Tilshunoslik nazariyasi


-ma’ruza:Yevropada Uyg’onish davridagi tilshunoslik



Download 8,91 Mb.
bet40/68
Sana13.03.2023
Hajmi8,91 Mb.
#918502
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
Bog'liq
d7ce2bb58815cc4ad9a9ffeb4f6d413e “TILSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA (Moodle tizimi rejasi asosida)

6-ma’ruza:Yevropada Uyg’onish davridagi tilshunoslik
Reja:
1.O‘rta asrlarda Yevropada tilshunoslik
2. Yevropa Uyg’onish davridagi tilshunoslik
3.Uyg‘onish davrida o‘rganiladigan tillar doirasining kengayishi
4.Mantiqiy-grammatik yondashish
5.Tilga tarixiy yondashish
1.Lotin tili XV-XVI asrlargacha barcha katolik mamlakatlarda cherkov, fan, huquqiy hujjatlar, tibbiyot tili, huquqshunoslar, chinovniklar, ruhoniylarning jonli tili vazifasini ham bajardi. XVIII asrgacha diplomatiya tili sifatida qo‘llanib keldi.
Lotin tilining hukmronlik mavqei o‘rta asr tilshunoslik nazariyasining rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. SHuning uchun ham ta’lim tizimida asosiy rol o‘ynadi.
O‘rta asr tilshunoslik nazariyasi tarixida birinchi bo‘lib grammatika va mantiqqa tegishli asosiy kategoriyalar tarkibi belgilandi va ular iste’mol doirasiga kiritildi. Ismlarni ot va sifatlarga bo‘lib tahlillash etakchi o‘rin egalladi. Suffiks atamasi kashf etildi.
O‘rta asrning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlar deb nom olgan vakillar o‘rtasida falsafiy-lingvistik bahs boshlandi. Ularning bahsi so‘zlarning tushuncha va hodisalar munosabatiga bag‘ishlandi.
Nominalizm o‘rta asr falsafasidagi bir yo‘nalish bo‘lib, u umumiy tushunchalarni faqat ayrim predmetlarning nomlari deb hisoblardilar. O‘rta asr realizmiga qarama-qarshi o‘laroq nominalistlar faqat o‘zlarining individual sifatlari bilan ayrim narsalargina real suratda mavjuddir, deb da’vo qilar edilar. Bizning tafakkurimiz bu narsalar haqida yaratadigan umumiy tushunchalar va so‘zlar narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lishi u yoqda tursin, balki hatto ularning xossalari va sifatlarini loaqal aks ham ettirmaydi. Nominalistlar narsaning birlamchiligini va tushuncha so‘zning ikkilamchiligini e’tirof etishda materialistik tendensiyalar bilan bog‘liq edi. Nominalizm o‘rta asrlardagi materializmning birinchi ifodasi edi. Biroq umumiy tushunchalar ob’ektiv suratda mavjud bo‘lgan narsalarning real sifatlarini aks ettirishini va ayrim narsalarni umumiy narsadan ajratib bo‘lmasligini, balki uni o‘z ichiga olishini nominalistlar tushunmas edilar.
Rossellin, Duns Skott, Okkam XI-XIV asrlarda eng taniqli nominalistlar edilar. Nominalistlarning ideyalari yangi zamonda idealistik asosda Berkli va YUm ta’limotlarida rivojlantirildi, hozirgi davrda esa ular semantik falsafada rivojlantirilmoqda. Natijada umumiy semantika nazariyasi shakllandi.
Realizmning xarakterli xususiyati shuki, narsalarni yo‘qlik bilan hamda boshqa borliq shakllari bilan taqqoslangan borlig‘idir.
Realistlar ko‘pincha muayyan buyumda biron-bir muhim narsaning borlig‘i sifatida talqin etilgan, voqelik esa muayyan buyumda butun mavjud va nomavjud narsaning mavjudligi deb tushunilgan. Ular tushuncha va hodisalar so‘zlarda o‘z aksini topadi, deb hisoblaganlar.
Realizmning yirik vakillaridan biri Anselm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U episkop bo‘lib ishlagan. U idealistik yo‘nalishni targ‘ib qilish bilan birga tilshunoslik muammolari bilan ham shug‘ullangan. Uningcha, ob’ektiv borliqni aks ettiruvchi umumiy tushuncha va ularga mos so‘zlar bor. Tushunchalarga mos narsa va hodisalar ularning ko‘r-ko‘rona nusxasidir. Masalan; «daraxt», «harakat» tushunchalari mavjud. Anselmning bu qarashlari uning bizgacha etib kelgan ikki asarida o‘z aksini topgan. Uning «Monopoliya» asarida xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qiladi. Bu isbot kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. SHunday ne’matlardan biri til ne’matidir. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma narsaning, hatto til shakllanishining, bir sababchisi bo‘lishi kerak, biz uni xudo deb ataymiz.
Anselmning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya til birliklari vositasida o‘z ifodasini topadi. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi. CHunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, xudo reallikda mavjuddir. Borliq xaqidagi tasavvurlari til birliklari orqali o‘z ifodasini topadi.
Nominalizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Rossellin (1050-1110) falsafiy ta’limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida «olamiy ruh», «mutloq g‘oya», «olamiy aql» deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Borliqda alohida-alohida narsalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatiga ega. Natijada ularning jamul jamidan umumiy tushunchalar shakllanadi.
Borliq haqidagi tafakkur alohida predmetlar to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantiradi. Ana shu tushunchalar narsalarga bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lmagan holda so‘zlarda o‘z aksini topadi.
Aristotel ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘‘tadil nominalistlar yoki konseptualistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakili Per Abelyar (1079-1142) dir.
Abelyarning ta’kidlashicha, reallikda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarning asosini tashkil qiladi. Abelyar nominalistlardan farq qilib, miyada tajribadan oldingi umumiy tushunchalar, konseptlar voqelikni bilishning alohida shakli sifatida mavjudligini e’tirof etadi. Voqelikni bilishda til shakllaridan foydalanib, ijobiy va salbiy so‘zlarni ishlatadi. Bu narsa kishilarning axloqiga ta’sir qiladi. Ana shu fikrlari bilan Abelyar axloqiy ta’sir qilish nazariyasiga asos solgandir.
Abelyarning qarashlari uning «Ha va yo‘q», «Mening ko‘rgan – kechirgan musibatlarim» nomli asarlarida o‘z aksini topgan.
Abelyarning umumiy tushuncha tabiati haqidagi fikrlari asosida munozara davom etib, shu asosda keyinchalik konseptualizm deb atalgan ta’limot rivojlandi.
2.Uyg‘onish davrining boshlanishi bilan cherkovning mavqei pasayib, antik dunyoning obro‘i ancha kuchaydi. Bu davrda antik tilshunoslik merosining yangidan boshlanganligi va tabiiyot ilmi sohasida erishilgan katta–katta yutuqlar shunga olib keldiki, uyg‘onish davrining ilg‘or tilshunosligi ilohiyotning xizmatkorlik rolini o‘ynamaydigan bo‘lib qoldi, unda antisxolastik yo‘nalishlar rivojlana boshladi. Hammadan burun bu yo‘nalishlar stoizm va epikurizm ta’limotlarining yangidan boshlanishida yuzaga keldi.
Uyg‘onish davrida grek va lotin tili matnlarini sharhlash va nashr etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar quyidagi muammolar atrofida birlashtirildi:

  1. Grek va lotin tili matnlarini sharhlash.

  2. «Muqaddas kitoblar»ning asl nusxasidan milliy tillarga tarjima qilish.

  3. Semit (somiy) tillarini o‘rganishga qiziqish.

Grek va lotin tili matnlarini sharhlash va nashr etish borasida Iogann Reyxlin, Jyul Sezar Skaliger, Robert Stefanus, Gerxard Iogann Fossiy, SHarl Dyukanj salmoqli hissa qo‘shgan. Bular ichida Jyul Sezar Skaliger (1540-1609) matnlarni sharhlash jarayonida Evropa tillarini guruhlarga ajratadi va shu jarayonda til onalari nazariyasini yaratadi. U Evropa tillarini 2 guruhga ajratadi: 1) katta guruh; 2) kichik guruh Katta guruhga 4 til: lotin, grek, tevton, slavyan tillari kiritiladi. Bu katta guruhga kiruvchi tillarni til onalari deb ataydi.
Kichik guruhga etti til: alban, tatar, venger, fin, irland, brit, bask tillarini kiritadi. Bu tillar ham kichik til onalari guruhini tashkil qiladi.
Skaliger tillarni guruhlashtirishda o‘z fikrini tasdiqlovchi hech qanday lingvistik faktlarni keltirmaydi, ularning qarindoshligi masalasini o‘rtaga tashlamaydi.
J.S.Skaliger tomonidan «Evropaliklar tili haqida mulohazalar» (1599) kitobida «til onalari» guruhiga kiritilgan tillar orasida qarindoshlik aloqalari yo‘q, lekin har bir «til onasi»ga kiritilgan tillarning paydo bo‘lishida birlik mavjud deb hisoblaydi. Uning «til onalari» ta’limoti XIX asrda yaratilgan geneologik tasnif va XX asrda yaratilgan N.YA. Marrning to‘rt element nazariyasiga asos bo‘lib xizmat qilgan. «Muqaddas kitoblar» - jahonda keng tarqalgan dinlarda xudo so‘zlaridan iborat yoki uning qudrati bilan yozilgan deb ilohiylashtirilgan kitoblardir. Zardushtlikda Avesto, xristianlikda Bibliya, iudaizmda Tavrot va Talmud, musulmonlikda Qur’on asosiy muqaddas kitoblardir. Bibliya xristianlikning asosiy kitobi sifatida Tavrot, Zabur va Injil kitoblaridan iborat. «Muqaddas kitoblar» qadimgi xalqlarning diniy e’tiqodlarini, axloqiy va huquqiy hayotini, urf-odat va an’analarni o‘rganishda fan uchun qimmatli manba hisoblanadi. Uyg‘onish davrida «Muqaddas kitob» larning asl nusxasidan milliy tillarga tarjima qilish va tafsirlash ishlari kuchayib ketgan.
Uyg‘onish davrida semit (somiy) tillarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Somiy tillari som-xom tillari oilasining bir tarmog‘ini tashkil qiladi. Somiylar til jihatidan qadimgi misrliklarga qardoshdir. Somiylarning ajdodlari qadimda Sahroi Kabirda yashagan. Miloddan avvalgi V asr boshlarida Arabiston oroliga kelib joylashgan. Somiylar tiliga qarab ikki katta guruhga bo‘lingan:
1. SHarqiy guruh vakillari ikki daryo oralig‘ining janubidagi shumerlar bilan qo‘shiladi va akkad tilida gaplashadilar. Akkadlar miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida shumer tilini siqib chiqaradi. Bu guruhning keyingi taqdiri Akkad, Ocsuriya, Bobil tarixi bilan bog‘liq.
2. G‘arbiy guruh vakillari Janubiy Arabiston, Efiopiyada yashovchi isroil yahudiylari, arameylar bilan qo‘shiladi.
Somiy filologiyasi qadimgi grek, aramey, shumer, arab, efiop tillarini o‘rganishga e’tibor qaratdilar. Bu sohada XVI-XVII asrlarda Iogann Reyxlin, YAkov Xolius, Erpeniy, Iogann Bukstrof, Iov Ludolf kabilarning hissasi kattadir. Semit tillarini o‘rganishning natijasi o‘laroq arab tili grammatikasi (1505), yahudiy tili grammatikasi (1506) yaratiladi. Semit grammatikalarida fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchalari kishilik olmoshlaridan kelib chiqqan, barcha tillar yahudiy tilidan o‘rchigan, degan fikrlar aytiladi. SHunday fikr fransuz Etven Gisharning «Tillarning etimologik garmoniyasi» (1606) asrida o‘z aksini topgan. Hozirgi kunda ham shumer, akkad, aramey tillarining jahon tillariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar paydo bo‘ldi (Suleymenov O. Tyurki v doistorii. O proisxojdenii drevnetyurkskix yazыkov i pismennostey. – Almatы, 2002).
Iogann Reyxlin o‘zining qadimgi grek tili grammatikasiga oid asarida birinchi marta affiks terminini (1506) kiritdi va u XVI-XVII asrlardayoq muomalaga kiritildi.
Uyg‘onish davri, A.A. Reformatskiy fikricha, uch asosiy muammo atrofida ish olib bordi: 1) milliy tillarni shakllantirish va taraqqiy qildirish, 2) xalqaro miqyosda tillarni o‘rganish va o‘zlashtirish; 3) antik va o‘rta asrlardagi lingvistik merosni qayta ko‘rib chiqish (A.A. Reformatskiy. Vvedenie v yazыkoznanie. –M., 1967, s. 510).
Milliy jonli tillarning lug‘atlari va grammatikalarini yaratish. O‘rta asrlarda G‘arbiy Evropada lotin tili, sharqiy va janubiy slavyanlarda cherkov-slavyan tili xalqaro til hisoblanganidek, musulmon olamining sharqida arab tili xalqaro til sifatida qo‘llanilgan. O‘z ona tillarining rivoji sahifasida fransiyalik Dyu Belle (1522-1560), italiyalik Dante Aligeri (1265-1321), germaniyalik Lyuter (1483-1546) hamda Alisher Navoiy (1441-1501) kabi shoir va olimlarning xizmati kattadir. Bu buyuk shoir va olimlar o‘z ona tillarining shuhrati uchun kurashgan vatanparvarlar edilar.
O‘rta asrning oxiri, uyg‘onish davrining birinchi shoiri A. Dante o‘zining «Xalq nutqi haqida» nomli asarida tilning paydo bo‘lishi, fikrni ifodalashning tovush tili to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uningcha, til ikki xil tabiatga ega: talaffuziy va muhokamaviy. Til komunikativ vazifani bajaradi, bunda yagona tildan foydalaniladi. Dante yangi milliy adabiy tilning himoyachisi sifatida maydonga chiqib, u xalq tili va adabiy til haqida fikr yuritadi. Xalq tili tabiiy til, adabiy til qayta ishlangan sanaladi, deydi u. SHuning uchun o‘zining «Ilohiy komediyasi» ni qayta ishlangan italyan adabiy tilida yozgan. O‘sha davrning tamoyiliga ko‘ra lotin tilida yozmagan.
Uyg‘onish davrida olimlar zamon talabiga javob beradigan grammatikalar yaratishga kirishdilar. XV asrning oxirida birinchi ispan (1492) va bretan (1499) grammatikalari yaratildi.
Milliy tillarning grammatikalarini yaratish sohasida XVI asrda katta ishlar qilindi: birinchi nemis grammatikasi (1527), Jak Dyubuvaning fransuz grammatikasi (1531), ingliz grammatikasi (1538), venger (1539), uels (1547), chex (1567), Storeynskiyning polyak (1568), bask (1587), Rexexuzening latish (1544), D. Kleynning litva (1653) grammatikalari yaratildi.
Grammatikalar yaratganlar ichida P.Rime (Ramus) birinchilardan bo‘lib, Aristotel sxolastikasiga qarshi chiqdi. U grek, lotin va fransuz tillarining grammatikasini yaratdi. Uyg‘onish davrining birinchi fonetisti sifatida YA.Arusni ko‘rsatish mumkin. U o‘zining «Ikki kitobning harflari haqida» (1586) kitobida nutq tovushlarining paydo bo‘lish usullari va ularning sistematik tarzini aniqlaydi.
XVI asrdan boshlab grammatikalarni mustaqil ishlash harakati kuchaydi. Serb tilida «So‘zning sakkiz turkumi»nomli grammatika maydonga keldi. So‘z turkumlarining sakkiztaligini ta’kidlovchi bu asar ta’sirida 1586 yili «Sloven grammatikasi», 1574 yili Ivan Fyodorovning «Alifbe»si, 1591 grek-slavyan tillari grammatikasi «Adelfotis», 1596 yili Lavrentiy Zizaniyning «Sloven grammatikasi», 1619 yili Meletey Smotritskiyning «Slavyan grammatikasi, to‘g‘ri sintagma» asari yaratildi. Sanab o‘tilgan grammatikalarda sakkizta so‘z turkumi atrofida fikr yuritiladi.
Angliyaning Oksford universitetida 1696 yili Genrix Vilgelm Ludolfning lotin tilida «Rus grammatikasi» yaratildi.
Uyg‘onish davrida jonli tillar lug‘atlarini tuzishga intilish kuchaydi. SHunday lug‘atlar italyan (1612) va fransuz (1694) tillari asosida tuzildi.
Ma’lumki, biror yaxshi lug‘atning paydo bo‘lishi milliy nutq madaniyatining taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.
Ratsionalizm va tilshunoslik. Ratsionalizm (lat. oqilona) bilish nazariyasidagi ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra, yalpi umumiylik va zaruriyatni – ishonchli bilimning mantiqiy belgilarini tajribadan va uning umumlashmalaridan chiqarib bo‘lmaydi; ularni faqat aqlning o‘zidan: yo aqlning tug‘ma tushunchalaridan yoki faqat aqlning nishonalari, mayllari tarzidagina mavjud bo‘lgan tushunchalardan yig‘ib olish mumkin. Ratsionalizmning XVII asrdagi vakillari Dekart, Spinoza, G.V. Leybnits sanaladi.
Leybnits Gotfrid Vilgelm (1646-1716) – nemis idealist filosofi, matematik, fizik va ixtirochi, huquqshunos, tarixchi, tilshunos olim va jamoat arbobi. Berlin FAning asoschisi va prezidenti. Leybnits qarashlarida mexanistik materializmdan obektiv idealizmgacha bo‘lgan evolyusiya o‘z aksini topdi.
G.V. Leybnits tilshunoslikda tillarning paydo bo‘lish tarixini, geneologik tasnifni yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi ta’limotni rivojlantirdi.
Leybnits nemis ilmiy va falsafiy leksikonini tuzuvchilardan biri. Buyuk tilshunos I.A. Boduen de Kurtene fikri bilan aytganda, Leybnits tilshunoslik sohasini oldindan ko‘ra biladigan ulug‘ bashoratchi edi. Ana shu bashoratchi olim tilshunoslik sohasida ko‘plab dasturiy fikrlarini bayon etgan. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Tillarning qarindoshligi.

  2. Tillarni qiyosiy o‘rganish.

  3. Jonli tillar va xalq shevalarini o‘rganishning muhimligi.

  4. Sun’iy xalqaro til va universal belgilar g‘oyasi.

  5. Lotin alifbosi asosidagi yagona jahon alifbosini yaratish.

  6. So‘zlar etimologiyasini tiklash.

  7. Barcha tillar qadimgi yahudiy tilidan tarqalgan degan noto‘g‘ri ta’limotni inkor etish.

  8. Dunyo tillarini xaritalashtirish.

  9. Tillarning geneologik tasnifi.

  10. Tillarni o‘rganish aniq fanlar yutuqlariga asoslanib olib borilishi lozim, degan g‘oyaga tayanish.

  11. Tilning kelib chiqishini taqlidiy ovoz (onomatopoetik) nazariyaga bog‘laydi. Leybnits o‘zining bu nazariyasini «Inson aqli haqida yangi tajribalar»nomli asarida bayon etgan.

Taqlidiy ovoz nazariyasi kishilarning o‘z atrofidagi predmetlar chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki so‘zlar paydo bo‘lgan deb isbotlashga urinadi. Kishilarning tabiatdagi predmetlar chiqargan ovozlarga taqlid qilishlari natijasida tildagi barcha predmetlarning nomi paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar.
Tildagi so‘zlarning paydo bo‘lishi Leybnits aytganidek bo‘lganda edi. U vaqtda dunyodagi bir necha ming tillardagi har bir predmetning nomi bir xil bo‘lib, bu tillarda so‘zlashuvchilarning hammasiga bir xilda tushunarli bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, tabiatdagi er, oy, quyosh, tosh, tog‘, g‘or kabi predmetlar hech qachon o‘zicha tabiiy holda ovoz chiqarmagan. Modomiki, shunday ekan, kishilik jamiyatining boshlang‘ich davrlarida yashagan kishilar ana shunga o‘xshash ovoz chiqarmaydigan predmetlarga qanday qilib nom bergan? To‘g‘ri, ba’zi so‘zlar tabiatdagi predmetlarning ovoziga taqlid natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar deyarli hamma tillarda mavjud bo‘lsa ham ular ozchilikni tashkil qiladi.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish