27
ochib berilgan, yagona, yaxlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta.
Z.Y.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap” tushunchalarini
ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa, bugun
ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo‘shish mumkin.
Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning
tarkibida birdan ortiq gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq
gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘ladi?
Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga ko‘ra, matn – bu,
aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro pronominal va
bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun gap”dir.
61
Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida
grammatik,
mazmuniy-mantiqiy
va
yana
bir
qancha
jihatlardan
bog‘lanishlilikning mavjudligi matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi
tomonidan qayd etiladi. Masalan, chex tilshunosi K.Kojevnikova matn
muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda qarashlar qanchalik xilma-xil
bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni bog‘lanishliliksiz tasavvur etib
bo‘lmasligi borasida mutlaq yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.
62
Yana
bir
chex
tilshunosi
D.Brchakova
bog‘lanishlilik
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi
qismlardagi axborot oqimini o‘z ichiga olgan, mavzuiy birlik namoyon
bo‘lgan matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni yozadi:
“Bog‘lanishlilik semiologik kategoriya sifatida matnning lingvistik
tahliliga daxldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan
tashkil topgan matn parchasida ko‘rish mumkin. Bog‘lanishlilikning mohiyati
bir mavzu haqidagi axborotni matnning bir segmentidan ikkinchisiga
o‘tkazishdir.”
63
Albatta, bog‘lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat
inkor etilmasa-da, har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga
chiqqan. Bu o‘rinda matnning bog‘lanishliligi bilan bevosita aloqador
matnning yaxlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan
butunlikni tashkil etadigan barcha unsurlar o‘rtasida bog‘lanishlilikning
mavjudligi natijasi o‘laroq bu butunlikning yaxlitligi yuzaga keladi.
Vengriyalik olim Z.Kano nemis tilshunosi X.Izenbergning fikrlariga
suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi haqidagi masala matn
nazariyasining asosiy masalalaridan biri ekanligini aytadi. Uningcha, agar
matnning har ikki tomonidan qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab
bo‘lmasa, maxsus til strukturasi bo‘lgan matn haqida gapirish mushkul.
64
61
Do'stlaringiz bilan baham: