Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Bosh vazir o‘rinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

2-bob. Bosh vazir o‘rinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari

7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) makroiqtisodiy rivojlantirish, bank va moliya tizimlarini isloh qilish sohasida:

makroiqtisodiy  mutanosiblik,  iqtisodiyotning  barqaror  yuqori  o‘sish  sur’atlarini,

mamlakat  aholisining  bandligini  ta’minlash  va  turmush  darajasini  oshirishning  strategik

vazifalarini  hal  etishga  yo‘naltirilgan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosat  samaradorligini  oshirish

chora-tadbirlarini amalga oshirish;

iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli

va kompleks o‘rganish, markaziy iqtisodiy organlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil

departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalari

budjetlarining  loyihalari,  shuningdek  soliq  va  budjet  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlarini  ishlab

chiqish  jarayonlarini  muvofiqlashtirish,  budjetnoma  loyihasining  ko‘rib  chiqilishi  va

tasdiqlanishini  ta’minlash  hamda  ularni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalariga

taqdim etish;

tegishli  davrlar  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli

jamg‘armalari budjetlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek

ularning  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  tasdiqlash  uchun

taqdim etilishini ta’minlash;

budjet  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  to‘lovlar  intizomini  mustahkamlash,  hisob-

kitoblar mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda

kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

pul muomalasi holatini tahlil qilish, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning

o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorlikni

kamaytirish  va  qarzdorlik  hosil  bo‘lishining  oldini  olish  hamda  ularning  kassa  ijrosini

ta’minlash;

bank  tizimi  va  moliyaviy  infratuzilmani  yanada  isloh  qilish,  umumiy  qabul  qilingan

xalqaro  normalar,  standartlar  va  baholash  ko‘rsatkichlariga  muvofiq  ularning  barqarorligini

oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish

ishlarini muvofiqlashtirish;

ko‘rsatilayotgan  bank-moliya  xizmatlari  ko‘lami,  uning  infratuzilmasini  kengaytirish,

aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat



banklari va umuman, bank-moliya tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari

tomonidan  qo‘llaniladigan  xalqaro  normalar,  mezonlar  va  standartlarga  asoslangan  baholash

hamda  tahlil  qilishning  zamonaviy  tizimini  joriy  etish  bo‘yicha  tizimli  chora-tadbirlar  ishlab

chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

sug‘urta  bozorini  yanada  takomillashtirish,  ko‘rsatilayotgan  sug‘urta  xizmatlarining

hajmi  va  turlarini  kengaytirish  hamda  sifatini  oshirishga  qaratilgan  dasturiy  chora-tadbirlar

amalga  oshirilishini  kompleks  tahlil  qilish,  ularni  ishlab  chiqish  va  monitoringini  olib  borish

ishlarini muvofiqlashtirish;

zamonaviy  talablarga  hamda  umumiy  qabul  qilingan  xalqaro  normalar  va

standartlarga  muvofiq  bank  tizimi  va  moliyaviy  infratuzilmaning  normativ-huquqiy  bazasini

yanada takomillashtirishni ta’minlash;

iqtisodiyotni  liberallashtirish  va  modernizatsiyalash  ko‘lamlarini,  mamlakatda

ishbilarmonlik  muhitini  shakllantirish  darajasini  baholashning  har  choraklik  indikatorlari

tizimini  tahlil  qilish  asosida  bozor  islohotlarini  yanada  chuqurlashtirish  hamda  iqtisodiyotni

liberallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari

tomonidan  tayyorlanadigan  muhim  iqtisodiy,  ijtimoiy  muammolar,  institutsional  va  tarkibiy

islohotlar  bo‘yicha  maqsadli  dasturlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston

Respublikasi  Hukumatining  hujjatlari  loyihalarini  respublikaning  strategik  manfaatlari  va

maqsadlariga  muvofiqligi  yuzasidan  ko‘rib  chiqish,  ularning  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarga,

iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash;

makroiqtisodiy  holat  va  iqtisodiyotdagi  sifatli  tarkibiy  o‘zgarishlarning,  bank-moliya

tizimini  rivojlantirish  va  isloh  qilishning  kompleks  maqsadli  dasturlari,  bank-moliya  tizimini

isloh  qilish,  yangi  ish  o‘rinlari  tashkil  etish,  aholining  bandligi,  turmushi  darajasi  va

farovonligini  yuksaltirish  dasturlari  amalga  oshirilishining,  jumladan  tegishli  ma’lumotlar

bazalarini  shakllantirish  va  ularni  tahlil  qilish  yo‘li  bilan  monitoringi  olib  borilishini

ta’minlash;

b) aholi bandligi va hayot darajasini oshirish hamda uni ijtimoiy himoya qilish sohasida:

Yangi  ish  o‘rinlari  tashkil  etish,  aholi  bandligini  oshirish  dasturi  ishlab  chiqilishini  va

uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini,

aholining  turmushi  va  farovonlik  darajasini  oshirish  dasturlarining  shakllantirilishi,

tasdiqlanishi va amalga oshirilishining monitoringi olib borilishini ta’minlash;

demografik  omillar  va  iqtisodiyotni  rivojlantirish  istiqbollarini  hisobga  olgan  holda,

ishga  joylashtirishning  ilg‘or  shakllarini  joriy  etishga  yo‘naltirilgan  aholi  bandligini

ta’minlashning  hududiy  dasturlarini  shakllantirish,  pensionyerlar,  nogironlar  va  aholining

boshqa  ijtimoiy  nochor  guruhlarini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlashga  doir  manzilli  dasturlar  va

samarali  tadbirlarni  ishlab  chiqish  bo‘yicha  davlat  hamda  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya

ta’minoti,  ijtimoiy  nafaqalar  va  kompensatsiya  to‘lovlarini,  ijtimoiy  yordamning  boshqa

turlarini  tayinlash,  aholining  nochor  toifalariga  ko‘rsatilayotgan  ijtimoiy  yordamning

tabaqalashtirilganligi  va  manzilliligini  kuchaytirishga  yo‘naltirilgan  ijtimoiy  siyosatni  amalga

oshirish  mexanizmlari  va  usullarini  yaxshilash  sohasidagi  qonunchilikni  takomillashtirish

yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  organlar  va  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil

departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya

qilishning  muhim  ustuvor  yo‘nalishlarini  amalga  oshirish  bo‘yicha  maqsadli  dasturlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  respublika  Hukumatining  hujjatlari  loyihalarini  ko‘rib

chiqish;

mehnat,  bandlik  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish,  mehnat  munosabatlarini

mustahkamlash,  moddiy  rag‘batlantirish  mexanizmlarini  va  mehnatni  muhofaza  qilish



sharoitlarini  yaxshilash  sohasidagi  qonunchilikni  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  maqsadli

dasturlar,  qabul  qilingan  qonunlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar

Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

v) tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sohasida:

sanoatda  tarkibiy  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  sohasida  jahon  va  mintaqa

bozorlarida 

barqaror 

xaridorgir 

bo‘lgan 

yuqori 


qo‘shilgan 

qiymatga 

ega

raqobatbardoshbardosh  mahsulotlarni  mineral  hamda  xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta



ishlash  asosida  ishlab  chiqarishni  ta’minlaydigan  ustuvor  sanoat  tarmoqlarini  jadal

rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  kompleks  dasturlarni  shakllantirish  va  ularni  amalga  oshirish

ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o‘zgarishlar,  amalga  oshirilayotgan  bozor  islohotlarini

chuqurlashtirish,  faol  investitsiya  siyosatini  yuritish,  iqtisodiyot  tarmoqlarini  innovatsion

rivojlantirish mexanizmlarini izchil joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tarkibiy  o‘zgarishlarga  doir  tarmoq  va  hududiy  dasturlar  amalga  oshirilishini,  ishlab

chiqarishni  modernizatsiyalash  va  mahalliylashtirish,  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlari

korxonalarida  ishlab  chiqarish  xarajatlari  kamaytirilishini  ta’minlash  va  tasdiqlangan

parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash, ularda ilg‘or

innovatsiya  texnologiyalarini  jadal  joriy  etish,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  sanoat  uchun

yuqori malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ishlab 


chiqarishni 

mahalliylashtirish 

darajasini 

yanada 


chuqurlashtirish,

raqobatbardoshli  va  import  o‘rnini  bosadigan  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,

tayyor 

mahsulotlar, 

butlovchi 

buyumlar 

va 

materiallar 



ishlab 

chiqarishni

mahalliylashtirishning  o‘rta  muddatli  dasturlarini  bajarish  doirasida  importni  kamaytirishga

doir  tasdiqlangan  parametrlarga  erishishni  ta’minlash  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlarni

amalga oshirish;

ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilashning

tarmoq  hamda  hududiy  dasturlariga  kiritilgan  loyihalarning  o‘z  vaqtida  tayyorlanishi  va

amalga  oshirilishini  ta’minlash  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasi  axborot-tahlil  departamentlari,

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  organlarning  va  boshqa

tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab

chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa  tashkilotlar,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari

tomonidan  ishlab  chiqilgan  muhim  tarkibiy  islohotlar,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash,

hududlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muammolari  bo‘yicha  tarmoq  va  hududiy  dasturlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  hujjatlari

loyihalarini ko‘rib chiqish;

g)  xususiylashtirish,  raqobat  muhiti,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznesni

rivojlantirish sohasida:

iqtisodiyotni  boshqarishda  davlatning  rolini  strategik  va  iqtisodiy  asoslangan

darajagacha  bosqichma-bosqich  pasaytirish,  mulk  tuzilmasini  yanada  isloh  qilish  va

o‘zgartirish,  xususiy  mulkning  ustuvor  roli  va  ahamiyatini  ta’minlash,  xususiylashtirish

jarayonlarini  chuqurlashtirish,  iqtisodiyotning  nostrategik  tarmoqlaridagi  aksiyadorlik

jamiyatlarining  davlat  ulushini  xususiy  investorlarga  sotishni  tezlashtirish  bo‘yicha  dasturiy

chora-tadbirlarni amalga oshirish;

xususiy  mulk,  kichik  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  manfaatlarini  ishonchli

himoya qilish, ularning jadal rivojlanish yo‘lidagi to‘siq va govlarni bartaraf etish, tadbirkorlik

tuzilmalari  faoliyatiga  to‘sqinlik  qilish  hamda  noqonuniy  aralashish  uchun  mas’uliyatni

oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

aksiyadorlik  jamiyatlarida  faoliyat  samaradorligini  oshirish,  ularning  bo‘lajak

investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy




usullarini  joriy  etish,  korxonalarni  strategik  boshqarishda  aksiyadorlar  rolini  kuchaytirish

chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari

tomonidan  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  faol  shakllantirish  va  uning  faoliyat  ko‘rsatishini

ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

muvaffaqiyatli  xorijiy  tajriba  inobatga  olingan  holda  korporativ  boshqaruv  tizimini

takomillashtirish,  uni  hayotga  tatbiq  etishning  zamonaviy  uslublarini  jadal  joriy  qilish  chora-

tadbirlarini amalga oshirish;

rentabelligi past va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini

chuqur  tahlil  qilish,  ularni  jumladan,  yangi  investorlarni  jalb  qilish,  ishlab  chiqarishni

modernizatsiyalash hamda texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda

yangi  turdagi  raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish  hisobiga  moliyaviy

sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini

tashkil etish;

tovar  va  moliya  bozorlarida  monopoliyaga  qarshi  samarali  boshqaruv  va  raqobatning

cheklanishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish,  shuningdek  iste’molchilar

huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini tashkil etish;

d)  investitsiya  loyihalarini  shakllantirish  va  ularning  amalga  oshirilishi  monitoringini

olib borish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:

O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturi,  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlarini

modernizatsiyalash,  texnik  yangilash  va  texnologik  qayta  jihozlash  dasturlari  amalga

oshirilishini  nazorat  qilish,  tasdiqlangan  parametrlarga  so‘zsiz  erishish  bo‘yicha  takliflar  va

tadbirlar ishlab chiqish;

respublikada investitsiya muhitini, xorijiy investorlarga taqdim etilgan preferensiyalar

hamda  imtiyozlar  samarali  qo‘llanishining  har  tomonlama  tizimli  tahlil  etilishini  ta’minlash,

iqtisodiyotni  modernizatsiyalash,  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  yangilashga  doir

ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va grantlar, birinchi navbatda,

to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yanada qulay muhitni shakllantirishga oid

qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

xorijiy  investitsiyalar  jalb  etilishi,  xorijiy  investorlar  ishtirokida  investitsiya

loyihalarining  o‘z  vaqtida  amalga  oshirilishini,  shu  jumladan  xorijiy  investorlar  va

kreditorlarning qabul qilgan majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish, yirik hamda strategik

muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini belgilash;

bo‘lajak  investorlarni  O‘zbekiston  Respublikasidagi  investitsiya  muhiti,  shu  jumladan

investitsiya  kiritish  jarayonining  asosiy  tartib-taomil  masalalari,  shuningdek  taklif  etiladigan

investitsiyalar hajmi to‘g‘risida xabardor qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlarni  jalb  etish  uchun  investitsiya  takliflari  yagona

bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini ta’minlash;

respublikaga  texnikaviy  ko‘maklashish  vositalari  va  gumanitar  yordamni  jalb  etish,

shuningdek  davlat  hamda  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  O‘zbekiston  Respublikasiga  grantlar  jalb  qilish  hajmini

tizimli asosda ko‘paytirishni ta’minlaydigan mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish choralarini

qo‘llash ishlarini muvofiqlashtirish;

Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi

organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  Investitsiya

dasturi,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  hamda  texnologik  yangilash  bo‘yicha

tarmoq  va  hududiy  dasturlarga  kiritilgan  investitsiya  loyihalarining  o‘z  vaqtida  tayyorlanishi

hamda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  xorijiy  davlatlarga  tashriflari  yakunlari

bo‘yicha  erishilgan  bitimlar,  xorijiy  davlatlar,  xalqaro  iqtisodiyot  hamda  moliya  institutlari

bilan  tashqi  savdo,  investitsiyaviy  va  moliyaviy  hamkorlik  bo‘yicha  qabul  qilingan  dasturlar

amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el




kompaniyalari  va  banklari  bilan  tashqi  iqtisodiy  hamda  tashqi  savdo  hamkorligini

chuqurlashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

respublikaning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari,  boshqa  tashkilotlarining  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  sohasidagi  faoliyatini

muvofiqlashtirish  hamda  mamlakatni  rivojlantirishning  strategik  maqsadlaridan  kelib  chiqib,

jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot hamda

moliya  institutlari,  chet  el  kompaniyalari  va  banklari  bilan  tashqi  iqtisodiy  hamkorlikning

ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari, boshqa investorlar bilan xorijiy investitsiyalar

hamda  kreditlarni  jalb  etish  masalalari  bo‘yicha  hamkorlik  dasturlarini,  shuningdek

hamkorlikning  ustuvor  hamda  istiqbolli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  takliflar  ishlab  chiqilishini

muvofiqlashtirish.

8.  Bosh  vazir  o‘rinbosari  o‘z  zimmasiga  yuklangan  vazifalarga  muvofiq  quyidagi

funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Devonining  tegishli  xizmatlari  bilan  hamkorlik

qiladi;


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli

hududlari  va  tarmoqlarida  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish,  i1sgisodiy  islohotlarning  ustuvor

vazifalari hamda dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Iqtisodiy  rivojlantirish,  tarkibiy  o‘zgartirishlar,  bank  va  moliya  tizimlarini  isloh  qilish,

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  masalalari  yig‘ma

axborot-tahlil  departamentiga,  shuningdek  Investitsiya  dasturlarining  shakllantirilishini

muvofiqlashtirish,  amalga  oshirilishi  monitoringi  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish

masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;

iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  borasida  mutasaddilik  qilinadigan  vazirliklar,

idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;

mutasaddilik  qilinadigan  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  hamda  boshqa

tashkilotlarda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

Davlat  maslahatchilari  nomenklaturasiga  kiradigan  lavozimlarga  nomzodlar  bo‘yicha

takliflarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  bilan  kelishgan  holda  belgilangan  tartibda

kiritadi;

kompleks  yuritadigan  sohaga  kiruvchi  masalalar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar  Mahkamasiga  kiritilgan  takliflar  va  hujjatlar  loyihalarini  ko‘rib  chiqishda  davlat

manfaatlariga  qat’iy  rioya  etilishini  ta’minlaydi,  hujjatlarning  tayyorlangan  loyihalariga  viza

qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli

nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun  hujjatlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va

farmoyishlari,  Hukumat  qarorlari  loyihalarining  ekspertizadan  o‘tkazilishi  va  sifatli

tayyorlanishini  tashkil  etish  masalalarida  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  bilan

hamkorlik qiladi;

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlari,

qarorlari,  farmoyishlari  va  topshiriqlari,  Hukumat  qarorlarining  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  bilan  birgalikda  Iqtisodiy  rivojlantirish,

tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat

zonalari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  masalalari  yig‘ma  axborot-tahlil  departamentiga,

shuningdek Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi

monitoringi  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  masalalari  axborot-tahlil  departamentining

departament  mudiri,  shu’balar  mudirlari,  bosh  va  yetakchi  mutaxassislari  lavozimlariga

kadrlar tanlaydi;

Iqtisodiy  rivojlantirish,  tarkibiy  o‘zgartirishlar,  bank  va  moliya  tizimlarini  isloh  qilish,

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  masalalari  yig‘ma

axborot-tahlil  departamenti,  shuningdek  Investitsiya  dasturlarining  shakllantirilishini



muvofiqlashtirish,  amalga  oshirilishi  monitoringi  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish

masalalari  axborot-tahlil  departamentining  mudiri  hamda  mutaxassislarini  qayta  tayyorlash,

ularning  malakasini  oshirish,  rag‘batlantirish  va  ularga  nisbatan  intizomiy  jazo  choralarini

qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

Iqtisodiy  rivojlantirish,  tarkibiy  o‘zgartirishlar,  bank  va  moliya  tizimlarini  isloh  qilish,

erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  masalalari  yig‘ma

axborot-tahlil  departamentida,  shuningdek  Investitsiya  dasturlarining  shakllantirilishini

muvofiqlashtirish,  amalga  oshirilishi  monitoringi  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish

masalalari  axborot-tahlil  departamentida  kadrlar  zaxirasini  shakllantirish  ishlarini  tizimli

asosda tashkil qiladi.

9.  Bosh  vazir  o‘rinbosari  tegishli  komissiyalar  (kengashlar)ga  rahbarlik  qiladi,

shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  rahbarlik  qiladigan  komissiyalar

(kengashlar)  faoliyatini,  ularning  qarorlari  bajarilishini  tashkil  etish  yuzasidan  nazoratni

ta’minlaydi.




Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish