14-Laboratoriya ishi.
Ovozni paketli uzatish tamoyillari.
14.1. Mashg‘ulot maqsadi va mazmuni
Ovozli ma’lumotlarni paketlar kommutatsiyasi asosida uzatish, xizmatni qurish texnologiyalari, shuningdek, qullaniluvchi protokollari, ularning vazifalari hamda funksional vazifalari bilan tanishish.
14.2Topshiriq
Laboratoriya mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rilayotganda [1-4] adabiyot o‘rganish lozim. Ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib quyidagi savollarni o‘rganish kerak: ovozni paketli uzatish texnologiyasi, xususan, IP telefoniya/VoIP komponentlari va protokollarini,real vaqt masshtabida ovozli xabarlarni uzatish tizimlarini o‘rganish.
14.3 Nazorat savollari
Ovozni paketli uzatish asoslari, texnologiya asosiy mohiyati nimalardan iborat?
IP telefoniya tushunchasiga ta’rif bering.
IP telefoniya xizmatlari komponentlarini tavsiflang.
Real vaqt tushunchasiga ta’rif bering?
Internet bo‘ylab ovozni uzatish jarayonini tushuntiring?
IP telefoniya uchun qo‘llaniluvchi protokollar turlarini ayting.
RTP protokoli va uning asosiy vazifasi.
RTCP protokoli va uning asosiy vazifasi.
Ovoz ma’lumotlarini siqish jarayonini izohlang
14.4. Nazariy qism
14.4.1 Internet bo‘ylab ovozni uzatish
Nutqni paketli uzatish xizmatlari bozorining hajmi bugungi kunda milliard dollarni tashkil etadi, turli prognozlar bo‘yicha yaqin yillar davomida 8,5-24 mlrd. dollargacha oshadi. Ko‘pgina analitiklar bozor kattaligini baholash nutqni paketli uzatish bo‘lib telekommunikatsion industriyasi rivojlantirishning magistral yo‘li hisoblanishi bilan o‘xshashdir. IP-telefoniya qo‘shimcha tarzda telekommunikatsiya sohasida yangi xizmatlarni: nutq va videokonferensiya, ilovalarga bir vaqtda kira olish, abonentni tez topish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
IP – elektron axborotning aniq hajmidagi «paketlar»da raqamlangan va qisilgan Internet tarmog‘i bo‘ylab uzatish uchun foydalaniladigan protokoldir. Internet to‘ri uchun istalgan etishadigan masofada bunday usul bilan tegishlicha qayta ishlangandan keyin, telefoniya umumiy jarayonni tashkil etuvchisidan biri hisoblanganligi uchun axborotning istalgan tipi (ovoz, video, kompyuter ma’lumotlari) uzatiladi, ushbu malaka ishi materiali u bilan cheklanadi.
IP-telefoniyaning afzalligini e’tiroz etib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda bu axborot uzatishning past qiymatidir. Axborotni qayta ishlash universalligi uning dastlabki turidan qat’i nazar, turli tipdagi axborotni uzatish uchun bir xil kanallardan foydalanishdir. Bunda nutqni paketli uzatish texnologiyasining ommaviyligi operatorlar ichida bo‘lgani kabi, korporativ foydalanuvchilar ichida ham o‘sdi. Oxirgi yillarda bir qancha kompaniyalar uzoq masofadagi telefon aloqasining kanallarini tashkil qilish uchun ushbu texnologiyalarni muvaffaqiyatli tatbiq etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |