Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

2-bob. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) makroiqtisodiy rivojlantirish, bank va moliya tizimlarini isloh qilish sohasida:

iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli

va  kompleks  o‘rganishni  tashkil  etish,  markaziy  iqtisodiy  organlar,  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvining  boshqa  organlari,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasi  axborot-tahlil

departamentlarining  axborot-tahliliy  faoliyatini  muvofiqlashtirish  asosida  mamlakatni

makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish;

makroiqtisodiy  mutanosiblik,  iqtisodiyotning  barqaror  yuqori  o‘sish  sur’atlarini,

mamlakat  aholisining  bandligini  ta’minlash  va  turmush  darajasini  oshirishning  strategik

vazifalarini  hal  etishga  yo‘naltirilgan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosat  samaradorligini  oshirish

bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalari

budjetlarining  loyihalari,  shuningdek  soliq  va  budjet  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlarini  ishlab

chiqish  jarayonlarini  muvofiqlashtirish,  budjetnoma  loyihasining  ko‘rib  chiqilishi  va

tasdiqlanishini  ta’minlash  hamda  ularni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalariga

taqdim etish;

tegishli  davrlar  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli

jamg‘armalari budjetlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek

ularning  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  tasdiqlash  uchun

taqdim etilishini ta’minlash;

o‘zaro  hisob-kitoblar  holatini  tizimli  tahlil  qilishni  tashkil  etish,  budjet  va  davlat

maqsadli  jamg‘armalariga  to‘lovlar  intizomini  mustahkamlash,  hisob-kitoblar  mexanizmini

takomillashtirish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sektorlarida  debitorlik  hamda  kreditorlik

qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

pul  massasi  dinamikasi  va  tuzilmasining  tizimli  monitoringini  olib  borish,  pul

muomalasi holatini tahlil qilish, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida

tushishini  ta’minlash,  budjet  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalari  oldidagi  qarzdorlikni




kamaytirish  va  qarzdorlik  hosil  bo‘lishining  oldini  olish  hamda  ularning  kassa  ijrosini

ta’minlash;

bank  tizimi  va  moliyaviy  infratuzilmani  yanada  isloh,  umumiy  qabul  qilingan  xalqaro

normalar,  standartlar  va  baholash  ko‘rsatkichlariga  muvofiq  ularning  barqarorligini  oshirish

va  yanada  yuqori  darajaga  chiqishini  ta’minlaydigan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish

ishlarini muvofiqlashtirish;

ko‘rsatilayotgan  bank-moliya  xizmatlari  ko‘lami,  uning  infratuzilmasini  kengaytirish,

aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat

banklari va umuman, moliya-bank tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari

tomonidan  qo‘llaniladigan  xalqaro  normalar,  mezonlar  va  standartlarga  asoslangan  baholash

hamda  tahlil  qilishning  zamonaviy  tizimini  joriy  etish  bo‘yicha  tizimli  chora-tadbirlar  ishlab

chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

sug‘urta  bozorini  yanada  takomillashtirish,  ko‘rsatilayotgan  sug‘urta  xizmatlarining

hajmi  va  ko‘lamini  kengaytirish  hamda  sifatini  oshirishga  qaratilgan  dasturiy  chora-tadbirlar

amalga  oshirilishini  kompleks  tahlil  qilish,  ularni  ishlab  chiqish  va  monitoringini  olib  borish

ishlarini muvofiqlashtirish;

zamonaviy  talablarga  hamda  umumiy  qabul  qilingan  xalqaro  normalar  va

standartlarga  muvofiq  bank  tizimi  va  moliyaviy  infratuzilmaning  normativ-huquqiy  bazasini

yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari

tomonidan  tayyorlanadigan  muhim  iqtisodiy,  ijtimoiy  muammolar,  institutsional  va  tarkibiy

islohotlar  bo‘yicha  maqsadli  dasturlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston

Respublikasi  Hukumatining  hujjatlari  loyihalarining  respublikaning  strategik  manfaatlari  va

maqsadlariga  muvofiqligini,  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarga,  iqtisodiyot  tarmoqlarining

barqaror rivojlanishiga ta’sirini ekspert baholash;

makroiqtisodiy  holat  va  iqtisodiyotdagi  sifatli  tarkibiy  o‘zgarishlarning,  bank-moliya

tizimini rivojlantirish va isloh qilishning kompleks maqsadli dasturlarining amalga oshirilishi,

bank-moliya tizimini isloh qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi, uning turmushi

darajasi va farovonligini oshirishning, jumladan tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish

va ularni tahlil qilish yo‘li bilan monitoringini olib borish tizimini tashkil etish;

b)  aholi  bandligi  va  hayoti  darajasini  oshirish  hamda  uni  ijtimoiy  himoya  qilish

sohasida:

Yangi  ish  o‘rinlari  tashkil  etish,  aholi  bandligini  oshirish  dasturi  ishlab  chiqilishini  va

uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini,

aholining  turmushi  va  farovonlik  darajasini  oshirish  dasturlari  shakllantirilishi,  ularning

tasdiqlanishi va amalga oshirilishining monitoringi olib borilishini ta’minlash;

demografik  omillar  va  iqtisodiyotni  rivojlantirish  istiqbollarini  hisobga  olgan  holda,

ishga  joylashtirishning  ilg‘or  shakllarini  joriy  etishga  yo‘naltirilgan  aholi  bandligini

ta’minlashning  hududiy  dasturlarini  shakllantirish,  pensionyerlar,  nogironlar,  kam

ta’minlangan  oilalar,  aholining  boshqa  ijtimoiy  nochor  guruhlarini  ijtimoiy  qo‘llab-

quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat va

xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  ishlarini

muvofiqlashtirish;

respublikaning demografik rivojlanish prognozlari va hududlar mehnat resurslarining

balanslarini tayyorlash, aholi bandligini ta’minlash hamda uni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha

samarali  kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  maqsadida  demografik  jarayonlar,  mehnat

resurslarining  soni  va  tuzilmasining  son  hamda  sifat  jihatidan  o‘zgarishining  chuqur  tahlil

qilinishi  va  monitoringi  olib  borilishini,  aholining  turmush  va  farovonlik  darajasi  tadqiq

etilishini tashkil etish;

mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya

ta’minoti,  ijtimoiy  nafaqalar  va  kompensatsiya  to‘lovlarini,  ijtimoiy  yordamning  boshqa

turlarini  tayinlash,  aholining  zaif  toifalariga  ko‘rsatilayotgan  ijtimoiy  yordamning



tabaqalashtirilganligi  va  manzilliligini  kuchaytirishga  yo‘naltirilgan  ijtimoiy  siyosatni  amalga

oshirish  mexanizmlari  va  usullarini  yaxshilash  sohasidagi  qonunchilikni  takomillashtirish

yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  organlar  va  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil

departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya

qilishning  muhim  ustuvor  yo‘nalishlarini  amalga  oshirish  bo‘yicha  maqsadli  dasturlar,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hujjatlari loyihalarini ekspert

baholash;

mehnat,  bandlik  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish,  mehnat  munosabatlarini

mustahkamlash,  moddiy  rag‘batlantirish  mexanizmlarini  va  mehnatni  muhofaza  qilish

sharoitlarini  yaxshilash  sohasidagi  qonunchilikni  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  maqsadli

dasturlar,  qabul  qilingan  qonunlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar

Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

v) tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sohasida:

sanoatda  tarkibiy  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  sohasida  jahon  va  mintaqa

bozorlarida  barqaror  xaridorgir  bo‘lgan  yuqori  qo‘shilgan  qiymatga  ega  raqobatbardoshli

mahsulotlarni  mineral  hamda  xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  ishlab

chiqarishni  ta’minlaydigan  ustuvor  sanoat  tarmoqlarini  jadal  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan

kompleks dasturlarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  darajasini  yanada  chuqurlashtirish  chora-

tadbirlarining  amalga  oshirilishini  tizimli  tahlil  va  nazorat  qilishni  tashkil  etish,  ishlab

chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini hayotga tatbiq etish doirasida importni kamaytirish,

import  o‘rnini  bosadigan  raqobatbardoshli  mahsulotlar,  shuningdek  tayyor  mahsulot  turlari,

butlovchi  buyumlar  hamda  materiallar  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  bo‘yicha  tasdiqlangan

parametrlarga erishishni ta’minlash;

import hajmlari va nomenklaturasini yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tahlil qilish asosida

mahsulot  ishlab  chiqarishni  yanada  mahalliylashtirish  dasturlari  ishlab  chiqilishini,  mahalliy

ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  o‘zlashtirish  uchun  tayyor  mahsulotlar,  butlovchi  buyumlar

va materiallar ro‘yxati bo‘yicha takliflar tayyorlashni muvofiqlashtirish;

sanoat  korxonalarini  modernizatsiyalash  va  texnologik  yangilash,  ularda  ilg‘or

innovatsiya  texnologiyalarini  jadal  joriy  etish,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  sanoat  uchun

yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlashga  qaratilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirilishini  tahlil

qilish;


iqtisodiyotning  barqaror  yuqori  o‘sish  sur’atlarini,  mamlakat  aholisining  bandligini

ta’minlash  va  turmush  darajasini  oshirish  maqsadida  iqtisodiyotda  tarkibiy  o‘zgarishlar,

amalga  oshirilayotgan  bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish,  innovatsion  taraqqiyot

mexanizmini izchil joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tarmoqlar  va  respublika  hududlarida  tarkibiy  islohotlarning  amalga  oshirilishi

to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining monitoringini olib borish hamda uni shakllantirish tizimini,

iqtisodiyot  asosiy  tarmoqlari  korxonalarini  modernizatsiyalash,  texnikaviy  yangilash  va

texnologik  qayta  jihozlash,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  kamaytirish  dasturlarining

bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;

tarkibiy  o‘zgarishlarning  tarmoq  va  hududiy  dasturlari  amalga  oshirilishini,  ishlab

chiqarishni 

modernizatsiyalash 

hamda 

mahalliylashtirish 



monitoringi 

natijalarini

umumlashtirish  va  kompleks  tahlil  qilish  hamda  ular  asosida  tasdiqlangan  parametrlarga

albatta erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab

chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda TIA (TIH) va yirik hamda

strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqishda ishtirok

etish;



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  aniq

investitsiya  loyihalari  bo‘yicha  hujjatlari  loyihalarini  har  tomonlama  tahlilqilish  hamda

kompleks  ekspertizadan  o‘tkazish,  loyihalarni  amalga  oshirishning  samarali  va  eng  ma’qul

sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi

organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  ishlab

chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  hamda  texnologik  yangilash  bo‘yicha  tarmoq  va

hududiy  dasturlarga  kiritilgan  investitsiya  loyihalarining  o‘z  vaqtida  tayyorlanishini  hamda

amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari

tomonidan  ishlab  chiqilgan  muhim  tarkibiy  islohotlar,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash,

hududlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muammolari  bo‘yicha  tarmoq  va  hududiy  dasturlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  hujjatlari

loyihalarini ekspert baholash;

iqtisodiy  islohotlar,  iqtisodiy  rivojlanish  dasturlari,  qabul  qilingan  qonunlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  tarmoq  hamda  hududlar

darajasida qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

g)  xususiylashtirish,  raqobat  muhiti,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznesni

rivojlantirish sohasida:

iqtisodiyotda  xususiy  mulk  darajasi  va  rolini  tubdan  oshirish,  xususiylashtirish

jarayonlarini  chuqurlashtirish,  xususiy  investorlarga  davlat  aktivlarini  sotishni  tezlashtirish,

davlat  tasarrufidan  chiqarishning  yangi  shakllari  va  usullarini  joriy  etish  bo‘yicha  dasturiy

chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;

davlat  ulushiga  ega  xo‘jalik  birlashmalari  faoliyatining  monitoringini  olib  borish  va

tahlil qilish, shuningdek davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, jumladan “nol” xarid qiymati

bo‘yicha sotish borasida qabul qilingan dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini nazorat

qilish,  investorlarning  qabul  qilgan  investitsiya  va  ijtimoiy  majburiyatlarini  bajarishini

ta’minlash;

xususiylashtirilgan  korxonalar  faoliyatining  moliyaviy-iqtisodiy  va  ishlab  chiqarish

ko‘rsatkichlarini  doimiy  asosda  chuqur  tahlilqilish,  avval  xususiylashtirilgan  korxonalar

samaradorligining pastligi hamda faoliyat ko‘rsatmasligining sabablari va omillarini aniqlash,

ularni,  jumladan  yangi  investorlarni  jalb  qilish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash  hamda

texnologik  qayta  jihozlash,  mahsulot  tannarxini  kamaytirish  hamda  yangi  turdagi

raqobatbardoshli 

mahsulotlar 

ishlab 

chiqarishni 

o‘zlashtirish 

hisobiga 

moliyaviy

sog‘lomlashtirish  borasida  kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirilishini

tashkil etish;

yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga

qo‘yish 

maqsadida 

xususiylashtirilgan 

muayyan 


korxonalarni 

rivojlantirish,

foydalanilmayotgan  ishlab  chiqarish  quvvatlari,  bo‘sha  turgan  va  qurilishi  tugallanmagan

obyektlarni samarali ishga tushirishning “yo‘l xaritalari” hamda dasturlarini ishlab chiqish va

amalga oshirish, ularga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, kommunikatsiyalarga ulanish hamda

tijorat banklarida kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish ishlarini muvofiqlashtirish;

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish,  ishonchli  himoya  qilish,

ularga  ko‘proq  erkinlik  berish,  davlat  organlarining  ular  faoliyatiga  aralashuvini  tubdan

qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga doir

kompleks dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishini hamda nazorat

qilinishini ta’minlash;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, ularning bo‘lajak

investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy

usullarini  joriy  etish,  korxonalarni  strategik  boshqarishda  aksiyadorlar  rolini  kuchaytirish

bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;



davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari

tomonidan  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  faol  shakllantirish  va  uning  faoliyat  ko‘rsatishini

ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyotni  liberallashtirish  va  modernizatsiyalash  ko‘lamlarini,  mamlakatda

ishbilarmonlik  muhitini  shakllantirish  darajasini  baholashning  har  choraklik  indikatorlari

tizimini  tahlil  qilish  asosida  bozor  islohotlarini  yanada  chuqurlashtirish  hamda  iqtisodiyotni

liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;

tovar  va  moliya  bozorlarida  monopoliyaga  qarshi  samarali  boshqaruv  va  raqobatning

cheklanishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish,  shuningdek  iste’molchilar

huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini tashkil etish;

d) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalarining  ma’muriy  kengashlari  hamda

direksiyalarining,  jumladan  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  va  mahalliy  investorlarni

jalb  etish  masalasida  faoliyatini  muvofiqlashtirish  hamda  samaradorligini  tahlil  qilish,  erkin

iqtisodiy  zonalar  ma’muriy  kengashlariga  tashqi  bozorlarda  xaridorgir  bo‘lgan  va  yuqori

qo‘shilgan  qiymatga  ega,  import  o‘rnini  bosadigan  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo‘yicha

zamonaviy korxonalar tashkil etishga ko‘maklashish;

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalarida  sanoat  hamda  qishloq  xo‘jaligi

mahsulotlarini  chuqur  qayta  ishlash,  yuqori  texnologiyali  mahsulotlarni,  jumladan  mahalliy

xomashyo  va  materiallar  asosida  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  sohasida  zamonaviy

yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etish  bo‘yicha  joylashtirilgan  investitsiya  loyihalari  amalga

oshirilishining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini tashkil qilish;

investitsiya  loyihalarini  tahlilqilish  va  tanlashda,  erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat

zonalari  hududlarida  transport,  muhandislik-kommunikatsiya  hamda  ijtimoiy  infratuzilmani

jadal  rivojlantirish  va  undan  samarali  foydalanishni  ta’minlash  dasturlarini  ishlab  chiqishda

ishtirok etish;

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalarini  yanada  rivojlantirish,  ularda  respublika

hududlarining  mavjud  ishlab  chiqarish  hamda  resurs  salohiyati  hisobga  olingan  holda,

mahalliy  xomashyo  va  materiallarni  mahalliylashtirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish  asosida

yuqori  texnologiyali  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  ta’minlaydigan  loyihalarni  joylashtirish

bo‘yicha takliflar hamda dasturlarni shakllantirish;

7.  Yig‘ma  departament  o‘ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi

funksiyalarni bajaradi:

mamlakatni  makroiqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlantirish,  modernizatsiya  va  tarkibiy

o‘zgarishlar  masalalari  bo‘yicha  ma’lumotlar  bazalarini  tashkil  etish,  yuritish  hamda

muntazam yangilab borish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish

bo‘yicha davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

o‘zi yuritadigan sohaga doir masalalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi va taxliliy

qayta  ishlaydi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,

Bosh vazir o‘rinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli

ma’lumotnoma, taxliliy materiallar hamda takliflar tayyorlaydi;

hududlardagi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ahvolni,  jumladan  joyiga  borib  o‘rganadi,  ijtimoiy-

iqtisodiy,  tarkibiy  va  ma’muriy  islohotlar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini  o‘rganadi  hamda

Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli taxliliy materiallar va takliflar

tayyorlaydi;

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining

qarorlari 

va 

farmoyishlarining, 



O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti, 

O‘zbekiston

Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati

boshqaruvchisi topshiriqlarining bajarilishini nazorat qiladi;




O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining

qarorlari  va  farmoyishlari  hamda  boshqa  hujjatlarning  Vazirlar  Mahkamasiga  kiritilgan

loyihalarini  ekspertizadan  o‘tkazadi,  qayta  ishlaydi  va  kelishadi,  ularga  zarur  taxliliy  hamda

ma’lumotnoma materiallarining sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

respublikani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasi

majlislariga  tayyorgarlik  ko‘rish  bilan  bog‘liq  materiallarni  ishlab  chiqish  va  qarorlarni

rasmiylashtirishda  ishtirok  etadi,  ushbu  materiallarni  Bosh  vazir  o‘rinbosari,  Vazirlar

Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisiga  taqdim  etadi,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining

tegishli protokol qarorlari ijrosining nazoratini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning

o‘rinbosari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlar  uchun  materiallar  tayyorlashda  hamda  ularda  qabul

qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

materiallar, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

qonunlari, 

O‘zbekiston 

Respublikasi

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining kompleks ravishda sifatli tayyorlanishi hamda

ishlab  chiqilishini,  shuningdek  ularni  manfaatdor  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,

mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  tashkilotlar,  Vazirlar  Mahkamasining  Ijro  etuvchi

apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishishni ta’minlaydi;

qonun  loyihalarining  ishlab  chiqilishi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga

belgilangan  tartibda  taqdim  etilishini,  Yig‘ma  departament  vakolatiga  kiradigan  masalalar

bo‘yicha ularni himoya qilishni tashkil etadi;

mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  faoliyatini  ularga  yuklangan  vazifalarga  muvofiq

muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  Bosh  vazir  o‘rinbosari  rahbarlik  qiladigan

tegishli  hukumat  va  idoralararo  komissiyalar  hamda  kengashlarning  samarali  ishlashini

ta’minlaydi va ular qabul qilgan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning,  jumladan  elektron  shaklda  keladigan  murojaatlarini

ko‘rib  chiqadi,  ularda  qo‘yilgan  masalalarni  hal  etishga  oid  takliflar  tayyorlaydi,  ushbu

murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari  hamda  boshqa  tashkilotlarga  ko‘rib  chiqish  va  choralar  ko‘rish  uchun  yuboradi,

ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar

vakillarini qabul qiladi;

respublika  hududlari  bo‘yicha  makroiqtisodiy  rivojlanish,  bank-moliya  tizimini  isloh

qilish,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  va  tarkibiy  o‘zgartirish,  xususiylashtirish,  raqobatni,

kichik  va  xususiy  tadbirkorlik,  erkin  iqtisodiy  hamda  kichik  sanoat  zonalarini  rivojlantirish,

aholining  hayot  darajasi  va  sifatini  oshirish  masalalari,  shuningdek  iqtisodiyot  sohalari

bo‘yicha  maqsadli  dasturlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi

hamda natijalarini umumlashtiradi;

Departamentga  yuklangan  boshqa  vazifalarni  ham  belgilangan  tartibda  amalga

oshiradi.


Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish