Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Yig‘ma departament faoliyatini tashkil etish



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

5-bob. Yig‘ma departament faoliyatini tashkil etish

13.  Yig‘ma  departament  faoliyati  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga,  Vazirlar  Mahkamasining  Reglamentiga,

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Ijro  etuvchi  apparati  to‘g‘risidagi  Nizom,

ushbu  Nizomga,  Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparatida  ish  yuritish  bo‘yicha

yo‘riqnomaga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh

vazirining,  Bosh  vazir  o‘rinbosarining  topshiriqlariga,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati

boshqaruvchisining 

buyruqlari 

va 


topshiriqlariga 

muvofiq, 


shuningdek 

Vazirlar


Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudiri,

mudirning  o‘rinbosari,  shu’ba  mudirlari  va  mutaxassislarining  shaxsiy  ish  rejalari  asosida

tashkil etiladi.

Departamentning  ish  rejasi  Vazirlar  Mahkamasining  Vazirlar  Mahkamasi  Rayosati

tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudirining shaxsiy ish rejasi

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh

vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Mudir  o‘rinbosari,  shu’ba  mudirlari  va  mutaxassislarning  shaxsiy  ish  rejalari  Yig‘ma

departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va farmoyishlari,  Hukumat qarorlari  va farmoyishlarining mutasaddilik

qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

boshqa  organlar  va  tashkilotlarda  amalga  oshirilishining  tizimli  monitoringini  olib  borish

bo‘yicha Yig‘ma departament faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks

o‘rganishlar  asosida,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  O‘zbekiston

Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisining

topshiriqlariga  binoan,  Vazirlar  Mahkamasi,  Vazirlar  Mahkamasi  Rayosati,  Kompleksi,  Yig‘ma

departament  majlislarida  hisobotlarni  eshitish  va  ma’lumotlarning  tegishli  bankini  yuritish

orqali tashkil etiladi.

14. Yig‘ma departament mudiri:

Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z o‘rinbosari, shu’balar mudirlari va

mutaxassislar  ishlarini  tashkil  etadi,  Yig‘ma  departamentga  yuklangan  vazifalar  va

funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Yig‘ma  departament  yuritadigan  sohaga  oid  masalalar  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasiga

kiritilgan  takliflar  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ko‘rib  chiqishda  davlat

prinsiplariga  qat’iy  rioya  etilishini  ta’minlaydi,  ularning  ekspert  jihatdan  ishlab  chiqilishini



tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy

hujjatlar  qabul  qilingandan  so‘ng  ularning  amalga  oshirilishi  yuzasidan  tizimli  nazoratni

ta’minlaydi;

respublikaning  tegishli  tarmoqlari,  sohalari  va  hududlarida  iqtisodiy  islohotlarning

ahvoli  va  samaradorligining  tizimli  monitoringi  tashkil  etilishi  va  bu  haqdagi  ma’lumotlar

bankining shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-

tadbirlar  ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirilishini,  respublika  tarmoqlari  va  hududlarini

rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Yig‘ma departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga, shu’ba mudirlari

va  mutaxassislarning  kasb  darajasi  va  amaliy  malakasini  oshirish,  ularni  rag‘batlantirish

hamda  jazolash  choralariga  muvofiq  lavozimlarga  tavsiya  etilayotgan  nomzodlar  bo‘yicha

takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan

holda Kompleks rahbariga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

vazifalarning  o‘rinbosar,  shu’ba  mudirlari  va  mutaxassislar  o‘rtasida  taqsimlanishini,

shuningdek  Kompleksning  yarim  yillik  ish  rejasi  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  Kompleks

rahbariga  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  Yig‘ma  departament  mudiri  o‘rinbosari,  shu’balar

mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar  Mahkamasiga  kelgan  va  respublika  Hukumatining  qarori  talab  etilmaydigan

hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh

vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo

komissiyalar,  kengashlar  majlislarida  va  Yig‘ma  departament  yuritadigan  sohaga  kiradigan

masalalar  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda

qatnashadi;

Yig‘ma  departament  kadrlar  zaxirasi  shakllantirilishi  va  yangilanishini,  kadrlar

zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlar olib borish tashkil etilishini ta’minlaydi.

Vazirlar  Mahkamasi  Ijro  etuvchi  apparatida  amalda  bo‘lgan  Yo‘riqnomaga  muvofiq

ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

15.  Yig‘ma  departament  mudiri  vaqtinchalik  bo‘lmagan  taqdirda  uning  vazifasini

o‘rinbosar bajaradi.

16. Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari:

shu’balar  mudirlari  va  mutaxassislar  faoliyatini  muvofiqlashtiradi,  o‘ziga  birkitilgan

masalalar  bo‘yicha  Yig‘ma  departamentga  yuklangan  vazifalar  va  funksiyalarning  bajarilishi

hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;

o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z

vaqtida  tayyorlanishini  tashkil  qiladi,  topshiriqlarning  bajarilishi  yuzasidan  nazoratni

ta’minlaydi;

tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi,

ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar  to‘g‘risida  Yig‘ma  departament  mudiriga,  shuningdek  belgilangan  tartibda

Bosh vazir o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;

islohotlarni  chuqurlashtirish,  respublikani,  tarmoqlar  va  hududlarni  yanada  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirish,  shuningdek  tegishli  sohalardagi  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etish

bo‘yicha  takliflar  ishlab  chiqilishini  tashkil  qiladi  va  ularni  Yig‘ma  departament  mudiriga

taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh

vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  hamda

idoralararo  komissiyalar  va  kengashlar  majlislarida,  o‘zi  yuritadigan  masalalar  bo‘yicha

Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda  belgilangan  tartibda

qatnashadi;




Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati

boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek

ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari

loyihalarini  muhokama  qilish  uchun  o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  organlar  va

tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi;

Yig‘ma  departament  mudirining  topshirig‘iga  binoan  chiquvchi  xat-xabarlarni

imzolaydi;

Yig‘ma  departament  mudiriga  tegishli  mutaxassislar  o‘rtasida  vazifalarni  taqsimlash

bo‘yicha takliflar kiritadi;

Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod

qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda jazolash to‘g‘risida takliflar taqdim

etadi.

17. Shu’ba mudiri:



shu’ba  mutaxassislari  ishlarini  muvofiqlashtiradi  va  shu’baga  yuklangan  vazifalar

hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

shu’baga  biriktirilgan  masalalar  bo‘yicha  mutaxassislar  tomonidan  ma’lumotnoma,

tahliliy, statistika va boshqa materiallarning, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-

huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va

farmoyishlarini  amalga  oshirish  bo‘yicha  mutaxassislar  tomonidan  tashkiliy  chora-tadbirlar

yoki  nazorat  rejalari  tayyorlanishini,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  yoki  uning

o‘rinbosari  ularni  tasdiqlashini  muvofiqlashtiradi,  erishilgan  natijalarning  doimiy

monitoringini ta’minlaydi;

masalalarni  o‘rganib  chiqishni  muvofiqlashtirish  va  Vazirlar  Mahkamasi,  Yig‘ma

departamentning tegishli davr uchun ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish

rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi, takliflarni tanqidiy

tahlil qilish asosida Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudiri va

Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

mutaxassislar  tomonidan  iqtisodiyotning  tegishli  tarmoqlari,  sohalari  va  sektorlari,

shuningdek respublika hududlari bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining yaratilishi

va yuritilishini nazorat qiladi;

ma’lumotnoma  materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Yig‘ma  departament

mudirining  o‘rinbosariga,  Yig‘ma  departament  mudiriga,  shuningdek  belgilangan  tartibda

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosariga,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati

boshqaruvchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi;

islohotlarni  chuqurlashtirish,  respublikani,  tarmoqlar  va  hududlarni  yanada  ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf

etish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqilishini  tashkil  qiladi  va  ularni  Yig‘ma  departament

mudirining o‘rinbosariga, mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh

vaziri,  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  hamda

idoralararo  komissiyalar  va  kengashlar  majlislarida,  shu’ba  yuritadigan  sohaga  oid  masalalar

bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati

boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek

ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari



loyihalarini  muhokama  qilish  uchun  o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  organlar  va

tashkilotlar  rahbarlari  hamda  vakillari,  olimlar  va  mutaxassislar  ishtirokida  yig‘ilishlar

o‘tkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

18. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi:

takliflarning  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarining  sifati,  ishonchliligi  va  o‘z

vaqtida  tayyorlanishi,  funksional  vazifalarga  muvofiq  topshiriqlar  va  qabul  qilingan  hujjatlar

bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun shaxsan javob beradi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda hujjatlar

loyihalarini  har  tomonlama  tahlil  qiladi,  ular  bo‘yicha  zarur  tahliliy  materiallar  va  ekspert

xulosalar  tayyorlaydi,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining

Reglamentiga muvofiq ularning kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Yig‘ma  departament  mudiri,  uning

o‘rinbosari,  shu’ba  mudiriga,  shuningdek  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh

vazirining o‘rinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab

chiqadi  va  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro

etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlarining  iqtisodiyotning  tegishli

tarmoqlari  va  sohalari  yoki  respublika  hududlari  bo‘yicha  topshiriqlari  bajarilishi  yuzasidan

tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli  funksional  masalalar  va  hujjatlar  bo‘yicha  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar

bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab borilishini tashkil etadi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  markaziy  apparatlari  tarkibiy

bo‘linmalari  (iqtisodiy,  moliyaviy  va  yuridik  xizmatlar),  mahalliy  ijro  etuvchi  xokimiyat

organlari  ishlarining  ahvoli  va  samaradorligini  doimiy  asosda  o‘rganadi,  ularning  faoliyati

samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi  va  uning  Rayosati  majlislari,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning

o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo  komissiyalar

hamda  kengashlar  majlislarida,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan

yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati

boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek

ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari

loyihalarini  muhokama  qilish  uchun  o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  organlar  va

tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi;

tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

19. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi:

takliflarning  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarining  sifati,  ishonchliligi  va  o‘z

vaqtida  tayyorlanishi,  funksional  vazifalarga  muvofiq  topshiriqlar  va  qabul  qilingan  hujjatlar

bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har

tomonlama  tahlil  qiladi,  ular  bo‘yicha  zarur  tahliliy  materiallar  va  ekspert  takliflarni



tayyorlaydi,  shuningdek  Vazirlar  Mahkamasi  Reglamentiga  muvofiq  ularning  kelishilishini

ta’minlaydi;

materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to‘g‘risida  Yig‘ma  departament  mudiri,  uning

o‘rinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston

Respublikasining  Bosh  vaziri  o‘rinbosariga  va  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisiga

axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab

chiqadi  va  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro

etuvchi  hokimiyat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,

O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlarining  iqtisodiyotning  tegishli

tarmoqlari  va  sohalari  yoki  respublika  hududlari  bo‘yicha  topshiriqlari  bajarilishi  yuzasidan

tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli  funksional  masalalar  va  hujjatlar  bo‘yicha  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar

bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, muntazam yangilab borilishini tashkil etadi;

tegishli  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  markaziy  apparatlari  tarkibiy

bo‘linmalari  (iqtisodiy,  moliyaviy  va  yuridik  xizmatlar),  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va samaradorligini doimiy asosda

o‘rganadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

o‘ziga  birkitilgan  masalalar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning

o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda,  Hukumat  komissiyalari  va  idoralararo  komissiyalar

hamda  kengashlar  majlislarida,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchisi  o‘tkazadigan

yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

shu’ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa

tashkilotlar  vakillari,  olimlar  va  mutaxassislar  bilan  ijroda  turgan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari  loyihalarini  tayyorlash  maqsadida  ularni

muhokama qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

20. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini

nazorat  qiladi,  hujjatlar  Yig‘ma  jildlarining  tayyorlanishini  va  arxivda  saqlashga  o‘z  vaqtida

berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil

24-sentabrdagi 757-son qaroriga  

3-ILOVA


Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish