Tilshunoslik nazariyasi


Mantiqiy-grammatik qarashlar



Download 8,91 Mb.
bet42/68
Sana13.03.2023
Hajmi8,91 Mb.
#918502
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
d7ce2bb58815cc4ad9a9ffeb4f6d413e “TILSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA (Moodle tizimi rejasi asosida)

4. Mantiqiy-grammatik qarashlar. Ma’lumki, mantiqiy va grammatik kategoriyalarni bir-biridan farqlash borasida turlicha qarashlar mavjud. Tushuncha, hukm kategoriyalarini tavsiflash va tushunchaning so‘zga, hukmning gapga munosabati hanuz aniq farqlanmagan.
Uyg‘onish davrida grammatik birliklarni mantiqiy kategoriya nuqtai nazaridan o‘rganish kuchaygan.
Uyg‘onish davrida lotin tilini o‘rganish asta–sekin mantiqiy tafakkur qoidalarini bilish deb ham tushuniladigan bo‘ldi. SHu asosda grammatik hodisalar mantiqiy nuqtai nazardan baholana boshlandi. Natijada mantiq grammatikadan ustun qo‘yilib, barcha tillarning yagona mantiqiy asosi bo‘lishi, bitta grammatikasi bo‘lishi kerak, degan ta’limot yaratildi. Gap bo‘laklari mantiq kategoriyalari sub’ekt va predikat bilan, gap hukm bilan birlashtirib yuborildi. So‘z tushunchaning simvoli deb qaraldi.
Ana shu tamoyil asosida tuzilgan grammatika Fransiyaning Por-Royal monastrida 1660 yili Klod Lanselo va Arno tomonidan fransuz tilida yozildi. Bu grammatika «Aql asoslariga qurilgan va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san’atini asoslab beruvchi umumiy grammatika» deb ataladi. Universal xarakterdagi bu grammatikaning falsafiy asosi ratsionalizmdir.
Ratsionalizm aql idrokka ishonishga, oqilonalikni isbotlash va uni inson faoliyatining turli sohalariga asos qilib olish mumkinligiga tayanadi. Aqlga aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni ratsionalistlar tilga nisbatan ham qo‘lladilar. SHuning uchun Por Royalda yaratilgan grammatika mualliflari o‘z oldilariga «nutq san’atining tabiiy asoslarini barcha tillar uchun mushtarak bo‘lgan tamoyillar va ularda uchraydigan ayirmalarning sabablari»ni aniqlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Ratsional va universal grammatika tamoyilida tuzilgan grammatikalar falsafiy grammatika deb ham atalgan. Falsafiy grammatika ilmiy jihatdan yanglish tamoyilga asoslanib tuzilgan bo‘lib, ularda quyidagi kamchiliklar mavjud:
1. Bu grammatika ayni bir mazmunning turli tillarda turlicha vositalar bilan ifodalanishini hisobga olmadi. Ifoda vositalarining qonun-qoidalari har xil bo‘lishi mumkin.
2. Bir tilning o‘zida ham turli tarixiy davrlarda har xil xususiyatlari paydo bo‘lishi hisobga olinmadi. Bir tilning turli davrdagi grammatikasi bir-biridan farq qilishi turgan gap.
Falsafiy grammatika esa tilga o‘zgarmaydigan bir xilda turuvchi hodisa sifatida qarab, uning grammatikasi har doim mantiq qoidalariga bir xilda mos keladi deb hisoblaydilar. Bu bilan tildagi tarixiylikni inobatga olmaydilar.
Por-Royal grammatikasining keyingi davrlarda yaratilgan grammatikalarga ta’siri kuchli bo‘ldi.
1801 yilda Gotfrid YAkov German tomonidan yaratilgan umumiy mantiqiy grammatika Kantning falsafiy kategoriyalariga amal qilib yozilgan.
K.F.Bekker 1836 yili yozgan grammatikasida Gegel mantiqiga amal qilib, uni kambag‘allashtiradi. Bekkerning mantiqiy grammatikasini 1857 yili SHteyntal mahv etish darajasida tanqid qildi.
1840 yili Daniyada Lange ham o‘zining mantiqiy grammatikasini yaratdi.
F.I. Buslaev (1818-1897) – o‘zining «Rus tilining tarixiy grammatikasi» (1858) asarida mantiqiy va grammatik kategoriyalarni tenglashtirishga intiladi. SHuning uchun uning bu qarashlarini A.A. Potebnya o‘zining «Rus grammatikasidan yozishmalar» (1874) nomli asarida tanqid qiladi.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish