Tilshunoslik nazariyasi


-ma’ruza: O‘rta Osiyoda tilshunoslik



Download 8,91 Mb.
bet36/68
Sana13.03.2023
Hajmi8,91 Mb.
#918502
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
d7ce2bb58815cc4ad9a9ffeb4f6d413e “TILSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA (Moodle tizimi rejasi asosida)

5-ma’ruza: O‘rta Osiyoda tilshunoslik
Reja:

  1. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tilshunoslik

  2. Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari

  3. Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik ta’limoti

  4. Abu Ali Ibn Sinoning tilshunoslik ta’limoti

  5. M.Zamaxshariy va tilshunoslik

  6. M.Koshg‘ariy va tilshunolsli

  7. A.Navoiy va tilshunoslik


O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tilshunoslik. Arab tilshunosligi va fani rivojiga arablar bilan bir qatorda, eroniylar, greklar, evreylar hamda arab xalifaligiga qarashli bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlarining farzandlari ham katta hissa qo‘shganlar. Bu haqda o‘zbek qomusida shunday fikr bildirilgan: «O‘rta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab va arab tilida ijod etgan filologlar tomonidan davom ettirildi. Arab tilshunosligi rivojida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Zamahshariy, Javhariy, Mahmud Koshg‘ariy singari O‘rta Osiyolik olimlarning ham hissasi katta bo‘ldi» (1:102).
Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zalik al - Forobiydir (873-950). Markaziy Osiyoning yirik mutafakkiri.
Forobiy o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha ilmlardan bahramand bo‘lishga intildi va bu yo‘lda Bog‘dod, Damashq, Halab, Harron kabi arab sharqining juda ko‘p shaharlariga sayohat qildi, borgan shaharlarida olimlar bilan tanishib, ular bilan suhbatlar uyushtirdi. Abu Nasr Forobiyni SHarqda ikkinchi Muallim (Muallimu Soniy) deb yuritganlar.
Zamonasining ana shunday yirik mutafakkiri bo‘lishiga qaramay, Abu Nasr Forobiy juda faqir yashagan. Hatto u yozishga qog‘oz, mutolaaga chiroq yog‘i ham topa olmagan. SHunday bo‘lsa-da, u ilm yo‘lidan chekinmagan.
Abu Nasr Forobiy juda ko‘p fanlar, tillar va hunarlardan xabardor edi. Forobiy shaharma-shahar kezib, nihoyat, Damashq shahriga keladi va shoh saroyiga kirib boradi. U eshikni ochib, kirishga ruxsat so‘raydi. Hamma juldur kiyingan bu kishiga tikilib qoladi. Forobiy to‘ppa-to‘g‘ri borib, shoh oldidagi bo‘sh joyga o‘tiradi. SHoh saroyida maxsus bir tilda gaplashishar edi. Podshoh shu tilda uni chiqarib kaltaklashni buyuradi. SHunda Forobiy shohga qarab:
-Taqsirim, shoshilinch ish qilish podshohga yarashmaydi, – deydi. Podshoh esa Forobiyga qarab:-Cen bu tilni bilasanmi? – deydi.
Forobiy:-Etmish tilni bilaman, deb javob beradi. Podshoh shunday juldur kiyingan, devonavash bir kishi qobiliyatini ko‘rib hayratlanadi.
Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. Masalan, u tibbiyot va mantiq ilmini xristian vrachi YUxanno ibn Xaylon Kunnoiydan, hikmat va yunon tilini xristian Abu Bashar Mattodan o‘rganadi. Farobiy 70 tilni o‘rgangan va u tillarda bemalol so‘zlasha olgan.5
Podshoh va ommani hayratlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan Abu Nasr Forobiy falsafa, mantiq, filologiya, ritorika, tibbiyot, musiqa, matematika, zoologiya, botanika kabi fanlarga tegishli 180 dan ziyod asarlar yozgan. SHundan ko‘rinadiki, Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir.
Abu Nasr Forobiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik, poetika va ritorikaga tegishli bir qancha asarlar ijod etgan. U bu mavzuda «SHarh kitob-al-Xitoba li Aristutilos («Aristotelning «Ritorika» asariga yozilgan sharh kitobi»), «Kitob al-alfoz va al-xuruf» («Lafz-so‘zlar va harflar haqida kitob»), «Kalom lahu fi ma’no ism al-falsafa»(«Falsafa nomining ma’nosi haqida»), «Kitob fi al-xitoba kabir, ishrun majalladan»(«Ritorika» haqida yigirma jildlik katta kitob»), «Kitob fi sanoat al-kitoba» («YOzuv san’ati haqida kitob»), «Kalom lahu fi ash-she’r va al-kavofiy» («SHe’r va qofiyalar haqida so‘z»), «Kitob fi al-lug‘at»(«Lug‘atlar haqida kitob»), «Kitob fi ixso ikao» («Ritmlar tasnifi haqida kitob») kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda Forobiy shoir, tilshunos, adabiyotshunos sifatida namoyon bo‘ladi.
Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Ritorika» asariga yozgan sharhida so‘z turkumlarini ot, fe’l, bog‘lovchi deb uch guruhga ajratadi. Bu narsa uning so‘z ma’nolari, tovushlar tahlili, yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topgan. Abu Nasr Forobiy har bir so‘z ifodalovchi tushuncha, tasavvur haqida fikr bildirib shunday yozadi: «Bordi-yu agar o‘shanda u kishiga biror narsaninig o‘zini so‘z bilan tavsiflab berilsa bormi, unda o‘sha so‘z mulohazalarda ishlatiladigan har bir narsa ichida yaxshilik va yomonlik, adolatsizlik yo tubanlik va yo bo‘lmasa, halollikni tasavvur qilganiga o‘xshab ketadi.
Bas shunday ekan, xayolga kelgan so‘zlardan kuzatilgan maqsad ham eshituvchini uning xayoliga kelgan narsani qilishga undashdan iborat bo‘ladi»6
Abu Nasr Forobiy o‘z asarlarida tillar va ularning lug‘atlari haqida ma’lumot beradi. U falsafa so‘zining ma’nosi haqida shunday yozadi: «Falsafa yunoncha bo‘lib, arab tiliga chetdan kirgan so‘zlardandir. Bu so‘z ularning tillarida filosufo deb aytiladi. Uning lug‘aviy ma’nosi-hikmatni yoqtirish demakdir. Bu so‘z yunon tilida «filo» bilan «sufiyo» so‘zlaridan tarkib topgan. «Filo» deganda yoqtirish, sevish tushuniladi; «sufiyo» deganda esa hikmat, donolik tushuniladi. Faylasuf so‘zi falsafadan olingan, bu yunonlarning tilida «filasufus» deyiladi. Bu o‘zgarish yunonlarda ildizdan bo‘ladigan o‘zgarish sanaladi. Ularning tilida buning manosi hikmatni sevish demakdir. Ular bu bilan hayotdan va umr ko‘rishdan maqsad hikmatni ta’kidlashdan iboratdir, deyishadi.7
Forobiy o‘z asarlarida so‘z ma’nolarini tasniflaydi. Uningcha, so‘z ma’nosi ikki xil bo‘ladi: sodda va murakkab. Bir turdagi narsa va hodisalarni atash vazifasini bajaruvchi alohida so‘zlar sanaladi: odam, hayvon, uy, kitob kabi.
Har bir narsa va uning belgisini bildiruvchi so‘zlar murakkab hisoblanadi: Bu odam hayvon.
U sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga ajratadi:atoqli otlar, tur va jinsni ko‘rsatadigan so‘zlar. Tur va jins bildiruvchi so‘zlar asosida Forobiy so‘z turkumlarini ham tasnif etadi. U tur va jins bildiradigan so‘zlarni arab grammatik maktablari an’analari asosida ot, fe’l va yuklamalarga ajratadi. Ot va fe’llarning grammatik kategoriyalari haqida ma’lumot beradi. Xususan, otlar uchun jins (er-xotin), son (birlik-ikkilik, ko‘plik) kategoriyalari, fe’llar uchun zamon (o‘tgan, kelasi, hozirgi) kategoriyalari xosligini ta’kidlaydi.
Forobiy tilshunoslikning mundarijasi haqida qimmatli fikr bildirgan. U tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi: 1)sodda so‘z haqidagi fan; 2) so‘z birikmalari haqidagi fan; 3)sodda so‘z qonunlari haqidagi fan; 4) so‘z birikmalari qonunlari haqidagi fan; 5) yozuv qonunlari va to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan; 6) she’r tuzilishi qoidalari haqidagi fan.
Forobiy har bir bo‘limda nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumot beradi.8
Abu Nasr Forobiy o‘z davrining etuk adabiyotshunosi sifatida adabiyotshunoslik atamalaridan tragediya, komediya, drama, satira, poema, epos, ritorika, akustika haqida ma’lumot berib, ularning hozirgi ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilishini qayd etadi.
Abu Nasr Forobiy o‘zining «SHe’r va qofiyalar to‘g‘risida so‘z» nomli asaridan bir xil tovushlar bilan tugallanadigan so‘zlar, lafzdosh so‘zlar, o‘zak va qo‘shimchalar qofiyasi nomi bilan ataladigan qofiya haqida ma’lumot beradi. Qofiya misra oxirini eslatish bilan ritmning shakllanishiga muhim hissa qo‘shadi, deb ko‘rsatadi Forobiy.
Abu Nasr Forobiyning tilshunoslik, umuman, filologiya sohasida yaratgan asarlari ko‘p zamonlar o‘tishiga qaramay, insonlarni so‘zni sevish kabi olijanob ishga undaydi kelajakda katta-katta ishlar qilish va bunday vazifalarni amalga oshirish uchun g‘ayrat ko‘rsatishga umidvorlik baxsh etadi.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish