2 - S. A h m a d
17
Alisher Navoiy
nomidagi
{O’zbekiston MK
Kimsanboy o ‘zida y o ‘q shod edi. Ertaga bolalarning
ko‘zini o ‘ynatib taqib yuraman, deb quvonchini ichiga
sig‘dira olmay, M ansurovga m innatdorchilik bildirib, u bilan
xayrlashdi. M ansurov ketar chogNda: «Q anaqa yozishni bilib
olding-а?» deb eslatib q o ‘ydi.
Bu xil m a’lumot yozishlar uch oydan ortiq davom
etdi. Bu orada «pioner tashkiloti» Kim sanboyni velosiped
bilan ham mukofotladi. 0 ‘sha oyning oxirlariga borib
Kimsanboy
Butunittifoq
pionerlari
slyotida
qatnashish
uchun
M oskvaga
ketdi.
0 ‘zbekistondan
K imsanboyga
o ‘xshagan «M orozovchi»lardan yana o ‘n b ir bola bor
edi. Slyot qatnashchilaridan o ‘n yetti nafar bola «Hurmat
belgisi» ordeni bilan mukofotlandi. U lar orasida Kimsanboy
Olim jonov ham bor edi. Kimsanboy Ittifoq oqsoqoli Kalinin
q o ‘lidan orden olar ekan, prezidium da qarsak chalayotganlar
orasida «buyuk dohiy, xalqlar otasi Stalin»ga ko‘zi tushdi.
0 ‘zini tutolmay, h o ‘ngrab yubordi.
U Moskvadan qaytib kelganda dadasi y o ‘q edi. Olimjon
domla bilan yana yetti o‘qituvchi qamoqqa olingan ekan.
U lar nim a gunoh qilgan ekanlar, deb hayron b o ‘l-
gan odam lar gazetada bosilgan «M aorifga uya qurgan
quzg‘unlan> nomli maqolani o ‘qiganlaridan keyin nima
gapligini bildilar. Birov: «Buni qaranglar-a, domla tuppa-
tuzuk odam edi, odamning olasi ichida, deganlari bejiz emas
ekan», desa, yana birovi: «Puxta niqoblangan, ayyor odam
edi», deydi. «Q ing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham
chiqadi, hushyor bo‘lish kerak, bunaqalardan hali oramizda
ko‘p bo‘lishi mumkin», deydiganlar ham b o ‘ldi. Dunyoning
ishlari xo‘p qiziq-da, ota - sotqin, bolasi - chin vatanparvar!
Kimsanboyni ikki marta tergovga chaqirib, otasi bilan
yuzlashtirdilar. Olimjon domla bu ishlarda o ‘g ‘lining ham
qo‘li borligini bilmasdi. Yuzma-yuz paytida Kimsanboy
aytgan gaplami eshitib, yoqasini ushladi. Tergovchining:
«Shu gaplar rostmi? Tasdiqlaysizm i?» degan so‘ro g ‘iga
javob bermadi. Peshonasiga shapillatib urib: «E-е, attang,
18
attang! - deya o ‘g ‘lining betiga qarab: - Iloyo juvonm arg
b o ‘l! Umring xor-zorlikda o ‘tsin», deb yuziga fotiha tortdi.
M oskvadan «Troyka» Olim jon domlani o ‘n besh yilga
hukm qilgani to ‘g ‘risida qog‘oz keldi.
Oradan sakkiz yil o ‘tdi. K im sanboy yigirm a yoshga to ‘ldi.
1942-yili arm iya safiga chaqirildi. Qishloqlardan frontga
ketayotgani ami tantanali kuzatish marosimiga yuzdan ortiq
komsomol a ’zolari to ‘plandi. BoMajak jangchilar nomidan
«Hurmat belgisi» ordeni nishondori Kimsanboy Olimjonovga
so ‘z berildi.
- Men hayot-m amot jangiga ketyapman. Xalq dush-
manining o ‘g ‘li b o ‘lib emas, asl vatanparvar, dohiy Stalin
farzandi b o ‘lib um shga kiraman. Bugundan boshlab familiyam
Olimjonov emas Yolqinov b o ‘ldi. K o‘ksimda buyuk Stalin
bilan jangga kiraman! - U shunday deb ko‘ylagining yoqasini
yechib yubordi. Uning ko‘ksida igna sanchib ishlangan
Stalinning surati bor edi. - U lug‘ dohiy jangda menga
madadkor b o ‘la d i,- d e b so‘zini tugatdi Kimsanboy.
Qarsaklar yangradi. Olqishlardan mast bo‘lgan Kim
sanboy ko‘ksini ochgancha tantanavor iljayib turardi...
Shu tobda qam oqxonaning kulrang kurtkasiga «ЕЕ3781»
raqamini yozar ekanman, ko‘zlarim ga ishonmay, raqam
yonidagi fam iliyaga yana bir marta qaradim. Adashmabman.
Unga «Kim sanboy Yolqinov» deb yozilgan edi.
Boya oftobda yotgan mahbuslarga qarab yum-yum
yigMayotgan Olimjon dom la - Kimsanboyning otasi. Kiyi
mini yechm ay yotgan, boshi bir tom onga qiyshaygan
m a h b u s -s o b iq qahram on pioner Kimsanboy Olim jonov edi.
Olim jon dom la o ‘g ‘lini tanidi. Ammo Kimsanboy otasini
tanimadi.
O radan besh-o‘n kun o ‘tib yangi m ahbuslar karantindan
chiqdi. U lam i uchta-to‘rttadan qilib, baraklarga joylash-
tirishdi. Ochiq konda portlatilgan ruda xarsanglarini vagon-
chalarga ortadigan brigadalarga q o ‘shib yuborishdi.
Kim sanboy lagem ing o ‘zida - «zona»da qoldirildi.
Chunki uning q o ‘li sinib, qiyshiq bitib qolgan. Yurganda
19
boshi и yoq-bu yoqqa o g ‘ib ketaverardi. K o ‘zi ham xira-
lashgan. Oldida turgan odam tuman orasidan k o ‘rinayotganga
o ‘xshayveradi. Lekin eshitish qobiliyati juda kuchli.
Yangilar kelgandan keyin lagerdagi m ahbuslar hayoti
birdan o ‘zgarib ketgandek b o ‘ldi. Hayot hayot ekan-da,
m ahbuslar har qanday azob-uqubatlar ichida ham, ertaga
ulami dahshatli fojia kutayotganini sezganda ham, yashash
tarzini o ‘zgartirmaydi. O g‘ir, ju d a o g ‘ir m ehnatdan toliqib
kelib, to ‘rt qoshiqqina suli bo‘tqani yeb olib, barakda o ‘m iga
yechinmay yotib orom oladi. N azoratchi m ahbuslam i sanab,
barakni ustidan qulflab q o ‘ygandan keyin bir dam gina
asil insonlikka qaytgandek b o ‘ladilar. Bu barak ulaming
daxlsiz vatani, uyi, hovlisi b o ‘lib tuyuladi. Bunda uyat,
jud a uyat latifalar aytiladi. Barak derazalari kulgidan
zirillab ketadi. Bunda m ahbuslar xayollariga erk beradi lar.
Boshlaridan o ‘tgan voqealam i so‘zlab beradilar. Aytayotgan
sarguzashtlari, albatta, y olg‘on gaplar. Hech kim yolg‘on
aytyapsan demaydi. Yolg‘on b o ‘lsa ham qiziq b o ‘lsa bas.
Biri professom ing o ‘g ‘liman deb Bolshoy teatrning
yosh bir raqqosasini y o ‘ldan urganini, juda ozg‘in ekansan,
deb ertalab uyidan haydab yuborganini xuddi rost gapdek
hayajon bilan aytib beradi.
- Shu
desangiz, - deb
gap
boshlaydi
yana biri, -
SIBLAGdalik paytim da jud a badtarin, johil bir nachalnigim iz
b o ‘lardi. Bir k o ‘zi shisha edi. Jahl bilan stolni m ushtlaganda
shisha ko‘zi otilib chiqib stolga, undan sakrab yerga tushardi.
Shisha ko‘zni k o ‘pchilik bo‘lib izlab, tuproqdan topib, yuvib
berardik. Bir kuni ko‘zi otilib yerga tushganda bildirmay
bir tepgan edim, ruda olib ketayotgan transportyor lentasiga
borib tushdi. Ruda bilan vagonga to ‘kildi. Buni hech kim
sezmadi. 0 ‘sha kuni kechgacha 50 kishi ko‘zni qidirishdi.
Topilmadi. N achalnik yangi k o ‘z buyurtm a qilish uchun
M oskvaga ketdi. Bir oy y o ‘q b o ‘lib ketdi-yu, yangi ko‘z
bilan kelguncha otpuskaga chiqqandek yayraganmiz, - deya
g ‘um r bilan g ‘irt yolg‘on hikoyasini kula-kula tugatdi.
20
Yana biri «O gonyok» jum alida bosilgan chiroyli bir
yigitning suratini qiyib olib, m ashhur kinoaktrisaga oMdim-
kuydim deb yozgan xatiga q o ‘shib jo ‘natganini, aktrisadan
«ikkinchi bunaqa ahm oqlik qilmang, bu o ‘z erim ning sura-
ti-ku» degan javob olganini aytganda, barak ichi bomba
portlagandek, kulgidan larzaga tushgandi.
Yangilar kelgandan keyin bu kulgilar, bu xil quvnoq
suhbatlar barham topgandi. Bunga sabab - yangilar, asosan,
«seksotlar», «stukachlar» edi («seksotlar», «stukachlan>
m ahbuslar to ‘g ‘risida boshliqlarga yashirincha m a’lumot
berib turadiganlar).
Yangi kelganlar ichidagi zo ‘ravonlar «mahalliy» zo ‘-
ravonlam ing k o ‘zini ochirm ay q o ‘ydi. U lar oshxonaga bo
rib, k o ‘pchilik bilan ovqatlangani or qiladilar. Bizning
zo ‘ravonlarim iz ularga ovqat tashib, qo‘lini artishga sochiq
tutib turadi lar. Qarindoshlaridan posilka olganlar quruq
q o ‘l bilan qolaveradilar. Tuqqan onasi pishirib yuborgan
tansiq shirinliklar ham o ‘sha zo ‘ravonlam ing nasibasi b o ‘lib
qolgandi.
Seksotlarni, stukachlarni bir lagerda uzoq ushlab turmas-
dilar. U lam ing ayg‘oqchiligi ochilib qolishi bilan boshqa
lagerga j o ‘natardilar. A gar jo'natm asalar, m ahbuslar ulami
albatta oTdirib yuborardilar.
Kimsanboy ham faol seksotlardan edi. Vorkuta lagcrida
m ahbuslar uni urib, m a’lum ot yozadigan o ‘ng q o iin i
tirsagidan sindirishgan edi. Balxash lagerida orqa miyasining
pastiga, qoq ensasiga belkurakning sopi bilan urib, chuqurga
tashlab ketishgan. Soqchilar uning dodlagan ovozini eshitib,
chuqurdan chiqarib olishgan. Ana shundan keyin uning o ‘ng
q o ‘li tirsagidan qotib, boshi goh o ‘ngga, goh chapga o ‘zidan-
o ‘zi burilib qoladigan, sog‘ qoTi bilan to ‘g ‘rilab, oldinga
qaratib q o ‘ysa, boshi musichaning kallasidek old-orqasiga
siltanib, borib-kelaveradigan b o iib qolgandi.
lyul oyining oxirlariga borib havo nihoyatda isib ketdi.
Daraxtsiz, giyohsiz, tuprog‘iga mis kukuni aralashgan
yer qizdirilgan tovadek boMib, kirza botinkaning tag
21
charm idan o ‘tib, oyoqni kuydirardi. M ahbuslar barak-
lam ing soya tomonlarida jo n saqlashardi. Terdan shalabbo
bo‘lgan kurtkalarini toshlarga, qizigan tuproqqa yozib
quritishardi. K o‘pchilikning kurtkasi yuvilaverib, raqamlari
o ‘chib ketgandi. Shunday paytlarda m enga ish ko‘payardi.
Kiyim ida raqami o ‘chgan m ahbuslam i soqchilar darvozadan
chiqarishmas, menga yuborishardi.
Olim jon dom la oldim ga kelib, orqa o ‘girib tizzaladi-da,
yelkasini tutdi. Yangilar kelgandan beri domla ozib ketdi.
Yana besh-olti yosh qarigandek edi.
- Domla, yaxshi yuribsizmi? - dedim yelkasiga raqam
yozarkanman.
- Xudoga shukur, o ‘lmagan qul yashayverarkan.
- Shu deyman, domla, yoshingiz ham bir joyga borib
qoldi. Kattalarda insof y o ‘q-da. Sizni ishga chiqarm asalar
ham boMardi.
Domla sergaklandi. Uning ko‘nglidan, nega bunday
deyapti, seksot emasm ikan, degan xayol o ‘tdi-yov!
- Juda unchalik qari emasman. Bergan nonini oqlab
yuribman.
Sut ichib og‘zi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi, de-
ganlaridek, domlaning ham ko‘p marta og‘zi kuygan ko‘rinadi.
Qamoqxonaning «telegrafi» ju da aniq ishlaydi. Q ay
si lagerda qandoq voqea yuz bergani uch kunga qolmay
ham ma lagerlarga yetib boradi. Qaysi shahar turm asida
kim lar yotgani, ular qaysi modda bilan ayblanayotganlari,
ular
orasida
seksotlar
bor-yo‘qligini
aniq
biladilar.
Yangilaming k o ‘pchiligi seksot ekani to ‘g ‘risidagi xabar
o ‘sha kuniyoq kelgan edi. Olim jon dom la uzoq yillardan
beri qamoqda yashab, lager hayotining ming bir chiyrig‘idan
o ‘tib, pishib ketgan odam edi. Shuning uchun ham u birov
bilan dardlashmas, o ‘z yog‘iga o ‘zi qovrilib yuraverardi.
M ahbuslam i konvoylar ishga haydab ketgandan keyin
uch ming kishilik lager b o ‘shab qoldi. Mening ertalabki
xizmatim ham shu bilan tugadi.
2 2
Endi barakka ketmoqchi b o ‘lib turganimda, kallasini
likillatib Kimsanboy keldi.
- Birodar, shu ortib qolgan lokni m enga bersangiz.
- Lokni nim a qilasiz? - dedim.
- Kerak. Yo‘q demang.
- Mayli, oling, - dedim lok solingan tunuka bankani
uzatib.
- R a h m a t,-d e y a orqasiga burilar ekan, sog‘ q o ‘li bilan
kallasini barak tom onga to ‘g ‘irlab q o ‘ydi-da, asta keta
boshladi.
Ajab,
Kimsanboy
tanib
bo‘lmas
darajada
o‘zgarib
ketibdi. Navqiron yoshida yuzlarini ajin qoplabdi. Ko‘z
kosalari chuqurlashgan, sochlari to ‘kilib, boshi yalang‘ochlanib
qolgandi. Ammo ko‘zlari, ovozi o ‘sha-o‘sha, bolaligidagidek
edi. Kunlar chidab bo‘lmas darajada isib ketgan b o ‘lishiga
qaramay, u hamon tomogNgacha tugmalari qadalgan kurtkasini
terdan bijg‘ib ketgan bo‘lsa ham yechmasdi. U har kuni ertalab
qora lak olgani oldimga keladigan bo‘ldi. Shunday kunlaming
birida uning kimligini o ‘ziga aytdim.
- O tangiz sizga xo‘p bilib ot q o ‘ygan ekan. Qarang,
kimligingizni o ‘zingiz ham bilmaysiz.
U ning k o ‘zlari olazarak b o iib qoldi. Q o iig a tiralib,
o ‘m idan turmoqchi b o ig a n d i, chap q o ii kuchsizlik qilib,
yana o iir ib qoldi.
- Kimsanboy, mendan yashirm ay q o ‘yaqoling, - dedim
bosiqlik
bilan. — Ikkovim iz
bitta
qishloqning
bolasi-
miz. Kimligingiz kaftimning ch iz ig id e k ayon. Siz Pav
lik
M orozovning
sadoqatli
izdoshisiz.
Q ‘z
otangizni
GPUga sotganingiz uchun «Hurmat belgisi ordeni» bilan
mukofotlangan Kimsanboy Olimjonovsiz. Sizlami front
ga kuzatish m arosim ida qishloq komsomollariga: «Men
ko‘ksim da buyuk Stalin bilan jangga kiram an», deb
ko‘kragingizdagi Stalin suratini minbarda turib k o ‘rsat-
ganingizda men ham bor edim. Sizga qora lok nim a uchun
kerakligini bilaman. Stalinning suratini chaplash uchun
23
kerak. Bunaqa qilishning endi foydasi y o ‘q. Saraton issig‘ida
terlagan badanga b o ‘yoq yopishmaydi. K o‘chib ketaveradi.
Bundan tashqari... - deb unga zimdan nazar tashladim.
Boshi o ‘ng tom onga burilib qolgandi. - K o‘ksingizda Stalin
borligini zeklar allaqachon bilib olishgan. Yakshanba kuni
sizni yechintirib, ko‘kragingizdagi qora lokni kerosin bilan,
solyarka bilan, benzin bilan Stalinning surati k o ‘ringuncha
ishqalamoqchilar.
K obksingizdagi
Stalinni
ming-ming-
lab mahbuslarga k o ‘rsatishm oqchi. Sizga maslahat, x o ‘ja-
yiningizga ayting, sizni yo vaqtincha qam ab qo‘ysin, yo
boshqa lagerga j o ‘natib yuborsin.
Xoinni ogohlantirib to ‘g ‘ri ish qildimmi, bilmadim. Har
holda bir qishloqdan b o ‘lganimiz uchun shunday qildimmi,
bilmayman.
Kimsanboyning kallasi chapdan o‘ngga, o ‘ngdan chapga
muttasil
borib-kelaverdi.
Xuddi
tutqanoq
tutayotganga
o ‘xshardi. U mashaqqat bilan o ‘m idan turib, boshini barak
tomonga to‘g ‘irlab qo‘ydi. Baribir boshi yon tomonga silki-
naverganidan y o in i ko‘rolmay gandiraklay boshladi. Ikki
marta yiqildi. Yana turdi. Ko‘r odamday tusmollab yura
boshladi. Unga ham rahmim keldi, ham undan jirkanib ketdim.
Ertasiga u qora lok olgani kelmadi. Tushlikka yaqin
uchinchi barakda nim adir b o ‘ldi. 0 ‘sha tom onga sanitar
yugurib o ‘tdi. Lager kasalxonasining jarrohi - katorjnik
Shtokman va zambil ko‘targan ikki sanitar izma-iz o ‘sha
yoqqa yugurib ketishdi. Bir ozdan keyin zam bilda qonga
belangan Kimsanboyni kasalxonaga olib o ‘tishdi.
- K o‘ksiga
pichoq
sanchibdi, - dedi
barak
navbat-
chisi. - Battar b o ‘lsin! Itga it o ‘limi. M ahbuslar baribir uni
tirik q o ‘yishmasdi.
Kechqurun ishdan qaytgan Olimjon dom la kasalxona
baragi oldida u yoqdan-bu yoqqa asabiy borib-kelib turibdi.
Eshik oldida m axorka chekib turgan sanitardan:
- Ahvoli qalay? - deb so ‘radim.
- Bilmadim, hozircha bir nima deyish qiyn. Pichoq
yuragiga bir santimetrcha kirgan.
24
Ertalab sanitar oldimga kelib:
- Bemor Yolqinov sizni so ‘rayapti, - dedi.
Kimsanboy k o ‘kka boqib yotibdi. O ra-sira ojizgina ingrab
q o ‘yadi. Tepasiga borib, ahvolini so ‘radim. Uning hushi
joyida edi. Faqat k o ‘p qon ketganidan jud a holsiz, bemajol.
- Hamqishloq, yaqinda m uddatingiz tugab uyga keta-
siz, - dedi u past tovushda. - Iltimos, dadam qamoqdan
qaytib kelgan bo‘lsa, mening uzrimni yetkazing. Gunohini
qoni bilan yuvdi, deb ayting.
U charchadimi, hartugul ancha paytgacha indamay yotdi.
Navbatchi sanitar, kerakli gapni ayta olmayapti, deb o ‘ylab,
bizni xoli qoldirib chiqib ketdi.
- Bu
dunyoning
azob lari dan
qutulishimga
sanoqli
soatlar qolgan. Sizdan o ‘tinib so ‘rayman, Shtokmanga
ayting, jonim uzilishi bilan tanam sovimay, jasadim qotmay
turib ko‘ksimdagi Stalin suratini terim bilan shilib olsin.
Fashistlam ing konslagerida o ‘liklarning terisini shilishda
Shtokman assistentlik qilgan. Qandoq qilishni yaxshi biladi.
U dunyoga ham Stalin bilan ketmay. U bilan bitta qabrda
yotgulik qilmasin.
U ning bu gapi iltimos em as, vasiyat edi.
- Xotirjam boMing, albatta a y ta m a n ,-d e b unga v a’da
berdim.
Fashistlam ing konslagerida Kimsanboy Yolqinov o ‘lik-
xonaga qorovul b o ig a n deb eshitgan edim. O ig a n asirlami
tikanli sim bilan o ‘ralgan joyga sarjinga o ‘xshatib taxlab
q o ‘yganlar. Qish chillasida o iik la r toshdek qotib, muzlab
qoladi. U lam ing o g izlarid ag i tilla tishlarini o lg irla r qoqib
ketmasin, deb q o ‘riqlashardi. Badanida yara-chaqasi yo‘q
o iik la m i ichkariga, issiqxonaga olib kirganlarida muz
erib, m urdalam ing badani yum shab qoladi. Shundan keyin
terisini shilish oson b o ia d i. Bu terilardan tannoz xonimlarga
sumkachalar, tanga-chaqa solinadigan hamyonchalar, qayish-
lar yasashardi. B a’zan yorilgan barabanlarga ham qoplashar
edi.
25
Kimsanboyning oldidan chiqib, jarroh Shtokmanning
xonasiga kirdim. Yolqinovning vasiyatini unga aytdim.
Shtokman bosh chayqadi.
- Buni hatto xayolingizga keltirmang. U m rim da bu-
naqa ish qilmaganman. Ammo qilm agan ishimni zo ‘rlab
bo‘ynim ga qo‘yib, otuvga hukm qilishgandi. Keyin otuv
hukmini yigirma yillik katorgaga almashtirishdi. Kechirasiz,
у ana boshqatdan otuvga hukm etilishni istamayman!
Shu bilan Shtokman gapni qisqa qildi-yu, meni xonasidan
chiqarib yubordi. Ertalab borganim da sanitar Yolqinovning
sahar paytida jon berganini aytdi. Ichkariga kirib murdani
ko‘rmoqchi b o ‘ldim. Ikki sanitar uning ustidagi choyshabni
ochib, Stalinning suratini tom osha qilishayotgan ekan.
Pichoq Stalinning chap ko‘zidan sal pastrog‘iga sanchilgan
edi. «D ohiy»ning surati shu qadar m ahorat bilan ishlangan
ediki, xuddi tirikka o ‘xshab k o ‘rinardi. Ajab, o ‘lik tanada
tirik Stalinning surati.
M endan oldin Olimjon domla kelib, m urdaga uzoq tikilib
o ‘tirganini, o ‘pkasini bosolmay o ‘kirib y ig ‘laganini aytib
berishdi. Qaytib chiqqanim da dom la eshik kesakisiga boshini
tirab, holsiz bir alpozda turardi.
- Domla, bir musulm onning bolasi olamdan o ‘tdi, -
dedim. - Shunga janoza o ‘qitsak b o ia rm id i?
Domla indamadi. Uzoq sukutdan so‘ng:
- Unga janoza lozim emas, - dedi. - K o ‘kragida kofiming
surati bor. Endi u bejanoza, bekafan k o ‘miladi.
U shunday dedi-yu, gandiraklab-gandiraklab, barak or-
qasiga o ‘tib ketdi.
«Dohiy» Stalinning jasadi tuproqqa ko‘milmadi. Uni
ichiga poxol tiqib, m avzoleyga - ustozi Lenin yoniga
yotqizib q o ‘ydilar.
Bu yerda esa u bir xoinning badaniga yopishib, atigi bitta
murda arang sig‘adigan go‘riga sherik b o iib yotibdi.
Shu bilan ichimizdan chiqqan xoinning jirkanch umri
yakun topdi.
2 6
Do'stlaringiz bilan baham: |