3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi
huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining
boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati
organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida investitsiya dasturlari hamda hamkorlikni,
iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishining monitoringini olib borish masalalari
bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
va boshqa tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil
departamentlarining axborot-tahlil va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va
tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini,
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun
ekspert guruhlari tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda,
shuningdek investitsiya muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro
loyihalarda qatnashish;
investitsion hamkorlik masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek
xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari bilan
belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa
tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh
vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va
boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha
o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish
uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining,
ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan
tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarur bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish.
Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa
hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar
Mahkamasining apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlar
belgilanmagan bo‘lsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
11. Departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarning ekspert
jihatidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat
qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik
qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan
nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi
mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining,
Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda
barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-
apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq
ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |