26
O.L.Kamenskayaning o‘zi ham, ilgari aytib o‘tilganiday, boshqa
tadqiqotchilar ham
59
har qanday nutqiy kommunikatsiyaning bosh, asosiy
birligi matn ekanligini muntazam ta’kidlaydilar. Tugal axborot jarayoni matn
shaklida namoyon bo‘ladi. Tilning boshqa quyi sathlari birliklari esa
kommunikatsiyada bilvosita, ya’ni matn tarkibiga kirgan holdagina ishtirok
etadi. Shuning uchun ham matnni til sathlari pog‘onalarining eng yuqori
pog‘onasi birligi sifatida talqin etish tilshunoslikda barqarorlashib bormoqda.
Bu o‘rinda shunday savol ham tug‘ilishi mumkin: mazkur eng yuqori
sathni matn sathi degan ma’qulmi yoki boshqacha nomlash maqsadga
muvofiqmi? Til sistemasining fonologik – morfologik – leksik – sintaktik
sathlar tarzidagi ierarxiyasining davomi - yuqori pog‘onasi sifatida matn sathi
ajratilsa, bu sath sintaktik sathdan tamomila farqli bir sath maqomida bo‘lib
qoladi. Aslida bu sathda ham sintaktik mohiyat mavjud. Zotan, sintaksisning
faqat gap doirasi bilan cheklanishi to‘g‘ri emasligi, umuman, “sintaksis
nutq tuzish haqidagi fan” (O.V.Dolgova) ekanligi e’tirof etilar ekan, tabiiyki,
matnni sintaksisdan tamoman tashqariga chiqarib bo‘lmaydi.
Rus tilshunosi G.A.Zolotova “Matn sintaksisi” ilmiy maqolalar
to‘plamiga mas’ul muharrir sifatida yozgan kirish so‘zida shunday
ta’kidlaydi: “Tabiiyki, sintaksis so‘zi matnga nisbatan tor grammatik
ma’noda emas, balki anchayin keng ma’noda qo‘llanadi. Chunki bunda gap
doirasidan tashqariga chiqadigan aloqalar ham, ayni paytda nutqiy butunliklar
va ularning parchalarining konstruktivligi, bog‘langanligi belgilarining
realizatsiyasi ham nazarda tutiladi. To‘plamda gap sintaksisining matn
sintaksisi bilan munosabati masalalari ham ko‘tarilgan”.
60
Ana shularni inobatga olganda, til sistemasining oliy sathi sifatida
ajratiladigan sathni matn sathi deb emas, balki makrosintaktik sath deb
nomlash maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Demak, matn til strukturasida alohida
– oliy sintaktik sath bo‘la oladi. Umuman, til sistemasidagi sathlarning
pog‘onalanishini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: fonologik sath –
morfologik sath – leksik sath – mikrosintaktik sath – makrosintaktik sath
Matn ana shunday makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya
murakkab va o‘ziga xos butunlikdir. Shuning uchun ham matn lingvistikasi
muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha
ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik adabiyotlarda
bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham uchratish
mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil etib o‘tganimiz - matnning yozma
yoki og‘zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning
o‘zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha
jihatlari to‘lasicha qamrab olingan, unga xos mohiyat har taraflama va xolis
59
Do'stlaringiz bilan baham: