4-bob. Yig‘ma departamentning tuzilmasi
10. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma
departament mudirining o‘rinbosari va inspektor, shuningdek:
makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirish shu’basi;
bank va moliya tizimlarini isloh qilish shu’basi;
tarkibiy o‘zgartirishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish shu’basi;
xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, raqobat muhitini, xususiy tadbirkorlik
va kichik biznesni rivojlantirish masalalari shu’basi;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basi kiradi.
Har bir shu’ba tarkibiga shu’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi.
11. Yig‘ma departament ishlariga Yig‘ma departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Yig‘ma departament mudiri, mudir o‘rinbosari, shu’balar mudirlari va
mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |