133
zaruriy va yetarli ishlab chiqish muhiti bilan 10 Mb hajmiga sig‘ish bilan namoyish
qilinadi.
QNX-mikroyadro va ma’lumotlarni almashish tamoyili asosida qurilgan
birinchi tijoriy OT. Tizim turli darajasidagi (menejerlar va drayverlar) erkin
jarayonlar (biroq ma’lumotlarni almashish orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan) birligi
realizatsiya qilingan bo‘lib, bu darajalarning har biri
servisning muayyan turini
realizatsiya qiladi. Bu esa quyidagi bir necha muhim afzalliklarga erishish imkonini
berdi:
–
uning real vaqt vazifalariga qo‘llanishini bildiruvchi bashorat qilsa
bo‘lishligi, UNIX ning hech bir versiyasi bunday sifatga erisha olmaydi, chunki
yadro kodi juda katta. UNIX operatsion tizimida uzilishga ishlov beruvchida
istalgan
tizimli chaqirish oldindan aytib bo‘lmaydigan tutilishiga olib keladi.
−
resurslardan optimal foydalanish tufayli erishiladigan masshtablanishlik va
samaradorlik.
−
OT katalogida qo‘yilgan vazifalar uchun zarur, kerakli drayverlarga tegishli
fayllar bor. Drayverlar va menejerlarni dinamik tarzda
ishga tushirish va buyruq
satridan uchirish mumkin. Shuningdek, kerakli funksiyalarni ta’minlash uchun real
zarur bo‘lgan modullarni sotib olish imkoniyati mavjud;
−
bir vaqtning o‘zida kengayish va ishonchlilik, chunki yozilgan drayverni
tizimning nostabilligini chaqirish xavfi ostida yadroga kompilyatsiya qilish shart
emas.
Jarayonlar o‘rtasida o‘zaro aloqaning asosiy vositasi sifatida tizim xabarlarni
uzatishdan foydalanadi. Shu munosabat bilan 32 bitli muhitda 32 va 16-bitli kodga
ega jarayonlar o‘zaro aloqasi amalga oshishi mumkin, bunda ma’lumotlar istalgan
jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. Jarayonlar tizimning bitta yoki turli komp’yuterlarda
joylashganligi ahamiyat kasb etmaydi. Axborotni
uzatish uchun paketlar
qo‘llaniladi. Tarmoq administratori ushbu paketlarni topib, mikroyadroga jo‘natadi,
u o‘z navbatida ularni lokal xabarlar shinasiga jo‘natadi. QNX nafaqat QNX-
jarayonlar xabarlar paketini topa oladi. Shuningdek, tarmoq operatoriga TSP/IP kabi
paketli protokollarni uzatish uchun murojaat qilish oson. QNXda ma’lumotlarga
134
tarmoqli ishlov berish shunchalik qulayki, Ethernet, Token Ring yoki ketma-ket port
(unga modem ham ulanishi mumkin) orqali bog‘langan kompyuterlarning istalgan
Intel turli to‘plamini bitta tarmoqqa ulash mumkin. QNX uchun ko‘plab
foydalanuvchi dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchanligi
bo‘yicha boshqa operatsion tizimlar boshqaruvi ostidagi analoglardan afzalroq [25,
26, 27].
QNX operatsion tizimining qo‘llanilishiga yaqqol misol bo‘la oladi:
−
yirik mintaqalarda kredit kartochkalari bilan ishlash;
−
yo‘l harakatini boshqarish;
−
telekommunikatsion tizimlar kommutatorlarini boshqarish;
−
texnologik jarayonlarni boshqarish.
Bozorda QNXning asosiy raqobatchilari VxWorks, LynxOS bo‘lib, ular QNX
singari Motorola 680, Intel 486,960, Power PC, HPPA-RISC, DEC Alpha standart
mikroprotsessorli arxitekturani qo‘llab-quvvatlaydilar.
Signal protsessorlarning ilk modellari hozirgi tasavvurdagi operatsion
tizimlarga ega bo‘lmagan operativ xotiraning cheklangan resurslari va protsessorlar
arxitekturasining tor spetsializatsiyasi tufayli to‘laqonli
RVOT ni yaratish imkoni
bo‘lmagan. SP funksional imkoniyati kengayishi va foydalanuvchilarga
ko‘rsatiladigan xizmatlar spektrining kattalashishi bilan bitta boshqaruvchi dasturli
mikrodastur to‘plamidan to‘laqonli operatsion tizimni yaratishga o‘tish zarurati
tug‘ildi. VLIW texnologiyasi bo‘yicha kutilgan TMS 320S6000 signal protsessori
uchun protsessor yadrosi 8ta parallel hisoblash moduli dan tuzilgan. Protsessor real
vaqt SRIB ko‘pprotsessorli tizimlarni (radiolokatsiya, bazaviy stansiyalarning
telekommunikatsion qurilmalari) qurish uchun mo‘ljallangan. Dasturiy qo‘llab-
quvvatlash
ishlab
chiquvchining
integrallashtirilgan
muhiti
(assembler,
kompilyator, sozlagich, redaktor)ni va DSP/B105 real vaqt ko‘p
funksiyali
operatsion tizimni o‘z ichiga oladi. Bu RVOTdan TMS seriyasining barcha SP
platformalari foydalanadi.
Yaqinda Rossiyada ishlab chiqilgan RVOT Micro DSP-RTOS ko‘p vazifali
ilovalar (jarayonlar) bilan ishlashga mo‘ljallangan. Bu OT protsessor vaqtini
135
vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi va ular orasida o‘tishni ta’minlaydi, operatsion tizim
yadrosining funksiyalar to‘plami: ichki apparat tuzilmalar initsializatsiyasi, OTni
ishga
tushirish, kontekstni saqlash va qayta tiklash mexanizmi, vazifalarni
boshqarish (vazifani qo‘shish, o‘chirish, uni blokirovkalash,
blokirovka rejimidan
chiqarish, vazifaga berilgan ma’lumotlarni qabul qilish, vazifa prioritetini
o‘zgartirish)ga ega. Vazifalarni sinxronlashtirish va ularning o‘zaro aloqasi uchun
maxsus signallar, semaforlar, xabarlar va xabarlar navbati nazarda tutilgan. Bundan
tashqari, uzilishlarning tegishli bayroqlar va uzilishdan qaytish tizimi funksiyasi
rivojlangan tizimi mavjud.
Shuningdek, Linux operatsion tizimining signal
protsessorlarda ishlashga
mo‘ljallangan bir necha variantini yaratilganligini qayd etish lozim. O‘zida SP va
hisoblash yadrosini birlashtirgan integrallashtirilgan protsessorlarning chiqishi bilan
ularning asosida to‘laqonli operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan “Multipor” signal RISC-yadrosida
2.6.19 versiyasi Linux operatsion tizimlari va 6.3 versiyasi QNX real vaqt OTlari
yadrosi portlashtirilgan [26, 27].
Do'stlaringiz bilan baham: