"Tilshunoslik" kаfedrаsi mudiri U. Qo’ziyevga uzb cu 20 203-2-kurs


Frazeologibirliklardagrammatikturkumlar



Download 211,5 Kb.
bet8/11
Sana24.03.2022
Hajmi211,5 Kb.
#508124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
marjona

Frazeologibirliklardagrammatikturkumlar

6- §. Leksik birliklarda bo‘lganidek frazeologik birliklarda ham grammatik turkumlar ajratiladi. Bular asosan modal frazeologik birliklardan iborat bo‘lib, mazmunan rang-barang: turgan gap II ('shak-shubhasiz'), xudo xohlasa ('nasib qilsa), xudo biladi (aniq aytib bo‘lmaydi') gapning ochigi ('to‘g‘risini aytganda'), gapning po‘stkallasi ('fikrning lo‘ndasi); xudoga shukur (sabr-qanoat, mamnuniyat ifodalovchi birlik), xudo saqlasin, xudo ko‘rsatmasin (noxushlik yuz bermasligini tilab aytiladigan birlik).

Oz bo‘lsa-da undov frazeologik birliklar ham mavjud bo‘lib, afsuslanish (sho‘rim qursin, esim qursin), taajjub [Qayoqdan kun chiqdi?!, shox(i) bormi?!], qutlov (Qadamingizga hasanot!), istak (Jon koshki edi) kabi ma'nolar ifodalanadi.




7- §. Yakunlovchi mulohazalar. Yuqoridagi tasvirlardan ayonki, frazeologik birlik-ning qaysi frazeologik turkumga mansubligi iboradan bir butun holda anglashiladigan turkumlik semasi asosida belgilanadi. Frazeologik birlikning leksik tarkibi, grammatik shakllanishi ikkilamchi belgilar sifatida hisobga olinadi.

Masalan, ot turkumiga mansub frazemadan 'predmet' turkumlik semasi anglashiladi, bunday frazema odatda birikmaga teng qurilishli bo‘lib, tayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan bo‘ladi, demak, bunday frazemalarda ifoda jihati bilan turkumlik jihati mutanosib bo‘ladi; bunday frazema asosga teng bo‘lib, nutqda son va kelishik ko‘rsatkichlarini olib frazemashakl holatiga o‘tadi. Supra qoqdi, patir ushatti kabi gapshaklga teng qurilishli, lekin ot turkumiga mansub frazemalar ham bundan mustasno emas: patir ushatti  I  ga chaqir kabi.

Тayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan, sintaktik qurilishi birikmaga teng frazemalarning bir qismi sifat turkumiga mansub (og‘ir oyoq kabi). Bunday frazemalar mazmunan ('predmetning sifatiy belgisi semasi bilan) va grammatik shakli bilan ot frazemalardan farq qiladi. Sifat frazema tarkibida sonlovchi va turlovchi qatnashmaydi, nutqda sifatlovchi vazifasida keladi (shunga ko‘ra 'sifatlovchi' sintaktik semasi qo‘shiladi).

Demak, sifat frazemalarga grammatik shakllarda ishlatilish xos emas. Bunday xususiyat tayanch a'zosi sifat leksema bilan ifodalanib, sintaktik qurilishi gapshaklga teng frazemalarga ham xos [zuvalasi pishiq, qo‘l(i) egri kabi].

Sifat frazemalarning ayrimlari ot birikmaga -day, -dagi kabi sintaktik mohiyatli grammatik ko‘rsatkich qo‘shilib shakllangan; frazemaning sifat turkumiga mansubligini belgilashda ana shunday grammatik ko‘rsatkich hisobga olinadi (o‘rta qo‘lday, yo‘q yerdagi kabi).

Frazemaning tayanch (oxirgi) a'zosi sifat leksema bilan ifodalanishi bu frazemaning sifat turkumiga mansub ekanidan dalolat beradi (tagi past kabi). Xuddi shu fikrni tayanch a'zosiga (aniqrog‘i – frazemaga yaxlitligicha) sifatdosh shakli yasovchisi qo‘shilgan frazemalarga qarata ham aytish mumkin (tesha tegmagan kabi).

Sifat frazemalarning ayrimlari - kesimi tuslovchili gapshaklga teng (quling o‘rgilsin kabi). Bunday frazemalarning sifat turkumiga mansubligini belgilashda grammatik shakliga tayanib bo‘lmaydi, turkumlik semasi va sintaktik vazifasi asosga olinadi.

Yuqoridagi kabi tahlilni boshqa turkum frazeologik birliklari bo‘yicha ham davom ettirish mumkin. Barcha hollarda frazemaning mazmun jihati bilan ifoda jihati orasidagi mutanosiblikka yoki nomutanosiblikka duch kelinadi. Nomutanosiblik mavjud o‘rinlarda turkumlik semasi asosiy o‘lchov bo‘ladi va b.

Frazeologiya (yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya) — 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (^.Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi boʻlimi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui.

Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi F.ning asosiy diqqateʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. F.ning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutkda hosil qilinadigan (yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farklab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniklashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) oʻrtasidagi muayyan tafovutlarga qarab koʻplab tadqiqotchilar F.ni 2 xil: tor va keng maʼnoda tushunadilar. Uni keng maʼnoda tushunilganda, F. doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, baʼzi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, yaʼni F.ni keng maʼnoda tushunish masalasi hanuz munozarali boʻlib qolmokda.

F.ning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniklash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa F. frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. F.da ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilmaxil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik vazifaviyuslubiy asoslarga kura tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.

F. tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — F.da oʻrganish masalasi 20—40-yillardagi oʻquvmetodik adabiyotlarda — Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. Gʻarbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida F. tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida ajratilmaydi.

Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh. Rahmatullayev, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov va boshqalar), F. boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh. Rahmatullayev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70—80-yillarda SamDU qoshida frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus toʻplamlar chiqaruvchi markaz faoliyat kursatgan.


Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish