O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
Himoyaga tavsiya etilsin
“Masofaviy ta’lim” kafedrasi mudiri
________ dots. A.Sadikova
“____”_______________ 2022 yil
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: MAKTABDA O‘SMIRLAR O‘RTASIDA CHEKISHNI OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI
Talaba: 3-kurs PP “ 302 S/5-1” guruh talabasi
Jo‘rayeva Dilnoza Rajab qizi
Ilmiy rahbar:
“Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi
o‘qituvchisi
_____________U.N.Abirova
Ro‘yxatga olindi.
“Masofaviy ta’lim” kafedrasi mudiri
______________ dots. A.Sadikova
“____”_______________ 2022 yil
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH
|
|
O'smirlarning chekishga moyilligi ijtimoiy pedagogik muammo sifatida
|
|
Chekish va o‘smirlar – juda jiddiy muammo
|
|
O‘smirni chekish sabablari
|
|
O‘smirlik uchun zarar yetkazish
|
|
Bolani chekishdan qanday cheklash kerak
|
|
Xulosa
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
Internet saytlar
|
|
“Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – dedi Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq”.
Sh. Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabda o‘smirlar o‘rtasida chekishni oldini olish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar natijasida yildan-yilga salmoqli tadbirlar amalaga oshirilmoqda.
Birinchi navbatda, ushbu masalaga davlat miqiyosida katta e`tibor qaratilganini, kashandalik va narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida e`tirof etish zarur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatlarga qarshi kurash chora-tadbirlari bir nechabor kuchaytirildi. Ijtimoiy salbiy illatlardan biri bo’lgan kashandalikka qarshi kurash va uning oldini olish eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo jamoatchiligini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu muammoning qay tartibda o’z yechimini topishi butun insoniyatning ertasini belgilab beradi.
Respublika huquqni muxofaza qiluvchi organlari va Sog’liqni saqlash muassasalarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda doimiy ravishda sigaret chekuvchi yoshlar (18-30) 2.5 mln.ni tashkil qiladi. Yuqoridagi ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, kashandalikka ruju qo’ygan yoshlar soni juda ko‘p. Bundan tashqari o’tkazilgan tadkiqotlarning natijalariga ko’ra giyohvandlik vositalarini iste`mol qilishga bo’lgan talab ham tobora ortib bormokda. Taxlillarning ko’rsatishicha keyingi yillarda kashandaliklikning ijtimoiy negizi sifat jihatdan o’zgardi. Bu illatning eng xavfli jihati shundaki, kashandalik va giyohvandlik voyaga etmaganlar orasida ham ko’payib, «yosharib» bormoqda. Xususan kashandalik vositalariga moyillik yoshlarda katta yoshlardagilarga nisbatan 6-8 marta tezroq shakllanadi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko’ra voyaga etmaganlar orasida kashandalik illatiga chalinish 2006 yilda 2007 yilga nisbatan 20 % ga, 2008 yilda 2009 yilga nisbatan 22% ga ko’paygan. Giyohvandlik vositalarini ko’lga kiritish jarayoni ham kundan-kunga osonlashib, mustahkamlanib bormokda. Giyohvandlikning alohida ijtimoiy yo‘nalishlarga ega bulib borayotganligi, ya’ni, yoshlar va xususan voyaga etmaganlar, shuningdek ayollar orasida keyng tarqalib bormoqda. Giyohvandlik jinoyat bilan bogliq bolgan masaladir. Buni xalqga targib qilish va aholini ogohlantirish kerak.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Kashandallikning oldini olishga qaratilgan masalalarning turli jihatlari huquqshunoslar G.A.Axmedov, e.X.Abazov, M.G.Ikromova, M.M.Qodirov, YU.M.Karaketov, Z.S.Zaripov, R.A.Zufarov, Q.Mirzajonov, M.H.Rustambaev, I.Sobirov, I.A.Safarov, M.Sobirov, F.Tohirov, M.Usmonaliev, A.S.YAkubov va boshqa mualliflar tomonidan tadqiq etilganligiga qaramay, kashandalik va giyohvandlik muammosining hozirgi davr nuqtai nazaridan baxsli tomonlari, ushbu illatni oldini olish choralarini yanada samaraliroq ko’llash nuqtai nazaridan yetarli darajada o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |