"Tilshunoslik" kаfedrаsi mudiri U. Qo’ziyevga uzb cu 20 203-2-kurs



Download 211,5 Kb.
bet7/11
Sana24.03.2022
Hajmi211,5 Kb.
#508124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
marjona

Frazemalarda antonimik munosabat

2­ §. Ideografik semalaridan odatda biri zid, qolganlari aynan ikki frazema (frazosemema) biri ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi. Bunday ma'no munosabati oppozitiv munosabat deb ham nomlanadi: oq ko‘ngil - ko‘ngl(i) oq va ich(i) qora frazemalari o‘zaro, ochiq qo‘l - qo‘li ochiq va tutunini bulut ko‘rmas, yuvindisini it frazemalari o‘zaro kabi.

Antonimik munosabat frazema bilan leksema orasida ham mavjud bo‘lib, frazeologik­leksik antonimiya deyiladi: bosh(i) osmonda frazemasi bilan xafa leksemasi o‘zaro, qo‘l(i) ochiq frazemasi bilan xasis leksemasi o‘zaro kabi.

Frazeologik antonimiyani belgilashda ham ko‘pma'nolilik bilan hisoblashish zarur. Bir ma'noli frazemalarda-gina antonimiya frazema bilan fraze­ma orasida voqe bo‘ladi: yerga ur­ - ko‘kka ko‘tar­ kabi. Ko‘pma'noli frazemalarda esa har bir frazosemema-ning o‘z antonimi bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘z(i)ga issig‘ ko‘rin­ frazemasi ikki lug‘aviy ma'noni anglatadi: 1) 'tanishdek tuyil­' , 2) 'o‘ziga tort­', 'yoqimli bo‘l­'. Bu ma'nolarning birinchisiga frazeologik antonim yo‘q, ikkinchisiga esa ko‘z(i)ga sovuq ko‘rin­ frazemasi antonim: Kelganiga sal o‘tmay hammaning ko‘ziga issiq ko‘rinib qoldi (Said Nazar). - Qori bolalarning ko‘ziga sovuq ko‘rinib qolgan edi (Parda Тursun).


Frazeologik birliklarning turkumlanishi

1­ §. Frazeologik birliklarni ma'no mundarijasidan anglashiladigan turkumlik semasi asosida lug‘aviy frazeologik birliklar va grammatik frazeologik birliklar deb ajratish mumkin. Frazema deb lug‘aviy frazeologik birliklarga aytiladi va quyidagi besh turkumga ajratiladi: ot frazemalar, sifat frazemalar, fe'l frazemalar, ravish frazemalar, kesimlik frazemalari. Frazemalarda son turkumining, olmosh turkumining yo‘qligi tabiiy.

Frazemalarning deyarli beshdan to‘rt qismini fe'l frazemalar tashkil qilib, predmetning harakat­holati semasi bilan turkumlanadi: bosh eg­ ('itoatkor bo‘l­'), miya(si) g‘ovlab ketdi - miya(si)ni g‘ovlatib yubor­ (o‘ylayverib gangi­'), qon(i)ni buz­ ('asa-biylanishiga olib kel­') kabi. Fe'l frazemalar qo‘llanmaning oldingi paragraflarida yetarli tasvirlandi.



2­ §. Ot frazemalar 'predmet' turkumlik semasiga ega bo‘lib, boshqa turkum frazemalariga nisbatan oz; tuzilishi jihatidan rang­barang. Bunday frazemalarda odatda predmet tushunchasi belgi tushunchasi bilan birgalikda anglatiladi, tayanch a'zosi asosan ot leksema bilan ifodalanadi. Grammatik qurilishi quyidagicha:

I. Birikmaga teng qurilishli bo‘ladi:




  1. Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi:


  1. sifat leksema bilan ifodalangan: sog‘in sigir­, tirik tovon­, xom cho‘t­ , o‘ng qo‘l(i)­ kabi;


2) son leksema bilan ifodalangan: yetti pushti­ kabi;

3) fe'lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan: suyangan tog‘(i)­ kabi.

2. Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, qaratuvchi asosan qaratqich kelishigining belgisiz shaklida qatnashgan: umr savdosi­, umr yo‘ldoshi­, qalam haqi­, umrning egovi­ kabi.




  1. Hollovchili birikmaga teng bo‘lib, o‘rin hollovchisi qatnashgan: kosaning tagida nimkosa.


II. Sintaktik qurilishi gapshaklga teng bo‘lib, tayanch a'zosi fe'l lek­sema bilan ifodalangan, tarkibida vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: patir ushatti­, supra qoqdi­ (Bular - marosim nomlari).



3­ §. Sifat frazemalar ot frazemalardan ko‘proq; qurilishiga ko‘ra birikmaga yoki gapga teng:


  1. Birikmaga teng qurilishli frazemalarda :


1. Тayanch a'zo ot leksema bilan ifodalangan:

1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi :

a) sifat leksemashakl bilan ifodalangan: og‘ir oyoq, shirin so‘z;

b) ot leksemashakl bilan ifodalangan: sher yurak, quyon yurak;

d) sifat leksemashakl bilan ifodalanib, birikmaga ­day affiksoidi qo‘shilgan: o‘rta qo‘lday;

e) kesimlik leksemashakli bilan ifodalanib, birikmaga ­dagi affiksi qo‘shilgan: yo‘q yerdagi;

f) son leksemashakl bilan ifodalanib, birikmaga ­lik affiksi qo‘shilgan: besh kunlik kabi.

2) Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, birikmaga ­dak affiksoidi va 'iliqlik' ma'nosini ifodalaydigan ­gina affiksi qo‘shilgan: do‘ppining tagidakkina.

2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan:

I) Birikma ­gan sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan; tarkibida:

a) vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: pixini yorgan, ilonning yog‘ini yalagan;

b) vositali to‘ldiruvchi qatnashgan: old(i)ga tushadigan, osmon bilan o‘pishgan;

d) vositasiz va vositali to‘ldiruvchi qatnashgan: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan;

e) vositasiz to‘ldiruvchi va tarz hollovchisi qatnashgan: yulduzni benarvon uradigan.

2) Birikma -r sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan, tarkibida vo­sitali to‘ldiruvchi qatnashgan: betga chopar kabi.

II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda:

1. Kesim a'zosi sifat leksemashakl bilan ifodalangan:

1) Ega a'zosi tarkibida nisbatlovchi qatnashgan:

a) Doim III shaxs nisbatlovchisi bilan ishlatiladi: zuvalasi pishiq, chakagi ochiq, esi past; usti yaltiroq, ichi qaltiroq.

b) Uch shaxs nisbatlovchisidan biri tanlab qo‘shiladi: dimog‘(i) baland, ko‘z(i) tor, qulog‘(i) og‘ir, qo‘l(i) egri; bosh(i) kal bo‘lsa ham, ko‘ngl(i) nozik .

2. Kesim a'zosi o‘rin kelishigidagi ot leksemashakl bilan ifodalangan; ega a'zosi tarkibida III shaxs nisbatlovchisi qatnashadi: dumi xurjunda.

3. Kesim a'zosi asli fe'l leksema bilan ifodalangan:

1) Gapshakl asli o‘tgan zamon shaklida bo‘lib (xudo urdi kabi), -gan sifatdosh shakliga transformatsiya qilingan (xudo urgan kabi) va shu shakli­da frazema yuzaga kelgan:

a) Ega a'zo tarkibida nisbatlovchi qatnashmaydi: xudo urgan, tesha tegmagan;

b) Ega a'zo tarkibida III shaxs nisbatlovchisi qatnashadi: onasi o‘pmagan, eti suyagiga yopishgan;

d) Uch shaxs nisbatlovchisidan biri tanlab qo‘shiladi: o‘n gul(i)dan bir gul (i) ochilmagan.

2) Gapshaklning kesim a'zosi tuslangan fe'l leksema bilan ifoda­langan :

a) hozirgi-kelasi (umum) zamon yasovchisi va III shaxs tuslovchisi bilan shakllangan; ega a'zosi tarkibida nisbatlovchi qatnashib, tanlab qo‘shiladi: chumchuq "pir" etsa, yurag(i) "shir" etadi. Mana bu frazemada nisbatlovchi o‘rin hollovchisi tarkibida qatnashadi: ora(lari)dan qil ham o‘tmaydi.

b) Buyruq-istak mayli tuslovchilari paradigmasining III shaxs affiksi bilan shakllangan, ega a'zo tarkibida II shaxs birlik nisbatlovchisi qatnashgan: quling o‘rgilsin.



4- §. Ravish frazemalar miqdoran fe'l frazemalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi; qurilishi quyidagicha:

I. Birikmaga teng qurilishli:

1. Тayanch a'zosi fe'ldan boshqa turkum leksemasi bilan ifodalangan:

1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi:

a) sifat leksemashakl bilan ifodalangan; frazema bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan: ochiq chehra bilan, sodda dillik bilan ;

b) ot leksema bilan ifodalangan: toshbaqa qadam bilan;

d) son leksemashakl bilan ifodalangan; birikma:

- bosh kelishikda shakllangan: bir shingil, ellik og‘iz, yetti qovun pishig‘i, bir ko‘ngl(i);

- -lik affiksi bilan shakllangan: bir pullik;

- chiqish kelishigida shakllangan: bir og‘izdan (bir ovozdan)bir boshdan;

- o‘rin kelishigida shakllangan: bir holatda;

- o‘rin kelishigidan keyin ham ta'kid yuklamasi qatnashgan: ikki dunyoda ham;

- bosh kelishikdan keyin -day affiksoidi qo‘shilgan: besh barmog‘(i)day;

- jo‘nalish kelishigidan keyin -cha affiksoidi qo‘shilgan: yetti xuftongacha ( yetti xuftonga dovur);

e) Sifatlovchisi ko‘rsatish birligi bilan ifodalangan birikmashaklning takrori bilan tuzilgan: u dunyo-bu dunyo.

2) Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, frazema:

a) bosh kelishikda shakllangan: bozor bahosi;

b) o‘rin kelishigida shakllangan: yeng ichida, davlat(lari)ning soyasida;

d) chiqish kelishigida shakllangan: o‘lgan(i)ning kunidan;

e) bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan: falakning gardishi bilan, zamona- ning zayli bilan;

f) bosh kelishikdan keyin -day affiksoidi qo‘shilgan: ignaning uchiday.

3) Тo‘ldiruvchili birikmaga teng bo‘lib, to‘ldiruvchi:

a) chiqish kelishigida shakllangan; tayanch a'zo:

- ot birikma bilan ifodalangan; frazema bosh kelishikda shakllangan: daryodan bir tomchi;

- ravish leksema bilan ifodalangan: eldan burun;

b) o‘rin kelishigida shakllangan; tayanch a'zo kesimlik leksemasi bi­lan ifodalangan: o‘z(i)da yo‘q.

4) Тurli sintaktik qurilmalarga teng bo‘lib:

a) [(ot leksema  I  dan  o‘rin hollovchisi) X (fe'l leksema 


hollanmish)  ma  y] X [ot leksema  I  dan]" tarzida tuzilgan qurilma bilan ifodalangan: eshikdan kelmay teshikdan;

b) "..dan ... gacha" qurilmasi bilan ifodalangan: ipidan-ignasigacha, yetti yashardan yetmish yashargacha;

d) ot leksemashakllar bilan tuzilgan uyushiq qatorga -day affiksoidi
qo‘shilgan: suv bilan havoday;

e) birda ravishini bo‘lmasa yordamida zidlab takrorlash bilan tuzilgan: birda bo‘lmasa-birda;

f) bosh kelishikdagi ot leksemashakllarni ham ta'kid yuklamasi bilan birga takrorlab tuzilgan: it ham, bit ham.

2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan; frazema:

1) -b ravishdosh yasovchisi bilan shakllangan; sintaktik qurilishi:

a) to‘ldiruvchili birikmaga teng; vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: jon(i)ni hovuchlab, yurag(i)ni hovuchlab, betining terisini sidirib, jon kuydirib, ko‘cha changitib, savlat to‘kib; o‘zini aka, echkisini taka deb;

b) hollovchili birikmaga teng: ikki || yetti bukilib;

2) -guncha ravishdosh yasovchisi bilan shakllangan: ko‘z ochib yumguncha;

3) -gan sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan bo‘lib:

a) -day affiksoidi qo‘shilgan: xamirdan qil sug‘urganday;

b) -cha affiksoidi qo‘shilgan: qo‘l(i)dan kelganicha. Bu frazema asli qo‘l(i)dan keladi fe'l frazemaning transformatsiyasiga teng;

4) shart mayli yasovchisi bilan shakllangan: nari borsa, oz bo‘lmasa.

II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda kesim a'zo fe'l lekse­ma bilan ifodalangan:

1) Gapshaklga de- fe'li deb, demay shaklida qo‘shilgan: bersang - yeуman, ursang - o‘laman deb; yuzingda ko‘zing bormi demay;




  1. Gapshaklga jo‘nalish kelishigi shakli qo‘shilgan: xo‘ja ko‘rsinga;


3) Тo‘siqsiz ergash gapshakl frazemaga aylangan: boshiga qilich kelsa ham;

4) Gapshaklning transformatsiyasiga teng:

a) -b ravishdosh shakliga transformatsiya qilingan: umr(i) bino bo‘lib;

b) -gan sifatdosh shakliga transformatsiya qilingan va o‘rin kelishigi shakli qo‘shilgan: tuyaning dumi yerga yetganda;

5- §. Kesimlik frazemalari miqdoran ravish frazemalarga deyarli teng bo‘lib, qurilishi quyidagicha:

I. Birikmaga teng qurilishli:

1. Тayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan:

1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi:

a) sifat leksemashakl bilan ifodalangan: katta ko‘cha; eski hammom, eski toz; mulla mirquruq;

b) son leksemashakl bilan ifodalangan: bir go‘r, bir pul;

d) ot leksemashakl bilan ifodalangan: o‘g‘il bola; qiyomat qarz; o‘z uyim, o‘lan to‘shagim;

e) fe'lning -gan sifatdosh shakli bilan ifodalangan: turgan gap II (shak-shubhasiz').

2) Qaratuvchili birikma bilan ifodalangan: piyozning po‘sti; og‘z(i)ning yeli; boyagi-boyagi, boy xo‘janing tayog‘i;

3) Тo‘ldiruvchili birikma bilan ifodalangan; to‘ldiruvchi:

a) chiqish kelishigida shakllangan: qissadan hissa, xamir uchidan patir, chiqmagan jondan umid ;

b) jo‘nalish kelishigida shakllangan: so‘k oshiga surnay;

4) ustasi farang frazemasi tojikcha izofa birikmasi tarzida tuzilgan.

2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan; frazema:

1) Тo‘ldiruvchili birikmaga teng bo‘lib:

a) -gan sifatdosh yasovchisi va -day affiksoidi bilan shakllangan: suv quyganday;

b) -gu sifatdosh yasovchisi va -day affiksoidi bilan shakllangan: bir qoshiq suv bilan yut[ib yubor]guday.

2) Hollovchili birikmaga teng bo‘lib, fe'lning:

a) -sh otdosh yasovchisi bilan shakllangan: it yotish, mirza turish;

b) buyruq-istak maylining III shaxs tuslovchisi bilan shakllangan: u yoqda tursin, nari tursin.

3. Тayanch a'zosi ravish leksema bilan ifodalangan: undan nari.

4. Тayanch a'zosi tasvir birligi bilan ifodalangan: bir qop yong‘oqday shaldir-shuldur.

II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda kesim a'zo:

I) kesimlik leksemasi bilan ifodalangan: es(i) yo‘q, maza(si) yo‘q, lab-dahan yo‘q, es(i) bor, yurag(i)da o‘t(i) bor, toshga azon aytgan bilan baravar;

2) sifat leksema bilan ifodalangan; ega a'zo tarkibida nisbatlovchi qatnashgan: bet(i) qattiq, qo‘l(i) uzun, qo‘l(i) yengil, qulog‘(i) ding, qadd(i) kamon, yurag(i) taka-puka, yurag(i) keng, yurag(i) tor, es(i) kirdi-chiqdi, es(i) butun, til(i) uzun, bosh(i) ochiq, bosh(i) bog‘liq, oshig‘(i) olchi, qo‘l(i) gul; til(i) boshqa, dil(i) boshqa;

3) son leksema bilan ifodalangan: do‘ppi(si) yarimta, ko‘z(i) to‘rt, til(i) bir qarich;

4) ot leksemashakl bilan ifodalangan:

a) bosh kelishikda qatnashgan: to‘rt taraf(i) qibla, ikki dunyo bir qadam; o‘z(i) xon, ko‘lanka(si) maydon;

b) o‘rin kelishigida qatnashgan: bosh(i) osmonda, do‘ppi(si) osmonda, og‘z(i) qulog‘ida, ona sut(i) og‘z(i)da, bir qaynovi ichida; yegan(i) oldida, yemagan(i) ket(i)da;

5) fe'l leksema bilan ifodalangan; gapshakl transformatsiya qilinib, -di zamon yasovchisi -gan sifatdosh yasovchisiga, III shaxs tuslovchisi III shaxs nisbatlovchisiga almashtirilgan, shundan keyin bosh kelishik shakli qo‘shilgan: pir urdi - pir urgani kabi ;

6) buyruq maylining II shaxs birlik:

a)) senlash tuslovchisi shaklida ifodalangan: o‘zing uchun o‘l, yetim;

b) sizlash tuslovchisi shaklida ifodalangan: yaxshi boring, yaxshi qoling (Bular - muomala frazemalari).

III. Bir frazema uyushiq ot leksemashaklga chama ma'nosini ifodalaydigan -cha affiksoidini qo‘shib shakllangan: yer bilan osmoncha (osmon bilan yercha).





Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish