B O R S A K E L M A S D A R V O Z A S I
«Shahidlar xotirasi» maydonidagi
g 'amgin o'ylar
Bu v a ta n q a n d a y v a ta n d ir, h a r g o ‘sh a sid a
tu rm a la r,
Q o ‘n g an i b ir y e r to p o lm ay , o sm o n d a y ig ‘la r
tu rn a la r.
(«Xalq dushmani» ning qizi yig 'lab
aytgan qo ‘shiqdan)
P rezidentim iz Islom Karimov
irodasi bilan Ь аф о
qilinayotgan «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bugun-
erta tantanali vaziyatda ochiladi. Har bir terilgan g ‘ishtga,
har bir chekilgan naqshga ziyoratchilam ing ko‘z yoshlari
tomadi. O dam lar bu yerga shodon qo‘shiqlar kuylash uchun
emas, o ‘ynab-kulish uchun emas, azob-uqubatlarda zor-zor
qaqshab jo n bergan jigarlarining ruhlari bilan yuzm a-yuz
boMgani keladilar. 0 ‘yga toladilar, sog‘inchdan pora-pora
b o ‘lgan yuraklarini b o ‘shatgani keladilar. Bunda buyuk
bir sukunat hukmron. Bu yerda xotira, bu yerda xayollar,
o ‘ksiklik, yetimlik iztiroblari, sog‘inch hukmron...
M aydon yonboshidagi temiryoMdan guldirab, qichqirib
shumshuk poyezd o ‘tadi, baland, salobatli ko‘prik tagiga
bosh suqib so ‘ngsiz, poyonsiz tem ir izlardan bobolarimizni
olib ketgan yoqlarga, borsa kelmas Sibir tomon y o ‘l oladi.
Bu y o ‘ldan yopiq vagonlarda yuz minglab yurtdoshlarimiz
qon qaqshab o ‘tganlar. Qaytmaganlar.
Bolaligim ning bir b o ‘lagi shu yerda, hozir biz «Shahidlar
xotirasi» yodgorlik majmuyi deb atayotgan joyning xuddi
o ‘zginasida o ‘tgan. O dam lar «Alvasti ko‘prik» deb nom
qo‘ygan ko‘prik tagidan tinimsiz poyezd o ‘tardi.
27
Onamning singlisi, katta xolamning bog‘i shu yerda
edi. Bog‘ning bir tomoni «Alvasti ko‘prik»ka, bir tomoni
Sabzavotchilik tajriba stansiyasiga, etagi temiryo‘lga tutash edi.
Bu joylar kechalari ju d a vahimali, q o ‘rqinchli b o ‘lardi.
K o‘prik tagida ajinalar bor, deb tunda ko‘prikdan deyar-
li odam o ‘tmasdi. Bu joylarga hali elektr kelmagan, atrofda
m ilt etgan bir nur k o ‘rinmasdi.
B a'zan m ahallaga GPU odami kelib, oqsoqolga nima-
lam idir tushuntirardi. Oqsoqol esa uyma-uy yurib, qorong‘i
tushgandan keyin k o ‘chaga chiqmasliklarini, bolalam i ham
uyda ushlab turishlarini tayinlardi. Biz bolalar baribir qochib
chiqib ketardik. Bilamiz, GPU odami bekorga kelmagan.
Butalar orasiga yashirinib, temiryoMning naryog‘idagi «Najas
tepa»ga qarab, pusib o ‘tirardik. Tem iryo‘l b o ‘ylab miltiq
ko‘targan soqchilar u yoqdan-bu yoqqa borib-kelib turardilar.
Boshliqlari kam ariga to ‘pponcha tiqqan qorovulboshi ulardan
xabar olib turardi. Bunday paytda «Alvasti k o ‘prik»dan
birovni o ‘tkazishmasdi.
Tun yarmidan oqqanida ko‘prikdan usti berk yuk mashinasi
o ‘tadi. Chap tom onga burilib, «Najas tepa» oldidagi o ‘ngir
yonida to ‘xtaydi. Undan q o ‘li bog‘langan besh-olti kishini
tushirishadi. Ruscha so ‘kishlar baralla eshitilib turadi.
QorongMda hech narsa k o ‘rinmaydi.
Buta shoxlari
orasidan mashina chirogN arang ko‘rinadi.
Birdan m ashina farasi d o ‘nglikni yoritib yuboradi. Buta
shoxlari orasidan o ‘sha tarafga tikilib qaraymiz. Q o‘li bog‘liq
yetti kishi qator turibdi. Ulardan o ‘n besh metrlar uzoqlikda
soqchilar yelkadan miltiqlarini olib shay boTib turishibdi.
Zatvorlam ing sharaqlagani eshitiladi. Boshliq «ot!» degan
buyruq beradi. Yetti miltiqdan baravar o ‘q uziladi. Q o‘li
bogTiqlardan ikki-uchtasi yiqiladi. Dod-faryodlar, ingrash
tovushlari eshitiladi. Miltiqli kishilar yiqilmay tik turgancha
chayqalayotgan yaradorlarga yana o ‘q uzadilar. O tilganlam ing
ovozi tinadi.
2 8
Xolam ning o ‘g ‘li N e’matilla, dushm anlam i otishdi, dedi.
M en esa dag‘-dag‘ titrayman. Uning bilagiga osilib, yur,
ketaylik, deb qistayman. Jim tur, bilib qoladi, deb meni
jerkib tashlaydi u.
Q orong‘i kechani sukunat bosdi. Birozdan keyin o‘sha
joydan chang ko‘tarildi. Pastga tashlanayotgan tuproq chang-
lari m ashina farasining o ‘tkir nurida pastak bulutdek aniq
k o ‘rinib turadi.
Tem iryo‘1 shpallari ustida u yoqdan-bu yoqqa yurib
turgan soqchilar yuqoriga chiqib ketishdi.
M ashina chirog‘i goh daraxt uchlarini, goh pastak
tom lam i yoritib, orqaga burildi. Keyin «Alvasti ko‘prik»
tepasiga chiqib, shahar tom on shitob bilan ketdi.
O rqaga qaytyapmiz. Yettinchi lampa yonib turgan q o ‘sh-
nim izning yo‘lagida to ‘rt kishi bosh eggancha sukut saq-
lashardi. D uradgor amaki hozirgina shahid boMganlar ruhiga
Q u r’on tilovat qilardi. U oyatlam i shunday hazin o ‘qirdiki,
beixtiyor y ig ia b yuborging keladi. Zim iston jim ligida
qorining ovozi goh baland, goh past suzib yuradi.
A na shu voqeadan keyin xolam ning b o g ‘iga ju d a kam
boradigan b o ‘ldim. K eyinchalik to ‘ygam i, m a’rakagami
borganim da, k o ‘prikka chiqib, tem ir izlariga qarab o ‘yga
tolam an. Tagidan tinim siz poyezd o ‘taverganidan, paravoz
tutuni
qoraytirgan,
qurum ga
to ‘lgan
k o ‘prik
tagiga
qaraym an.
M ana shu k o ‘prik tagidan poyezd meni ham olib ketgan.
0 ‘shanda nim alam i o ‘ylagandim? Bilmayman. M eni shuur
tark etgan, butun vujudim karaxt b o ‘lib qolgan edi...
Eshik o ‘mi to ‘r sim bilan qoplangan to ‘rt kishilik
kupega
ко ‘ ф а -to‘shaklari-yu
oziq-ovqatlari
bilan
yigir
ma yetti kishi tiqishtirilgan. Qani endi, qimirlab boT-
sa!
Birining
oyog‘i
birining
boshida,
birining
boshi
boshqasining qo‘ltig‘ida qisilib qolgan. Pastda qolganlari buk-
chayib, bellaridan bosayotganlami arang ko‘tarib turardilar.
2 9
Birov birovni tanimaydi. Bir-birini o ‘rischalab, bolo-
xonador qilib so‘kishdan b o ia k gap y o ‘q. Oyoq ostida
qolib ketgan mahbus bor ovozi bilan qichqira boshladi.
Soqchi yigit qafas eshigini ochib, uni sug‘urib oldi. Hamon
dodlayotgan mahbusning chap q o iin i qo‘ltig‘idan o ‘tkazdi,
o ‘ng qo‘lini yelkasidan oshirib, ikkala q o iin i bir-biriga tortib
yaqinlashtirdi. Keyin ikki bilagiga avtomat kishanini soldi.
Har qanday bardoshli odam bu xil azobga chidayolmasdi.
Ikkala q o i beixtiyor orqaga tortiladi. Tortilganda avtomat
kishan bilak suyaklarini sindirib yuborgudek qisadi. Qani
endi, bu azobga chidab b o is a ! M ahbus ingrar, vahshiy bir
ovozda b o ‘kirardi. Yerga dumalab dodlardi. Soqchilar unga
parvo qilmaydilar. Aksincha, bittasi, b o ‘kirm a fashist, deb
uning biqiniga ikki marta bor kuchi bilan tepdi. A na shundan
keyin u hushidan ketdi. O voz chiqarm ay q o ‘ydi.
Butun umrini qam oqlarda o ik a zg an , Sho‘ro hukumatining
jam i qamoqxonalarini ko‘rgan ashaddiy, zo ‘ravon blatnoylar
ham pusib qolishdi. Soqchi hushidan ketgan mahbusning
betiga suv sepib, chala o i i k holda sudrab, yana qafasga
tiqdi. Q o‘shni qafaslardagi g ‘ovur-g‘uvur ham tindi. Odamlar
y o i a z o b i - g o ‘r azobi, deydilar. G o‘r azobi nim a ekan?
Jahannam azobi nim a ekan? Bu xil azoblarga inson bolasi
hali nom topmagan.
Baxtsiz insonlam i k o ‘raverib beti qotib ketgan soqchilar
uchun bular odammi yoki g o ‘shtga topshirish uchun
kushxonaga olib ketilayotgan molmi, baribir edi.
Vagon ichida uzoq vaqt y o ‘lni ko‘rmay ketayotganingda
avvaliga old tomonga qarab ketayotganingni bilasan. Bir
muddat mudrab ko‘z ochganingda poyezd orqaga qarab
ketayotganga o ‘xshayveradi. Shunday paytlarda senda qadrdon
yurtimga qaytib ketyapman, degan bir ilinj paydo boMadi.
Poyezd hech qayerda to ‘xtamasdi. Siyosiy mahbuslami
olib ketayotgan eshelonga stansiyalarda alohida «hurmat»
bilan yo‘l b o ‘shatib berishardi.
30
Bir katta stansiyada - menimcha, O lm aota stansiyasi
bo‘lsa kerak, uzoq turib qoldik. Ikki ofitser va to ‘rt-beshta
soldat y o ‘lakda paydo b o id i. K atta papka qo‘ltiqlab olgan
ofitser qo‘lidagi ro ‘yxatga qarab, m ahbuslam i nomma-nom
chaqira boshladi.
- Nomi chiqqanlar yuk lari bilan y o ia k k a chiqsin, -
deb buyruq berdi u. Ikki soatlar chamasi vaqt ichida vagon
yengillab qoldi. Bizning qafasdan o ‘n to ‘qqiz kishi k o ‘rpasini
k o ‘tarib chiqib ketdi. Ofitser:
- Shirimbetov, yuking bilan chiq! - deb buyruq berdi.
Shirim betov tunov kuni q o iig a kishan solingan, soqchidan
tepki yegan mahbus edi. U hali ham hushiga kelmay, ikki
bukchaygancha m ahbuslam ing oyog‘i ostida yotardi. Ofitser
uni yana ikki m arta chaqirdi. Ammo Shirimbetovdan sado
chiqmasdi. Ikki soqchi uni sudrab olib chiqmoqchi bo‘ldi.
Shirim betov o ‘lgan, tanasi ham allaqachon sovib b o ig a n
edi. U qachon o ig a n , hech kim bilmasdi. Uni ikki soqchi
ko‘tarib, y o ‘lakka olib chiqdi. U nga kishan solishganda
azbaroyi tiqilinchda orqamga burilib unga qarayolmagan
edim. Uning yuziga endi ko‘zim tushdi. 0 ‘n yetti-o‘n sakkiz
yoshlardagi hali murti chiqmagan qoraqalpoq bolasi edi.
Shirim betov bukchaygancha, oyoqlari bukilgancha qotib
qolgan edi. Haligacha ochiq turgan ko‘zlarida nur so‘ngan.
Cheksiz alam, iztirob, nafrat aks etgan bu ko‘zlar endi
loqayd, hech qanday m a’no anglatmas edi.
Qafasda yetti kishi qoldik.
Yonimizdagi b o ‘shab qolgan qafasga bizdan yana uch
kishini opchiqib ketishdi. Endi bizga joy bemalol bo‘lib qoldi.
Sheriklarimizdan biri Shinjonning G ‘ulja shahridan 0 ‘rta
Osiyo davlat universitetiga o ‘qishga kelgan, josuslikda
ayblanib, «Troyka» tomonidan o ‘n yil muddatga hukm
qilingan Qodirxon degan uyg‘ur yigiti edi. Yana biri yoshi
yetmishlardan oshgan soqov. Qay millatga mansubligini so‘rab
bilolmadik. Kar-soqovlar o ‘rtasida sovetlarga qarshi tashviqot
31
yuritgani uchun qamalgan, barmoqlarini bukib ko‘rsatishicha
o ‘n besh yilga hukm qilingan ashaddiy «dushman» ekan.
Yana biri qaysidir rayon gazetasining m uharriri, raykom
byurosining a ’zosi b o ‘lgan. Plenum da uchinchi sekretar-
likka tavsiya qilingan, rayonda suyug‘oyoqligi bilan nom
chiqargan ayolga qarshi ovoz bergan. Eri rus b o ‘lgani
uchun yoqlab ovoz berm agansan, deb m illatchilikda
ayblashgan.
Yetti
yil
m uddatga
ozodlikdan
m ahrum
qilingan.
Q am oqxonada z o ‘ravon blatnoylar o g ‘zidan
to ‘rtta tilla tishini qoqib olganlar, m ilklari lunjlari shishib
ketgan. Yigirm a besh yoshlardagi A bdulla G ‘apporov degan
chiroyli bir yigit edi.
Poyezd ilgarilab borardi. Ne manzil-u, ne marohillardan
o ‘tmadik. Bu qafas-vagon uylarga kim lar chiqmadi-yu,
kim lar tushmadi. Butun sho‘ro zam inining qon tomiridek
taralgan tem ir izlar bo‘ylab sudralgan «Baxtsizlar uyi»da
buguni qorong‘u, ertasi nom a’lum ZEK deb atalmish
jism oniy shaxslar sarson-sargardon kezardi.
Lagerga kelganimdan keyingina «qonuniy» mahbus
maqomiga ega bo‘ldim. Shu kundan boshlab zek nomini
oldim. Bu joyda yigirma yillab raqam bilan atalgan va
o ‘z nomini unutib yuborganlar k o ‘p edi. Ular kimliklarini
uylaridan to ‘rt-besh yilda bir keladigan posilka qutisi ustidagi
yozuvdan bilardilar.
Lagerimizning tepasiga tikanli sim qadalgan, o ‘rtasi
yoMakli ikki tosh devor ayollar boMimidan ajratib turardi.
Shu qo‘sh devor orqasidagi mahbus ayollam ing baqirish-
chaqirishlari, q o ‘shiqlari, y ig ‘ilari, qarg‘ishlari aniq eshi-
tilardi. Yillab ayol ko‘rmagan m ahbuslar bu ovozlardan
qiyqirib yuborardilar. B a’zan o ‘sha tom ondan shamol es-
ganda ayol hidiga qorishgan havodan to ‘yib-to‘yib nafas
olardilar.
Karantin muddatini o ‘tab b o ig a n kunim ning ertasi, meni
lager b o sh lig in in g yordamchisi chaqirtirdi.
32
- Yozuvchimisan? Endi kasbingni o ‘zgartirishingga to ‘g ‘-
ri keladi. M uhim topshiriqni bajarasan. Qanday topshiriq
ekanini zonadan tashqariga chiqqanda bilasan.
- Qani, marsh! - dedi u istehzoli kulib. - Yozuvchi emish,
hozir kim ko‘p, yozuvchi ko‘p. G o‘rkov kam, bildingmi?
Soqchi meni ergashtirib tashqariga olib chiqib, keksa qozoq
nazoratchiga topshirdi. Boshliq yordamchisi bu bo‘shashgan
yozuvchi qayoqqa qochardi, deb o ‘ylagan bo‘lishi kerakki,
beshotami arang ko‘taradigan nazoratchiga meni topshirgan.
Shtab oldida oq xalat kiygan itxona veterinari irkitgina
chol bir q o ‘lida belkurak, bir q o iid a qog‘oz qop ushlab
kutib turardi.
- Shuni qabristonga oborib ko‘mib kelasan.
Q og‘oz qopda yigirma kilocha keladigan muzdek bir
narsa bor edi. Olisda mahbuslar qabristoni ko‘rinib turardi.
Yelkamda belkurak, q o iim d a o g ‘ir qog‘oz qop, orqamda
beshotar ko‘targan nazoratchi yetovida yo‘lga tushdim.
Qandoq kunlarga qoldim, deym an o ‘zim ga o ‘zim. Q ab
ristonga yetib kelganimdan keyin qopni ochdim. Och-
dim-u, miyamga chaqin urgandek b o ‘ldi. Q opda nemis
ovcharkasining muzlatilgan m urdasi bor edi. B o‘shashib,
xarsang ustiga o ‘tirib qoldim. Nazoratchi m axorka tutatib,
olis-olislarga tikilib o ‘tiribdi.
C ho‘l
nihoyatda
befayz,
odam
bolasini
yutaman,
deyotganga o ‘xshardi. Qozoqlar bu joyni bekorga «Petpak
dala» (Badbaxt dala) deb atamagan. Mis kukunlaridan
zanglagan cho‘l yashil tusga kirgan. Olisda adashgan yolg‘iz
tuya qim irlamay turibdi. Sarobda uning aksi, xuddi chayqalgan
hovuzda ко‘rinayotgandek goh cho‘kib, goh paydo bo‘ladi.
Ikki soatcha urinib, toshloq yerda bir yarim burma bolish
sig‘adigan go‘r qazidim.
- 0 ‘tir, damingni ol, - dedi nazoratchi. - Ne yeming
bolasisan? - deb so‘radi. Unga, toshkentlikman, deb javob
qildim.
3 - 5 .
Do'stlaringiz bilan baham: |