127
vaqt tizimiga to‘liq o‘rnatilgan, aviatsiyada, tibbiyotda,
sanoatda, mudofaada
muayyan amaliy vazifalarni yechuvchi maxsus apparat-dasturiy yadro tushuniladi.
O‘rnatilgan tizimga asosiy talab uning kompaktligi, uning operatsion tizimiga talab
esa operativ xotiraning nisbatan katta bo‘lmagan resurslarda ishlash imkoniyatidir.
Ko‘pchilik real vaqt operatsion tizimlarining (RV OT) yana bir o‘ziga xos
xususiyati turli protsessorli arxitekturada apparat vositalarda ishlash imkoniyati
borligidir. Real vaqt tizimlari universal protsessor arxitekturalar (standart
mikroprotsessorlar vositalar)
bazasida, shuningdek signal protsessorlar bazasida
qurilish mumkin.
RV OTni ham universal protsessorli platformalar (Pentium, Power PC), ham
TMS, DSP, ADSP tipidagi SRIB protsessorlar arxitekturalari uchun ko‘rib chiqish
kerak. Real vaqt tizimi - ishlash to‘g‘riligi nafaqat hisoblashlarning mantiqiy
korrektliligi, balki ushbu hisoblashlar amalga oshiriladigan vaqtga bog‘liq bo‘lgan
tizimdir. Bunday tizimda ro‘y berayotgan voqealar uchun ushbu voqealar ro‘y
berayotgan vaqt va ularning mantiqiy korrektliligi muhim ahamiyatga ega.
Agar tizimning tez amalga oshish fizik jarayonlarning nazorat yoki boshqaruv
obyektlarda o‘tishi tezligiga adekvat bo‘lsa, tizim real vaqtda ishlaydi. Boshqaruv
tizimi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni berilgan algoritmlar bo‘yicha
ishlasa va
boshqaruv ta’sirini berishni shunday vaqt bo‘lagida bajarish kerakki, bu vaqtda
qo‘yilgan vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi kerak.
Real vaqt tizimlariga asosiy talablar:
–
bir necha vazifalarni parallel bajarish imkoniyati;
–
oldindan bilish;
–
voqeaga javob berishning maksimal (o‘rtacha emas) vaqti;
–
uzoq vaqt davomida to‘xtovsiz ishlash imkoniyati.
Universal turdagi RV OT xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
RV OT bashorat qilsa bo‘ladigan bo‘lishi lozim, ya’ni
u yoki bu amalning
oldindan ma’lum bo‘lishi kerak bo‘lgan maksimal bajarilish vaqti ilovaning
talablariga mos kelishi kerak.
128
RV OT amaliy vazifani hal qilishning prioritet tamoyili qo‘llanilgan bir necha
yo‘llariga, iplariga ega bo‘lishi kerak. Operatsion tizim vazifasini rejalashtiruvchi
istalgan yo‘lni uzib qo‘yib, resursni zarurroq bo‘lgan yo‘lga berish kerak.
OT (va apparatura) uzilishlarni ularga ishlov darajasida ta’minlash kerak.
Prioritet tushunchalari mavjud bo‘lishi kerak. Muammo - qaysi vazifaga
resurs talab qilinayotganligini aniqlashda. Buni amalga oshirish uchun OT har bir
bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun kerak bo‘ladigan vaqtni bilishi kerak. Ushbu
jarayonni boshqarishni soddalashtirish uchun bajarilish vaqti oldindan ma’lum
bo‘lgan vazifalar prioriteti darajasi tushunchasi kiritiladi. Prioritetlar o‘z darajalariga
ega va tizimga real vaqtda umumiy dasturni bajarish mexanizmi sifatida oldindan
kiritiladi. Prioritetlar darajasi foydalanuvchi tomondan tizimga yuklatilgan vazifalar
va realizatsiyalanayotgan ishlov berish jarayondan kelib chiqib belgilanadi. Uzilish
prioriteti
shuni anglatadiki, muayyan prioritetga ega, yo‘lga qo‘yilishga tayyor
jarayon prioriteti pastroq jarayonga nisbatan navbatga oldinroq turish imkoniyatiga
ega.
Asosida prioritet berish tamoyili yotgan dispetcherlarni va uzilishga prioritetli
yadroning mavjudligi amaliy dastur ishlab chiqaruvchisiga tizimni butunlay nazorat
qilish imkonini beradi. Agar balandroq prioritetli vazifa kelsa, tizim past prioritetli
vazifani bajarishdan to‘xtab, ya’ni kelgan so‘rovga javob beradi. Yuqorida bayon
etilgan xususiyatlarning birligi real vaqtda ijro etishning
qudratli va samarali
muhitini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: