Iogann Sebastyan Bax (Johann Sebastian Bach; 21-mart, 1685 – 28-iyul, 1750) olmon bastakori va organisti boʻlgan. Xor, orkestr va solo asboblar uchun yaratgan asarlari Barokko davrini shakllantirdi.
Bax — buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bax ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bax musiqasida polifoniya yoʻnalishlari bilan gomofoniya tizimlari oʻzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bax merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqa Bax ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi.
Organ uchun yozilgan "„Prelyudiya va fuga c-moll“, „Fantaziya C-dur“, „Tokkata va fuga“, „Passakalya“ va boshqa asarlari jahon musiqasi xazinasidan oʻrin olgan. Bax birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, „Xromatik fantaziya va fuga“, „Italyancha konsert“). Klavir musiqasi sohasida yangi „teng tovushqatorli“ tizimning afzalliklarini „Yaxshi temperatsiyalashgan klavir“ toʻplami misolida namoyish qildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Baxning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari („Ioann boʻyicha ehtiroslar“, „Matvey boʻyicha ehtiroslar“, „H-moll katta messasi“, „Magnifikat“) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan.
BAX (Bach) Iogann Sebastyan (1685.21.3, Eyzenax – 1750.28.7, Leypsig) — buyuk nemis kompozitori, mash-hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bax ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jum-ladan, xor poli-foniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umum-lashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bax musiqasida polifoniya yunalishlari bilan gomofoniya tizimlari uzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bax merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va b. cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokaldramatik janrlari va b. B. ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi. Organ uchun yozilgan «Prelyudiya va fuga c-moll», «Fantaziya C-dur», «Tokkata va fuga», «Passakalya» va b. asarlari jahon musikasi xazinasidan oʻrin olgan. Bax birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, «Xromatik fantaziya va fuga», «Italyanka konsert» va b.). Klavir musiqasi sohasida yangi «teng tovushqatorli» tizimning afzalliklarini «Yaxshi temperatsiyalashgan klavir» toʻplami misolida namoyish kildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Baxning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari («Ioann boʻyicha ehtiroslar», «Matvey boʻyicha ehtiroslar», «H-moll katta messasi», «Magni-fikat» va b.) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka in-tilish, shodu xurramlik b-n dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan.
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Shveyser A., I. S. Bax, M., 1964; Druskin M., Passivnoʻ I. S. Baxa, L., 1972.
Boyd, MalcolmBach. Oxford: Oxford University Press, 2000.. ISBN 0-19-514222-5.
David, Hans T.. The New Bach Reader: A Life of Johann Sebastian Bach in Letters and Documents. New York: W. W. Norton & Company, 1998.. ISBN 0-393-31956-3.
Eidam, Klaus. The True Life of Johann Sebastian Bach. New York: Basic Books, 2001.. ISBN 0-465-01861-0.
Forkel, Johann Nikolaus, translated by Charles Sanford Terry (1920). Johann Sebastian Bach: His Life, Art, and Work. New York: Harcourt, Brace and Howe; London: Constable.
Gardiner, John EliotBach: Music in the Castle of Heaven. New York: Alfred O. Knopf, 2013.. ISBN 978-0-375-41529-6.
Gardiner, John Eliot. Music in the Castle of Heaven: A Portrait of Johann Sebastian Bach. London: Allen Lane, 2013.. ISBN 978-0-7139-9662-3.
Geck, MartinJohann Sebastian Bach: Life and Work. Orlando: Harcourt, 2006.. ISBN 0-15-100648-2
Do'stlaringiz bilan baham: |