Tilshunoslik asoslari



Download 1,09 Mb.
bet4/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

TILNING PAYDO BO‘LISHI
Tilning qachon va qayerda paydo bo‘lganligi hali aniqlangan emas. Uning paydo bo‘lishi masalasi ko‘p zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bugunga qadar fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so‘zlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan, degan savolga aniq javob topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar) taxminan bundan yarim million yil ilgari paydo bo‘lgan. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lgandan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir. U davrda qanday tovushlar talaffuz qilingani, ularning bir-biri bilan qay tarzda bog‘langani, u so‘zlarning qanday ma’nolarni ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q. Albatta, tilning paydo bo‘lish jarayoni juda murakkab bo‘lib, bu masala bilan tilshunoslikdan tashqari antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlar ham shug‘ullanadi.

Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, grek faylasuflari ikki xil farazni o‘rtaga tashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan narsa nomi orasida bog‘lanish yo‘q, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishadi. Bular anomalistlar deyiladi. Platon boshliq olimlar narsa bilan uning nomi orasida bog‘lanish bor, degan fikrni ilgari surishgan. Bu oqim analogistlar deyiladi.

Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda, dastlabki, ya’ni ilk chog‘lardagi narsa nomi bilan ayni shu narsa orasida bog‘lanish bo‘lmagan. Bunday bo‘lsa, tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi.

Tilning paydo bo‘lishi haqida quyidagicha farazlar mavjud:

1. Tovushga taqlid farazi. Bunga ko‘ra, ibtidoiy odamlarning turli tovushlarga, hayvon va qushlar ovoziga, tabiat hodisalariga taqlid qilishi jarayonida so‘z yasalgan (kukushka, gavkat, miyov...).

Bu faraz noto‘g‘ri albatta, chunki u til va tafakkur birligiga ziddir.

2. Undovlar farazi - ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz bo‘lib, uning asosida odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-alamlarini ifodalashgan (oh, uh kabi). Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quvvatlagan. Bu faraz ham tilning jamiyat bilan bog‘liqligini inkor etadi. His-tuyg‘ularni bildirish uchun jamiyatning mavjudligi shart emas. Lekin til faqat jamiyat bor joydagina mavjud.

3. Mehnat chaqiriqlari faraziga ko‘ra, odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida til paydo bo‘lgan, deb hisoblanadi.

Hozirgi zamon olimlarining dalolat berishicha, tilning paydo bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining daxli yo‘q. Bu faraz ham tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘lay olmaydi.

4. Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning paydo bo‘lishini odamning paydo bo‘lishi bilan bog‘lamasligidir. Lekin bu faraz ham tilning paydo bo‘lishini tushuntirishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Tilning paydo bo‘lishini dialektik materializm quyidagicha yoritib beradi: maymunlar odamga aylanar ekan, dastavval qo‘lning vazifalari o‘zgara boradi, mehnat qila boshlaydi, oyoqda yurib qo‘lga tayanmay qo‘yadilar. Mehnat rivojlanib, odamlar yanada bir–birlariga jipslashib, bir–birlari bilan aloqa qilish zaruriyati paydo bo‘ldi. Til – mehnat bilan birga taraqqiy etgan. Til va mehnat asta–sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga keltiradi. Mehnat, til va ong orasidagi munosabat hozirgacha davom etib kelmoqda.

Odamni ham, tilni ham kollektiv, ijtimoiy mehnat yaratdi. Til vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, taraqqiy etdi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish