bitta choy qo‘yib ber. Buxoroning ta ’msiz suvini
ichaverib, tinkam quridi.
Jiyani gazga choygum q o ‘yib chiqdi.
- Jiyan, - dedi
Polvon. - Shu
mashinani
yurg‘izsa
b o ‘ladimi, bir ko‘r-chi.
- A kkumulatori o ‘lgan, uni bir kun tokka q o ‘yish kerak.
Q o ‘chqor mashina akkumulatorini chiqazib, suvini to ‘kib,
garaj tokchasiga q o ‘ygan edi.
- Zarur b o is a hoziroq ustaga berib kelaman, ertalabgacha
tayyOr qilib qo‘yadi.
- Juda zarur. Buxoroga shu m ashinada ketaman. Ustaga
olib bor, o ‘shanaqasi akangni ham chaqirib kel. Gulandom
uyda b o ‘lsa, ayt, tez kelsin.
Jiyani choy damlab chiqdi, keyin chang bosgan akku-
mulatom i velosiped orqasiga o ‘m atib, j o ‘nab ketdi.
Polvonning katta jiyani avtomobil nazorati boshlig‘ining
o ‘rinbosari edi. Buxoroga mashinani shu minib borgani
durust. Yo‘lda inspektorlar b o ‘lar-bo‘lmasga to ‘xtatmaydi.
Polvon novvot suvidek totimli choyni huzur qilib ichar-
kan, o ‘zingga shukur, o ‘zingga shukur, deb q o ‘ydi. Bir-
pasda choynakni b o ‘shatdi. Peshonasidan terlam i sidirib,
yaktagining etagiga q o ‘lini artib, hovli pastidagi o ‘tinxonaga
kirib ketdi. Ko‘mir kukunlari o ‘mashib, ash rangi qandoqligi
bilinmay ketgan cham adonni k o ‘tarib chiqdi. Supurgi bilan
obdan changini qoqib, latta bilan artdi. Cham adon qulf-
langan edi. Urinib ocholmadi. Garajga kirib om bir bilan
katta bir otvyortka olib chiqdi.
180
Shu payt Gulandom kelib qoldi. Qaynotasi bilan y ig ‘lab
ko‘rishdi. U endi o ‘zini oldirgan, ko‘zi taglarida, iyagining
pastida m ayda ajinlar paydo boMgan. Avvalgi shiddati y o ‘q.
Y ig'idan ho‘l bo‘lgan kipriklari orasida ilgari chaqnab
turadigan o ‘t so‘ngandek edi. Ovozi ham so‘lg‘in. Shu bir oy
ichida so‘lib, ertangi taqdiridan umidini uzgan aftodahol bir
alpozda edi. Polvonning unga qarab rahmi keldi. Bechora...
Polvon uni bag‘riga bosib, boshlarini siladi. Yupatmoqchi
b o ‘ldi. Nima deb yupatadi? Uni ovutadigan qandoq so‘z
bor dunyoda? Gulandom esa uning bag‘rida o ‘ksib-o‘ksib
y ig‘lardi.
- Bolam, qandoq qilamiz, peshonamiz sho‘r ekan.
Baxt bizga betini em as, ketini ko‘rsatgan b o ‘lsa, kimga
zorlanam iz? Bor, bolam, muzdek ariq suvida betlaringni
yuvib ol!
Polvon tugunchasidan bir surat olib, unga uzatdi.
- lya, ota, bu mening ziragim-ku! - dedi hayron bo‘lib
Gulandom.
- Yo‘q, bolam , seniki em as, shu kelinchakniki. Sen
uning ziragini taqib yurgan eding. E ring ablah uni z o ‘rlab,
keyin q u lo g ‘idan chiqarib olgan. Bu kelinchak hozir y o ‘q.
N om usi barbod b o ‘lganiga chidam ay, o ‘ziga o ‘t q o ‘ygan.
Gulandom seskanib ketdi. Beixtiyor ikki qulog‘iga qo4
yubordi. Shu topda uning ikki qulog‘i o ‘tda kuyayotgandek
edi.
Gulandom qaynotasi «taqma bu zirakni», deganda olib
q o ‘ygan edi.
- 0 ‘tir. Endi manavi chamadonni ochamiz.
U shunday deb chamadon qulfming tagiga otvyortka tiqib
ko‘chirib oldi, qopqog‘ini ochdi. Yelimxaltaga solingan bir
zarbof to ‘nni olib, xaltadan chiqazdi. Buxoro zardo‘zlarining
noyob bu namunasi aslida am ir vazirlaridan biriniki edi.
Polvon to'nni nam atga tashlab, hind choydan b o ‘shagan
tunuka bankani oldi. U jud a o g ‘ir edi. QopqogNni ochib,
181
ichidagilami dasturxonga to ‘kdi. Buxoro tilla tangalari
jaranglab ketdi.
- Bilasanmi, bolam, shu tilla uchun ering sovxoz
direktorining ikki oyog‘ini sindirgan.
Polvon bir to ‘rvani oldi. Tugunni yechib, ichidagilami
to‘kdi. Ular ayollarning turli xil taqinchoqlari edi. Polvon
qiyshiq bir uzukni qo‘liga olarkan, ovozi titrab dedi:
- E xudoyim-a, bu qandoq ko‘rgilik! Uzukka yaxshilab
qara, bolam.
Gulandom uzukni qoMiga oldi. Uzuk negadir doira shak-
lida emas, tuxum ga o ‘xshash uzunchoqroq edi.
- Bu uzuk bir xotinning q o ‘lidan om birda tortib chiqa-
rilgan. Bechora xotinning barmoq b o ‘g ‘inlari ajralib ketib,
shalvirab qolgan. Barmoq terisi shilinib, g o ‘shti chiqib
qolgan. K o‘ryapsanmi, unda ombir izlari qolgan.
Uyulib yotgan tilla taqinchoqlami titkilab bir medalni oldi.
- Bu uyingdagi ering taqib yurgan soatning egasiniki.
Hali hayot. Bu soat bilan medalni Fransiyada mukofotga
berishgan.
Gulandom sapchib o ‘m idan turdi-yu, k o ‘cha tom onga
o ‘qdek otilib chiqib ketdi. Polvon taqinchoqlam i yana
xaltaga soldi. Tilla tangalam i choy qutiga bitta-bittalab sanab
tashladi. Buxor tanga roppa-rosa 100 dona chiqdi. Niko-
layning surati solingan tanga bir yuz saksonta edi.
Polvon shu ishlar bilan band ekan, Gulandom kelganini
sczmay qoldi.
- Mana, - dedi u, - zirakni chamadonga tashlar ekan. - Mana
soat.
Gulandom yugurganda soat mexanizmlari ishlab ketgan
edi. Bir-ikki daqiqadan keyin soat sho‘x bir kuyni chaldi.
Bu soat o ‘lib yotgan Q o‘chqom ing bilagida shu kuyni chalib
turgandi.
Polvon chamadon tagida yaxshilab qog‘ozga o ‘ralgan
kitobchaga o ‘xshash qattiq bir narsani olib ochdi. Hali taxi
buzilmagan, bankdan olingan dollarlar edi.
182
Cham adonda bulardan tashqari sopiga olm os, brilliant
qadalgan xanjar, tillo, kumush quym a naqshlar qadalgan
baxm al kam ar bor edi.
Polvon buyum lam i joy-joyiga qo‘yib, cham adon qop-
qog'ini yopti.
- M ana, bolam, - dedi Polvon Gulandomga. - Q o‘yni-
m izda chayon bor ekan. Topgan narsasini iniga tashiydigan
kalamush bor ekan.
K o‘cha tarafda m ashina gurillagani eshitildi. Bir ozdan
keyin eshikdan bir m ilitsiya m ayori bilan Polvonning
jiy an i kirib keldi. Bu m arhum sing lisining o ‘g ‘li Salo-
hiddin edi.
U tog ‘asining ancha o ‘ziga kelib qolganidan sevindi.
Hol-ahvol so ‘radi.
- Jiyan, sendan bitta iltimos. BoshligNngdan ikki kunga
ruxsat so ‘ra. M anavi mashinada Buxoroga boramiz. Juda
zarur ish bor. Yo‘q dema jiyan.
Salohiddin chakkasini qashlab turib javob qildi.
- Bizda y o i harakati oyligi ketyapti. Mayli, bir kunga
boray. Boraman-u, yana samolyotda orqaga qaytaman. May-
limi?
- M ayli, - dedi Polvon jiyanidan xursand b o iib .
Kichik jiyani mashinani yuvib, yog‘larini tekshirib,
safarga tayyor qilib q o ‘ydi. Endi ertalab bitta akkum ulator
qo‘ysa bo‘ldi. Bemalol ketaversalar boMadi.
Polvon ertasi azonda Salohiddin bilan y o ‘lga chiqdi.
Gulandom eshik kesakisiga suyanib, m ung‘aygancha
m ashina orqasidan qarab qoldi.
Polvon ertasiga samolyotda qaytib keldi. U umrida bir
marta savobli ish qildim, ham ma vaqt kurashda polvonlami
yiqitib ranjitardim. Raqiblarim albatta yengilganlari uchun
menga rahmat aytmagandirlar. Shulam ing uvoliga qoldim,
deb o ‘ylardi.
Polvon qishloqda bir noxushlik ustidan chiqdi. Gulandom
bir banka kerosinni Q o‘chqom ing g o ‘riga sepib, o ‘t qo‘yib
183
yuboripti. G o‘r lovullab yonipti. Tepasidagi daraxtlar ham
kuyib ketibdi. Gulandom ning o ‘zi allaqayoqqa g ‘oyib b o ‘pti.
Qayoqqa ketgan, tirikmi, o ‘likmi, hech kim bilmasdi.
Polvon kechqurun samovarga chiqdi. C hoyxo‘rlar bi
lan hardamxayol, uzuq-yuluq gaplashib, qishloq xalqini
ertalab uyiga tak lif qildi. «Nima, Polvon aka, yurtga osh
berasizmi?» - deb so ‘rashgandi, «Ertalab bilasizlan>, - dedi
u choyxonadan chiqib ketarkan.
Q ishloqda osh berilsa, oqsoqollar sabzi to ‘g ‘rashga
kirishadi. M asjid omboridan idish-tovoq olishadi. Stol-stul,
dasturxon degan gaplar bor. Qiziq-ku, he y o ‘q, be y o ‘q, erta
lab uyga chaqiryapti.
Polvon uyga kelib, jiyanidan suv isitib berishni so‘radi.
Yuvinib, toza kiyimlarini kiydi. Xufton namozini uzoq
o ‘qidi. Ikki qo‘lini ko‘kka k o ‘tarib, A llohga iltijolar qildi.
- Tangrim, bu jonni o ‘zing bergansan. Endi omonatingni
ol. Sen bergan jonga qasd qilib gunohga botishni istamayman.
Jonimni o ‘zing ol.
Polvon bu gaplam i besh-olti martadan takrorladi. Tog‘
tepasida qim irlamay turib qolgan oyga uzoq tikilib o ‘tirdi.
Tun osuda. Tiq etgan ovoz yo‘q.
- Bergan n e’matlaringga m ing bor shukur. Davr-u davron
surdim, kurashlarda yakkakift b o ‘lib chiqdim. Xorlik-zorlik
k o ‘rmadim. Endi bas, qiynalib ketdim. 0 ‘z bolam meni yurt
ko‘zida sharm isor qildi. O monatingni ol, Allohim. Bas, endi
ketay. Bu dunyoda endi yaxshilar yashasin.
Tongotar mahali Jalol polvonnig joni uzildi.
Janozaga qishloqning katta-kichik hammasi keldi. Faqat
Nurim sartarosh kelmadi. Yurt ko‘zida uning yuzi shuvut edi.
Oradan to ‘rt kun o ‘tib, Chorvoq dengizida cho‘milayotgan
bolalar qirg‘oqdan bir ju ft tufli topib olishdi. Bu G ulan
domning tuflisi edi.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |