Umumiylik:
1) ikkalasi ham turg’un konstruksiya sanaladi; 2) ikkalasida ham
umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko’chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy
bo’yoq (uslubiy sema) bo’ladi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan
cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit
holda bitta sintaktik vazifada qo’llanadi.
Farqlari:
1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so’zlarning ma’nolari frazemaning
ko’chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa so’zlar ma’nosi bilan
frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o’rtasida bunday aloqa yo’q; 2) frazeologik
butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so’zlarga xos ma’nolar sezilib
turganligidan frazemaning ma’nosi ko’p qirrali, boy bo’ladi. Frazeologik chatishma
ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari ishtirok
etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so’nggan bo’ladi.
Ideografik semalari teng, bir yoki bir necha jihati o‘zaro farqli frazemalar (frazosememalar) frazeologik sinonimlar (frazosinonimlar) deyiladi. Masalan, og‘z(i)ga tolqon sol, mum tishla frazemalari ayni bir lug‘aviy ma'noni - 'mutlaq gapirma', 'suhbatda mutlaqo qatnashma' ma'nosini anglatadi: Majlis boshlanguncha biroz kulishib o‘tiraylik. O g‘ i z l a r i n g g a t o l q o n s o l i b o l d i n g l a r (Parda Тursun). Bir gapirib, o‘n kulardi, hammani og‘ziga qaratardi... Bugun m u m t i sh l a b q o l d i (Oydin).
Frazeologik sinonimlar ham uch jihatdan baholanadi: a) lug‘aviy ma'nosi jihatidan, b) baho semasi jihatidan, v) nutqiy xoslanishi jihatidan.
Frazosinonimlar ko‘pincha ma'no sinonimlari (ideografik sinonimlar) bo‘ladi (Ma'nosi teng keladigan frazosinonimlar juda oz). Masalan, burn(i)ni ko‘tar - burn(i) ko‘tarildi va dimog‘(i) shishdi frazemalari uchun umumiy mundarija 'kibrlan', 'gerday' bo‘lsada, bu umumiy ma'noning gavdalanishi turlicha. Bundan qat'i nazar, burn(i)ni ko‘tar- - burn(i) ko‘tarildi frazemasiga nisbatan dimog‘(i) shishdi frazemasida ma'no kuchliroq. Frazosinonimlarda baho semasi odatda bo‘rtib turadi. Asli frazemalar xuddi shu maqsad bilan - voqelikni nomlashda uni o‘tkir baholab berish uchun, ijobiy yoki salbiy munosabatni yaqqol ifodalash uchun - yaratiladi. Masalan, ikki oyog‘(i)ni bir etikka tik, oyog‘(i)ni tirab ol sinonimlarining har ikkisida baho semasi juda kuchli; bosh(i) shishdi, miya(si) g‘ovlab ketdi sinonimlarida esa baho semasi ikkinchisida kuchliroq: Otam uylantiraman deb i k k i o y o g‘ i n i b i r e t i k k a s u q i b olgan. Holjonimga qo‘ymaydi (Sayidahmad). Savdogarning o‘jarchasiga o y o q t i r a b t u r i sh i yigitning g‘azabini oshira boshladi (Oy-bek). Shu kunda hammaning b o sh i sh i sh g a n (Oybek). Ming xil xayol bilan m i ya m g‘ o v l a b k e t d i (Oydin).
Frazosinonimlar nutqiy xoslanish jihatidan rangbarang emas, asosan so‘zlashuv nutqiga, qisman boshqa nutq ko‘rinishlariga xoslangan. Masalan, ko‘z(i)ni yum, dun/yodan o‘t frazemalari adabiy nutqqa (ko‘tarinki nutqqa), shularning sinonimi jon ber frazemasi esa so‘zlashuv nutqiga xoslangan.
Sinonim frazemalarni bir 'frazemaning variantlaridan (allofrazemalardan) farqlash kerak. Masalan, 'yangi, qo‘l tegmagan' ma'nosini anglatuvchi oxori to‘kilmagan, qirovi to‘kilmagan frazemalari o‘zaro sinonim, chunki bulardan har biri asosida boshqaboshqa obraz yotadi (birinchisi to‘quvchilikdan, ikkinchisi esa pichoqchilikdan olingan), boshqaboshqa leksemalardan tarkib topgan.
Ammo bosh(i)da yong‘oq chaq, bosh(i)da danak chaq, bosh(i)da tosh chaq bir frazemaning ko‘rinishlari (allofrazemalari) bo‘lib, bir leksik a'zoning almashuvi bilan yuzaga kelgan, bunday almashtirish bilan frazemaning ma'nosi kuchaya boradi (yong‘oq - danak - tosh ).
Sinonimiya frazema (frazosemema) bilan leksema (leksosemema) orasida ham voqe bo‘ladi. Bunday hodisaga frazeologikleksik sinonimiya deyiladi. Masalan, yulduzni benarvon uradi frazemasi abjir leksemasi bilan, dunyoni suv bossa, to‘pig‘(i)ga chiqmaydi frazemasi beg‘am leksemasi bilan sinonim. Sinonimik munosabatdagi frazema o‘z ma'no qirrasiga, baho semasiga ko‘ra o‘z leksik sinonimidan keskin farq-lanib turadi. Biror voqelikni frazema bilan anglatish leksema bilan anglatishga qaraganda ta'sirchan bo‘ladi.
Frazosinonimlar odatda shu tilning o‘ziniki bo‘ladi: bir yostiqqa bosh qo‘y, turmush qur; bir og‘iz, bir shingil kabi. Bir tildan boshqa tilga frazema o‘zlashtirish juda oz voqe bo‘ladi, shu sababli boshqa tildan frazema o‘zlashtirish bilan yuzaga kelgan sinonimiya ham deyarli uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |