Tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar


-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari



Download 172,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi172,69 Kb.
#202114
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yevropeoid irqi - Vikipediya

2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari

7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks rivojlantirish hamda investitsiya siyosati

maqsadlariga  erishishni  ta’minlaydigan  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro

etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  hududlar  hamda  tashkilotlarning  takliflari  asosida  qisqa

va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Vazirlar  Mahkamasi  axborot-tahlil  departamentlari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi

organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  tashkilotlarning  Investitsiya

dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini

ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturi,  tarmoq  hamda  hududiy  investitsiya

dasturlarining  bajarilishining  tizimli  monitoringida,  monitoring  natijalarini  umumlashtirish

hamda  kompleks  tahlil  qilishda  ishtirok  etadi  va  ular  asosida  tasdiqlangan  parametrlarga

albatta erishishga doir takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;

investitsiya  faoliyatining  normativ-huquqiy  bazasini  yanada  rivojlantirish  va

takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

ustuvor  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  xorijiy  investitsiyalarni  jalb

qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

xalqaro  moliya  va  iqtisodiyot  institutlari  hamda  boshqa  investorlar  bilan  xorijiy

investitsiyalar, kreditlar va texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlari) jalb qilish masalalari

bo‘yicha  hamkorlik  dasturlarini,  shuningdek  hamkorlikning  ustuvor  va  istiqbolli

yo‘nalishlariga doir takliflar ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;

xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlarni  jalb  qilish,  xorijiy  investorlar  ishtirokida

investitsiya  loyihalarining  o‘z  vaqtida  amalga  oshirilishi,  shu  jumladan  xorijiy  investorlar  va

kreditorlarning qabul qilgan majburiyatlarini bajarishining monitoringini olib borish va tizimli

nazorat qilish;




xorijiy  investitsiyalar,  kreditlar  va  texnik  ko‘maklashish  mablag‘larini  (grantlari)  jalb

qilish  bo‘yicha  diplomatik  vakolatxonalarning  savdo-iqtisodiy  masalalar  bo‘yicha

maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish.

8.  Departament  o‘ziga  yuklangan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  kuyidagi

funksiyalarni bajaradi:

a)  qisqa  va  o‘rta  muddatli  investitsiya  dasturlarini  shakllantirish  ishlarini

muvofiqlashtirish sohasida:

Investitsiya  dasturi,  qisqa  va  o‘rta  muddatli  tarmoq  hamda  hududiy  investitsiya

dasturlarining loyihalarini shakllantirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;

investitsiyalardan  samarali  va  oqilona  foydalanish  sohasida  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  tashkilotlar,

shuningdek  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari  tomonidan  ishlab

chiqilgan  muhim  tarkibiy  islohotlar,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash,  hududlarning  iqtisodiy

va  ijtimoiy  muammolari  bo‘yicha  tarmoq  va  hududiy  dasturlar,  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish;

turli  moliyalashtirish  manbalari,  jumladan  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar

hisobidan  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarining  va  iqtisodiyot  tarmoqlari  hamda  ijtimoiy  sohani

mutanosib  rivojlantirishning  investitsiya  resurslariga  bo‘lgan  ehtiyoj  bilan  bog‘liqligini

ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  tomonidan  investitsion  moddiy  va  qiymat

balanslarining ishlab chiqilishi, ularni bajarish monitoringini muvofiqlashtirish;

b)  Vazirlar  Mahkamasining  axborot-tahlil  departamentlari,  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  boshqa  tashkilotlarning

investitsiya  loyihalarining  o‘z  vaqtida  tayyorlanishi  hamda  amalga  oshirilishini  ta’minlash

bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim

investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish;

Investitsiya  loyihalari  va  boshqa  hujjatlarni,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  aniq  investitsiya  loyihalari  bo‘yicha

hujjatlari  loyihalarini  ko‘rib  chiqish,  loyihalarni  amalga  oshirishning  samarali  va  eng  ma’qul

sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari, tarmoq

va hududiy investitsiya dasturlarining amalga oshirilishini tahlil qilish, monitoringi davomida

aniqlangan muammolarni bartaraf etishga oid takliflar kiritish;

v)  O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturi,  tarmoq  va  hududiy  investitsiya

dasturlarining amalga oshirilishining monitoringini olib borish tizimini tashkil etish sohasida:

Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining

o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda mablag‘larni

o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan prognoz parametrlar bajarilishining tizimli monitoringini va

qat’iy nazoratini tashkil etish;

investitsiya  dasturlariga  kiritilgan  investitsiya  loyihalari  bo‘yicha  ma’lumotlar  bazani

yaratish, yuritish va uning muntazam yangilanishini ta’minlash;

Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  loyihalar,  tarmoq  va  hududiy  investitsiya  dasturlarini

amalga oshirish holatini, jumladan joyiga chiqib o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlarini,  O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ularni amalga oshirish masalalari bo‘yicha qarorlari va

farmoyishlari  ijrosini  o‘rganish,  Vazirlar  Mahkamasi  rahbariyatiga  axborot  berish  uchun

tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;

monitoring  natijalarini  umumlashtirish  va  kompleks  tahlil  qilish,  ular  asosida

tasdiqlangan parametrlarga albatta erishish bo‘yicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;

investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishga  qaratilgan  investitsiyalar  samaradorligini

oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;




g)  investitsiya  faoliyatining  normativ-huquqiy  bazasini  yanada  rivojlantirish  va

takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

investitsiya  faoliyatini  takomillashtirish  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari  hamda  boshqa  hujjatlarning

Vazirlar  Mahkamasiga  kiritilgan  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  kelishish,  ularga  zarur  tahliliy

hamda ma’lumotnoma materiallarining sifatli tayyorlanishini ta’minlash;

respublikada  yaratilgan  investitsiya  muhitini,  xorijiy  investorlarga  taqdim  etilgan

preferensiyalar hamda imtiyozlar samarali qo‘llanishini har tomonlama tizimli tahlil etilishini,

ustuvor  va  strategik  muhim  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  xorijiy

investitsiyalar, birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yanada

qulay muhitni shakllantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni ta’minlash;

qonun  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  ularni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga

belgilangan  tartibda  taqdim  etish  hamda  Departament  vakolatiga  kiradigan  masalalar

yuzasidan ularni himoya qilishni tashkil etish;

d)  ustuvor  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  xorijiy  investitsiyalar,

birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

respublika  hududida  vazirliklar,  idoralar,  uyushmalar,  kompaniyalar,  tijorat

tuzilmalari,  korxonalar  va  tashkilotlarning  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  sohasidagi

faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  kelishishni  ta’minlash,  buning  uchun  zarur  sharoitlar  hamda

preferensiyalar yaratish;

mamlakatni  rivojlantirishning  strategik  maqsadlaridan  kelib  chiqib,  xorijiy  davlatlar,

xalqaro  iqtisodiyot  va  moliya  institutlari,  chet  el  kompaniyalari,  firmalar  va  banklari  bilan

investitsion hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish, shuningdek amalga oshirish uchun taklif

etilayotgan  investitsiya  takliflari  to‘g‘risidagi  axborotni  bo‘lajak  xorijiy  investorlar  va

kreditorlarga  yetkazish  uchun  investitsiya  takliflari  yagona  bazasini  shakllantirish  hamda

yangilash jarayoni muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

bo‘lajak  investorlarni  O‘zbekiston  Respublikasidagi  investitsiya  muhiti,  shu  jumladan

investitsiya  kiritish  jarayonining  asosiy  tartib-taomil  masalalari,  shuningdek  taklif  etiladigan

investitsiyalar hajmi to‘g‘risida xabardor qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

e)  xorijiy  investitsiyalar,  kreditlar,  grantlar  va  texnik  ko‘maklashish  mablag‘larini  jalb

qilish masalasi bo‘yicha xalqaro moliya hamda iqtisodiyot institutlari, boshqa investorlar bilan

hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish sohasida:

xalqaro  moliya  institutlari,  xorijiy  hukumat  moliya  tashkilotlari  va  boshqa  investorlar

bilan qisqa hamda o‘rta muddatli hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

vazirliklar  va  idoralarning  xalqaro  moliya  institutlari,  xorijiy  hukumat  moliya

tashkilotlari  va  boshqa  investorlar  bilan  tasdiqlangan  hamkorlik  dasturlarining  o‘z  vaqtida

hamda sifatli bajarishini nazorat qilishni ta’minlash;

xalqaro  moliya  va  iqtisodiyot  institutlari  va  boshqa  investorlar  bilan  hamkorlikning

ustuvor hamda istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

j)  respublikaga  grantlar  va  texnika  vositalari  jalb  etish  bo‘yicha  tadbirlarni

muvofiqlashtirish;

xalqaro  moliya  va  iqtisodiyot  institutlari  bilan  hamkorlik  dasturiga  kiritilgan

investitsiya,  grant  va  texnik  ko‘maklashish  loyihalarining  amalga  oshirilishi  to‘g‘risida  tizimli

ma’lumotlar  bazasini  shakllantirish  hamda  yuritish,  ularning  amalga  oshirilishining

monitoringini olib borish;

9. Departament quyidagi funksiyalarni ham bajaradi:

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining

farmonlari,  qarorlari,  farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining

qarorlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  va




uning  o‘rinbosarlari,  Vazirlar  Mahkamasi  apparati  boshqaruvchining  topshiriqlari  ijrosini

nazorat qiladi;

Materiallar  tayyorlash  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  O‘zbekiston

Respublikasining  Bosh  vaziri  va  uning  o‘rinbosarlari  o‘tkazadigan  yig‘ilishlarda  qabul

qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

Materiallar, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

qonunlari, 

O‘zbekiston 

Respublikasi

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari,  farmoyishlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va

farmoyishlari  loyihalarini  kompleks  hamda  sifatli  ishlab  chiqish,  tayyorlashni,  shuningdek

ularni  manfaatdor  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat

organlari,  boshqa  organlar  hamda  tashkilotlar,  Vazirlar  Mahkamasining  Ijro  etuvchi

apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishinilishini ta’minlaydi;

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning,  jumladan  elektron  shaklda  keladigan  murojaatlarini

ko‘rib  chiqadi,  ularda  qo‘yilgan  masalalarni  hal  etishga  oid  takliflar  tayyorlaydi,  ushbu

murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari  hamda  boshqa  tashkilotlarga  ko‘rib  chiqish  va  choralar  ko‘rish  uchun  yuboradi,

ularning  o‘z  vaqtida  ko‘rib  chiqilishini  nazorat  qiladi,  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslar

vakillarini qabul qiladi;

respublika  hududlari  kesimida  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  sohasida  investitsiya

dasturlari va hamkorlikni shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishining monitoringini

olib  borish,  shuningdek  iqtisodiyot  sohalari  bo‘yicha  investitsiya  dasturlari,  O‘zbekiston

Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va

farmoyishlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va  farmoyishlarining

amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda natijalarini umumlashtiradi;

Departament o‘ziga yuklatilgan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga

oshiradi.




Download 172,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish